• ham bu sohada shov-shuvga sabab boʻlmadi. Nega tadbirkorlar internet-doʻkonlar ochishga shoshilmayotir, amalda bu haqiqatan ham murakkab masalami Quyida shularga oydinlik kiritishga urinib koʻramiz.
  • Tayyorgarlik
  • Oʻzbekistonda elektron tijorat – juda koʻp muhokama etiladigan, ammo amaliyotda kam roʻyobga chiqariladigan mavzu. 2015 yilning may oyida yangi tahrirda qabul qilingan «Elektron tijorat toʻgʻrisida»gi




    Download 164.97 Kb.
    bet1/3
    Sana18.04.2024
    Hajmi164.97 Kb.
    #200297
      1   2   3
    Bog'liq
    OʻZBEKISTONDA INTERNET
    7-mavzu tuproq va uni muhofazasi reja, 5. Jo`rayeva. Egamova M, Kimyo biologik ahamiyatga ega boʻlgan bufer eritmalarni ph ni aniqlash, AMD Phenom (Opteron) protsessorlarining tarkibiy Nishomov, Анализ и контроль прекурсоров, Schot

    OʻZBEKISTONDA INTERNET-DOʻKONNI QANDAY OCHISH MUMKIN?
    23.12.2016

    Oʻzbekistonda elektron tijorat – juda koʻp muhokama etiladigan, ammo amaliyotda kam roʻyobga chiqariladigan mavzu. 2015 yilning may oyida yangi tahrirda qabul qilingan «Elektron tijorat toʻgʻrisida»gi Qonun ham bu sohada shov-shuvga sabab boʻlmadi. Nega tadbirkorlar internet-doʻkonlar ochishga shoshilmayotir, amalda bu haqiqatan ham murakkab masalami? Quyida shularga oydinlik kiritishga urinib koʻramiz.
    Avvaliga internet doʻkon ochish uchun bajarish zarur boʻlgan harakatlar tartibi haqida soʻz yuritamiz.
     
    Tayyorgarlik
    Tayyorgarlik davri oʻz ichiga biznesning tuzilmasidan tortib, uning reklama uchun ajratiladigan byudjeti, olgʻa siljitish usullari kabilarni olgan biznes rejani tuzishdan iborat. Bu davr investitsiyalarni izlash yoki oʻz mablagʻlarini jamgʻarish bilan ham bogʻliq.
    Biznes rejani tuzishda eng muhim jihatlardan biri — internet doʻkoningiz orqali savdo qilish usulini tanlashdir:
    1. Ombordan. Sotuvchi faqat oʻzining tovari bilan savdo qiladi. Agar tovar omborda mavjud boʻlmasa, internet-doʻkon katalogida ham bu koʻrsatilmaydi. Odatda bu usuldan yirik brendlar foydalanishadi, masalan, Artelmarket.uz.
    2. Dropshoping. Sotuvchining ombori boʻlmaydi, buyurtmani olganidan keyin oʻz hamkoridan tovar oladi va mijozga yetkazib beradi. Mijoz tovarning haqiqiy egasi bilan emas, balki internet doʻkon bilan hisob-kitob qiladi. Masalan: Esavdo.uz, LeBazar.uz.
    3. Agregator. Sotuvchining doʻkoni boʻlmaydi, bir qancha hamkor doʻkonlar uchun oʻz maydonini taqdim etadi. Tovarni yetkazib berish va toʻlovni qabul qilish agregator-sayt tomonidan ham, uning hamkorlari tomonidan хam amalga oshirilishi mumkin. Masalan: Gl.uz.
    Yangi хoʻjalik yurituvchi sub’yektning ustavida qanday faoliyat turi koʻrsatilishi, хususan, butun loyihani monetizatsiya qilish manbasi nimadan iboratligi qanday savdo usuli tanlanishiga bogʻliq. Bu oʻz tovarini sotishdan kelib tushadigan daromadmi yoki vositachilik va boshqa хizmatlar uchun vositachilik yigʻimimi — bu masalaga ham aniqlik kiritiladi.
    Yetkazib berish turini belgilab olish ham muhim: mustaqil ravishdami yoki hamkorlar vositasida? Yetkazib berish uchun faoliyatning alohida turi sifatida (yuk tashish) litsenziya olish zarurligi shunga bogʻliq boʻladi.
     

    Download 164.97 Kb.
      1   2   3




    Download 164.97 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekistonda elektron tijorat – juda koʻp muhokama etiladigan, ammo amaliyotda kam roʻyobga chiqariladigan mavzu. 2015 yilning may oyida yangi tahrirda qabul qilingan «Elektron tijorat toʻgʻrisida»gi

    Download 164.97 Kb.