• 1-amaliy mashg‘ulot.Dasturlar va apparat ta’minoti orasidagi bog‘liqlik, interfeys tushunchasi, uning turlari.
  • Software
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti axborot texnologiyalari kafedrasi




    Download 5.64 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/134
    Sana21.01.2023
    Hajmi5.64 Mb.
    #38911
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   134
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-Kompyuter ta`minoti 2
    Joanna Rouling, O, ттт, Power point dasturi va uning imkoniyatlari (1)


    o

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
    OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
     
     
    GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI 
    AXBOROT TEXNOLOGIYALARI KAFEDRASI
    U.Jurayev, S.Islikov, Sh.Mavlonov 
     
    Guliston – 2019 


    o

    1-amaliy mashg‘ulot.Dasturlar va apparat ta’minoti orasidagi bog‘liqlik, 
    interfeys tushunchasi, uning turlari. 
    Kompyuter ikkita ajralmas qismdan tashkil topgan bo‘ladi: apparat ta'minoti 
    (hardaware) va dasturiy ta'minot (software). Ular o‘zaro bog‘langan holda yagona 
    uyg‘unlikda ishlaydi va muayyan vazifalarni bajaradi.
    Kompyuterning imkoniyatlarini kengaytiradigan va turli vazifalar bajarishini 
    ta'minlaydigan vosita bu albatta dasturiy ta'minotdir. Dasturiy ta'minot odatda 
    kompyuterning qattiq diskida saqlanadi va kompyuter yoqilishi bilan maxsus dastur 
    operasion sistema ishga tushadi.
    Dasturiy ta'minot ikkita asosiy guruhga bo‘linadi:
    1. 
    Sistema dasturiy ta'minoti  
    2. 
    Amaliy dasturiy ta'minot Sistema dasturiy ta'minotga odatda operasion sistema 
    va qobiqlar, qo‘shimcha dasturiy ta'minotga ega yordamchi vazifalarni bajaradigan 
    har xil dastur va dasturiy majmualar kiradi (masalan, matn muharriri, elektron 
    jadval, grafik dasturlar va hokazo). Bundan tashqari, dasturiy ta'minot tarqatilishi 
    va targ‘ib qilinishi bo‘yicha quyidagi 3 ta turga ajratiladi:

    Software - qiymati 100% to‘langanidan keyin o‘rnatilib, foydalaniladigan 
    dasturiy ta'minot.

    Shareware - aprobasiya, ya'ni sinovdan o‘tkazish muddatiga ega bo‘lgan 
    (odatda 7 kundan 40 kungacha, yoki bir necha bor kirib ishlashga) yoki imkoniyatlari 
    cheklangan dasturiy ta'minot. Undan foydalanib, zarurligi aniqlanganidan keyin xarid 
    qilish mumkin.

    Freeware - mutlaqo bepul dasturiy ta'minot. Aksariyat hollarda reklama 
    sifatida yoki dasturchilarning ilk ishlanmalari tarqatiladi.
    Kompyuterga dasturiy ta'minotni o‘rnatish jarayoni installyasiya deyiladi, uni 
    o‘chirish esa deinstallyasiya deb ataladi. Biror bir dasturiy ta'minotni o‘rnatishdan 
    oldin sistema talablarini, ya'ni kompyuterga qo‘yiladigan talablarni ko‘rib chiqib, 
    mosligini aniqlash lozim. Agarda kompyuterning konfigurasiyasi dasturning 
    sistemaga bo‘lgan talablariga javob bermasa, u holda mazkur dastur ishlamaydi 
    yoki noto‘g‘ri ishlaydi.
    Dasturiy ta'minotni o‘rnatishga mo‘ljallangan nusxasi odatda zich holatdagi 
    majmua shakliga ega bo‘lib distributiv deb nomlanadi. Distributiv aksariyat 
    hollarda kompakt-diskda joylashgan bo‘ladi, lekin zarurat tug‘ilsa, uning nusxasini 
    qattiq disk yoki boshqa ma'lumot saqlash vositasiga ko‘chirish mumkin.
    Har bitta distributiv lisenzion shartnoma (yoki kelishuv)ga ega bo‘lib, 
    o‘rnatish uchun zarur bo‘ladigan maxsus kalit yoki maxfiy parolga ega bo‘ladi (cd-
    key). Mazkur parol yoki kalit kiritilmaguncha dasturiy ta'minotni o‘rnatib 
    bo‘lmaydi. hokazo.


    o


    Download 5.64 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   134




    Download 5.64 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti axborot texnologiyalari kafedrasi

    Download 5.64 Mb.
    Pdf ko'rish