• Kirish Reja
  • O’zbеkiston rеspublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi




    Download 20.18 Mb.
    bet1/61
    Sana01.04.2024
    Hajmi20.18 Mb.
    #184144
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
    Bog'liq
    maruza matni NGQI
    15-maruza, 6 mavzu excelda formula va funksiyalar bilan ishlash-fayllar.org, Compound nouns, tkt glossary, PM uchun ingliz testlari[NAMUNA], 13406 1 55313A93427A4ECAA9290FBFA6C6AA6660916635, Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Razzaqov A, Tashmatov SH, 15-99 Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish, 15-Mavzu Disklarga xizmat koʻrsatuvchi dastur-fayllar, 16, dilshodbek bmi (2) (Автосохраненный)

    O’ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI
    OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGINING BUXORO VILOYATI HUDUDIY BOSHQARMASI
    Buxoro neft va gaz sanoati kolleji

    Texnologik qurilmalar operatori ishlari


    O’quv amaliyotidan
    ______________________________________

    Mavzular to’plami


    MUNDARIJA
    1-§Kirish
    2-§Mexanik jarayonlar toʼgʼrisida tushuncha. Material va energetik balans. Qattiq materiallarni uzatish. Transporterlar
    3-§Qattiq materiallarni maydalash va saralash
    4-§Suyuqliklar toʼgʼrisida tushuncha. Suyuqliklarni xususiyatlari.
    5-§Neft maxsulotlarini xossalarini aniqlash
    6-§Suyuqliklar bosimi, gidrostatik, absolyut bosim, vakuum toʼgʼrisida tushuncha
    7-§Maxalliy qarshiliklarda bosimni yoʼqolishi
    8-§Tindirish, filtrlash. Tindirgich va filtrlarning tuzilishi.
    9-§Turli jinsli gaz aralashmalarini ajratishda qoʼllaniladigan apparatlar, ularni tuzilishi
    10-§Membranali ajratish jarayonlari
    11-§Nasos va kompressorlar
    12-§Issiqlik jarayonlari va ularni olib borish usullari
    13-§Issiqlik almashinish apparatlari, sinflari
    14-§Issiqlik almashinish apparatlarini xisoblash
    15-§Neftni qayta ishlashda qoʼllaniladigan kristallizatorlarni tuzilishi
    16-§Trubali pechlar vazifasi, sinflari, turlari.
    17-§Trubali pechning tuzilishi va ish printsipi
    18-§Massa almashinish jarayonlari va uni neftni qayta ishlashda qoʼllanilishi
    19-§Suyuqliklarni xaydash. Haydash usullari, oddiy haydash.
    20-§Аtmosfera bosimi va vakuumda xaydashning mohiyati
    21-§Rektifikatsiyaning mohiyati. Olib borish usullari.
    22-§Rektifikatsion kolonnalarni tuzilishi
    23-§Аbsorbtsiya jarayoni va uni neftni qayta ishlashda qoʼllanilish
    24-§Аbsorberlarni tuzulishi, turlari. Аbsorbtsion uskunalarning sxemalari.
    25-§Suyuqliklarni ekstraktsiyalash
    26-§Ekstragentlarni tanlash. Ekstraktorlarni tuzilishi
    27-§Аdsorbtsiya jarayoni va uni olib borish. Desorbsiya
    28-§Аdsorberlarning tuzilishi. Аdsorberlarni xisoblash.
    29-§Kimyoviy jarayonlarni olib borish usullari
    30-§Neftni qayta ishlashda reaktor qurilmalarining roli Kimyoviy reaktorlar konstruktsiyasi va ish printsipi.
    1-§ Kirish
    Reja:

    1. O’zbekiston Respublikasida qurilgan va qurilayotgan ishlab chiqarish zavodlari

    2. Ishlab chiqarishda texnika xavfsizligi

    Hozirgi vaqtda energiyaning asosiy manbalaridan biri neft va gaz hisoblanadi. Ulardan asosan turli suyuq yoqilg’ilar–benzin, kerosen, dizel va qozonxona (mazut) yoqilg’isi olish uchun foydalaniladi. Shuningdek, neftdan maxsus va surkov moylari ham ishlab chiqariladi. Qayta ishlash jarayonlari orqali olingan mahsulotlar plastmassalar, sintetik kauchuk va smola, sun`iy tola va yuvish vositalari, dori–darmonlar va shu kabi bir qator xalq xo’jaligi uchun zarur mahsulotlar ishlab chiqarishda xom ashyo sifatida foydalaniladi.
    Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan yillardan boshlab ishlab chiqarishning asosiy sohalaridan hisoblangan neft va gaz sanoatiga katta e`tibor qaratildi. Bu borada birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning 1992- yildagi neft va gaz soxasini rivojlantirish to’g’risidagi qaror va farmonlari sohada qilinishi kerak bo’lgan ishlar ko’lami aniqlab olindi. Respublika yoqilg’i-energetika mustaqilligiga erishish maqsadida mavjud ishlab turgan zavodlar qatoriga yangi zavodlar qurishga kirishildi. Yangi quriladigan zavodlar ishga tushirilishi bilan ichki bozordagi yoqilg’i mahsulotlariga bo’lgan talabni qondirish bilan birgalikda tashqi bozorga ham mahsulot chiqarish ko’zda tutilgan edi.
    O’zbekiston mustaqillikka erishgunga qadar neft va gazni qayta ishlash zavodlari Oltiariq (1906 y.), Farg’ona (1958 y.) va Muborak (1971 y.) gazni qayta ishlash zavodlari qatoriga 1997- yil 22- avgustda ishga tushirilgan Buxoro neft va gazkondensatini qayta ishlashga mo’ljallangan zavod va 2001- yilda Sho’rtan gaz kimyo majmuasi qo’shildi. Umuman O’zbekistondagi neft va gazni qayta ishlash sohasini vujudga kelishiga nazar solsak, 19–asr oxirida Farg’ona vodiysida ochilgan dastlabki konlar asosida 1904-1906 yillarda O’zbekistonda birinchi Oltiariq neftni qayta ishlash zavodi ishga tushirilishidan boshlangan. Oltiariq neftni qayta ishlash zavodi asosan neftni birlamchi qayta ishlashga mo’ljallangan.
    Mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirish maqsadida 1958- yilda Farg’ona neftni qayta ishlash zavodi ishga tushirildi. Zavodda neftni birlamchi va ikkilamchi qayta ishlash jarayonlari olib boriladi. Uning hozirgi vaqtdagi ishlab chiqarish quvvati yiliga 5,5 mln. tonna neft va kondensatini qayta ishlashga mo’ljallangan. Zavodda shuningdek, yiliga 500 ming tonna moy ishlab chiqarish quvatiga ega qurilmalari mavjud. 1996- yil Farg’ona neftni qayta ishlash zavodi chet el ilg’or texnologiyalari (Yaponiya) asosida qayta rekonstruksiya qilindi. Hozirda zavodda neft mahsulotlarini 50 dan ortiq xili ishlab chiqariladi.
    Respiblikamizda neftni qayta ishlash bilan birgalikda gazni qayta ishlash sohasiga ham katta e`tibor berildi. 1971- yil dekabrda Muborak gazni qayta ishlash zavodi birinchi navbati ishga tushirildi. Zavod asosan xalq xo’jaligi uchun eng arzon yoqilgi, tabiiy gaz etishtirib beradi. Muborak gazni qayta ishlash zavodining dastlabki quvvati yiliga 5 mlrd. m3 tabiy gazni qayta ishlashdan boshlangan. 1978-80 yillarda zavodning ikkinchi va uchinchi navbatlari ishga tushirilib, umumiy quvvat yiliga 10 mlrd. m3 ni tashkil etdi. 1984- yil to’rtinchi navbati ishga tushirildi va umumiy quvvat yiliga 25 mlrd. m3 ni tashkil etdi.Hozirgi vaqtda umumiy quvvat yiliga 30 mlrd. m3 ni tashkil etadi. Muborak gazni qayta ishlash zavodi xom ashyo manbalari asosan yuqori oltingugurtli (4,5-5,0%) O’rtabuloq, Dengizko’l-Hauzak, Samantepa konlari va kam oltingugurtli (0,08-0,3%) Kultak, Zevarda, Pamuq, Alan gaz konlaridir. Zavodning asosiy mahsulotlari tabiiy gaz, texnik oltingugurt, barqarorlashtirilgan kondensat va suyultirilgan gaz hisoblanadi.
    Istiqlol yillariga kelib, 1997- yilda gaz kondensatini qayta ishlashga mo’ljallangan xorijiy davlatlarning ilg’or zamonaviy texnologiyalardan biri Fransiya “Teknip” kompaniyasi texnologiyasiga ko’ra Buxoro neftni qayta ishlash zavodi ishga tushirildi. Zavodning umumiy quvvati yiliga 2.5 mln. tonna neft va gaz kondensati aralashmasini qayta ishlashga mo’ljallangan. Zavodda neft va gaz kondensati aralashmasini birlamchi qayta ishlash jarayonlari olib boriladi. Zavodni asosiy xom ashyo manbai Ko’kdumaloq konlaridan olinyotgan gazkondensatlari va olinadigan mahsulotlari esa asosan suyultirilgan gaz, yuqori sifatli benzin navlari, kerosin va dizel yoqilg’ilari, hamda qoldiq - mazut hisoblanadi.
    Respublikamizda neft kimyosi va organik sintez moddalar olishni ko’paytirish maqsadida 17- fevral 1998- yil “O’zbekneftegaz” va “ABB Lummus Global”(AQSh), “ABB Soimi”(Italiya), “Nisho Ivai”, “Toyo injiniring”(Yaponiya) kompaniyalari o’rtasida gaz kimyo majmuasini loyihalash, qurilmalarni yetkazish, o’rnatish va ishga tushirish bo’yicha shartnoma imzolandi. 2001 yil oxirida Sho’rtan gaz kimyo majmuasi ishga tushirildi va 2002- yil 15- avgustidan birinchi o’zbek polietileni chiqarildi. Gaz kimyo majmuasi umumiy quvvati yiliga 4,2 mlrd. m3 tabiiy gazni qayta ishlashga mo’ljallangan bo’lib, quydagi mahsulotlar olinadi:
    - donador polietilen ( 125 ming.tonn.);
    - suyultirilgan gaz ( 137 ming.tonn.);
    - gazkondensati ( 103 ming.tonn.);
    - donador oltingugurt ( 4 ming.tonn.).
    Sho’rtan gaz kimyo majmuasida ishlab chiqarilayotgan barcha polietilen mahsulotlari ekologik va gigienik sertifikatlarga egadir. Zavod mahsulotlariga 2005- yil Xalqaro ISO-9001 sifat sertifikati berildi.
    Hozirgi vaqtda Sho’rtan GKM mahsulotlarining 70% eksportga chiqarilmoqda. Ya`ni Ovropa mamlakatlari (Italiya, Gollandiya, Polsha, Vengriya, Turkiya), Osiyo (Eron, Pokiston, Xitoy), MDH davlatlari(Rossiya, Ukraina, Ozarbayjon, Qirg’iziston, Tojikiston) ga eksport qilinmoqda.
    Respublikamizda yoqilgi energiyasiga bo’lgan talabni to’la qondirishda “O’zbekneftegaz” Milliy holding kompaniyasi asosiy o’rin tutadi. Kompaniya 154 korxona va tashkilotni o’z ichiga olib, ulardan 87 tasi aksionerlik hamda 67 tasi davlat korxonalaridir. “O’zbekneftegaz” tizimida 8 ta yirik kompaniya faoliyat yuritadi: “O’zgeoneftgaz qazib chiqarish”, “O’zneftgazburg’alash”, “O’zgaznaqliyo”, “O’zneftni qayta ishlash”, “O’zneftmahsulot”, “O’zneftgazqurilish” va boshqalari neft va gaz sanoatida muhim rol o’ynovchi kompaniyalardir, ya`ni “O’zneftgazmash”, “O’zneftgazhimoyata`minot”, “O’zneftegazaloqa”, “O’ztashqineftegaz”.
    Hozirda Respublikamizda jahon sifat andozalariga mos keluvchi tayyor neft mahsulotlarini tashqi bozorga chiqarilyapti.
    Xavfsizlik va ogoxlantiruvchi belgilarni oʼrganish.
    Operator – markazda oʼtiruvchi shaxs boʼlib, butun blok ustanovkasi ishlashini boshqarib turadi. U har bir apparat va jihozlarni, quvurlar tizimini, ishlab chiqarish instruksiyasini va texnologik xaritalarini juda yaxshi bilishi kerak

    Operatorlar vazifa instruktajida har bir apparatni regulirovka qilish usullari, nosozlik va avariya vaqtida qanday chora koʼrish kerakligi haqida taʼkidlab oʼtilgan. Texnologik xaritada qurilmadagi barcha asosiy ish koʼrsatkichlari: harorat, bosim qurilmaning ishlashi, maxsulot sifati aks etadi.
    Ish joyida quyidagi yuriqnomalar bilan tanishish:
    Ishning doimiy ishlash joyi, sexdagi texnologik jarayon va xavfli maydonlar.
    Ishchining doimiy ishlashi zarur bulgan mexanizmi.
    Muhofaza qurilmalari va boshqa saqlovchi vositalar.
    Ishga tayyorlanish qoidalari,
    agregatlarning sozlanganligini tekshirish
    Yurgizich va oʼchirish tugmalarning ishlashini tekshirish
    Dastgoxning yerga ulanganligi va yordamchi qurollarning mavjudligi
    Maxsus kiyimlardan foydalanish va ularga qoʼyilgan talablar
    Ish joyini tashkil qilish.Ish joylarini toza saqlash va keraksiz nersalardan saqlash. Ishlab turgan elektrstantsiyalar, elektr va issiqlik tarmoqlari, issiqlik avtomatikasi va oʼlchovi qurilmalari, dispetcherlik va texnologik boshqaruv vositalari, tuman qozonxonalari, «Oʼzbekenergo» AJ ning energotaʼmirlash korxonalarini elektr uskunalarida, hamda uy-joy va maishiy xizmat xoʼjaligi korxonalarining elektr tarmoqlariga xizmat koʼrsatish va ularni ishlatish, taʼmirlash, qurilish-taʼmirlash va sozlash ishlarini bajarishda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish zarur. Texnika xavfsizligining qoidalariga binoan ishlatilaѐtgan elektr uskunalarida ish bajarish uchun ixtisoslashgan va boshqa qurilish-taʼmirlash tashkilotlari xodimlariga ishlashga ijozat berishda texnika xavfsizligining qoidasi talablari bajarilishi kerak. Texnika xavfsizligi qoidasiga oʼzgartirish va qoʼshimchalarni faqat uni tasdiqlagan tashkilot kiritishi mumkin. Texnika xavfsizligi qoidasiga muvofiq ish jaraѐnida foydalaniladigan himoya vositalari Davlat yagona nusxasi talablariga va «Elektr uskunalarida foydalaniladigan himoya vositalarini qoʼllash va sinash qoidasi» ga javob berishi shart. Ishlarni bajarishda qoʼllaniladigan mexanizmlar va yuk koʼtarish mashinalari, kompressor va havo yigʼuvchi qurilmalar, asbob va moslamalar sinalgan boʼlishi va mehnat xavfsizligi yagona nusxasi talablariga, Oʼzbekistan Respublikasi Davlat togʼ-kon texnikasi nazorati qoidalariga va «Asbob va moslamalar ѐrdami bilan ish bajarishda xavfsizlik qoidalari» ga, shuningdek, ishlab chiqargan zavod yoʼriqnomasi talablariga muvofiq ishlatilishi kerak. Ishlab turgan elektr uskunalarida qurilish va taʼmirlash ishlarini bajaraѐtganda qurilish meʼѐri, yaʼni «Qurilishda texnika xavfsizligi» qoidasiga rioya qilish shart. Qoida hamma uchun majburiydir. Ishchi va xizmatchilar mehnatini muhofaza qilish yoʼriqnomasi ushbu qoidaga muvofiqlashtirilishi kerak. Har bir xodim qoida talablariga zid boʼlgan chekinish yoki texnika xavfsizligining qoidalari talabini bajarmaslikni, hamda elektr uskunalaridagi inson haѐti uchun xavf tugʼdiruvchi nosozlikni, ish olib borish jarayonida ishlatiladigan mashina, mexanizm, asbob, moslama va himoya vositalaridagi buzilishni bartaraf etish chorasini koʼra olmasa, zudlik bilan yuqori tashkilot rahbariyatiga bu haqida xabar berishi shart. Texnika xavfsizligi qoidalariga zid keladigan farmoyish va topshiriqlarni bajarish qatʼiyan man qilinadi.

    Download 20.18 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




    Download 20.18 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbеkiston rеspublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

    Download 20.18 Mb.