• Annotatsiya.
  • 1-rasm. O‘zbekiston Respublikasida hududning kengligi va yilning fasliga nisbatan kunning yorug‘ vaqti.
  • Foydalanilgan adabiyotlar
  • O’zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini kadastri. Andijon mashinasozlik instituti o‘qituvchisi Alijonov Abbosbek




    Download 0.89 Mb.
    Sana05.04.2024
    Hajmi0.89 Mb.
    #188700
    Bog'liq
    Sayfullayev Abdulaziz


    O’zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini kadastri.
    Andijon mashinasozlik instituti o‘qituvchisi
    Alijonov Abbosbek
    Muqobil energiya manbalari yo‘nalishi K-24.20 guruh talabasi
    Sayfullayev Abdulaziz
    Kalit so‘zlar: muqobil energiya, quyosh kadastri, energetik obyekt.
    Annotatsiya. Ushbu maqolada O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbasi hisoblangan quyosh energetikasining kadastrini ko’rib chiqamiz.
    KIRISH
    Noana’naviy va qayta tiklanuvchi energiya manbalariga quriladigan energetik obyektlarda loyiha-qidiruv ishlarini olib borish, loyihalash, qurish, ekspluatatsiya qilish, ta’mirlash va rekonstruksiya qilish uchun albatta chuqur bilimga ega bo'lgan raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash taqozo etiladi. Shularni inobatga olib biz qayta tiklanuvchi energiya manbalaridanb biri hisoblangan Quyosh energetikasining Quyosh kadastrini ko’rib chiqamiz.
    ASOSIY QISM
    Quyosh radiatsiyasi oqimi va tashiyotgan energiya yig‘indisi to‘g‘risidagi ma’lumotlar quyosh kadastri hisoblanadi. Quyosh kadastri to'g'risidagi ma’lumotlar quyidagi ko‘rsatkichlarga asosan yig‘iladi:
    -quyosh radiatsiyasining gorizontal tekislikka tushayotgan oylik va yillik yig‘indilari;
    - gorizontal tekislikka to‘g‘ri normal-urinma holatida tushiiyotyun quyosh nurlari;
    - quyoshning nur sochish vaqti.
    Umuman quyosh radiatsiyasi oqimi va tushayotgan energiya yig'indisi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni quyidagi usullar bilan olish mumkin:
    - aniq geografik nuqtadagi ma’lumotlarni hisoblash yo‘li - analitik usul bilan;
    - qisqa muddatda aniq geografik nuqtada, asbob va jihozlar bilan o‘lchash orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri ma’lumot olish bilan;
    - qabul qilingan yagona usul bilan ko‘p yillik o‘lchashlar o‘tkazgan meteorologik stansiyalarining ma’lumotlari yig‘ilgan ma’lumotnomalardan ma’lumot olish bilan.
    Quyosh energiyasidan foydalanishni hisoblashda, asosan, quyosh nurining 1m2 maydonga berayotgan energiya miqdori hisobga olinadi. Koinotning atmosfera qatlamidan yuqori qismiga tushayotgan quyosh radiatsiyasining energiyasi 1,395 kW/m2 ni tashkil qiladi va bu miqdor Quyosh doimiysi deb ataladi. Ammo bu miqdor yer yuzasiga yetib kelguncha har xil qarshiliklarga uchraydi hamda yilning fasli va hisob qilinayotgan hududning kengligiga nisbatan uning miqdori o‘zgarib turadi. Masalan, Yer yuzasiga tushadigan quyosh nurlarining o‘rtacha intensivligi:
    - Yevropa mlakatlarida - 2 kW • soat/m2;
    - Tropik va Osiyo mamlakatlarida - 6 kW • soat/m2.
    O‘zbekiston Respublikasi serquyosh mamlakatlardan hisoblanadi. Bir yilda o‘rtacha:
    - 300 kun quyoshli kun hisoblanadi;
    - 2980 + 3130 soat temperaturaning o‘rtacha miqdori +42°C ni, kunning uzunligi 14-16 soatni tashkil qiladi (1-rasm);
    - cho‘l rayonlarida temperatura + 70°C gacha ko‘tariladi;
    - har bir m2 maydonda 1 yilda 1900-2000 kW gacha quyosh radiatsiyasi hosil bo‘lishi mumkin(2-rasm).
    1-rasmda O‘zbekiston Respublikasida hududning kengligi va yilning fasliga nisbatan kunning yorug‘ vaqti, 2-rasmda esa O‘rta Osiyo mamlakatlarida quyosh radiatsiyasining taqsimlanishi ko‘rsatilgan. 2-rasmda O‘zbekiston Respublikasi hududining 16- va 21- kengliklarida kunning yorugiik davri 16-17 soatni tashkil qilishi ko‘rinib turibdi.

    1-rasm. O‘zbekiston Respublikasida hududning kengligi va yilning fasliga nisbatan kunning yorug‘ vaqti.


    2-rasm. O‘rta Osiyo mamlakatlarida quyosh radiatsiyasining taqsimlanishi.
    XULOSA
    Hozirgi kunda quyosh radiatsiyasi zichligining kamligi, uning yilning fasliga va ob-havoga bog‘liqligi tufayli quyosh energiyasidan katta miqdorda elektr energiyasi olish imkoni yo‘q. Yuqoridagi kam chiliklarni bartaraf qilish uchun yerning sun’iy yo‘ldoshi shaklidagi quyosh elektrostansiyalarini qurish lozim. Natijada obhavoning qanday bo‘lishiga qaramasdan, quyosh energiyasidan kunning 24 soatida foydalanish mumkin. Sun’iy yer yo‘ldoshlariga o‘rnatilgan quyosh elektrostansiyalari ishlab chiqaradigan elektr energiyasi, yerdagi iste’molchilarga ultraqisqa to‘lqinlar(uzunligi 10 sm ga teng) kanali orqali uzatiladi. U zatilgan to'lqinlar yerdagi qabul qilish antennalari yordam ida qabul qilinadi va yerda sanoat chastotasi energiyasi (50 Hz)ga aylantirilib6 iste’m olchiga uzatiladi.
    Foydalanilgan adabiyotlar
    1. Toirov O.Z., Alimxodjayev K.T., Alimxodjayev SH.K. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari. -Тoshkent.: «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2019.
    2. I.A. Yuldashev, M.N. Tursunov, S.Q. Shog`o‘chqorov, T.R. Jamolov, Quyosh energetikasi. O‘quv qo‘llanma. “Sano-standard”, Toshkent-2019.
    3. E.B. Saitov, I.A. Yuldashev. Quyosh panellarini o‘rnatish, sozlash va ishlatish// O‘quv qo‘llanma. Toshkent: “Noshir” nashriyoti,2017.
    4. M.S. Bahodirxonov, S.Z. Zaynobidinov, X.M. Madaminov. Elektron texnikasi moddalari. Toshkent “Yangi Nashr” 2016.
    5. Б.В. Лукутин, И.О. Муравлев, И.А. Плотников. Системы электроснабжения с ветровыми и солнечными электростанциями. Издательство Томского политехнического унверситета 2015.
    Download 0.89 Mb.




    Download 0.89 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini kadastri. Andijon mashinasozlik instituti o‘qituvchisi Alijonov Abbosbek

    Download 0.89 Mb.