1
O’ZBEKISTОN RЕSPUBLIKASI ОLIY VA O`RTA MAХSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVЕRSITЕTI
Fizika-matematika fakultеti fizika ta’lim yo’nalishi 181-guruh
talabasi Matyoqubov Sarvarbekning lazer fizikasi fanidan “Lazer
nurini modulyatsiya qilish.” mavzusida yozgan
KURS ISHI
Mavzu: Lazer nurini modulyatsiya qilish.
Topshirdi: Matyoqubov S.
Qabul qildi: Karimov M.
Urganch-2022
2
MAVZU: Lazer nurini modulyatsiya qilish
.
REJA:
I.Kirish
Lazer radiatsiyasini modullashtirish………………………………………….
II.Asosiy qism:
2.1.Lazerli nurlanish modulyatsiyasining fizik asoslari………………………...
2.2.Generatsiya bo„sag„asi.Asllik.………………………………………………
2.3.Optik modulyatorlar haqida tushuncha.Deflektorlar.……………………….
2.4.Lazer nurlanishini quvvatini oshirish usullari………....................................
III.Xulosa
………………………………………………………………………
Foydanilgan adabiyotlar
…………………………………………………………
3
Kirish.
Lazer so„zi inglizcha “laser” so‟zidan olingan. “Laser” so„zi esa “Light
Amplification by Stimulated Emission of Ratiation” iborasining bosh harflaridan
olingan bo„lib, “Majburiy nurlanish tufayli yorug„likning kuchayishi” ma‟nosini
anglatadi. Lazer nurlanishi ultrabinasha, infraqizil va ko„zga ko„rinadiga
diapazondagi elektromagnit to„lqinlardir. Bu to„lqinlar atom va molekulalarning
majburiy (stimullangan) nurlanishiga asoslanib hosil qilinadi. Bunday nurlanish
hosil qiluvchi qurilmani lazer yoki optik kvant generator (OKG) deyiladi.
Sovet fizigi V.A. Fabrikant 1940-1941 yillarda gaz razryadi spektrini
o„rganish ishlari davomida “majburiy nurlanish hisobiga” yorug„lik intensivligini
kuchaytirish mumkinligini isbotladi. 1955- yilda Sovet fiziklari A.M. Proxorov va
N.G. Basov o„ta yuqori chastotali birinchi kvant generatorini yaratdi. Bu
mikroto‟lqin diapazonidagi optik kvant generator-mazer edi. 1958- yilga borib
Proxorov va Basov bilan ayni bir vaqtda AQSH fizigi CH. Tauns ko‟zga
ko„rinadigan yorug„lik spektri diapazonida kvant generatori-lazer qurish
mumkinligini ilmiy va amaliy isbotladilar.
Lazer qurilmalarida ishlatiladigan ishchi materiallarni lazer materiallar
deyiladi yoki ularni faol (aktiv) moddalar deb ataladi. Faol muhit sifatida yoqut
kristali (rubin) ishlatiladigan lazer 1960
yil yaratildi. Keyingi kashfiyotlarda neon
Ne va geliy He gazlari arlashmasi qo„llaniladigan lazer (1960 y), neodim Nd
3+
ionlari qo„shilgan silikat shisha qo„llanilgan lazer (1961y),
yarimo„tkazgich
birikma kalsiy-mishyakli CaAs kristallari qo„llanilgan lazer (1962y), anorganik
suyuqlikdagi neodim eritmasi selenoksixlorid
SeOCl
2
va organik bo„yoq
eritmalari
ishlatiladigan lazerlar (1966 y) yaratildi. 1974 yilga kelib faol moddalar
(lazer materiallar) soni 200 ga etgan edi. Har xil aralashmalar qo„shilgan ion
kristallar eng katta lazer materiallari guruhini tashkil etadi. Tartibsiz ichki
tuzilishga ega bo„lgan lazer shishalar shisha hosil qiluvchi komponentalar va faol
aralashmalar sifatida olingan ionlardan iborat bo‟ladi. Yarimo„tkazgichli
lazer
materiallar A
II
B
VII
va A
III
B
V
birikmali kristallardan iborat bo„ladi. Ularda ishchi elementi qalinligi 0,1 mkm
bo‟lgan p-n o„tish bo„lib, o„lchamlari 1x1x0,2 mm li plastinka ko„rinishda
tayyorlanadi.(1 – rasm.)
Demak, faol muhitga bog„liq holda lazerlarning qattiq jismli, suyuqlikli
(kimyoviy), gazli, yarimo„tkazgichli va bo„yoq moddali turlarga ajratish mumkin.