• Reja
  • O’qituvchining darsga va o’quv yiliga tayyorgarligi
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universetiteti mustaqil ish mavzu




    Download 5.18 Kb.
    Sana17.04.2023
    Hajmi5.18 Kb.
    #52136
    Bog'liq
    Mavzu Texnologiya fani o’qituvchisining darsga va o’quv yiliga -fayllar.org
    264-2-36-Q 22, КРЕДИТ ПАПКАСИ БЕТЛИК, Документ-2023-02-05-123335, Makro iqtisodiyot, TEST Javoblar

    Mavzu: Texnologiya fani o’qituvchisining darsga va o’quv yiliga tayyorgarligi

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSETITETI
    MUSTAQIL ISH

    Mavzu: « Texnologiya fani o’qituvchisining o’quv yiliga va darsga tayyorgarligi»
    Bajardi:
    Tekshirdi:
    Toshkent. 2022

    Reja:


    • 1. Texnologiya fanining mazmuni.

    • 2. O’qituvchining darsga va o’quv yiliga tayyorgarligi.

    • 3. Pedagogik texnologiya.

    Texnologiya fanining mazmuni

    Umumiy o’rta ta’lim maktablarining o’quv rejasida texnologiya o’quv faniga 1-4 sinflarda haftasiga 1 soatdan, 5-7 sinflarda haftasiga 2 soatdan va 8-9 sinflarda haftasiga 1 soatdan, hammasi bo’lib 408 soat vaqt ajratiladi.

    O’quvchilarni mehnatga tayyorlash jarayonida kasb-hunarga yo’naltirishni yanada kuchaytirish, ularni badiiy mehnat yo’nalishlari, uy-ro’zg’or buyumlarini ta’mirlash, zamonaviy ishlab chiqarish asoslari, metall va metalmas hamda gazlamaga ishlov berish texnologiyasi, pazandachilik, xalq hunarmandchiligi asoslari, ro’zg’orshunoslik, elektrotexnika ishlar, kasb-hunarga yo’llash bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarni egallash ko’zda tutilgan.


    • O’quvchilarni mehnatga tayyorlash jarayonida kasb-hunarga yo’naltirishni yanada kuchaytirish, ularni badiiy mehnat yo’nalishlari, uy-ro’zg’or buyumlarini ta’mirlash, zamonaviy ishlab chiqarish asoslari, metall va metalmas hamda gazlamaga ishlov berish texnologiyasi, pazandachilik, xalq hunarmandchiligi asoslari, ro’zg’orshunoslik, elektrotexnika ishlar, kasb-hunarga yo’llash bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarni egallash ko’zda tutilgan.

    O’qituvchining darsga va o’quv yiliga tayyorgarligi


    • Mashg'ulotlarga tayyorgarlik uch bosqichdan iborat, ya’ni:

    • 1. Istiqbolli tayyorgarlik - o'quv yiliga va navbatdagi mavzusini o'tishga tayyorgarlik.

    • 2. Mavzuni o'rganish - tayyorgarlik.

    • 3. Joriy tayyorgarlik - navbatdagi darsga tayyorgarlik.

    • Tayyorgarlikning har bir bosqichi ustozning shaxsan tayyorgarligini, o'quv material qurollarini tayyorlashni va o'quv jarayonini rejalashtirishni o'z ichiga oladi.


    Shaxsiy tayyorgarligi. O'tilgan dars mavzui bo'yicha ilg'or tajriba materiallari, metodik va texnik adabiyotlar hamda axborotlar materiallarini o'rganish. Ish bajarish bo'yicha mehnat usullarini ko'rsatishga tayyorgarlik ko'rish.
    O'quv - moddiy jihozlashga tayyorgarligi. Darsda o'quv ishlab chiqarish ishlarini bajarish uchun materiallar, maxsus asbob-uskunalar va boshqa jihozlami tayyorlash hamda tekshirib ko'rish. Darsda foydalanish uchun o'quv va texnik hujjatlar, ko'rsatmali qo'llanmalar va ta’limning texnikaviy vositalarini tayyorlash.
    O'quv jarayonini rejalashtirish. Oldingi mashg‘ulotlarning yakunlarini tahlil qilish, keyingi darsning mavzusi, maqsadi va mazmunini aniqlash. Darsning tuzilishi va uning har bir tarkibiy qismi bo'yicha vaqtini belgilash. Kirish yo‘rig‘ini o'tkazish mazmuni, metodlari va metodik usullarini aniqlash. Dars rejasi va kirish yo'rig'ining matnini tuzish, o'quvchilarga beriladigan uyga vazifalarni belgilash.
    Pedagogik texnologiya
    Pedagogik texnologiya – bu ta’lim shakllarini optimallashtirish masalasini qo’yuvchi, texnik va insoniy imkoniyatlarni va ularning o’zaro munosabatlarini hisobga olib o’qitish va bilimlarni o’zlashtirish butun jarayonini yaratish, qo’llash va belgilashga sistemali yondashishidir”.
    O’quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishda pedagogik texnologiyaniqaysi tomondan tahlil qilmaylik, uning asosi ta‘lim samaradorligini oshirishga, ya’nikam vaqt sarflab, ko’proq sifatli natijaga erishishga qaratilgandir. Qollanadigan pedagogik texnologiya natijasi esa,pedagogning maxoratiga, pedagogik klassifikatsiya turlaridan mohir foydalana olishiga, ilmiy-kasbiy tajribasiga, shaxsiy xususiyat hamda insoniy fazilatlariga bogliqdir. Texnologiya faniga axborot kommunikatsiya texnologiyalarini tadbiq etish orqali ta‘lim samaradorligini oshirishda elektron axborot-ta‘lim resurslari kata ahamiyatga ega hisoblanadi.
    Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

    • Muslimov N.A, Sharipov Sh.S va boshqalar “Mehnat ta’limni o’qitish metodikasi” o’quv qo’llanma. Toshkent-2009.

    • Muslimov N.A, Sharipov Sh. S, Qosimov O.A “Mehnat ta’limini o’qitish metodikasi” kasb tanlashga yollash darslik. Toshkent-2014.

    • Qurbonov B., Asyanov R.,Qurbonova G., Avazboyev A., “Texnologiya fanini o’qitish metodikasi”. Toshkent-2022.

    • Karimov I. Mehnat ta’limi o‘qitish texnologiyalari. – T.: “TDPU”, 2013. – 227 b.


    http://fayllar.org
    Download 5.18 Kb.




    Download 5.18 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universetiteti mustaqil ish mavzu

    Download 5.18 Kb.