|
Педагогика тарихи
|
Sana | 06.01.2024 | Hajmi | 0,5 Mb. | | #131336 |
Bog'liq Mavluda Tarix
TA’LIM SOHASIDAGI ISLOHOTLAR
Reja: - Uzluksiz ta’limni isloh qilish yo’nalishlari.
- O’rta maxsus, oliy ta’lim va maktabdan tashqari ta’lim.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi — Oʻzbekiston Respublikasida oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim hamda ilm-fan va innovatsiyalar sohasini nazorat qiluvchi davlat hokimiyatining vakillik organidir. - Oliy fan va innovatsiyalar vazirligi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining „O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida“gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004 y., 29-son, 332-modda; 2006 y., 40-son, 396-modda; 2010 y., 23-son, 183-modda; 2011 y., 4-5-son, 33-modda; 2015 y., 13-son, 155-modda) 2004 yil 20 iyuldagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiradi.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-iyuldagi PQ-4391-sonli „Oliy va oʻrta maxsus taʼlim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi qarori bilan tasdiqlangan Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi markaziy apparatining tuzilmasiga muvofiq boshqaruv xodimlarning cheklangan soni 119 nafarni tashkil etadi. Xizmat ko‘rsatuvchi va texnik xodimlar soni o‘rnatilgan meʼyorlarga muvofiq belgilanadi.
Uzluksiz ta'limni isloh qilish yo’nalishlari Uzluksiz ta'lim sohasidagi islohotlar quyidagilarni nazarda tutadi: - ta'lim tizimining kadrlar salohiyatini tubdan yaxshilash, tarbiyachi, o’qituvchi, muallim va ilmiy xodimning kasbiy nufuzini oshirish;
- davlat va nodavlat ta'lim muassasalarining har xil turlarini rivojlantirish;
- ta'lim tizimini tarkibiy jihatdan qayta qurish, ta'lim, fan, texnika va texnologiyaning, iqtisodiyot va madaniyatning jahon miqyosidagi zamonaviy yutuqlarini hisobga olgan holda ta'lim va kasb-hunar ta'limi dasturlarini tubdan o’zgartirish;
Oliy ta'lim Oliy ta'lim o’rta maxsus, kasb-hunar ta'limi negiziga asoslanadi hamda ikki (bakalavriat va magistratura) bosqichga ega. Oliy ta'lim muassasalariga talabalar qabul qilish davlat grantlari negizida va pullik-shartnomaviy asosda amalga oshiriladi. Bakalavriat mutaxassisliklar yo’nalishi bo’yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, ta'lim muddati kamida to’rt yil davom etadigan tayanch oliy ta'limdir. Ta'lim jarayonini mazmunan islox qilish Kadrlarni o'qitish va tarbiyalash milliy tiklanish prinsiplari va mustaqillik yutuqlari, xalqning boy milliy, ma'naviy va intellektual salohiyati hamda umumbashariy qadriyatlarga tayangan, insonparvarlikka yo'naltirilgan ta'limning mazmuni davlat ta'lim standartlari asosida isloh qilinadi. Ta'lim oluvchining shaxsiga, unda ta'lim va bilimlarga bo'lgan ishtiyoqni kuchaytirishga, mustaqil ish tutishni, iftixor va insoniy qadr-qimmat tuyg'usini shakllantirishga alohida e'tibor beriladi. Pedagog kadrlarning obro'-e'tibori, mas'uliyati va kasb ko'nikmasini oshirish yuzasidan sobit qadam davlat siyosati olib boriladi. Ilg'or pedagogik texnologiyalar, ta'limning yangi shakl va uslublari, o'quv, shu jumladan differensiyalashgan dasturlar amaliyotga joriy etiladi. - 2012 yilgacha mamlakatimizda oliy talimdan keyingi talim 2 bosqichli: aspirantua (3 yil) va doktarantura (3 yil) dan iborat bo’lgan
- 2012-2017 yillarda bir bosqichli doktarantura faoliyat olib borgan
- 2013-2017 yillarda 360 ga yaqin tadqiqotichi doktorlik dessertatsiyasini himoya qilgan holos
- 2017 yil 1 iyul yana 2 pog’anali oliy talimdan keyingi talim joriy etildi
- I Bosqich - tayanch doktarantura: u dessertatsiya himoya qilib, tegishli fan tarmog’i bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish
- II Bosqich – doktarantura: tegishli fan tarmog’i bo’yicha fan doktori ilmiy darajasini olish
|
| |