|
O‘zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi filiali
|
bet | 1/3 | Sana | 24.06.2024 | Hajmi | 33,43 Kb. | | #265479 |
Bog'liq Фан дастури DTT
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI
|
“TASDIQLAYMAN”
TATU Qarshi filiali direktori
____________A.D.Normurodov
2023 yil «___»___________
Ro‘yhatga olindi: №_____________
2023 yil «___» ___________
|
DASTURIY TA’MINOTNI TESTLASH
FANINING O’QUV DASTURI
Bilim sohasi:
|
300000 – Ishlab chiqarish texnik soha
600000 – Axborot – kommunikatsiya texnologiyalari
|
Ta’lim sohasi:
|
610000 – Axborot – kommunikatsiya texnologiyalari
|
Ta’lim yo‘nalishlari:
|
60610600– Dasturiy injiniring
|
Qarshi 2023
Fan/modul kodi
WEB1316
|
O‘quv yili
2023-2024
|
Semestrlar
4
|
ECTS-Kreditlar
6
|
Fan/modul turi
Majburiy
|
Ta’lim tili
O‘zbek/rus
|
Haftadagi dars soatlari
6
|
1.
|
Fanning nomi
|
Auditoriya mashg‘ulotlari (soat)
|
Mustaqil ta’lim
(soat)
|
Jami
yuklama
(soat)
|
Dasturiy ta'minotni testlash
|
90
|
90
|
180
|
ma’ruza
|
amaliy
|
30
|
60
|
2.
|
I. Fanning mazmuni
Fanni o‘qitishdan maqsad –talabalarni dasturiy ta’minotni testlash, testlash usullari va algoritmlarini o’rgatish, turli xil dasturlash uslublari va tillari bilan tanishtiradi, informatikani quyi darajadagi dasturlashdan apparat bilan interfeysda yuqori darajadagi tillarga va parallel dasturlash masalalarini yechishda ishlatiladigan tillarning hamda maxsus instrumental dasturiy vositalardan foydalana olish ko‘nikmalarini hosil qilishdan iborat.
Fanning vazifasi – talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, kompyuter dasturlarini yozish uslubini, dasturlashga yondashuv, hisoblashni tashkil etish va kompyuter tomonidan bajariladigan ishlarning tarkibiy tuzilishini belgilaydigan zamonaviy usul va vositalarini shakllantirish vazifalarini bajaradi.
II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
II.I. Fan tarkibiga qo‘yidagi mavzular kiradi:
1-mavzu: “Dasturiy vositalarni testlash” faniga kirish.
2-mavzu: Dastur kodini testlash.
3-mavzu: Testlashni takrorlanib turishi
4-mavzu: Tekshirish va testlash jarayonini tashkil kilish xujjatlari
5-mavzu: Test talablar. Testdan o‘tganligi bo‘yicha hisobotlar
6-mavzu: Rasmiy(formal) inspeksiyalar.
7-mavzu: Rasmiy inspeksiya jarayonini xujjatlashtirish
8-mavzu: Modulli testlash. Modulli testlashning maqsad va vazifalari. Modul tushunchasi va uning chegaralari
9-mavzu: Test muxitining loyixalash yo‘llari 10-mavzu: Integratsion testlash(Integration testing) 11-mavzu: Tizimli testlash(System testing) 12-mavzu: Dasturiy ta’minot sertifikasiyasi 13-mavzu: Foydalanuvchi interfeysini testlash 14-mavzu: Turg‘un kodni ishlab chiqish usullari. Qora quti testlash usuli 15-mavzu: Sanoat uchun ishlab chiqilayotgan dasturiy ta’minotni testlash jarayonlarini qo‘llab quvatlash.
III. Amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
Amaliy mashg‘ulotlar uchun qo‘yidagi mavzular tavsiya etiladi:
Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish jarayonida tekshirish va testlashning o‘rni. Turli testlovchi dasturlar bilan ishlashga oid misollar.
Dasturiy ta’minot ishlab chiqishning yashash sikli va dasturni joriy qilish. Ularga oid misollar yechish.
Dastur kodini testlash. Dastur kodini testlashga oid masalalar yechish.
Testlash usullari. Test muhiti. Testlanayotgan kodning sifatini baholash. Dastur kodini qoplash va shunga mos masalalar yechish.
Testlashni qayta takrorlanishi. Test muhitini sozlash va test misollarini optimallashtirish va ular ustida amallar.
Test talablari, test rejalari. Testdan o‘tganlik haqida hisobotlar. Trassirovkalangan jadvallar. Shularga doir masalalar yechish.
Modulli testlash. Sinflarni testlash. Modulli testlashga doir misollar ko‘rib chiqish.
Integrasion testlash. Testlarning ahamiyati va ularning usullari. Integrasion testlashga doir misollarni yechish.
Rasmiy inspeksiyalar (tekshiruvlar). Rasmiy inspeksiya bosqichlari va ishtirokchilari rollari. Ularga doir misollarni yechish. Ziddiyatlarni bartaraf etish usullari.
Amaliy mashg‘ulotlar multimediya qurilmalari bilan jihozlangan auditoriyada bir akademik guruhga bir professor-o‘qituvchi tomonidan o‘tkazilishi lozim. Mashg‘ulotlar faol va interaktiv usullar yordamida o‘tilishi, mos ravishda munosib pedagogik va axborot texnologiyalar qo‘llanilishi maqsadga muvofiq.
IV. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar
Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular:
Dasturlashda ma’lumotlar tuzilmasining o‘rni va ahamiyati. C++ dasturlash tilida ma’lumotlar turlari, ularni testlash va tekshirish tushunchalari.
Dasturiy ta’minotni tekshirish dasturlari.
Dasturiy ta’minotning hayot sikli.
Axborot resurslari va axborot tizimlari.
Dasturiy ta’minotning sinflari, ma’lumotlar tuzilmasi.Tekshirish usullari.
Operasion tizimlar, BIOS tuzilmasi.
Dasturiy ta’minotni testlash dasturlari.
Dasturiy ta’minotning havfsizligini ta’minlash.
Dasturiy ta’minotning ishlash to‘liqligini ta’minlash uchun dasturlar.
Dasturlar va axborot resurslaridan ruxsatsiz foydalanishni oldini olish.
Dasturlarning ma’lumotlar va axborotlariga hujumlar va undan saqlanish.
Dasturiy vositalarni testlashning ahamiyati.
Dasturiy ta’minotni tekshirishning natijalarini tadbiq qilish va amalda qo‘llash.
Integrasion testlash(Integration testing)
Tizimli testlash(System testing)
Dasturiy ta’minot sertifikasiyasi
Foydalanuvchi interfeysini testlash
Oq quti testlash usuli
Qora quti testlash usuli
Kulrang quti testlash usuli
Turg‘un kodni ishlab chiqish usullari
|
|
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi filiali
|