• Fan o ‘qituvchisi
  • PAYVAND BIRIKMALAR NUQSONLARI VA ULARNI BARTARAF ETISH USULLARI.
  • Payvand choklar va birikmalarning nuqsonlari hosil bo‘lish tabiati va joylashishi jihatidan turlichadir. Nuqsonlarning hosil bo‘lishi jihatidan quyidagi asosiy guruhlarga ajratish mumkin
  • Payvand birikmalar nuqsonlari va ularni bartaraf etish usullari. Payvandlash jarayonlarining nazariyasi payvand konstruksiyalarini loyihalash




    Download 3.92 Mb.
    bet1/2
    Sana19.04.2024
    Hajmi3.92 Mb.
    #201935
      1   2
    Bog'liq
    12. Payvand konstruksiyalarni ishlab chiqish texnologiyasi
    Fazliddin hisobot, 1.6, R. X. Maksudov

    TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI MATERIALSHUNOSLIK VA MASHINASOZLIK KAFEDRASI
    Toshkent-2024
    • Amaliy mashg’ulot

    • PAYVAND BIRIKMALAR NUQSONLARI VA ULARNI BARTARAF ETISH USULLARI.

    PAYVANDLASH JARAYONLARINING NAZARIYASI
    PAYVAND KONSTRUKSIYALARINI LOYIHALASH
    Fan oqituvchisi: Rahimov Uchqun Toshniyoz o‘g‘li
    Payvand birikmalarning nuqsonlari deb, GOST me’yorlari, texnik shartlar va loyiha chizmalaridan chetga chiqishlarga aytiladi. Bu me’yorlarda quyidagilar: payvand choklarining geometrik o‘lchamlari (balandligi va eni), chokni tashkil etuvchi metalning yaxlitligi, germetikligi, mexanik mustahkamligi, plastikligi, kimyoviy tarkibi va strukturasi nazarda tutiladi.
    PAYVAND BIRIKMALAR NUQSONLARI VA ULARNI BARTARAF ETISH USULLARI.
    GOST 7512-82 ga ko'ra, joylashishiga qarab, tashqi va ichki nuqsonlar farqlanadi. Tashqi nuqsonlarga chok va teshiklar shaklidagi nuqsonlar, tikuvlar yuzasida paydo bo'ladigan oqmalar, yoriqlar va pastki kesmalar, ichki nuqsonlarga esa teshiklar, shlak yoki begona metallning qattiq qo'shilishi, penetratsiyaning etishmasligi va har xil turdagi ichki yoriqlar kiradi. .
    1)Yig‘ish texnologiyasining buzilishi oqibatida kelib chiqqan nuqsonlar (payvandlanadigan qirralarning, quvur o‘qlarining siljishi, payvandlab biriktiriladigan detallar orasidagi tirqishning mos kelmasligi va boshqalar);
    2) Payvandlanadigan detallar metalida (yoriqlar, qatlamlanishlar, ezilgan joylar), payvandlanadigan qirralarda yoki choklar yaqinida nuqsonlar bo‘lishi; bu nuqsonlar chokning shakllanishiga ta’sir etishi mumkin;
    3)Asosiy metalning yomon payvandlanishi keltirib chiqaradigan nuqsonlar (asosiy birikmada sovuq va issiq yoriqlarning paydo bo‘lishga moyilligi)
    4)Qo‘shimcha ashyolarning kimyoviy tarkibi hamda texnologik xususiyatlarining mos kelmasligi natijasida paydo bo‘ladigan nuqsonlar;
    5)Payvandlashning texnologik jarayoni yoki termik ishlashining buzilishi natijasida vujudga keladigan nuqsonlar (strukturaviy tashkil etuvchilarning mos kelmasligi, kesiklar, mayda g‘ovaklar, (payvandlanmay qolgan joylar, kuygan joylar, shlak qo‘shilmalari, bo‘shashgan choklar);
    6)Payvandlash yoki konstruksiyani sovitish vaqtida siqish moslamalarining, konduktorlar va boshqa uskunalar mos kelmasligi natijasida vujudga keladigan nuqsonlar;
    7)Konstruksiyalarni ishlatish vaqtida hosil bo‘ladigan nuqsonlar.
    Payvand choklar va birikmalarning nuqsonlari hosil bo‘lish tabiati va joylashishi jihatidan turlichadir. Nuqsonlarning hosil bo‘lishi jihatidan quyidagi asosiy guruhlarga ajratish mumkin:
    Tashqi nuqsonlarga chok geometrik o‘lchamlarining mos kelmasligi (zo‘riqishning ortiqcha yoki yetarsiz bo‘lishi, chok kengligining bir xilda bo‘lmasligi), haddan tashqari tangasimonligi, erib to‘lmagan chuqurchalar, kesiklar, mayda g‘ovaklar, kuygan joylar, shlak qo‘shilmalari va yuzaga chiqib qolgan darzlar kiradi.
    Chok geometrik o‘lchamlarining mos kelmasligi (1-rasm). Bunga quyidagilar sabab bo‘ladi:
    1)_chetlar qoniqarli tayyorlanmagan va bir-biriga to‘g‘rilanmagan. Natijada ular orasidagi masofa har xil bo‘lib, kengroq joylarini eritilgan metall bilan to‘lg‘azishga to‘g‘ri keladi;
    2)_elektrod va sim bir tekisda surilmagan. Oqibatda chok balandligi va eni turlicha bo‘ladi;
    3)_belgilangan payvandlash rejimiga rioya qilinmagan
    1 -rasm. Payvand birikmalarining chok o‘lchamlari va shakllaridan og‘ishi: a – choklar o‘lchami kattalashishga og‘ishi; b – choklar o‘lchami kichiklashishga og‘ishi; d – burchak choklarning notekis katetlar

    Download 3.92 Mb.
      1   2




    Download 3.92 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Payvand birikmalar nuqsonlari va ularni bartaraf etish usullari. Payvandlash jarayonlarining nazariyasi payvand konstruksiyalarini loyihalash

    Download 3.92 Mb.