• minoti
  • O‘zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti kompyuter injiniringi fakulteti Energiya taminlash tizimlar kafedrasi




    Download 12,73 Mb.
    Sana17.05.2024
    Hajmi12,73 Mb.
    #240884

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI


    Kompyuter injiniringi fakulteti
    Energiya taminlash tizimlar kafedrasi



    Radioelektron vositalar elektr taminoti
    3-TOPSHIRIQ

    Bajardi: 222-21 guruh talabasi
    Akramov Ulug‘bek
    Tekshirdi: Sapayev Mamatkarim
    TOSHKENT – 2024


    Uzluksiz elektr ta’minoti tizimini tanlash va hisoblash.
    O‘zgaruvchan tok UETMlarini tanlash va hisoblash.
    Elektron vositalari zarurat holatlarda ma’lum vaqtda elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlanishi kerak. Ushbu maqsadda turli xil uzluksiz elektr ta’minoti manbalari (UETM) qo‘llaniladi. Xorijda UETMlarni belgilashi uchun UPS abbreviaturasidan foydalaniladi (Uninterruptable Power Supply). Chiqish tokining turiga qarab UETMlar o‘zgaruvchan va o‘zgarmas tok UETMlariga bo‘linadi.
    UETMning yuklama bilan moslashtirish talabi UETM chiqishidagi elektr energiyasining sifat ko‘rsatkichlar bilan belgilangan. Bunday talablarga chiqish kuchlanishining nostabilligi va pulsatsiyasining qiymatlari, chiqish tokining o‘zgarish diapazoni, chiqish tokining qiymati va chastotasining nostabilligi kiradi. UETM qurilmasining yuklamasi telekommunikatsion vosita hisoblanadi va bu vosita kirishiga ta’minot manbai qo‘yiladi. O‘zgaruvchan tok tarmoqlarida ko‘pincha ta’minot manbai kirish zanjirida sig‘im filtrli rostlanmaydigan to‘g‘rilagich bo‘ladi, shuning uchun ular iste’mol qiladigan tok shakli sinusoidal shakldan farq qiladi. Yuklama tomonidan chiziqli va nochiziqli yuklamalar uchun chiqish kuchlanishi garmonikalar koeffitsiyentlarining berilgan qiymatlarini saqlash talabi UETM qurilmasiga qo‘yiladi.

    UETM qurilmasining tarmoqqa nisbatan ta’siri uning kirishidagi elektr energiyasining sifatiga talabi orqali aniqlanadi. Bu talablar UETMlar kirishidagi quvvat koeffitsiyenti bilan bog‘liq va ular iste’mol qiluvchi tokning garmonika koeffitsiyentini bildiradi. Qabul qilingan atama bo‘yicha UETM qurilmalari ikki sinfga ajratiladi: off-line va on-line. Off-line sinfidagi qurilmada tarmoqning elektr energiyasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri istemolchiga normal rejimda beriladi, avariya rejimida esa sinusoidal kuchlanish generatori ulanadi (2..10ms). On-line sinfidagi qurilmada tarmoqning har qanday rejimida yuklamaga chastota, kuchlanish va sinusoidal shakl bo‘yicha stabil elektr energiyasi beriladi. Har ikkala turdagi UETMlarda tarmoq to‘g‘rilangan kuchlanishini sinusoidal chiqish kuchlanishiga aylantiruvchi invertorlar bor. Tarmoq to‘g‘rilagichiga akkumulyator batareyasi ulanadi. Off-line sinfidagi UETMlarda invertor faqat tarmoq kuchlanishi talab qilingan qiymatdan kichik bo‘lganda ulanadi. On-line turdagi UETMlarda esa invertor doimo ishlaydi. Shu sababli bunda tarmoq bilan galvanik bog‘lanish ortiqcha yuklamalardan va tarmoq kuchlanishining keskin o‘zgarishidan himoyalash ta’minlanadi.



    Download 12,73 Mb.




    Download 12,73 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti kompyuter injiniringi fakulteti Energiya taminlash tizimlar kafedrasi

    Download 12,73 Mb.