• Guruh
  • Tarmoq interfeyslari sathi
  • Tarmoq sathi
  • Transport sathi
  • O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al‑xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti mustaqil ish Mavzu




    Download 91.67 Kb.
    bet1/4
    Sana05.01.2024
    Hajmi91.67 Kb.
    #130854
      1   2   3   4
    Bog'liq
    1-Mustaqil ish Tarmoq xavfsizkligi Tilloqobilov O
    11-BO‘LIM, Hujjatlar yuzi, Dars ishlanma, Mustaqil ish. NAMUNA — копия, 6-10 laboratoriya topshiriqlari, KI-S20-04 Tilloqobilov O mavzu pedagogika predmeti, maqsadi va vazifalari, ilmiy-fayllar, Pedagogika. Psixologiya fanidan Mustaqil ish MAVZULARI 7-Semestr, 1-3 Amaliyot topshiriq sirtqi, 1-amaliy ishi diskret kosinus o‘zgartirish uchun spektral tahlil, 6 sinf test, 1. Анъанавий Хонанда дастур -2019, KUCHAYTIRGICHLARNI KATTA SIGNALLARDA ISHLASHI, Abraziv ishlov berishning zamonaviy usullari, ISSIQLIK ALMASHINUV APPARATLARINI ISSIQLIK XISOBI


    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
    MUHAMMAD AL‑XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI



    Mustaqil ish
    Mavzu: Transport qatlamining xavfsizlik protokollari (TLS protokolidan foydalanganda ma’lumotlarni uzatish) va ularning o‘ziga xos xususiyatlari.

    Guruh:KI-S20-04_O’zb
    Bajardi: Tilloqobilov Orzumurod.
    Tekshirdi: Rahmatullayev I.R.

    Samarqand-2024




    REJA:
    Kirish



    1. TCP/IP protokollari stekining tuzilishi

    2. Tarmoq sathi protokollari

    3. Transport sathi protokollari. TCP va UDP protokollari

    Xulosa
    Foydalanilgan adabiyotlar va saytlar


    Kirish:

    Tarmoqqa ulangan qurilmalar bir-biri bilan aloqa qilganda, bir qator qoidalarga rioya qilish kerak - bu qoidalar protokollar deb nomlanadi . Internet juda ko'p turli xil protokollardan foydalanadi; ushbu qoidalarsiz turli qurilmalar bir-biri bilan aloqa qilish imkoniga ega bo'lmaydi.Tarmoq protokollari ma'lumotlar uzatiladigan qatlamlar ketma-ketligi sifatida tashkil etilgan. Qatlamlar ketma-ketligini stek hosil qilish uchun bir-birining ustiga o'tirgan holda tasavvur qilish mumkin. Bu protokollar to'plami deb ataladi .TCP/IP tarmoq protokoli stegi Internetda ishlatiladigan stek hisoblanadi. U to'rtta qatlamga bo'lingan, ular bir-birining ustiga o'tiradi. Ba'zi adabiyotlar pastki qatlamni ikkiga bo'lib, besh qatlamli modelni yaratadi.


    TCP/IP protokollari stekining tuzilishi
    TCP/IP protokoltar steki turli xil tarmoqlarni yagona ma'lumotlar uzatish tizimiga birlashtirilgan transport tizimini yaratish uchun mo'ljallangan ierarxik tartibga ega protokollar to'plamidir. Tarmoqlarning xilma-xilligi OSI modelining fizik va kanal sathlarida "mahalliy" tarmoqlarni qurish texnologiyasidagi farq sifatida tushuniladi. Hozirgi vaqtda TCP/IP protokollari steki Internetdagi asosiy ma'lumotlar uzatish protokollaridir. Stekning nomi asosiy protokollarning nomlaridan kelib chiqqan: TCP (Transmission Control Protocol) uztishlarni boshqarish protokoli va IP (Internet protocol) tarmoqlararo protokol. Ko'pincha birlashtiriladigan tarmoqlarga tarmoq osti deb ataladi va birlashgan tarmoq intertarmoq yoki Internet deb ataladi. Internet protokollarining texnik spetsifikatsiyasi RFC (Request for Comments)ning hujjatlari shaklida chiqariladi. RFCning hujjatlari Internetda, masalan, http://www.rfc-editor.org saytidada chop etiladi.



    1-rasm. TCP/IP stekining tuzilishi
    TCP/IP protokollari steki modeli 4 ta sathdan iborat (RFC 1122).
    Tarmoq interfeyslari sathi “mahalliy” texnologiyalar asosida qurilgan tarmoqlarni murakkab tarmoqlarga birlashtirishni ta’minlaydi. Mahalliy texnologiyalar deganda mahalliy tarmoql (tarmoq osti)larning qurilish texnologiyalari va nuqta-nuqta kanallari tushunliladi. Bu sathning asosiy vazifasi quyidagilar:
    •deytagrammalarni qabul qilishga va ularni aniq tarmoq bo’yicha uzatishga javob beradi;
    • tarmoq tarkibiga kiruvchi tarmoq texnologiyalarining o’zaro aloqasini tashkil qilishga javob beradi;
    OSI modelining fizik va kanal sathlaridan farqli ravishda tarmoq interfeyslari sathi fizik va kanal sathlarida ma’lumotlarni uzatish prinsiplarini aniqlamaydi.
    Tarmoq sathi paketlar harakati uchun marshrutni tanlash va paketlarni deytagrammali usulda uzatishga (bog’lanish o’rnatilmasdan) javob beradi.
    Tarmoq sathi protokollari:
    • IP (Internet Protocol) asosiy protokol – murakkab tarmoqlarda uzellar orasida paketlarni deytagrammali usulda uzatishni ta’minlab beradi (RFC 791);
    • Marshrutlash protokollari – marshrutizatorlarning o’zaro tarmoq konfiguratsiyasi haqidagi ma’lumotlarni almashinishi va marshrutlash jadvalini tuzish uchun mo’ljallangan. Marshrutlash protokollariga misollar: BGP (RFC 4271), OSPF (RFC 2328), RIP (RFC 1058);
    • IGMP (Internet Group Management Protocol) guruhini boshqarish protokoli –IP-protokoliga asoslangan tarmoqlarda ma’lumotlarni guruhli (multicast) uzatishni boshqarish uchun mo’ljallangan. IGMP ma’lumotlarni bir vaqtning o’zida tarmoqning bir nechta tugunlariga uzatish uchun foydalaniladi, masalan, tele va radioeshittirishni tashkillashtirish uchun (RFC 3376).
    • Tarmoqlararo xabarlarni boshqarish protokoli ICMP (Internet Control Message Protocol) tarmoqda yordamchi vazifani o’ynaydi va u IP protokolni to’ldirishga xizmat qiladi. U paketni uzatishda yuzaga keladigan muammolarni to’g’rilash uchun mo’ljallanmagan: agar paket yo’qolsa, ICMP uni qayta jo’nata olmaydi. ICMP protokolining vazifasi boshqacha bo’lib, u foydalanuvchiga uning paketi bilan yuz bergan nostandart holatlarda xabar berish vositasi hisoblanadi. Bu vaqtda IP protokol paketni uzatadi va u haqida unutadi. ICMP protokol esa tarmoq bo’yicha paket harakatini «kuzatadi» va, agar marshrutizator tomonidan paket tashlab yuborilsa, bu xabar manba-bog’lamaga yetkaziladi. Bu orqali jo’natilgan paket va jo’natuvchi o’rtasida teskari aloqa o’rnatiladi.
    Hozirgi vaqtda tarmoqlararo birgalikda harakatlanishni amalga oshiruvchi eng keng tarqalgan protokol IP protokolining 4-versiyasi (IPv4) hisoblanadi. IP-protikolining 6-versiyasi (IPv6) bosqichma-bosqicha joriy etilmoqda.
    Transport sathining asosiy vazifasi amaliy dasturlar o’rtasidagi aloqani ta’minlashdan iborat. Transport sathi axborotlar oqimini boshqaradi va ishonchli uzatilishini ta’minlaydi. Buning uchun to’g’ri qabul qilinganlikni tasdiqlovchi mexanizmdan foydalanilgan bo’lib, yo’qolgan yoki xatolik bilan yetib kelgan paketlar qayta uzatiladi.
    Transport pog’onasining asosiy protokollari:
    • TCP (Transmission Control Protocol) ulanishni boshqarish protokoli – amaliy jarayonlar o’rtasida xabarlarni ishonchli uzatishni ta’minlab beradi. Ishonchli yetkazib berishni amalga oshirish uchun mantiqiy bog’lanish, uzatilayotgan ma’lumotlarning to’liqligini nazorat qilish, ma’lumotlarni yetkazib berishni nazorat qilish va uzatilayotgan axborot oqimlarini boshqarishdan foydalanadi;
    • UDP (User Datagram Protocol) foydalanuvchi diagrammalari protokoli – ma’lumotlarni deytagrammali usulda uzatishni ta’minlaydi, tarmoq pog’onasi va amaliy jarayonlar o’rtasida aloqa vazifasini bajaradi.
    • Amaliy pog’ona OSI modeli pog’onalarining yuqori qismiga mos keladi. Bu bosqichda amaliy pog’onada keng foydalaniluvchi servislar amalga oshirilgan: masofadagi tizimlar o’rtasida fayllarni uzatish protokoli (FTP), masofadagi terminalni emulyasiyalash protokoli (Telnet), elektron pochta protokoli, nomlarga ruxsat etish protokoli (DNS), gipermatnni uzatish protokoli (HTTP), IMAP, POP3, SNMP, SMTP, SSH, LDAP. Amaliy dasturlar pog’onasidagi protokollar foydalanuvchining kompyuterlarida joylashadi.

    Download 91.67 Kb.
      1   2   3   4




    Download 91.67 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al‑xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti mustaqil ish Mavzu

    Download 91.67 Kb.