• Mundarija
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi zahiriddin muhammad bobur nomli andijon davlat universiteti axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakulteti axborot texnologiyalari kafedrasi




    Download 13,16 Kb.
    bet1/2
    Sana01.02.2024
    Hajmi13,16 Kb.
    #150065
      1   2
    Bog'liq
    informatika o‘qitish metodikasi yo‘NALISHI informatika o‘qitishd-fayllar.org
    \'2-мавзу пед, Nodir, Informatika-va-AT-majmua, Mavzu Matn muharrirlari, 3-dars. Murojaatdan foydalanib amal bajarishda nusxalashning afz-fayllar.org, 11 sinf III chorak CHSB informatika umumta\'lim

    informatika o‘qitish metodikasi yo‘NALISHI informatika o‘qitishda innovatsion texnologiyalar va loyihalashtirish fanidan

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
    ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMLI
    ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
    Axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakulteti


    AXBOROT TEXNOLOGIYALARI KAFEDRASI
    5110700 – INFORMATIKA O‘QITISH METODIKASI YO‘NALISHI
    INFORMATIKA O‘QITISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR VA LOYIHALASHTIRISH FANIDAN
    KURS ISHI
    Mavz: F.Shubert ijodi


    Bajardi: 4-bosqich 1- guruh talabasi No’monjonova Nilufar


    Ish rahbari: Temirova G.
    Andijon 2021

    Mundarija



    Kirish 3

    Kirish



    Yosh avlodni jismoniy va ma’naviy kamolotini ta’minlash kelajakni o’ylovchi har bir jamiyat oldida turgan eng dolzarb masalalardan hisoblanadi. Respublikamiz istoqlolining dastlabki kunlaridan boshlab ushbu muammoga juda katta e’tibor berilishi ham fikrimizga dalil bo’la oladi. I.A.Karimov “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tashabbus guruhi bilan uchrashuvda bu masalaning benihoya dolzarbligini ta’kidlab, “Biz farzandlarimizni Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligiga erishishdek oliy maqsadlar sari etaklashimiz kerak”, - degan. Musiqa darsliklari boshqa darsliklar kabi Istiqlol sharofati bilan chop etilib, Mustaqillik ne’matiga aylandi. Maktab o’quvchilari uchun har bir darslik va o’quv adabiyotlari o’z o’rnida aziz, chunki ular bolalar tafakkurini o’stiradi, istiqbol sari yetaklaydi. Musiqa darslarining ham mazmun mohiyati ana shunday. Musiqa insonni g’aroyib kuy va ohanglar dunyosiga boshlaydi, his-tuyg’ularni noziklashtiradi, didini charxlaydi, go’zallikni sevishga o’rgatadi. Darhaqiqat, bugungi kunda ongi va salohiyati rivojlanib kelayotgan yosh nihollarimizga buning yaqqol tasvirini ko’rishimiz mumkin.Musiqa kishi ruhining axloqiy tomoniga ma’lum darajada ta’sir etar ekan,u yoshlarning tarbiyasiga o’z ijobiy ta’sirini o’tkazadi. Musiqasiz hayot yo’qligi va musiqada hayot mujassamligi barjamizga ayol. Shaxsi va dini, irqidan qat’iy nazar har bir inson 5 musiqa tinglashni yoqtiradi desak xato qilmagan bo’lamiz. Shu sababli ham rivojlanib kelayotgan yosh avlodlarimizga musiqaning mazmun mohiyatini tubdan o’rgatish va mustahkamlash uchun bugungi kunda musiqa san’atiga katta e’tibor berilmoqda. Shaxsni rivojlantirish, tarbiyalash va shakllantirish insonning ham jismonan, ham aqlan ma’naviy tomondan kamolga yetish jarayonidir. Umumta'lim maktablarida musiqa o`qitishning asosiy maqsadi - o`quvchilarga musiqa san'atini go`zallik qonunlari asosida o`rgatish malakasini singdirish va ularga musiqa madaniyatini tarkib toptirishdir. «Ta`lim to’g’risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ta`lim-tarbiya tizimini isloh qilish, unga ilg’or pedagogik texnologiyalarni joriy etish zarurligi qayta-qayta ta`kidlanadi. Chunki mamalakatimiz tez sur`atlar bilan taraqqiy etib, jahon hamjamiyatida iqtisodiy-siyosiy mavqei kundan-kun ortib bormoqda. Ta`lim-tarbiya sohasini texnologiyalashtirish jarayoni ham bu sohada samarali natijalarni bermoqda. Bugungi kunda ta`lim sohasiga pedagogik texnologiyalar, innovatsiyalar kirib kelishi darslarni zamonaviy ruhda, ya’ni yangi usul va yangi texnikalar orqali tashkil qilishga sabab bo`ldi. “Musiqa madaniyati” fani dasturida, o`quvchiga musiqa ta`limi berish bilan bir qatorda uning ijodkorlik qobiliyatini o`stirish, vokal-xor malakalarini rivojlantirish, musiqani idrok etish, musiqiy savodxonligi, ritmik jo`r bo`lish kabi mahoratlarini oshirish alohida uqtirilgan. Ma`lumki, boshlang’ich sinflarda musiqa ta`limining poydevori quriladi. Unda musiqaga oid barcha bilimlar (xor bo`lib kuylash, musiqa savodi, musiqa tinglash, musiqaga xos harakatlar bajarish, bolalar cholg’u asboblarida ritmik jo`r bo`lish) beriladi. Musiqasavodi mustaqil dars faoliyati sifatida amal qilinmay, balki boshqa faoliyatlar jarayonida musiqa asarlarini badiiy o`rganish va ijro etish usullarini savodxonlik asosida bajarish uchun qo`llaniladi. Bir so`z bilan aytganda, musiqiy savodxonlik darsning ta`limiy vazifasini bajaradi. 6 Mamlakatimizda so’ngi yillarda chet tillarini o’rgatishga qiziqish oshdi va yoshlar uchun ko’plab imkoniyatlar yaratib berildi. O’zbelistonning birinchi prezidenti Islom Karimov aytganlaridek ”Hozirgi paytda xorijiy tillarni o`rgatish va o`rgatishga yurtimizda katta ahamiyat berilmoqda. Bu ham albatta, bejiz emas . Bugun jahon hamjamiyati o`ziga munosib o`rin egallash intilayotgan mamlakatlarimiz uchun,chet ellik sheriklarimiz bilan hamjihatlikda, hamkorlikda o`z buyuk kelajagini qurayotgan xalqimiz uchun xorijiy tillarni mukammal bilishning ahamiyatini baholashning hojati yo`qdir”. Ushbu fikrlarning mantiqiy davomi sifatida 2012 yil 10-dekabrda qabul qilingan “Chet tillarini o`rgatish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to`g`risida”gi Prezident Qarori chet tillarini o`ganish imkoniyatlarini kengaytiradi. O’quvchi – yoshlarning musiqiy qiziqishlari, asosan, zamonaviy, ommaviy (estrada) musiqa janrlari doirasida namoyon bo’lib, ushbu yangi yo’nalish hamda uning talqinidagi asarlarga nisbatan moyillik va qiziqishlari shakllanmoqda. Biroq, o’quvchilarning xalq musiqasidagi o’ziga xos milliy ma’naviy va tarbiyaviy xususiyatlarini anglab etishi qiyin kechmoqda. Shu boisdan, ma’naviyat va milliy madaniyatni rivojlantirish davlat miqyosidagi muhim ijtimoiy masala sifatida e’tirof etilayotgan bugungi kunda, ayniqsa, xalq cholg’u musiqasini tinglash, qo’shiqlar kuylash va musiqa savodxonligini shakllantirishga e’tiborni kuchaytirish zarur. Mamlaktimizda ta’lim tizimini takomillashtirish, o’quvchilarning o’quv materialini idrok qilishi hamda musiqa vositasida, tarbiyalash borasida, musiqa o’qitish metodlari, dars tarkibi, musiqiy foliyatlarni amalga oshirish yuzasidan o’quvchilarning imkoniyatlari, sinfdan va maktabdan tashqari musiqiy ishlarni tashkil qilish va boshqa ilmiy-nazariy jihatlar yuzasidan ayrim ilmiy tadqiqot ishlari bajarilgan va bugungi kunda ham olib borilmoqda. Jumladan, H.Bobomirzayevning uslubiy tavsiyalarida o’zbek xalq musiqasi bolalar qo’shiqlaridan o’quv-tarbiya jarayonida foydalanishning mazmuni, shakl va metodlari, M.Qosimovaning tadqiqotida esa o’zbek xalq folklor qo’shiqlari orqali yoshlarni estetik tarbiyalash muammolari ishlab chiqilgan. H. Nurmatov 7 boshchiligida yaratilgan 1-3 sinf darsliklaridan O’zbekiston maktablari boshlang’ich sinf o’quvchilarida musiqiy-estetik madaniyatni va musiqiy savodxonlikni shakllantirish asoslari o’rin olgan. Musiqa madaniyati darsida musiqa savodxonligini chet tili orqali o`rganishdan maqsad o`sha tilda bemalol muloqat qila olish va musiqiy terminlarni ingliz tilida ayta olishdir. Chet tillarni o`rgatish va o`rganish uzoq va mukammal jarayon. U kishidan muntazam mehnatni va o`z ustida ishlashni talab qiladi va shu sababli bitiruv malakaviy ishimni “Ingliz tili orqali boshlang’ich sinf o’quvchilarda musiqa savodxodxonlik malakasini shakllantirish” deb nomladik. Ishning maqsadi: Musiqiy ta’lim jarayonida o’quvchilarni musiqa savodi haqida yetarlicha bilim va ko’nikma shakllantirish . Ingliz tili orqali musiqa savodini o’zlashtirishlariga erishish. Ishning vazifasi: O’quvchilarning musiqiy qobiliyatini o’stirish; elementar nota belgilarini bilishlari, ularni o’qib, oddiy kuy ohanglarini tasavvur qilishlari hamda ingliz tilida musiqiy terminlarni gapirishlariga erishish; Tarkibiy tuzilishi: Kirish, 2 ta bob, 4 §, xulosa , ilovalar va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.

    Download 13,16 Kb.
      1   2




    Download 13,16 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi zahiriddin muhammad bobur nomli andijon davlat universiteti axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakulteti axborot texnologiyalari kafedrasi

    Download 13,16 Kb.