• Qisqacha nazariya: Tok kuchini aniqlash . Zanjirning bir qismi uchun Om qonuni
  • Rezistor
  • Berk zanjir uchun Om qonuni
  • Kirxgofning birinchi qoidasi
  • O‘zgarmas tok qonunlari




    Download 45.94 Kb.
    bet1/3
    Sana31.10.2023
    Hajmi45.94 Kb.
    #91922
      1   2   3
    Bog'liq
    O‘zgarmas tok qonunlari
    1 Talab va taklif tushunchasi. Talab va taklif qonuni. 2 Talab v, Mushtariy , Iqtisodiyot fakulteti, Quyosh energiyasidan issiqlik ta\'minotida foydalanish reja

    O‘zgarmas tok qonunlari
    Ma’ruzalar matni va o‘quv qo‘llanmasidan ishning nazariyasi bilan tanishing (Savelyev I.V., t.1, §§ 34-36).


    Ishning maqsadi:

    • O‘zgarmas elektr toki zanjirlarini kompyuterda modellashtirish prinsiplari bilan tanishish;

    • Elektr zanjirining yaratilgan modelidan foydalanib Om va Kirxgof qonunlarini o‘rganish

    • Asosiy qonunlar yordamida o‘zgarmas elektr toki zanjiri tavsiflarini aniqlash.



    Qisqacha nazariya:
    Tok kuchini aniqlash .
    Zanjirning bir qismi uchun Om qonuni: bir jinsli (chetki kuchlar mavjud bo‘lmagan) metal o‘tkazgichdan o‘tayotgan tok kuchi o‘tkazgichdagi kuchlanish tushuvi( )ga to‘g‘ri proporsional, o‘tkazgichning elektr qarshiligi( )ga teskari proporsionaldir

    Rezistor deb ma’lum o‘zgarmas qarshilikka ega bo‘lgan qurilmaga aytiladi.
    Rezistordagi kuchlanish
    Zanjirning bir jinsli bo‘lmagan qismi uchun Om qonuni
    , bu yerda va - zanjir qismi uchlaridagi potensiallar, R-zanjirning mazkur qismiga ta’sir etayotgan EYUK.
    Berk zanjir uchun Om qonuni , bu yerda -zanjirdagi EYUKlar yig‘indisi, R - zanjirdagi qarshiliklar yig‘indisi.
    Tarmoqlangan zanjir deb tugunlarga ega bo‘lgan elektr zanjiriga aytiladi. Tugun deb esa ikkitadan ko‘p o‘tkazgichlar tutashgan nuqtaga aytiladi. Tugun tomon kelayotgan toklar musbat, tugundan chiqayotgan toklar manfiy deb hisoblanadi.
    Kirxgofning birinchi qoidasi: tugunda uchrashuvchi toklarning algebraik yig‘indisi nolga teng

    Kirxgofning ikkinchi qoidasi: Zanjirdan xayolan ajratib olingan istalgan yopiq konturdagi kuchlanishlar tushishining algebraik yig‘indisi, shu konturda ta’sir qilayotgan EYUK ning algebraik yig‘indisiga teng bo‘ladi

    Tarmoqlangan zanjirni tahlil qilishda, barcha ketma-ket ulangan elementlar orqali bir tugundan ikkinchisiga oqayotgan toklarni bir xil indeks bilan belgilash lozim. Har bir tokning yo‘nalishi ixtiyoriy ravishda tanlanadi.
    Kirxgofning ikkinchi qoidasi asosida tenglamalar tuzishda, tanlangan aylanib chiqish yo‘nalishiga qarab, tok va EYUK lar musbat yoki manfiy ishorali deb olinadi:

    • agar tokning yo‘nalishi aylanib chiqish yo‘nalishi bilan mos tushsa, tokni musbat deb, qarama-qarshi bo‘lsa manfiy deb hisoblash qabul qilingan;

    • agar EYUK ning ta’sir yo‘nalishi (u hosil qilayotgan tokning yo‘nalishi) aylanib chiqish yo‘nalishi bilan mos tushsa, EYUK musbat ishorali deb hisoblanadi.

    Kirxgofning birinchi qoidasi asosidagi tenglamalar soni zanjirdagi tugunlar sonidan bitta kam bo‘lishi kerak. Kirxgofning ikkinchi qoidasi asosidagi mustaqil tenglamalar soni shunday bo‘lishi kerakki, bunda tenglamalarning umumiy soni turli toklar soniga teng bo‘lishi lozim. Har bir yangi kontur hech bo‘lmaganda oldin ko‘rib chiqilgan konturlarga kirmagan zanjirning bir qismini o‘z ichiga olishi kerak.



    Download 45.94 Kb.
      1   2   3




    Download 45.94 Kb.