Propellerli aralashtirish mashinalari unumdorligi hisobi




Download 25,53 Kb.
bet1/2
Sana06.12.2023
Hajmi25,53 Kb.
#112686
  1   2

7–AMALIY MASHG‘ULOT
PROPELLERLI ARALASHTIRISH MASHINALARI UNUMDORLIGI HISOBI


Ishdan maqsad: Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashga tayyorlash uchun aralashtirish mashinalarini tanlash va hisoblash.
Umumiy ma’lumotlar.
1-masala. Quyida keltirilgan ma’lumotlar bo‘yicha, «ko‘k no‘xat» konservalari ishlab chiqarishda, bir smena, sutka va mavsum mobaynida ishlash uchun stexning shisha idishlarga bo‘lgan ehtiyoji hisoblansin.
Korxonada uchta texnologik liniya o‘rnatilgan bo‘lib, ularda bir smenada 30 tub mahsulot unumdorligi bilan ko‘k no‘xat tayyorlash mumkin. Korxonaning ishlash rejimi uzluksiz bo‘lib, uch smenada ishlaydi. Xom ashyoni qayta ishlash davomiyligi 19 sutka. Agar hamma smenalar ish bilan to‘la ta’minlangan smenalar soniga qayta hisoblansa, ularning soni smenalar umumiy sonining 80% ni tashkil etadi. 1-82-500 shisha bankalarni sarf qilish me’yori bir tub konservaga 654 dona. Ishlab chiqarish jarayonida shisha bankalardan yo‘qotish me’yori tayyor mahsulot to‘ldirilgan bankalar haqiqiy sonining 1,5 % ni tashkil etadi.
Yechish.

  1. Ish smenalar sonini aniqlaymiz. Ular 57(3*19)ta bo‘ladi.

  2. Ish bilan to‘la ta’minlangan smenalar soni 46(67*0,80) ga teng.

  3. Korxona bir smenada 90 tub (30*3) mahsulot ishlab chiqaradi.

  4. Bir sutka va mavsumda tegishlicha 270 tub (90*3) va 4140 tub (90*46) mahsulot ishlab chiqaradi.

  5. Bir smenada ishlash uchun kerak bo‘ladigan idishlar sonini aniqlaymiz. Ular 59743 (654*1,015*90) taga teng.

  6. Sutka va mavsum davomida ishlash uchun idishlarga bo‘lgan ehtiyoj tegishlicha 179229 (654*1,015*270) va 2748173(654*1,015*4140) donaga teng bo‘ladi.

2-masala. Bir yilda texnologik idishlarga – go‘sht konservalari ishlab chiqarishda №15 tunuka bankalarga bo‘lgan ehtiyoj aniqlansin. Texnologik liniyaning smenalik unumdorligi 47 tub konserva. Fizik bankalarni shartli bankalarga o‘tkazish koeffistienti 56,25 ga teng. Mahsulotning brakka chiqarilishi sababli bankalardan yo‘qotish me’yori 0,3, idishlarning bir smenadagi zahirasi 10%. Bir yildagi smenalar soni 200.
1-jadval
Konserva stexi jo‘natadigan mahsulot to‘g‘risidagi ma’lumotlar

Shisha idish turi

Konservalar jo‘natish re-jasi, tub

Konservalarni tashish uchun
yog‘och yashiklar

Bitta yog‘och yashik-dagi konserva ban-kalari soni, dona

1 tub fizik bankalari soni

1-82-500

140

№5

24

654

1-82-1000

1083

№1

12

353

1-82-3000

1958

№1

4

133

Tekshirish uchun javob: №5 yashik –8848 dona, №1 yashik – 96962 dona.
3-masala. Stexda eng ko‘p konserva ishlab chiqarish sentyabr oyiga to‘g‘ri keladi. Stexning ish rejimi uzluksiz. Konservalarni yarim fabrikat stexida ularni ortib jo‘natilganiga qadar saqlash muddati ko‘pi bilan 15 sutka. Konservalarni shisha idishlarda saqlaganda fabrikat stexining 1m2 maydonini ruhsat etiladigan yuklash me’yori 2,7 tub.
Sentyabr oyida 1-82-500 tarada 4750 tub mahsulot, 1-82-100 tarada 2380 tub mahsulot, 1-82-3000 tarada 3460 tub mahsulot ishlab chiqariladi. Konservalar har sutkada bir xil miqdorda ishlab chiqariladi deb hisoblansin.
Konservalarni saqlash uchun fabrikat stexining maydoni hisoblansin. 1-jadvalda berilganlardan foydalanib, sentyabr oyida ishlab chiqarish rejasini bajarish uchun texnologiya stexining shisha taraga bo‘lgan ehtiyoji, fabrikat stexi bo‘yicha esa, texnologiya stexida shu oyda ishlab chiqarilgan mahsulotni ortib jo‘natish uchun yog‘och yashiklarga bo‘lgan ehtiyoj hisoblansin.
(tekshirish uchun javob: Fabrikat stexining maydoni 1928 m2. Taraga bo‘lgan ehtiyoj (ming dona): 1-82-500=2988,8; 1-82-1000=840,1; 1-82-3000=460,2; yashiklrga bo‘lgan ehtiyoj №1 –92,5; №5 –62,3)
4-masala. Sabzavot konservalari stexida bir smenada 36 tub kabochok (uzunchoq mayda oshqovoq) ikrasi tayyorlanadi. Stex 3 smenada va oy davomida uzluksiz ishlaydi. 1 tub mahsulot uchun me’yor bo‘yicha 2,38 kg shakar va 5,26 kg tuz sarflanadi. Shakar va tuz qoplarda keltiriladi. Har qaysi qopga 50 kg shakar yoki tuz sig‘adi. Stex omborida maydonning 1 m3 sahniga balandlik bo‘yicha besh qop, gorizantal bo‘yicha qoplar ikki qator qilib joylashtiriladi. Shakar va tuzni saqlash uchun stex omborining zarur maydoni hisoblansin. Tahlovlar yo‘lak qoplar egallagan maydonning kamida 30% ni tashkil etishi zarur.
Bundan tashqari, agar kabochok ikrasi etiltirish uchun 15 sutka saqlanadigan bo‘lsa, fabrikat stexining maydoni qancha bo‘lishi kerakligi hisoblansin. Ikra shisha idishlarga qadoqlanadi. Shisha idishdagi konservani saqlashdda fabrikat stexining 1 m2 maydoniga ruhsat etiladigan yuklash me’yori 2,7 tub. (tekshirish uchun javob: stex omborining maydoni 6,4 m2, fabrikat stexining maydoni – 600 m3).
Korxonaning suv, bug’‘, sovuq, elektr energiyaga bo‘lgan ehtiyoji

Download 25,53 Kb.
  1   2




Download 25,53 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Propellerli aralashtirish mashinalari unumdorligi hisobi

Download 25,53 Kb.