O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti oʻrnatilgan tizimlar




Download 119.08 Kb.
Sana31.05.2023
Hajmi119.08 Kb.
#67877
Bog'liq
embedded system


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

Oʻrnatilgan tizimlar fanidan



Labaratoriya ishi
MAVZU: Toʻrt tomonlama svetafor loyihasini yaratish

Bajardi: Elchinbek Ibragimov


Toshkent 2023



Men bu loyihani bajarishda 4 ta tomonga 3 ta led lampalari jami 12 ta led lampalari, 12 ta rezistor dan va Arduino Mega platasidan foydalandim.


Rezistor (lot. resisto — qarshilik koʻrsataman) — radio va elektrtexnika qurilmalari elektr zanjirining strukturaviy (tugal buyum koʻrinishidagi) elementi; asosiy vazifasi — elektr toki ga faol qarshilik koʻrsatish. Qarshilikning nominal qiymati (bir necha Om dan 1000 GOm gacha), undan ogʻish qiymati (0,001—20%) va maksimal sochish quvvati (Vt ning yuz larcha ulushlaridan bir necha MVt gacha) bn tavsiflanadi. Tayyorlanadigan materialiga qarab, R. metall, uglerodli, suyuklikli va yarimoʻtkazgichli; qarshilik turiga qarab, oʻzgarmas va oʻzgaruvchan xillarga boʻlinadi. Bulardan tashqari, qarshiligi kuchlanishga (maxsus; varistorlar), traga (termorezistorlar), yoritilganlikka (fotorezistorlar) va deformatsiyaga (tenzodatchik) bogʻliq boʻlgan xillari bor. R. yordamida radioelektron qurilmalarda tok kuchi va kuchlanish rostlanadi, tra, yorugʻlik kuchi oʻlchanadi va boshqa Termobardosh materiallardan tayyorlangan baʼzi R. qizdirish elementi sifatida ishlatiladi
LED - bu maxsus elektr apparati bo'lib, oqimni bir nechta yorug'likka aylantiradi. Bugungi kunga kelib, LEDlar "yorug'lik chiqaradigan diyot" degan ma'noni anglatadi.
Qurilma yarimo'tkazgichli qurilma bo'lib, u yonga chip, korpus, kontaktli terminali va optik qurilmadan iborat. Nur kristaldan keladi va rangi har xil bo'lishi mumkin va ishlatilgan materialga bog'liq. LEDning yorqinligi, shuningdek, rangi ham boshqacha bo'lishi mumkin. Misol uchun, katta yorug'lik effekti uchun bir kristall odatda monofonik nur hosil qiluvchi bir necha kristallga kiritiladi, bu murakkab bir yorqin nurni hosil qiladi.
Qurilmaning yorqinligi bevosita unga qo'llaniladigan elektr tokining kuchiga bog'liq. O'z navbatida, juda kuchli elektr oqimi ichki kristalning tez qizib ketishiga olib keladi va uni o'chiradi. Buning sababi shundaki, LED dizayni materiallarning narxi jihatidan biroz qimmatga tushadi, bu esa bunday lampalarni tanlashga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda.
Yorqinligi bo'yicha LEDlar toifalarga bo'linadi:

  1. Ultra yorqin, ularning minimal quvvati - 1 Vt;

  2. Yorqinlikni oshiruvchi yoritgichlar - 20 mVtgacha;

  3. Standart lampalar.

Bugungi kunga kelib, chiroqqa o'rnatilgan keng tarqalgan LEDlar bloki. Buning yordamida yorqinlikni sozlash va optimal yorug'lik usulini tanlash mumkin.

Arduino Mega ATmega2560 mikrokontrolleriga (ma'lumotlar jadvali) asoslangan. Platada 54 ta raqamli I/U (shundan 14 tasi PWM chiqishi sifatida ishlatilishi mumkin), 16 ta analog kirish, 4 ta UART seriyali portlari, 16 MGts kristalli osilator, USB ulagichi, quvvat ulagichi, ICSP sarlavhasi va qayta o‘rnatish mavjud. tugmasi. Ishlash uchun siz platformani USB kabeli orqali kompyuterga ulashingiz yoki AC / DC adapteri yoki qayta zaryadlanuvchi batareyadan foydalangan holda quvvatni ta'minlashingiz kerak. Arduino Mega 2560 Uno yoki Duemilanove platformalari uchun moʻljallangan barcha kengaytirish platalari bilan mos keladi.



  1. Sxemasi

Dastur kodi:
#define tbr 13
#define tby 12
#define tbg 11
#define lrr 8
#define lry 9
#define lrg 10
void setup() {
// put your setup code here, to run once:
pinMode(tbr, OUTPUT);
pinMode(tby, OUTPUT);
pinMode(tbg, OUTPUT);

pinMode(lrr, OUTPUT);
pinMode(lry, OUTPUT);
pinMode(lrg, OUTPUT);
}

void loop() {
digitalWrite(tbr, HIGH);
digitalWrite(lrg, HIGH);
digitalWrite(tby, LOW);
digitalWrite(tbg, LOW);
digitalWrite(lry, LOW);
digitalWrite(lrr, LOW);
delay(1500);
for(int i=0;i<3;i++){
digitalWrite(tby, HIGH);
digitalWrite(lry, HIGH);
delay(500);
digitalWrite(tby, LOW);
digitalWrite(lry, LOW);
delay(200);
}
digitalWrite(tbr, LOW);
digitalWrite(lrg, LOW);
digitalWrite(tby, LOW);
digitalWrite(tbg, HIGH);
digitalWrite(lry, LOW);
digitalWrite(lrr, HIGH);
delay(1500);
for(int i=0;i<3;i++){
digitalWrite(tby, HIGH);
digitalWrite(lry, HIGH);
delay(500);
digitalWrite(tby, LOW);
digitalWrite(lry, LOW);
delay(200);
}
}

Manba uchun havola:


https://wokwi.com/projects/360822569383635969

Bu labaratoriya ishida men svetafor ishlash prinsipini bajarib ko‘rdim. Loyihamda yetishmayotgan qismlari yo’lovchilar uchun svetaforni shakllantirilmaganligini, keyinchalik to’ldirib mukkammal holatga keltiraman. Keyinchalik loyihaga tugmali qilish va ko‘zi ojiz kishilar uchun ogohlantiradigan karnaylarni qo‘shishga harakat qilaman.
Download 119.08 Kb.




Download 119.08 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti oʻrnatilgan tizimlar

Download 119.08 Kb.