|
O’zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universiteti kiberxavfsizlik fakulteti
|
bet | 1/11 | Sana | 07.03.2024 | Hajmi | 26.95 Kb. | | #168290 |
Bog'liq Metrologiya Mustaqil ish-2 186078, 1-mavzu, Хабарнома-Уведомление-Notification, Zamonaviy axborot texnologiyalari o\'quv texnik vositalari bilan -fayllar.org, Metrologiya (Mustaqil ish-2), Ochiq kodli(mustaqil ish)., Metrologiya (Mustaqil ish-1), Tahdid razvedkasi(mustaqil ish), Terminlar (Ismoilov A), Ochiq kodli(prezentatsiya), Αzbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsi, Tahdid razvedkasi(prezentatsiya)
O’zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universiteti kiberxavfsizlik fakulteti.
Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish fanidan Mustaqil ish
Bajardi: Ismoilov Axliddin.
Tekshirdi: Jumamuratov Bexzod.
Toshkent-2024.
Mavzu: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI «TEXNIK JIHATDAN TARTIBGA SOLISH TO’G’RISIDA»GI QONUNINING SHARHI.
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga doir majburiy talablarni belgilash, qo‘llash va bajarish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risidagi qonunchilik
Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
texnik jihatdan tartibga solish — mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga doir majburiy talablarni belgilash, qo‘llash va bajarish;
mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligi — mahsulotning, uni loyihalash, ishlab chiqarish, ishlatish (undan foydalanish), montaj qilish, sozlash, saqlash, tashish, realizatsiya qilish va utilizatsiya qilish jarayonlarining, bajariladigan ishlar, ko‘rsatiladigan xizmatlarning holati bo‘lib, bunda insonning hayotiga, sog‘lig‘iga, atrof muhitga, yuridik, jismoniy shaxslarning va davlatning mol-mulkiga zarar yetkazilishi ehtimoli bilan bog‘liq yo‘l qo‘yilmaydigan xavf mavjud bo‘lmaydi;
(3-moddaning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O’zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universiteti kiberxavfsizlik fakulteti
|