• FIZIOLOGIYA VA VALEOLOGIYA ASOSLARI KAFEDRASI
  • Kafedra mudiri: ____________________________ b.f.n S.A.Mavlanova
  • Fanning maqsad va vazifalari Fan o`qitilishining maqsadi
  • O`quv fanini o`rganishning asosiy vazifalari
  • Fanning ishlab chiqarishdagi o’rni
  • Fanni o`qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar.
  • Umumiy va o’quv ishlari turlari bo’yicha hajmi
  • Ma`ruza mavzulari Q is q acha mazmuni soat
  • Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy va tashkiliy asoslari.
  • Amaliy mashg’ulotlar mavzulari
  • *Aholini zilzilalar oqibatitida yuzaga kelgan favqulotda vaziyatlarda (tabiiyva texnogen tusdagi) xarakatqilishga tayyorlash. Bino inshootlar xavfsizligini ta’minlash
  • Mavzu nomi MIM Shakli Soati
  • O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya va valeologiya asoslari kafedrasi




    Download 231.15 Kb.
    Sana24.12.2019
    Hajmi231.15 Kb.





    O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI

    OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
    NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
    FIZIOLOGIYA VA VALEOLOGIYA ASOSLARI KAFEDRASI








    TASDIQLAYMAN

    O’quv ishlari bo’yicha prorektor

    _________ b.f.n. D.Dexqanov
    “____” ______________2019 yil



    HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI

    faninning
    ISHCHI O’QUV DASTURI

    2019/2020 o’quv yili kunduzgi ta’lim shakli, 1-kurslari uchun

    Bilim sohasi: 100 000 – Gumanitar soha

    Ta’lim sohasi: 110 000 - Pedagogika

    Bakalavriyat yo’nalishi: 5111900-Defektologiya (Logopediya)



    Namangan – 2019

    Fanning ishchi o’quv dasturi O’zbekiston Respublikasi Oliy o’rta maxsus ta’lim

    vazirining 201 yil _________ dagi ___-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan namunaviy fan dasturi asosida tuzilgan.



    Tuzuvchi: Fiziologiya va valeologiya asoslari kafedrasi

    o’qituvchisi E.I.Mirzaolimov.

    Fanning ishchi o`quv dasturi Fiziologiya va valeologiya asoslari kafedrasining 2019 yil -- avgustdagi 1- sonli yig’ilishida muhokamadan o`tgan va fakultet kengashiga muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.


    Kafedra mudiri:____________________________ b.f.n S.A.Mavlanova

    Fanning ishchi o`quv dasturi «Tabiiy fanlar» fakulteti kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan (2019 yil --- avgustdagi 1 – sonli bayonnoma).



    Fakultet kengashi raisi:_________________________ dots. A.Nazarov

    Kelishildi:
    O’quv uslubiy bo’lim boshlig’i:_______________ Z.Mo’minov


    Kirish
    Ushbu dastur fan tarixi, rivoji va istiqboli hamda Respublikamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijalari, ishlab chiqarish va xududiy xavfsizlik muammolarining inson hayoti xavfsizligiga ta`siri masalalarini qamraydi. Zero hozirgi vaziyatda xavfsiz hayotni ta`minlash masalalari eng dolzarb muammolardan hisoblanadi. Chunki texnosferalarda ishlab chiqarish jarayoni buzilishi, ishlovchilar uchun sanitariya va gigiena me`yor va qoidalarini yaratilmasligi, muhit rivojlanishdagi noxush vaziyatlarning murakkablashuvi, davlatlar o`rtasida insoniyat hayotiga xavf-xatar soluvchi holatlarning ro`y berishi, insoniyat tomonidan qo`llanilayotgan turli zaharli va zararli moddalar va vositalar ko`plab xavflarni yuzaga keltirib, insonlarning hayotiy faoliyatiga, sog’lig’iga, atrof-muhit tozaligiga va iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga tahdid solmoqda. SHu sababli ham mamlakatimizning eng muhim va kechiktirib bo`lmaydigan vazifalari qatorida aholi hayotining xavfsizligini ta`minlash masalalari dolzarb o`rin olgan. Aynan shu muammolarning echimini “Hayot faoliyati xavfsizligi” fani o`rganadi.

    Fanning maqsad va vazifalari
    Fan o`qitilishining maqsadi – bo`lajak mutaxassislarga hayotiy faoliyatlarida yuzaga keladigan xavflarning kelib chiqish sabablarini, xususiyatlarini, oqibatlarini va ularni yo`qotish qoidalarini, xavfsiz ish sharoitlarini yaratish, tabiiy, texnogen, ekologik va boshqa tusdagi favqulodda vaziyatlardan aholini himoya qilish, ularni nazariy va amaliy jihatdan himoyalanishga hamda jarohat olganlarga birlamchi tibbiy yordam ko`rsatish qoidalarini o`rgatishdan iborat.

    O`quv fanini o`rganishning asosiy vazifalari: hayotiy faoliyatda yuzaga keladigan xavflarni identifikatsiyalash va ularni o`rganish, ishlab chiqarish jarayonlarida xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, texnosferada kasb kasalliklarini kamaytiradigan va baxtsiz hodisalarni oldini oladigan chora-tadbirlarni o`rganish. SHuningdek, aholini tabiiy ofat, avariya va halokatlardan himoyalanish usullariga o`rgatish, zararlangan shikastlanish o`choqlaridagi fuqarolarni qutqarish va tiklov ishlarini o`tkazish, yong’inga qarshi xavfsizlik choralarini ko`rish, jarohat olganlarga birlamchi tibbiy yordam ko`rsatish va boshqa muhim vazifalarni bajara oladigan bilim, ko`nikma va kasbiy malakaga ega insonni tarbiyalashga qaratilgan.
    Fanning ishlab chiqarishdagi o’rni

    Hayot faoliyati xavfsizligi fanini o’rganish, nafaqat texnosferada xavflar tug’ilganga, balki ishlovchilarni kasb kasalliklariga chalinishni qisqartirish, baxtsiz hodisalar oldini olish, shuningdek biosferada yuz beradigan favqulodda vaziyatlarda insonlar o’limi va moddiy zararlar miqyosini kamaytirish imkonini beradi.




    Fanni o`qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar.

    Yo`nalishning o`ziga xos xususiyatlari dasturni interfaol usullarda o`zlashtirishni taqazo qiladi. Bunda asosiy e`tibor auditoriya mashg’ulotlarida va mustaqil tayyorgarlikda o`zlashtiriladigan chuqurlashtiriladigan nazariy bilimlarga hamda ob`ektiv jarayonlar va hodisalarga nisbatan dunyoqarashni shakllantirishda ma`ruza mashg’ulotlariga katta o`rin ajratiladi.

    Dastur materiallarini o`zlashtirish to`rt xil:

    - muammoli mavzular bo`yicha;

    - mustaqil o`zlashtirilishi murakkab bo`lgan bo`limlar bo`yicha;

    - ta`lim oluvchilarda alohida qiziqish uyg’otuvchi bo`limlar bo`yicha;

    - oldinga siljigan ma`ruzalarni interfaol usulda o`qitish yo`li bilan;

    -mustaqil ta`lim olish va ishlash, kollekviumlar va munozaralar jarayonida o`zlashtiriladigan bilimlar bo`yicha mashg’ulotlar o`tkazish yo`li bilan amalga oshirishni nazarda tutadi.

    Mustaqil tayyorgarlik jarayonida talaba adabiyotlar, internet materiallari va me`yoriy hujjatlar bilan ishlashni uddalashni namoyon qilishi, auditoriya mashg’ulotlari paytida qabul qilingan ma`lumotlarni mushohada qilish qobiliyatini ko`rsatishi zarur.

    Dastur talabalar bilimini reyting-nazoratidan foydalanadigan o`quv jarayonini tashkil qilishning yangi tamoyillari asosida amalga oshadi.

    Fanni o`zlashtirishda masofadan o`qitish, darslik, o`quv qo`llanmalari va ma`ruzalar matnlarining elektron versiyalaridan, ma`ruzalar o`qish, elektron plakatlar va internet tarmog’idan foydalaniladi.
    Umumiy va o’quv ishlari turlari bo’yicha hajmi

    Fanga umumiy 62 soat ajratilgan bo’lib, shundan auditoriya mashg’ulotlari 36 soat bo’lib, semestr davomida haftasiga 2 soatdan o’tiladi.


    Semestr(lar) bo’yicha mashg’ulot turlariga ajratilgan soatning taqsimoti


    Semestr

    Yuklama

    Auditoriya mashg’ulotlari turi bo’yicha o’quv yuklamasi taqsimoti (soat)

    Mustaqil ta’lim

    Jami

    Ma’ruza

    Amaliy mashg’ulot

    I

    62

    36

    18

    18

    26

    Jami

    62

    36

    18

    18

    26


    Hayot faoliyati xavfsizligi fanidan ma’ruza mashg’ulotlarning soatlar bo`yicha taqsimlanishi




    Ma`ruza mavzulari

    Qisqacha mazmuni


    soat

    1


    Kirish. Hayot faoliyati xavfsizligini ta`minlash asoslari. faoliyati xavfsizligining iqtisodiy jihatlari.


    Hayot faoliyati xavfsizligi haqida tushuncha. Hayot faoliyati xavfsizligi fanining maqsadi va vazifalari. Hayot faoliyati xavfsizligi fanining tarkibiy qismlari va ularning tekshirish ob`ektlari. Faoliyat xavfsizligini tahlil qilish. Hayot faoliyati xavfsizligining asosiy tushunchalari, ularning mazmuni. Xavflar, ularning tasnifi. Faoliyat xavfsizligini ta`minlash tamoyillari, uslublari. Texnosferada xavfsizlikni ta`minlash vositalari. “Inson – muhit” tizimida inson omili. Faoliyat xavfsizligini ta`minlashning ergonomika asoslari. Faoliyat xavfsizligi psixologiyasi. Hayot

    2

    2

    Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy va tashkiliy asoslari.

    Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy asoslari, mazmuni.

    Ishlab chiqarishda faoliyat xavfsizligini ta`minlash bo`yicha qabul qilingan asosiy qonunlar, standartlar, nizomlar, qoidalar va me`yoriy hujjatlar tizimi. Faoliyat xavfsizligi qonun – qoidalarga amal qilinishini nazorat qilish tizimi, qoida va talablarni buzganda tortiladigan javobgarliklar. Ishlab chiqarishda faoliyat xavfsizligini boshqarish tizimi, xavfsizlikni ta`minlashga oid tadbirlarini rejalashtirish, mablag’ bilan ta`minlash. Ishlovchilarni faoliyat xavfsizligi talablariga amal qilishga o`qitish tizimi. Ishlab chiqarishda faoliyat jarayoni vaqtida yuzaga keladigan jarohatlanishlar va kasb kasalliklari, ularning kelib chiqish sabablari, tahlil qilish, oldini olish tadbirlari, ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari.




    2

    3


    Ishlab chiqarish jarayonlari sanitariyasi va gigienasi

    Inson mehnat faoliyatining fiziologik-gigienik asoslari. Inson mehnat faoliyatiga ta`sir etuvchi salbiy omillar, ularning turlari, mohiyati va himoyalanish usullari. Inson mehnat faoliyatining turlari, fiziologik ta`siri. Mehnatning fiziologik asoslari. Mehnat jarayonida ishlovchining ishlash qobilyatini pasayishi va zo`riqishi.

    Ishlab chiqarishning sanitariyasi va gigienasi me`yorlari, mazmuni. Texnosferada havo muhitining ko`rsatkichlari, ularning mehnat faoliyatiga ta`siri, ishlab chiqarish mikroiqlimining gigienik me`yorlari, ularning inson organizmiga ta`siri. Ishlab chiqarishda mo``tadil ob-havo sharoitini yaratish. Texnosfera havosi tarkibidagi ishlab chiqarish changlari va zaharli moddalarning inson organizmiga salbiy ta`siri, ularga qarshi chora-tadbirlar.

    Ishlab chiqarish jarayonlarida zararli omillar va ulardan himoyalanish tadbirlari. Ishlab chiqarishda obi-havo sharoiti va ularni me`yorlash. Ishlab chiqarishda zararli moddalar va ulardan himoyalanish usullari. Ishlab chiqarish korxonalarini shamollatish, ularning turlari, umumiy va mahalliy shamollatishning mohiyati.

    Ishlab chiqarishda yoritish va uni me`yorlari. Tabiiy va sun`iy yoritish. Yoritishga qo`yiladigan sanitar-gigienik talablar. Yoritish vositalari.

    Ishlab chiqarishda shovqin va titrash. Ularning inson organizmiga zararli ta`siri. Yuzaga kelish sabablari va manbalari. SHovqin va titrashni tasniflash, muhofaza chora-tadbirlarini belgilash.

    Ul’tra va infratovushlarning inson organizmiga zararli ta`siri. YUzaga kelish manbalari va sabablari. Himoyalanish vositalari.

    Ishlab chiqarishda zararli nurlanishlar, ularning xususiyatlari va inson organizmiga ta`siri. YUzaga kelish manbalari va sabablari. Ularni tasniflash va me`yorlash. Nurlanishning zararli ta`siridan himoyalanish chora-tadbirlari.

    Ishlab chiqarishda elektrxavfsizlik asoslari. Texnosferada xavfsizlikni ta`minlash masalalari.

    2

    4


    Favqulodda vaziyatlarda fuqarolar muhofazasi.

    Favqulodda vaziyatlar, ularning turlari va xususiyatlari. Fuqaro muhofazasining maqsadi, vazifalari, kuch va vositalari, uning iqtisodiyot tarmoqlarida tashkil etish tartiblari. O`zbekistonda favqulodda vaziyatlar vazirligini tashkil etilishi hamda favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimlari(FVDT) to`g’risidagi va boshqa me`yoriy-huquqiy hujjatlarning mohiyati.


    2


    5

    Kuzatiladigan tabiiy ofatlar va ularning oqibatlari.

    O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27 oktyabrdagi “Texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarning tasnifi to`g’risida”gi 455-son qarorining mohiyati. Yer silkinishi va surilishi, tuproq, qor ko`chkilari, suv toshqini, kuchli shamollar, qurg’oqchilik va sel hodisasi ofatlari, ularning kelib chiqish sabablari, xususiyatlari, keltiradigan talafotlari va har bir katastrofik o`choqda olib boriladigan chora-tadbirlar. Texnogen tusdagi ofatlar, turlari, xususiyatlari, oqibatlari va ularda fuqarolarning xatti-harakatlari.


    2


    6


    Terrorizm va aholi muhofazasi.

    O`zbekiston Respublikasining 2000 yil 31 avgustdagi “Terrorizmga qarshi kurash to`g’risida”gi qonunning mazmun-mohiyati. Terrorizm tushunchasi, uning salbiy illatlari va amalga oshirish uslublari. Terrorizmning iqtisodiyot tarmoqlari va aholi uchun xavfli xususiyatlari. Xalqaro terrorizm va unga qarshi olib boriladigan harakatlar.


    2

    7


    Fuqarolarni favqulodda vaziyatlardan himoya qilish uslublari va vositalari, ularning xususiyatlari. Favqulodda holatlarda qutqaruv va boshqa shoshilinch ishlarini tashkil etish.

    Fuqarolarni favqulodda vaziyatlardan himoya qilish uslublari va vositalari, ularning xususiyatlari. Qutqaruv va boshqa shoshilinch ishlarini tashkiliy asoslari, shikastlangan o`choqlarda ularni olib borish usullari. Tabiiy ofatlar, avariya va halokat oqibatlarini bartaraf etishda qutqaruv va boshqa shoshilinch ishlarni tashkil etish va o`tkazish.


    2

    8


    Yong’in xavfsizligi.

    O`zbekiston Respublikasining 2009 yil 30 sentyabrdagi “Yong’in xavfsizligi to`g’risida”gi qonunning mazmun-mohiyati.

    Yong’in ofati, uning kelib chiqish sabablari, omillari, turlari, yonish fazalari va ularning xususiyatlari. Iqtisodiyot tarmoqlari binolari, inshootlari va qurilish materiallarining yong’inga qarshi bardoshlilik darajalari. Yong’inga qarshi kurashish xizmati. Yong’inga qarshi texnik vositalar. Yong’inni o`chirish usullari va vositalari, turlari, xususiyatlari va ularga qo`yiladigan talablar. Yong’in ofatida inshootlardagi fuqarolarni evakuatsiya qilish tartibi, yong’inga qarshi to`siqlar, xususiyatlari, yong’in darakchilari va aloqa tizimi. Portlash hodisasi, uning xususiyatlari, unga qarshi chora-tadbirlar. Portlashning salbiy ta`sirlari.

    2


    9


    Birlamchi tibbiy yordam ko`rsatish asoslari.



    Respublikada halokatlar tibbiy xizmatining tashkil etilishi va uning asosiy vazifalari. Jabrlanganlarga birlamchi tibbiy yordam ko`rsatishning tartib va qoidalari. YUrak-o`pka reanimatsiyasi (qayta jonlantirish)ni o`tkazish qoidasi. Tomirlardan qon ketishi, turlari, vaqtincha to`xtatish usullari. Suyak singanda ko`rsatiladigan birlamchi tibbiy yordam. Uzoq vaqt bosilish sindromida jarohatlanganlarga ko`rsatiladigan birlamchi tibbiy yordam. Suvga cho`kkan odamga, muzlagan, elektr toki urgan insonlarga tibbiy yordam ko`rsatish. Tabiiy ofat, avariya va katastrofalarda jabrlanganlarni tibbiy saralash (triaj) qoidalari. Jabrlanganlarni transportirovka qilishda yordam ko`rsatish.

    2





    Jami




    18





    Amaliy mashg’ulotlar mavzulari

    Soat

    1

    HFX fanining asosiy tushunchalari mohiyati.

    2

    2

    Xavf turlarini, ularni guruhlash va identifikatsiyalash Tavakkal nazariyasi mohiyati va qoidalari;

    2

    3

    Is gazidan zaxarlanishning oldini olish hamda tabiiy gaz va boshqa muqobil yoqilg’i turlari bilan ishlaydigan isitish pechlari va anjomlaridan xavfsiz foydalanish

    2

    4

    “Xavf-sabab-oqibat” ketma-ketligini; xavfsizlikning ergonomik asoslarini; maqbul ish joyini tashkil qilish

    2

    5

    Xavfsizlikning ergonomil asoslari, Operatorga tushadigan yuklanishlarni; shaxsiy va ommaviy himoyalanish vositalaridan foydalanish

    2

    6

    Jabrlanganlarga birlamchi tibbiy yordam berish

    2

    7

    Xavf, xavfsizlik madaniyati; HFX aksiomalari;

    2

    8

    Siyosiy va harbiy, iqtisodiy va ijtimoiy, demografik va ekologik xavfsizlik; Jamiyat va shaxs, madaniyat va oziq-ovqat, ilmiy-texnik va axborot (informatsiya) xavfsizligi




    9

    *Aholini zilzilalar oqibatitida yuzaga kelgan favqulotda vaziyatlarda (tabiiyva texnogen tusdagi) xarakatqilishga tayyorlash. Bino inshootlar xavfsizligini ta’minlash

    2




    Jami

    18



    MUSTAQIL ISH MAVZULARI VA SHAKILLARI



    Mavzu nomi

    MIM Shakli

    Soati

    1

    HFX muammolarini o`rganishga katta hissa qo`shgan jahon va vatanimiz olimlari. Ularning asosiy ilmiy-amaliy ishlari.


    Adabiyotlardan konspekt qilish. Individual topshiriqlarni bajarish

    1

    2.

    Xavflarni kvantifikatsiyalashning sonli, balli va boshqa uslublarini tahlil qilish.


    Statistik tahlillar qilish. Individual topshiriqlarni bajarish

    1

    3.

    Xavfsizlikni ta`minlash tamoyillari va uslublarini tahlil qilish.


    Adabiyotlardan konspekt qilish. Referatlar yozish.

    1

    4

    Faoliyatning turli bosqichlarida xavfsizlik shartlarini tahlil qilish.


    Krosvordlar tayorlash. Individual topshiriqlarni bajarish

    1

    5.

    Faoliyat xavfsizligini ta`minlashning ergonomik ko`rsatkichlarini tahlil qilish.


    Adabiyotlardan konspekt qilish. Slaydlar tayorlash.

    1

    6.

    Ish o`rnini tashkillashtirishning talablari.

    Adabiyotlardan konspekt qilish. Individual topshiriqlarni bajarish

    1

    7.

    Inson antropometrik ko`rsatkichlarining faoliyat xavfsizligiga ta`siri.

    Loyiha tayorlash. Individual topshiriqlarni bajarish

    1

    8

    Faoliyat xavfsizligini ta`minlashda psixologik omillarning ahamiyati.

    Testlar tayorlash. Individual topshiriqlarni bajarish

    1

    9

    O`zbekiston Respublikasida hayot faoliyat xavfsizligini ta`minlash sohasida qabul qilingan qonun va me`yoriy hujjatlar tizimi.

    Adabiyotlardan konspekt qilish. Individual topshiriqlarni bajarish

    1

    10

    Hayot faoliyati xavfsizligi fani bo`yicha glossariy tuzish.

    Adabiyotlardan konspekt qilish. Individual topshiriqlarni bajarish

    1

    11

    Insonning fiziologik va psixologik tavsiflarining xavfsizlikni ta`minlashdagi ahamiyati.

    Statistik tahlillar qilish. Individual topshiriqlarni bajarish

    1

    12

    Odam anatomiyasining (antropometrik parametr-larining) xavfsizlikni ta`minlashdagi ahamiyati.

    Adabiyotlardan konspekt qilish. Referatlar yozish.

    1

    13

    Hayot faoliyati xavfsizligini ta`minlashga oid xalqaro tajriba va izlanishlar taxlili.

    Krosvordlar tayorlash. Individual topshiriqlarni bajarish

    1

    14

    Hayot faoliyati xavfsizligini ta`minlashga oid chet davlatlarda qabul qilingan qonunlar va me`yoriy hujjatlar taxlili.


    Adabiyotlardan konspekt qilish. Slaydlar tayorlash.

    1

    15

    Shovqin va titrashdan himoyalanish texnik vositalarining guruhlanishi va tuzilishi.


    Adabiyotlardan konspekt qilish. Individual topshiriqlarni bajarish

    1

    16

    Mashina va mexanizmlar uchun texnika xavfsizligi talablari keltiriladigan me`yoriy hujjatlar tizimi.

    Statistik tahlillar qilish. Individual topshiriqlarni bajarish

    1

    17

    Davlat yong’in xavfsizligi xizmati.

    Adabiyotlardan konspekt qilish. Referatlar yozish.

    1

    18

    Respublika bo`yicha yong’inlar sodir bo`lishi va ularda ko`riladigan zararlar to`g’risida statik ma`lumotlar taxlili.

    Krosvordlar tayorlash. Individual topshiriqlarni bajarish

    1

    19

    YOng’indan himoyalanishning zamonaviy texnik vositalari.

    Adabiyotlardan konspekt qilish. Individual topshiriqlarni bajarish

    1

    20

    Xalqaro terrorizm va terroristik tashkilotlar.

    Tabiiy xavflardan himoyalanish usullarini o’rganish. Individual topshiriqlarni bajarish

    1

    21

    O`zbekistonda bo`lishi mumkin bo`lgan texnogen xavflar.

    Lex.uz saytidan ushbu qonunni olib o’rganish. Individual topshiriqlarni bajarish

    1

    22

    Markaziy Osiyoda bo`lishi mumkin bo`lgan tabiiy xavflar.

    Loyihalar tayorlash. Individual topshiriqlarni bajarish

    1

    23

    “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to`g’risida”gi qonun bandlarini o`rganish.

    Lex.uz saytidan ushbu qonunni olib o’rganish.. Individual topshiriqlarni bajarish

    1

    24


    Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi(FVDT)ning strukturaviy tuzilishini o`rganish.

    Fuqaro muhofazasi to`g’risida”gi qonun bandlarini o`rganish.

    Lex.uz saytidan ushbu qonunni olib o’rganish.. Individual topshiriqlarni bajarish

    Lex.uz saytidan ushbu qonunni olib o’rganish. Individual topshiriqlarni bajarish



    1


    25

    “Terrorizmga qarshi kurash to`g’risida”gi qonun bandlarini o`rganish.


    Lex.uz saytidan ushbu qonunni olib o’rganish. Individual topshiriqlarni bajarish

    1

    26


    “Xavfli ishlab chiqarish ob`ektlarining sanoat xavfsizligi to`g’risida” gi qonun bandlarini o`rganish.

    “CHiqindilar to`g’risida” gi qonun bandlarini o`rganish.



    Lex.uz saytidan xavfsizlikni ta`minlash bo`yicha qabul qilingan davlat standartlari olib o’rganish.. Individual topshiriqlarni bajarish

    Lex.uz saytidan ushbu qonunni olib o’rganish. Individual topshiriqlarni bajarish


    1





    Jami




    26



    NAZORAT SAVOLLARI
    1. Hayot faoliyati xavfsizligi haqida tushuncha. Hayot faoliyati xavfsizligi fanining maqsadi va vazifalari.

    2.Ishlab chiqarishda shovqin va titrash ulardan muhofazalanish.

    3. Is gazidan zaxarlanish va uni oldini olish chora tadbirlari.

    4. O’zbekistondagi ekologik muammolar.

    5.. Favqulodda vaziyatlar turlari va xususiyatlari.

    6. Texnosfera havosi tarkibidagi ishlab chiqarish changlari va zaharli moddalarning inson organizmiga salbiy ta`siri, ularga qarshi chora-tadbirlar.

    7. Faoliyat xavfsizligini ta`minlashning ergonomika asoslari.

    8. Ishlab chiqarishda faoliyat jarayoni vaqtida yuzaga keladigan jarohatlanishlar va kasb kasalliklari, ularning kelib chiqish sabablari, tahlil qilish, oldini olish tadbirlari, ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari.

    9. O`zbekiston Respublikasining 2000 yil 31 avgustdagi “Terrorizmga qarshi kurash to`g’risida”gi qonunning mazmun-mohiyati.

    10. Is gazidan zaharlanish va uni oldini olish chora tadbirlari

    11. Xavflar va ularning turlari.

    12.Texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar.

    13.Atrof muhit muxofazasining ekologik asoslari

    14.Ergonomika asoslari uning mehnat faoliyatini ta’minlashdagi ro’li

    15.Favqulodda vaziyatlar ularning turlari va xususiyatlari

    16.Yorug’lik va uning turlari.

    17.Faoliyat xavfsizligi psixologiasi

    18.Hayot faoliyati xavfsizligiga doir Vazirlar Maxkamasi qarorlari nimalardan iborat.

    19.Ergonomika asoslarining ma’lumot, axborot mosligi daganda nimani tushunasiz.

    20.Tabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlar.

    21.Qon ketganda ko’rsatiladigan birinchi tibbiy yordam

    22. Faoliyat xavfsizligi psixologiyasi

    23. Ishlab chiqarishda faoliyat jarayoni vaqtida yuzaga keladigan jarohatlanishlar va kasb kasalliklari ularni oldini olish chora-tadbirlari.

    24. Terrorizm va aholi muhofazasi.

    25. Changlarning inson organizmiga ta’siri va kelib chiqadigan kasalliklar.

    26. Yong’in xavfsizligi.

    27. Mehnat jarayonida ishlovchining ishlash qobiyatini pasayishi va zo’riqishi.

    28. Yong’inni o’chirishda modda va vositalar.

    29. Texnosferada havo muhitining ko`rsatkichlari, ularning mehnat faoliyatiga ta`siri.

    30. Texnosfera havosi tarkibidagi ishlab chiqarish changlari va zaharli moddalarning inson organizmiga salbiy ta’siri

    31.Is gazining inson organizmiga sa’lbiy ta’siri.

    32. Ishlab chiqarishda zararli moddalar va ulardan himoyalanish usullari.

    33. Hayot faoliyati xavfsizligi fani bo’yicha qabul qilingan qonunlar.

    34. Ishlab chiqarishda faoliyat jarayoni vaqtida yuzaga keladigan jarohatlanishlar va kasb kasalliklari

    35. Qon ketganda ko’rsatiladigan birinchi tibbiy yordam.

    36. Hayot faoliyati xavfsizligida mehnat muhofazasi va unda ergonomika asoslarining o’rni.

    37. HFX fanining mazmuni, maqsadi, vazifalari va ahamiyati.

    38. Is gazining insonsalomatligiga ta’siri.

    39. Ovqatdan zaxarlanish va unda ko’rsatiladigan birinchi tibbiy yordam.

    40.Texnosfera tushunchasivauningsalbiyomillari.

    41.Biosfera tushunchasi va unda insonning tutgan o’rni.

    42.Favqulodda vaziyatlar va ularning turlari.

    43.Tabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlar.

    44.Kasb kasalliklari sabab va oqibatlari.

    45.Is gazi va undan zararlanish.

    46Texnosfera tushunchasivauning salbiy omillari.

    47. Ishlab chiqarishda zararli moddalar va ulardan himoyalanish usullari.

    48.Favqulodda vaziyatlar vaularning turlari

    49. O’zbekistondagi ekologik muammolar.

    50. Favqulodda vaziyatlar turlari va xususiyatlari.

    51.Texnosfera havosi tarkibidagi ishlab chiqarish changlari va zaharli moddalarning inson organizmiga salbiy ta`siri, ularga qarshi chora-tadbirlar.

    52. Is gazidan zaharlanish va uni oldini olish chora tadbirlari

    53. Ergonomika asoslari uning mehnat faoliyatini ta’minlashdagi ro’li

    54.Texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar.

    55.Texnosfera tushunchasivauningsalbiyomillari.

    56.Qon ketganda ko’rsatiladigan birinchi tibbiy yordam

    57.Favqulodda vaziyatlar va ularning turlari.

    58.Tabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlar.

    59.Kasb kasalliklari sabab va oqibatlari.

    60.Is gazi va undan zararlanish.




    ASOSIY ADABIYOTLAR

    1. O.R.Yuldashev, Sh.G.Djabborova, O.T.Xasanova. Hayot

    faoliyati xavfsizligi. –T.: Darslik “Toshkent-Iqtisodiyot”, 2014.– 268 b.

    2. Yormatov G‘.YO. va boshqalar. Hayot faoliyati xavfsizligi.

    –T.: “Aloqachi”, 2009 . – 348 b.

    3. Yormatov G’. Yo. va boshqalar. Hayot faoliyati xavfsizligi.

    O’quv qo’llanma. -T.: ToshDTU. 2005.

    4. O’. Yo’ldoshev va boshqalar. Mehnatni muxofaza qilish.

    O’quv qo’llanma -T.: Mehnat, 2005.

    5. Nigmatov I., Tojieyv M. X. "Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi" Darslik.-T.: Iqtisod-Moliya. 2011. -260 b.

    6. Tojiev M. X., Nigmatov I., Ilxomov M. X. Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi. O’quv qo’llanma. –T.: “Iqtisod- moliya”, 2005. -195 b.

    7. G‘oyipov H.E. Hayot faoliyati xavfsizligi. –T.: “Yangi asr avlodi”, 2007 yil. – 264 b.

    8. Qudratov A. va b. "Hayotiy faoliyat xavfsizligi". Ma’ruza kursi. -T.: “Aloqachi”, 2005. -355 b.

    9. Bezopasnosti jiznedeyatelnosti. /Pod.red. Mixaylova

    L.A. Kiev Xarikov – Minsk, 2007. 301 s.

    10. Mikryukov V.Yu. Bezopasnost jiznedeyatelnosti.

    Uch.posobie.- M.: Rostov – Don. 2006.

    11. Tojiev M.X., Nigmatov I va b. Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi. O’quv qo’llanma.–T.: MCHJ., Ta’lim manbai,

    2002,-224 b.

    12. Yunusov M.Yu., Ikromov E.J. Fuqaro muhofazasi -

    doimiy zarurat. –T.: 2002.

    13. Belov S. V. i dr. Bezopasnost’ jiznedeyatel’nosti,-M.:

    Visshaya shkola, 1999.

    14. Rasuleva M.A., Yuldoshev O.R. Videoterminallardagi xavfsizlik muammolari. O’quv qo’llanma -T.: ToshDTU, 2004.

    15. Petrosova L.I., Rasuleva M.A., Rasulev A.X. Bezopasnosi jiznedeyatelnosti. Uchebno-metodicheskoe posobie.- T.: TGTU, 2012.
    Qo`shimcha adabiyotlar

    1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: "O’zbekiston", 2008.

    2. “Mehnatni muhofaza qilish to’g’risida”gi qonun. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi. – T.: 2002 , 1-son

    3. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar

    salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to’g’risidagi Nizom. Vazirlar Mahkamasining qarori № 286, 06.06.1997, –T.: 1997.

    4. “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sug’urtasi to’g’risida”gi qonun. O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2008 , 37-38-son.

    5. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risida”gi qonun. O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, –T.: 2009, 16-son.

    6. “Fuqaro muhofazasi to’g’risida”gi qonun. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi. –T.: 2000 y., 5-6-son

    7. “Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat xavfsizligi to’g’risida”gi qonun. O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to’plami. –T.: 2006 , 39-son.

    8. “Yong’in xavfsizligi to’g’risida”gi Uzbekiston Respublikasi qonuni, 2009.

    9. “CHiqindilar to’g’risida”gi qonun. O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, –T.: 2007, 50-51-son.

    10. “Sanitariya nazorati to’g’risida”gi qonun. O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to’plami. –T.: 2006, 41-son.



    11. “Fuqarolar sog’lig’ini saqlash to’g’risida”gi qonun. O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to’plami. –T.: 2007, 40-son.

    12. “Terrorizmga qarshi kurash to’g’risida”gi qonun. O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami. –T.: 2004, 25-son.

    Elektron resurslar

    1

    www.bilim.uz.

    -

    OO’MTV sayti

    2

    www.ziyo.edu.uz

    -

    OO’MTV sayti

    3

    www.ziyo.net.uz

    -

    OO’MTV sayti

    4

    www.mintrud.uz

    -

    Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi sayti.

    5

    www.minzdrav.uz

    -

    Sog’liqni saqlash vazirligi sayti.

    6

    www.mchs.gov.uz

    -

    Favqulodda vaziyatlar vazirligi sayti.

    7

    www.uznature.uz

    -

    Tabiatni muhofaza qilish Davlat

    qo’mitasi sayti.



    8

    www.standart.uz

    -

    Standartlashtirish, metrologiya va

    sertifikatlashtirish agentligi sayti.



    9

    www.sanoatktn.uz

    -

    Sanoatda, konchilikda va kommunal-

    maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspektsiyasi (Sanoatkontexnazorat) sayti.



    10

    LexUz

    -

    O’zbekiston Respublikasining

    milliy qonunchilik bazasi.



    11

    http://www.znakcom

    -plect.ru



    -

    Oxrana truda i texnika

    bezopasnosti.



    12

    www.ohranatruda.ru

    -

    Oxrana truda, texnika bezopasnosti

    i pojarnoy bezopasnosti.




    BAHOLASH MEZONLARI

    Talabalarni ON, JN, YAN va mustaqil ishlari 5 ballik tizimda quyidagi mezonlar asosida baholanadi. Bunda ON va YAN savolnomalari talabalarga oldindan, ya’ni1-2 darslarda beriladi.



    Oraliq nazorat bilan joriy nazorat ballarining o’rtachasi hisoblanadi, bu esa yakuniy nazoratga kirish uchun asos bo’ladi.

    Baho

    Talabaning bilim darajasi

    5”–A`lo

    Xulosa va qaror qabul qilish. Ijodiy fikrlay olish. Mustaqil mushohada yurita olish. Olgan bilimlarini amalda qo`llay olish. Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib berish. Tasavvurga ega bo`lish.

    4”–Yaxshi

    Mustaqil mushohada qilish. Olgan bilimlarini amalda qo`llay olish. Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib berish. Tasavvurga ega bo`lish.

    3”–Qoniqarli

    Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib berish. Tasavvurga ega bo`lish.

    2”–Qoniqarsiz

    Aniq tasavvurga ega bo`lmaslik, Bilmaslik.







    Download 231.15 Kb.




    Download 231.15 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya va valeologiya asoslari kafedrasi

    Download 231.15 Kb.