• Kasb madaniyati. Kasbiy-yo’naltirilgan o’qish texnologiyasi.
  • Pedagogik diagnostika reja




    Download 27.25 Kb.
    Sana20.10.2022
    Hajmi27.25 Kb.
    #27615
    Bog'liq
    O’QUVCHILARNI KASBGA YO’NALTIRISHDA PEDAGOGIK DIAGNOSTIKA
    KUMUSHBIBI, BIOS Setup dasturini ishga tushirish va sozlash - oldindan tayyorgarlik, tarmoq topologiyasi, chipsetlar, Matematika Ibroximova X, 191-193, “Harakatlar strategiyasi”ning mazmun va mohiyati. Milliy go‘yani-fayllar.org

    MAVZU: O’QUVCHILARNI KASBGA YO’NALTIRISHDA PEDAGOGIK DIAGNOSTIKA


    REJA:




    1. O’quvchilarni kasbga yo’naltirishning nazariy asoslari.


    2. Darsda va darsdan tashqari mashg’ulotlarda kasb tanlashning o’ziga xos xususiyatlari


    3. Kasb madaniyati.


    4. Kasbiy-yo’naltirilgan o’qish texnologiyasi.

    Bugungi kunda o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish pedagogik faoliyatning ajralmas qismi bo’lib, bu jarayon oiladan, maktabgacha ta’lim muassasalaridan boshlanib, o’rta maxsus kasb-hunar kollejlarigacha davom ettiriladi. O’z vaqtida kasbga yo’naltirish o’quvchining hayotdagi o’rnini yaxshiroq egallashida muhimdir. Psixologik diagnostika va pedagogik tashxis ishlari ham ushbu soha bilan shug’ullanadi. O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonunida endilikda bizga faqatgina har tomonlama rivojlangan bola bo’libgina qolmasdan, balki har tomonlama sog’lom, aqlan rivojlangan bolani tarbiyalashda va unga bilim berish va kamolga yetkazishda har bir insonning asosiy burchi ekanligi uqtiriladi. O’qituvchining mahorati o’quvchilarning hayotda o’z o’rnini topishlarida, kerakli mutaxassis, jamiyatning intellektual salohiyatli kadrlari bo’lib yetishishlarida, ularning kasbiy madaniyatini shakllantirishda va kasb-hunarga yo’naltirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun o’qituvchilar shaxsiy va kasbiy, umummadaniy, maxsus kompetensiyaga ega bo’lishlari, shaxsiy-kasbiy sifatlarni rivojlantirishlari, o’z ustilarida doimiy ishlashlari, pedagogik qobiliyat va pedagogik texnikani, pedagogik mahorat namda insonparvarlikni takomillashtirishlari talab etiladi. Kasb-hunar tanlashda maqsadning to’g’ri qo’yilishi yartm g’alabadir. Bu g’alabani yuzaga chiqarishdagi qo’llanilgan vositalar, metodlar samaraliligi, sinovdan o’tgan bo’lishi ayni muddaodir. Kasbga yo‘naltirish o‘quvchi shaxsi, barkamol inson rivojlanishi, manfaatlar, qiziqishlarni amalga oshirish muhiti, harakatlantiruvchi mexanizmlar bilan bog‘liqdir. Kasb tanlash inson hayotidagi muhim qadamlardan biridir. Odatda insondan hayotimizdagi asosiy qadriyatlar nima deb so‘ralsa, u “sevimli insonlar” va “sevimli ishim”deb javob beradi. Shuning uchun kasb tanlashda adashishkechirilmas xato. Ko‘p hollarda bu xatolik inson o‘z-o‘zini yaxshi bilmasligidan kelib chiqadi. Ko‘ngilga yoqadigan ish topish va bu ishda muvaffaqiyat qozonish uchun, avvalambor o‘zining xohish va moyilligini aniqlab olish kerak, keyin shunday kasb tanlash kerakki uning xohish, moyilligiga mos tushishi kerak. Har qaysi insonda turli layoqat,


    temperament, yashashdan maqsadi bo‘ladi. Ba’zi birlar butun bir korxonani muvaffaqiyat bilan boshqaradilar, boshqalar uchun esa bitta mas’uliyatli qaror qabul qilish ham azobli kechadi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, bir odamga to‘g‘ri kelgan kasb ikkinchi insonga to‘g‘ri kelmasligi mumkin. Hayotda xohishi, qiziqishi, layoqati, qadriyatlar tizimi, mobilligi, xarakteri bir-biriga to‘la mos keladigan insonlar yo‘q, faqat o‘xshash insonlar bor, ya’ni ularning ko‘pchiligida shaxs tipi (turi) bir-biriga to‘la mos tushadi. Bu o‘xshashlik har qaysi odam uchun qaysi sohada muvaffaqiyat qozonish, qaysinisida esa ishlolmasligi haqida tasavvurga ega bo‘lishi kerakligi uchun muhim shart-sharoitdir. Bugungi dolzarb muammolardan biri o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish, psixologik – pedagogik tashxis ishlari samaradorligini oshirish va maxsus ehtiyojga muhtoj bolalarning jamiyat ehtiyojidan kelib chiqib, kasb-hunarga to‘g‘ri va ongli ravishda yo‘naltirish masalalarini qamrab olgan amaliy- uslubiy yordam, yo‘naltiruvchi tavsiyalar berish zarur. Kasb-hunarga yo‘naltirish ishlari butun pedagog jamoaning, mahalla ahlining, oilaning, barcha- barchaning ishidir. Kasblarni to‘g‘ri va ongli tanlashda pedagog va psixologlarning o‘rni ahamiyatlidir.Shu jumladan, psixologlar “Kasb tanlash motivini aniqlash”, ”Xolland”, D.D.S., ya’ni Differensial-diagnostik so‘rovnoma, “Qiziqishlar xaritasi” kabi metodikalarni o‘tkazgandan so‘ng, boladagi qiziqish, moyilliklari, layoqatlari, motiv va qobiliyatlari namoyon bo‘ladi. Bolalardagi qiziqish, qobiliyat aniqlangandan so‘ng, bolani shu tanlagan kasbi bo‘yicha yo‘naltirish lozim, chunki boladagi bor layoqat, qobiliyat rivojlantirilsa, u o‘z kasbining ustasi, mahoratli kasb egasi bo‘lib yetishadi. Ingliz bioximigi S.Rouz, kishi qobiliyatining rivojlanishi uchun to‘siqlar biologiyaga qaraganda, sotsial sharoitda ko‘proqdir deb ta’kidlaydi. Ingliz psixologi D.Kidjin ham aynan shunday xulosaga kelib, tarbiyaning kishi intellektual rivojlanishiga hal qiluvchi ta’siri haqida so‘z yuitiladi. Ikkinchi konsepsiyaning vakillari qobiliyatni butunlay hayot va tarbiyaning sotsial sharoiti belgilaydi, deb uqtiradilar. Masalan, Gelvetsiy o‘z vaqtida, tarbiya yordamida geniy yaratsa bo‘ladi, degan edi. Hozirgi zamon olimlaridan amerikalik U.Eshbi, kishining qobiliyati yashab turgan vaqtida stixiyali ravishda o‘z-o‘zidan va ongli ravishda ta’lim-tarbiya jarayonida shakllanadi, shularning natijasi o‘laroq masalalarni yechish uchun tegishli dastlabki rejalar va programmalar vujudga keladi, deb ta’kidlaydi. Ijodiy programma va zo‘r ishchanlik qobiliyati mavjud bo‘lsa, faoliyatda eng yuksak yutuqlarga erishiladi.
    Masalan Firmen, qobiliyat muhitga bog‘liq, deb hisoblaydi. Muvaffaqiyatli faoliyatning eng muhim shartlaridan biri tasvirlayotgan narsangga nisbatan muhabbatingdir, deb yozgan edi mashhur rassom Yu.Neprinsev. Mashhur peyzajchi, tabiat kuychisi V.V.Meshkov ham ana shu fikrda edi. Rassomga fidokorlik, ijod o‘tida yonish zarurdir. Agar bu o‘t kuchli bo‘lsa, rassom ehtirosli va hayajonlantiruvchi rasm ishlashni oxiriga yetkaza oladi, chunki asar nafaqat aql va o‘tkir kuzatuvchanlik bilan, balki ishga halol munosabatda bo‘lish bilan bunyod etiladi. I.Repin rassomlikka shunchalik ehtiros bilan berilib ketgan ediki, hatto mehmonlar huzurida dam olayotganida ham qalami qo‘lidan tushmas edi. O‘ng qo‘li charchab qalam bo‘lishi va rivojlanishi uchun zamindir. Hatto kishi asosiy hayotiy faoliyat sifatida bitta muayyan faoliyatni tanlab olganda ham bu faoliyatda yuksak muvaffaqiyatlarga erishishiga har tomonlama rivojlanganligi sabab bo‘ladi. Ko‘pchilik yirik yozuvchilar, yuqorida ko‘rsatilgandek, faqat professional yozuvchi sifatida mashhur bo‘lganlar, lekin ular yanada aniqroq, jonliroq, yorqin adabiy obrazlarni yaratishga yordam beruvchi vosita sifatida rasm solishga, rassomlikka va muzikaga murojaat qilganlar (A.S.Pushkin, M.Yu.Lermontov va boshqa ko‘pgina yozuvchilar). Masalan, Repinning musiqani tushunishi va uni ehtiros bilan sevishi, yorqin badiiy kartinalar yaratishida musiqiy obrazlar unga yordam bergani bizga ma’lum. Kishining har tomonlama rivojlangan bo‘lishi o‘z imkoniyatlarini to‘g‘riroq baholash va shunga muvofiq ravishda asosiy faoliyatini aniqlab olishga imkon beradi. Bundan tashqari, u hamma qobiliyatlarning rivojlanishini ta’minlaydi, ular hammasi birgalikda hatto bitta muayyan faoliyatda bitta qobiliyatning mazkur faoliyatda bergan samarasiga qaraganda, haddan tashqari yuqori samara beradi. Agar qobiliyat-bu shaxs xususiyatlarining “ansambli” bo‘lsa, iste’dodning oliy darajalari-talantlik va geniallik-odamning yuksak darajada rivojlangan qobiliyatlari “ansambli” bo‘ladi. Qobiliyatning eng yuqori darajasi “talant” deb ataladi. Talant – insonga qaysidir murakkab faoliyatni muvaffaqiyatli, mustaqil va o‘ziga xos tarzda amalga oshirish imkonini beruvchi qobiliyat, tabiiy iqtidor hamohangligidir. Talant haqida xalqning o‘zida “Xudo bergan” degan gap bor. O‘z navbatida tabiiy iqtidor, qobiliyat, talant hayotiy kasbiy tajriba va zo‘r mehnat bilan uyg‘unlashsa mahorat shakllanadi. Agar qobiliyatning yuqori darajada namoyon bo‘lishi “talant” deb atalsa, talantning yuqori darajada namoyon bo‘lishi buyuklikdir. Buyuklik – bu inson ijodiy kuchining yuksak darajada namoyon bo‘lishi. Nemis faylasufi Shopengauer bu haqda shunday deydi: “Hech kim tekkiza olmagan mo‘ljalga tekkizgan mergan- talantdir, hech kim ko‘rmagan mo‘ljalga tekkizgan mergan - buyukdir”. Maktab o‘quvchilari bir-birlaridan o‘z qobiliyatlari bilan farqlanadilar. Qobiliyat notekis rivojlanadi, rivojlanishning vaqtincha to‘xtab qolishi ko‘pincha jadal rivojlanish bilan almashinadi. Bu hol individuallashni, maxsus pedagoglik nazokatini talab qiladi. Ba’zan birovlarga oshiqcha talablar qo‘yib, qo‘shimcha topshiriqlar berish lozim, boshqalarga esa yordam berish kerak, toki ularning qobiliyati tezroq rivojlanib, bilimlar bilan yanada to‘lsin, kerakli xususiyatlari, kompensatsiyalovchi (tiklovchi) mexanizmlari shakllansin. Shuni esda tutish kerakki, tani sog‘, psixik jihatdan sog‘lom bolalar orasida qobiliyatsizlari bo‘lmaydi, balki ular orasida faqat shundaylari bo‘ladiki, ularning nimaga qobiliyatli ekanini biz bilmaymiz. Shu sababli bolalarni sabot bilan o‘rganish va ular qobiliyatini baholashga optimistik ravishda yondoshish-qobiliyat tarbiyachisining zaruriy fazilati bo‘lib hisoblanadi. Qobiliyat muayyan izchillikda namoyon bo‘lishi va rivojlanishini hayot tajribasi ko‘rsatib turibdi. Hammadan oldin musiqaviy qobiliyat ro‘yobga chiqadi, hamma buyuk musiqachilar 4-5 yoshidanoq muvaffaqiyat bilan kuy chalishni bilar edilar. Undan keyin 6-8 yoshdan rassomlik qobiliyati yuzaga chiqadi. Bu yoshdagi bolalarda koloritli original rasm namunalari solishini kuzatish mumkin. Iste’dodli bolalarning rassomlik asarlari ko‘rgazmalarini o‘tkazish dunyo tajribasida keng tarqalgandir. Demak, ma’lum tabiiy imkoniyatlar mavjud bo‘lganda har tomonlama rivojlanganlik chinakam talant va geniallikning rivojlanishi uchun asosiy shart-sharoitdir. Hatto, ochiq-oydin tabiiy imkoniyatlar mavjud bo‘lmaganda ham, shaxsning har tomonlama rivojlangan bo‘lishi kishi qobiliyatining o‘zi tanlagan yagona faoliyatga nisbatan yuqori darajada rivojlanishi va faoliyatda ancha yuksak ko‘rsatkichlarga erishishini ta’minlaydi. Biz bolalarimizni kasb tanlashiga befarq bo‘lmasdan maktab psixologi, rahbariyati, qolaversa sinf rahbarlari bilan tez-tez uchrashib, boladagi moyillikni, qobiliyatni rivojlantirishimiz lozim. Sinf rahbarlari ham har bir o‘quvchisini darslarda, tashkiliy ishlarda kuzatib, bolani o‘rganib, maktab psixologi va ota-onalar bilan hamkorlikda ish olib borishi lozim. Maktab psixologi olingan test natijalari bilan sinf rahbarlari va o‘qituvchilarni xabardor qilishi va kerakli maslahatlarni berib borishi,o‘quvchilarni o‘zida bor qobiliyat va moyilliklaridan xabardor qilib ikkilanishlar oldini olishi lozim. Kerak bo‘lsa ota-onalarni ham test natijalaridan, bolalarining bor qobiliyatlaridan xabardor qilishi darkor. “Biz o‘z iste’dodli fidoyi bolalarimizni kasb va bilim cho‘qqilarini zabt etish uchun qanot berishimiz_kerak. O‘zbekiston Respublikasi “Kadrlartayyorlash milliy dasturi”da belgilangan vazifalarni yuksak darajada bajarish borasida, o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishda kasb-hunar ta’lim muassasalarining ahamiyati muhim sanaladi. Bu borada Yurtboshimiz I.A.Karimovning quyidagi fikrlarini ta’kidlamoqchimiz: “O‘rta maxsus, kasb- hunar ta’lim muassasalari har – bir xududning o‘ziga xos, jo‘g‘rofiy, etnik xususiyat, ehtiyojlaridan kelib chiqib, tashkil etilishi hamda unda tahsil olayotgan o‘quvchilarning ota – onalari bag‘rida o‘qib, kasb – hunar egallashlari qolaversa, o‘sha xududning madaniy – ma’rifiy markaziga aylantirish, yoshlarni chinakkam barkamol kadrlar qilib tayyorlashga bo‘lgan talabdandir” deya e’tirof etganlar. Ushbu fikrlari orqali jamiyat va davlat rivojlanishida yoshlarni har tomonlama yetuk mutaxassis kadrlar qilib tayyorlash ertangi kunimiz uchun zamin yaratilishiga ishonch bildirganlar. Shunday ekan, bu borada kasb-hunar muassasalarida o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish tadbirlarining o‘rni va ularni o‘tkazishning mazmun mohiyatiga to‘xtalmay iloji yo‘q. Kasb-hunar ta’lim muassasalari umumiy o‘rta ta’lim maktab bitiruvchilarini kasb-hunarga yo‘naltirishda tadbirlarni tashkil etish va ularni o‘tkazib borishdan maqsad, o‘quvchi yoshlarni kasblar dunyosiga olib kirish, tanishtirish, qiziqtirish hamda qobiliyati, moyilligi bor o‘quvchilarni ongli tarzda kasb tanlashlariga zamin yaratib beruvchi omil bo‘libsanaladi. Kasbga old ma’lumotlarni tahlH qilish, natijalarni solishtirtsh, birlashtirish, o’quvchining kasbiy axborot bazasini boy’itishda qo’llanilgan filmlar, innovatsion yangiliklar vaziyatni baholay olishga yordam beradi. Shuningdek, tasavvur, qiziqish, ehtiyoj, qobiliyat, bilim, ko’nikma, odatlar bilan uzviy bog’laydl. Hozirgi kunda kasb-hunarga bag’ishlangan targ’ibot-tashviqot ishlari, kasbiy bilim va ta’limga yo’naltirilib, o’quvchilarning fikrlarini, ota-onalarning hamkorligini seminar-treninglar, ma’ruzalar va suhbatlar uyushtirish, kasb-hunarning ijtimoiy ahamiyatini yoritish, anjuman, radio va teleko’rsatuvlarda chiqishlar, qiziqish va havaslarini orttirish individual muloqotlarni uyushtirishdan, mazmunli tashkil etishdan iboratdir. Bunda psixologik xizmatni keng tatbiq qilish, o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish xonalarini zamon talabi darajasida shakllantirish maqsadga muvofiqdir. Maktab amaliyotchi psixologlari kursining tinglovchilari fikrlaridan kelib chiqib, o’quv­chilarni kasb-hunarga yo’naltirishda quyidagilarga e’tibor qaratish maqsadga muvofiqdir:


    • O’quvchilardagi kuchli ehtiyojni seztsh va ular qiziqqan kasb doirasida individual suhbatlar olib borish.


    • Kasblarning turlari, hududdagi, viloyatdagi, respublikadagi, jahondagi mavjud kasblar bo’yicha axborotlar berish, bolaning ijodkorligi, diqqati, iroda-matonati, qat’iyligi, sabri, tashabbusi-iqtidori, intizomi va dunyoqarashiga ko’ra zaruriy maslahatlarni uzluksiz olib borish.


    • O’quvchilarimiz o’zgaruvchanligini inobatga olib, ularga to’g’ri yo’l ko’rsatuvchi ibratli shaxslar bilan uchrashuvlar tashkil etish.




    Mustaqillik yillaridagi kasbiy sohalar bilan bugungi kundagi zamonaviylikka asoslangan kasblar o’rtasida farqlar sezilmoqda. Qizlarni har tomonlama kamolotga boshlovchi kasb-hunarlar shu darajada ko’payib ketdiki, endilikda o’g’il bolalar uchun ham turli to’garaklar, markazlarning ochilishiga bo’lgan talab ortmoqda. Ayniqsa, nafaqat qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash kerak, balki o’g’il bolalarni ham oila qurishga, jamiyatda o’z o’rnini topishga yo’naltirilgan kasb-hunar markazlari ochilishi ham ayni muddaodir. ProfessorTursunali Qurbonovning «Ota bo’lish osonmi?» nomli kitobini barcha o’quvchilar, balog’at yoshidagi o’spirinlar o’qishlarini juda-juda istardim. Chunki kasb-hunarga yo’naltirish insonni jamiyatga foydasi tegishiga, yomon yo’llardan qaytarishga turtki beradi. Xalqimizning «Yigit kishiga qirq hunar oz», «Hunardan kelsa boylik, turmush bo’lar chiroylik» kabi maqollari bejiz aytilmagan. Hamma jabhalarda ham kasbini to’g’ri tanlagan va sevgan inson katta yutuqlarga erishgan, ulkan kashfiyotlar qila olgan. Sportchilarimiz va turli soha egalarining qo’lga kiritgan muvaffaqiyatlarini keltirish mumkin. Ularning bari fidoyi kasb egalari bo’lib, tinimsiz mashqlar, samarali ijod tufayli yurtimizni butun jahon tanishiga ulkan hissa qo’shmoqdalar. O’zga yurtlarda O’zbekiston baytog’i ko’tarilib, madhiyamiz yangraganda faxrlanish tuyg’ulari paydo bo’lib, insonning shu kasb va uning egasiga havasini orttiradi. Qolaversa, mamlakatimizda maorif sohasi, ta’lim-tarbiyaning uzluksiz tizimida, jumladan, maktab sohasida jiddiy o’zgarishlar yuzaga keldi. Ota-onalarda ham farzandiningkelajagiga bo’lgan qiziqishiari ancha oldin sezila boshladi. Mehnat bozorining qishloqlarda shakllantirishning hududiy xususiyatlarini hisobga olgan holda kasb-hunar ta’limining to’g’ri yo’lga qo’yilishiga kirishildi. Bu borada muammo ko’p bo’lishiga qaramay, o’n ikki yillik umumiy o’rta ta’lim yo’nalishi o’quvchilarda kasbga yo’naltirish va ta’limning amaliy yo’nalganligi yetarli darajada bo’lishini ta’minlashga harakat boshlandi. Natijada, yigit va qizlar o’z qobiliyatlari, istaklari ijodiy mehnat moyilliklariga monand hayot yo’lini belgilay olishga harakat qilmoqdalar. O’quvchilarda alohida qobiliyatni topish, ajratish va aniqlashda maktab amaliyotchi psixologidan tortib, shahar-tuman XTMMTTEB tashxis bo’lim-markazlarigacha, hamkorlik tashkilotlarigacha harakat qilmoqdalar. Chunki kasb-hunarga yo’naltirish – umumiy o’rta ta’lim maktablarida yoshlarni yurtimizning munosib egalari qilib tarbiyalashda muhim bosqichdir. Ayni paytda har bir yosh haqiqiy qiziqish va qobiliyatini, ehtiyoj-xohishini bilib olishi kerak. O’qituvchi bo’lishni orzu qildimi, u shu kasbning mehnati va zahmatini tasavvur qila olishi, ruhan tayyor bo’lib, eng kerakli bo’lgan bilimlarni egallab borishi shart. Hunarga qiziqdimi, tanlagan kasbidan uyalmasligi, zamonaviy kasb deb o’ylashi, jamiyatdagi ehtiyojini bilishi, o’rganishi talab etiladi. Tanlangan har bir kasb uchun xohish va iste’dod zarur. Evaziga nima olish mumkin? Kelajagi qanday bo’ladi? kabi savollarga javob topilishi kerak. Kasb-hunarni to’g’ri tanlash uchun yoshlar o’zlarining imkoniyati, qobiliyati, shaxsiy xislatlarini hisobga olishlari zarur. O’quvchilar, ko’pincha, kasb tanlashda obro’li insonlarga, ota-onalari, aka-opalariga taqlid qiladilar. Kelajaklari haqida tasavvurlar qiladilar. Bu jarayonni maktabdagi psixologik xizmat davom ettiradi. Yuqori malakali kadr bo’lishda kasb tanlashning ahamiyati katta ekan, bunda quyidagilarga e’tibor berish maqsadga muvofiqdir:
    – aniq maqsadni belgilay olish;

    – vazifalarni aniqlash;

    – mazmun-mohiyatini tushunish;

    – samaraliligini tasavvur etish;

    – muammolardan qo’rqmaslik;

    – baho bera olishi kasbiy faoliyatda muhim rol o’ynaydi.


    O’quvchining shaxsiy va professional tayyorgarligida, samarali aniq metod va ta’sir etuvchi xususiyatlarni aniqlashda, maslahat va tavsiyalar berishda, qiyinchiliklar sabablarini aniqlashda, asoslab berishda, kasb madaniyatini shakllantirishda ota-onalar, o’qituvchilar va tarbiyachilar jamoasi, maktab amaliyotchi pixologining, mahoratli pedagogning o’rni muhim. Bunda pedagogik korreksiya va diagnostikadan foydalanish ham maqsadga muvofiq. Bu psixologiyaning eng yaxshi rivojlangan va muhim yo’nalishi bo’lib, o’quvchilarning aqliy rivojlanish darajasini aniqlash, o’z-o’zini baholash, «Psixologik himoya usullari»dan foydalanish, psixik holatlarni, xarakterning asosiy sifatlarini o’rganishda muhim.Kasb-hunarga old suhbatlar jarayoni o’quvchilarning qiziqish havaslarini, tasavvur-larini, xayol va tafakkurlarini o’rganishda muhim bo’lsa, testlar o’quvchini o’rganishda, uning xususiyatlarini, qobiliyatlarini, xarakterlarini, tafakkur va muloqotchanliklarini, o’zaro munosabatlarini o’rganishda muhimdir. Hozirgi kunda aqlan zukko, qobiliyatli, izlanuvchan, mustaqil, mulohazali yigit va qizlarga qulay shart-sharoitlar, imkoniyatlaryaratilgan. Zamon talablariga javob beruvchi kasb-hunar maskanlarida o’qitish ishlarida mahoratli pedagoglarning o’rni beqiyos. Zero, insonning o’z o’rnini topishi bugungi kundagi dolzarb muammodir.
    O’quvchining o’z imkoniyatlariga ishonch hosil qilishi, qiyinchiliklarni yengib chiqishinun «Nima uchun shu kasbni yoqtiraman?» mavzuidagi davra suhbatlarini o’tkazish, kasbning yaxshi va yomon tomonlarini tahlil etish, tanqidiy ko’z bilan qarashga chorlash o’quvchi va o’qituvchi uchun ahamiyatlidir. O’quvchining, eng avvalo, o’z-o’zini to’g’ri anglashi va tushunishi, baholashi, munosabatlar o’rnatishi, «Kim bo’lsam ekan?» savoliga aniq javob topishi, mehnat jarayonida o’z-o’zidan qoniqishi, ongli kasb tanlashi o’zi va jamiyat uchun foydalidir. O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirishda quyidagi muammolarga ham duch kelinmoqda:
    – maktablarda kasb tanlash haqidagi maxsus fanlarning yo’qiigi;

    – maktab amaliyotchi psixologlarning tajribasizligi;
    – hamkorlikdagi uzilishlar;
    – O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirishda har biriga alohida yondashuv yo’qligi;
    – kasbiy tayyorgarlik madaniyati va pedagoglar mahoratining yetishmasligi.
    Shunday ekan, O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirishdagi muammolarni hal etishda quyidagi tavsiyalarga amal qilish samaralidir:
    1) kasb-hunarga yo’naltirishda pedagogik korreksiya va diagnostikadan foydalanish zarur;

    2) yoshlarni kasb-hunarga tayyorlashda rnahoratli pedagoglar, psixologlar, rahbarlar, ota-onalar, faollar hamkorligidagi uzviylikni ta’minlash, umumiy rahbarlik nazorat tizimini to’g’ri tashkil etish;
    3) korxonalarga amaliyot uchun borishning sifat darajalarini ko’tarish;
    4) maxsus kechalar, davra suhbatlari, ko’rik-tanlovlarni mazmunli tashkil etish;
    5) o’quvchilarning har yili kasbiy, tibbiy, pedagogik, psixologik ko’rikdan o’tishlariga jiddiy e’tibor qaratish;
    6) shahar-tuman XTMMTTEB qoshidagi tashxis markazlarini va umumiy o’rta ta’lim maktablaridagi kasbga yo’naltirish xonalarini zamonaviy, innovatsion, kompetensiyaviy yondashgan holda bezatish;
    7) ta’lim muassasalarining o’quv-moddiy negizini takomillashtirish.

    XULOSA
    Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, kasb-hunarga yo’naltirishda kuzatish orqali hayotni o’rganish, xarakter, qobiliyat, kayfiyatlarni kuzatish bilan turli tuzatishlar olib boriladi. Insonning tashqi ko’rinishlari: harakatlari, so’zlashi, boshqalar bilan aloqasi, xulq-atvori o’rganiladi. Belgilangan reja yoki dasturga muvofiq kuzatish asosiy maqsadga tezroq yetkazadi. Maktab psixologi olingan test natijalari bilan sinf rahbarlari va o‘qituvchilarni xabardor qilishi va kerakli maslahatlarni berib borishi,o‘quvchilarni o‘zida bor qobiliyat va moyilliklaridan xabardor qilib ikkilanishlar oldini olishi lozim. Kerak bo‘lsa ota-onalarni ham test natijalaridan, bolalarining bor qobiliyatlaridan xabardor qilishi darkor. “Biz o‘z iste’dodli fidoyi bolalarimizni kasb va bilim cho‘qqilarini zabt etish uchun qanot berishimiz_kerak. O‘zbekiston Respublikasi “Kadrlartayyorlash milliy dasturi”da belgilangan vazifalarni yuksak darajada bajarish borasida, o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishda kasb-hunar ta’lim muassasalarining ahamiyati muhim sanaladi. Bu borada Yurtboshimiz I.A.Karimovning quyidagi fikrlarini ta’kidlamoqchimiz: “O‘rta maxsus, kasb- hunar ta’lim muassasalari har – bir xududning o‘ziga xos, jo‘g‘rofiy, etnik xususiyat, ehtiyojlaridan kelib chiqib, tashkil etilishi hamda unda tahsil olayotgan o‘quvchilarning ota – onalari bag‘rida o‘qib, kasb – hunar egallashlari qolaversa, o‘sha xududning madaniy – ma’rifiy markaziga aylantirish, yoshlarni chinakkam barkamol kadrlar qilib tayyorlashga bo‘lgan talabdandir” deya e’tirof etganlar. Ushbu fikrlari orqali jamiyat va davlat rivojlanishida yoshlarni har tomonlama yetuk mutaxassis kadrlar qilib tayyorlash ertangi kunimiz uchun zamin yaratilishiga ishonch bildirganlar. Shunday ekan, bu borada kasb-hunar muassasalarida umumiy o‘rta ta’lim maktab bitiruvchilarini kasb-hunarga yo‘naltirishda tadbirlarni tashkil etish va ularni o‘tkazib borishdan maqsad, o‘quvchi yoshlarni kasblar dunyosiga olib kirish, tanishtirish, qiziqtirish hamda qobiliyati, moyilligi bor o‘quvchilarni ongli tarzda kasb tanlashlariga zamin yaratib beruvchi omil bo‘lib sanaladi.
    Download 27.25 Kb.




    Download 27.25 Kb.