• 1 soatlik ochiq Dars ishlanmasi Darsning texnologik xaritasi
  • Darsning tarkibiy qismi Dars taqsimoti Daqiqa
  • Jami: 45 daqiqa
  • III. Darsning maqsadi: 1. Ta`limiy maqsad
  • 3.Rivojlantiruvchi maqsad
  • IX. O’tgan mavzuni mustahkamlash . Mavzu: oquv dasturlari, darslik qollanmalar, asosiy va qoshimcha adabiyotlar
  • “Milliy g‘oya – tahdiddan himoya”, “Barkamol avlod – yurt tayanchi”, “Ommaviy madaniyat” nima”
  • “Mening biznes g‘oyam”, “Ajdodlar merosi – kelajak poydevori”, “Siz qonunni bilasizmiz”, “Yilning eng faol ma’naviyat targ‘ibotchisi”, “Yosh chegarachilar”
  • Davlat talim standartlari
  • O`zbekiston respublisi xalq




    Download 0.68 Mb.
    bet1/3
    Sana16.05.2023
    Hajmi0.68 Mb.
    #60176
      1   2   3
    Bog'liq
    Yunusov Maftunbek
    QULMATOVA ADOLAT, referat, 826552, 402 guruh Abdullayeva Guljahon, 20-son maktab кумир хисоботи 2023

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI


    NAMANGAN VILOYATI XALQ
    TA’LIMI BOSHQARMASI


    Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta'limi yo’nalishi 3 - kurs talabasi Yunusov Maftunbekning
    Milliy g'oya mazmun va mohiyatini yoshlar ongiga singdirishning vositalari. Milliy g'oya va ma'naviyat asoslari fani yuzasidan Davlat ta'lim standartlari, o'quv dasturlari, darslik qo'llanmalar, asosiy va qo'shimcha adabiyotlar tahlili’’ mavzusida
    1 soatlik ochiq



    Dars ishlanmasi


    Darsning texnologik xaritasi





    Darsning tarkibiy qismi

    Dars taqsimoti

    Daqiqa

    1

    Tashkiliy qism

    -Salomlashish,
    -navbatchi axboroti,
    -siyosiy daqiqa

    5 daqiqa

    2

    O’tilgan mavzuni takrorlash

    "Moychechak guli "metodi orqali o’tgan mavzuni mustahkamlash

    5 daqiqa

    3

    Yangi mavzu tushuntirish jarayoni

    "Aqliy hujum" metodidan foydalanish

    20 daqiqa

    4

    Yangi mavzuni mustahkamlash

    Yangi mavzuni mustahkamlash uchun guruhlar bir - birlariga savollar berishadi.

    10 daqiqa

    5

    O’quvchilarni baholash

    O’quvchilarni baholash va rag’batlantirish

    5 daqiqa

    6

    Uyga vazifa berish

    Kartochkalarga savollar tayyorlab kelish




    Jami:




    45 daqiqa



    Mavzu: Milliy g'oya mazmun va mohiyatini yoshlar ongiga singdirishning vositalari. Milliy g'oya va ma'naviyat asoslari fani yuzasidan Davlat ta'lim standartlari, o'quv dasturlari, darslik qo'llanmalar, asosiy va qo'shimcha adabiyotlar tahlili
    I.Tashkiliy qism. a) salomlashish
    b) davomatni aniqlash
    O’qituvchi tomonidan darsning shiori aytib o`tiladi.
    d) Ma`naviyat daqiqasi:

    • may oyidagi muhim sanalarni aytish.

    • siyosiy yangilik aytish.

    2023-yil yilga qanday nom berilgan?
    O`quvchilar ma'naviyat haqida ma`lumot beradi.


    III. Darsning maqsadi:
    1. Ta`limiy maqsad: O’quvchilarning bilim va tushunchalarini oshirish.
    2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga aytib berilishini yoki yo’llovchi savollar berilishini kutib o’tirmay yechìsh usullarini mustaqil topishga o’rgatish.
    3.Rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarni bilim, malaka, kònikmalarini shakllantirib amaliyotda qo’llashni o’rgatish.
    IV. Dars shakli: noan’anaviy
    V. Dars turi: Seminar mashg’uloti
    VI Dars metodi: Aralash metodlar
    VII. Dars usuli: Suhbat, tushuntirish, munozara, kichik guruhlarda ishlash.
    VIII.Dars jihozi: Darslik, taxta, bo`r, rag’batlar, tarqatmalar, texnik vositalar


    IX. O’tgan mavzuni mustahkamlash.
    Mavzu: o'quv dasturlari, darslik qo'llanmalar, asosiy va qo'shimcha adabiyotlar
    O’tgan mavzuni mustahkamlash uchun o’quvchilar o’qib kelgan ma’lumotlari ’’Klaster” metodi asosida moychechak barglariga yozib chiqadilar.



    X. Yangi mavzu bayoni.
    Mavzu: Milliy g'oya mazmun va mohiyatini yoshlar ongiga singdirishning vositalari. Milliy g'oya va ma'naviyat asoslari fani yuzasidan Davlat ta'lim standartlari, o'quv dasturlari, darslik qo'llanmalar, asosiy va qo'shimcha adabiyotlar tahlili
    Reja:
    1. Milliy g‘oyani yoshlar ongiga singdirish va targ‘ib etishda internet, televideniya hamda mobil aloqalarning ahamiyati.
    2. Milliy g'oya va ma'naviyat asoslari fani yuzasidan Davlat ta'lim standartlari.
    3. Milliy g'oya va ma'naviyat asoslari fani yuzasidan o'quv dasturlari, darslik qo'llanmalar, asosiy va qo'shimcha adabiyotlar.
    1. Bugun biz ilm fan taraqqiyotini inovatsion texnalogiyalarsiz tasavvur eta olmaymiz Hozirgi davrda aqlan zukko, qobiliyatli, izlanuvchan va mustaqil mulohaza yurituvchi yoshlar jamiyatni ilmiy texnik taraqqiyotini harakatga keltiruvchi ulkan kuchdir.
    Bugungi globallashuv davrda milliy g‘oya targ‘ibotiga ehtiyoj kun sayin oshib bormoqda. Milliy g‘oya targ‘iboti ham zamon talablariga moslashgan holda zamonaviy axborot komunikatsiya texnalogiyalari yordamida yo‘lga qo‘yilishi va yangi yo‘nalishlar bilan olib borilishi lozim. Zero, bugungi kunda avj olgan inson ongi uchun kurash jarayoni ham turli-tuman targ‘ibot texnologiyalar asosida amalga oshirilmoqda. Milliy g‘oyani yoshlar ongiga singdirish va targ‘ib etishda internet, televideniya hamda mobil aloqalarning ahamiyati bugungi kunda juda muhimdir. Milliy g‘oya targ‘ibotida mazkur vositalardan foydalanish borasida yurtimizda ham bir qator salmoqli va samarador ishlar yo‘lga qo‘yilgan.
    Aytish joizki, hozirgi kunda mamlakatimizda 1294 ta ommaviy axborot vositasi faoliyat yuritib, shundan 160 taga yaqini gazeta va jurnallardir. 200 ta veb-saytning 30 foizdan ortig‘i bolalar va yoshlar mavzusini yoritishga qaratilgan. Jumladan, yoshlar siyosati yo‘nalishida «Yoshlar», “Munosabat”, “Nuqtayi nazar”, “So‘z yoshlarga” va «Sport» telekanallari, Internetdagi «ZiyoNET» , gov.uz, fikr.uz, gazeta.uz, daryo.uz Kamolot.uz, yoshlar axborot portali, 2863 ta axborot-resurs markazi tashkil etilgan, Internetdan foydalanuvchilarning soni esa 10 millionga yaqinlashdi va ularning aksariyatini yoshlar tashkil etmoqda
    1997 yil 24 aprelda «Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida», 1997 yil 26 dekabrda «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida» qonunlar qabul qilindi.
    Mobil aloqa vositalarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, birgina faktlarning o‘zi etarli. Bugungi kunda mamlakatimizda
    21 mlnga yaqin fuqarolarimiz doimiy ravishda ushbu texnikadan foydalanadi. Ulardan 8 mlnga yaqin aholi mobil internet xizmatidan foydalanadi. 3 mlnga yaqin aholi internetdan doimiy ravishda foydalanuvchilardir. 1996 yil 7 mayda «O‘zbekistonning ijtimoiy taraqqiyotida televidenie va radioning rolini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» farmon qabul qilindi.
    Bugungi kunda mamlakatimizda 612 ta gazeta va 138 ta jurnal ro‘yxatga olingan.
    Yoshlarning ongiga milliy g`oyani singdirish, ularni shu asosda tarbiyalash, avvalo, jamiyatdagi barcha ijtimoiy va siyosiy institutlar orqali amalga oshirilishidagi jarayonda davlatning alohida o`rni va roli mavjud.
    Umumta’lim maktablari va kasb-hunar kollejlarida tashkil etilayotgan “Milliy g‘oya – tahdiddan himoya”, “Barkamol avlod – yurt tayanchi”, “Ommaviy madaniyat” nima?” kabi mavzulardagi tadbirlar muhim ahamiyat kasb etmoqda. maqsadida “Hech kim mehr-e’tibordan chetda qolmaydi!” shiori ostida o‘tkazilgan ma’rifiy tadbirlar va
    Shunqorlar” harbiy sport musobaqasi,“Mening biznes g‘oyam”, “Ajdodlar merosi – kelajak poydevori”, “Siz qonunni bilasizmiz?”, “Yilning eng faol ma’naviyat targ‘ibotchisi”, “Yosh chegarachilar” singari ijodiy ko‘rik-tanlovlar ma’naviy targ‘ibot ishlarini samarali yo‘lga va ularni butun respublika bo’ylab targ’ibotini amala oshirish ishlari oliy mzqsad sifatida qaralmoqda . Istiqlol yillaridan toki bugungacha qo‘lga kiritilgan ulkan yutuqlarga bag‘ishlangan 100 dan nomdagi adabiyotlar, risola va qo‘llanmalar, multimedia asarlari, plakatlar tayyorlanib, yurtimiz ta’lim maskanlari, axborot-kutubxona muassasalariga yetkazildi. Prezidentimiz Islom Karimovning asarlari asosida tayyorlangan “Milliy g‘oya: ta’lim va targ‘ibot texnologiyalari”, “Milliy g‘oya va mafkurani yoshlar ongiga singdirishning yangicha pedagogik texnologiyalari”, “Dunyoning mafkuraviy manzarasi ”, “G‘oyamiz – himoyamiz” kabi multimedia dasturlaridan ta’limning barcha bo‘g‘inlaridagi o‘quv maskanlarida keng foydalanilmoqda.
    Innovatsiya” inglizcha — innovatoin yangilk yaratish, yangilik ma‘nolarini anglatadi. Bunda an‘anaviy ta‘limdagi kabi bir xillik asosida emas, balki yangiliklar asosida ta‘lim jarayonining ta‘sirchanligini oshirishga qaratilgan ish shakllaridan foydalaniladi. Innovatsion texnologiya ilm-fanning eng so‘ngi yutuqlari, yangiliklari va kashfiyotu ixtirolariga asoslanadi. Shu jihatdan talabalarga milliy g‘oya targ‘ibotiga doir yangi ma’lumotlar, usullar, vositalar va usullar haqida bilim berguvchi vositalar hisoblanadi.
    Ta‘lim-tarbiya jarayonida dars samaradorligini oshirish, o’quvchilar bilimini mustahkamlash, o’quvchularning darsga qiziqishlarini oshirishda innovatsion texnologiyalar va interaktiv metodlarni qo’llash tobora keng tus olmoqda. Shuningdek milliy g’oya targ’ibotida ham asosiy o’rinlarni egallamoqda.
    2. Davlat ta'lim standartlari - kadrlar tayyorlash sifatiga, ta'lim mazmuniga qo‘yiladigan talablarni; ta'lim oluvchilar tayyorgarligining zarur va yetarlicha darajasini hamda ta'lim muassasalarini bitiruvchilarga qo‘yiladigan malakaviy talablarni; o‘quv yuklamasining earur hajmini; ta'lim muassasalari faoliyatini va kadrlar tayyorlash sifatini baholash tartibi va mexanizmini belgilaydi.
    Ta'limni totalitar tuzum mafkurasidan xalos etib, uni milliy istiqlol mafkurasi, milliy g‘oya ruhi bilan sug‘orishda ijtimoiy gumanitar fanlarning ahamiyati kattadir. Shu nuqtai nazardan Milliy istiqlol g‘oyasi, ma'naviyat asoslari fanlari bu jarayonda o‘ziga xos metodologik fan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. “Milliy g‘oya,ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi” yo‘nalishi uchun tuzilgan davlat ta'lim standartlarida “Milliy g‘oya ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi fanlarini o‘qitish metodikasi” faniga alohida o‘rin berilgan.
    Avvalo, “Ma'naviyat asoslari” kursini o‘qitishda pedagogik texnologiyalarni qo‘llash har tomonlama yetuk, baokamol shaxsni tarbiyalash ishini yanada samarali, tabiiy hal etishga xizmat qiladi.
    Ikkinchidan, darslarga ko‘rgazmalilikka-turli albom, plakatlar, badiiy asarlardan namunalar o‘qishga alohida ahamiyat berish ham yaxshi natija beradi.
    Uchinchidan, turli muzeylarga, tarixiy joylarga, buyuk allomalar uchun mustaqillik yillari barpo etilgan majmualarga ekskursiyalar uyushtirish talabalarning ma'naviy-ruhiy, ichki-botiniy dunyosiga kuchli ta'sir o‘tkazishni ham nazardan qochirmaslik lozim bo‘ladi.
    To‘rtinchidan tarixiy mavzulardagi, shu bilan bir qatorda mustaqillik yillaria xalqimizning ma'naviy poklanish, ma'naviy tiklanish, ma'naviy rivojlanishiga oid yaratilgan video filmlarni namoyish orqali darslarni olib borishning afzalliklari, talaba qalbiga kirib borishdagi ahamiyati katta ekanligini ham hisobga olish zarur.
    Beshinchidan, darslarni o‘tkazishga fanimiz, adabiyot va san'atimizning ko‘zga ko‘ringan vakillarini taklif qilish, ular bilan muloqotda bo‘lish ma'naviyat darslarining samaradorligini oshiradi.

    Download 0.68 Mb.
      1   2   3




    Download 0.68 Mb.