• “train”, “training”
  • Treningni asosiy vazifalari
  • Psixologik trening haqida umumiy tushuncha




    Download 220.64 Kb.
    Sana27.05.2023
    Hajmi220.64 Kb.
    #65689
    Bog'liq
    1-mavzu psix


    Psixologik trening haqida umumiy tushuncha.
    Zamonaviy psixologiya sohalarining muammolaridan biri har tomonlama barkamol shaxslarni tarbiyalash va jamiyatda o’z o’rnini topishiga ko’maklashish, malakalarini rivojlantirish hisoblanadi.
    Bu boradagi ishlarni amalga oshirishda albatta, psixologik treningni o’ziga xos o’rni mavjud bo’lib, hozirda mutaxassislar fanning imkoniyatlaridan keng foydalanib kelmoqdalar desak, mubolag’a bo’lmaydi.
    Trening – bu odamning muloqot uslubini o'zgartirishga, uyg'unlashtirishga, kerakli ko'nikmalarni singdirishga va boshqa odamlar bilan o'zaro munosabatlarida namoyon bo'ladigan yoki ong osti xarakterga ega bo'lgan qarama-qarshiliklarni hal qilishga qaratilgan yorqin, hissiy jihatdan jadal o’quv faoliyat turi deb ta’kidlasak ham xato bo’lmaydi.
    Trening – bu turli faoliyat sohalarida keng qo'llaniladigan juda mashhur va keng tarqalgan o'qitish shaklidir. Kasbiy muvaffaqiyat ko'plab tarkibiy qismlardan iborat, shu bilan birga, trening texnologiyasi odamning kayfiyatini, muayyan faoliyat turiga bo'lgan munosabatini o'zgartirishga, o'z-o'zini tarbiyalash va o'zini rivojlantirish zarurligini anglashga yordam beradigan o’quv shakllardan biridir.
    Trening tushunchasi ingliz tilidan kelib chiqqan bo’lib, “train”, “training” ko’plab ma’nolarga ya’ni: o’qitmoq, tarbiyalamoq, (trenirovka) mashq qilmoq kabi ma’nolarga ega. Xuddi shunday ko’p ma’nolilik treningning ilmiy talqiniga ham mos keladi. Xususan, bu turli ijtimoiy faoliyat sohalariga shaxsni tayyorlashdan iborat bo’lib, bunda shaxs yoki yaxlit guruhning muloqot sohasidagi bilimdonik darajasi maqsadga muvofiq tarzda maxsus mashqlar tizimi orqali rivojlantiriladi.
    Sotsial psixologik treninglar quyidagicha masalalardan iborat bo’lishi kuzatilinadi
    1
      • Ma'lum psixologik bilimlarni egallash.

    2
      • O’zini va boshqalarni adekvat baholash va bir-birini to’g’ri va to’liq tushunilishi.

    3
      • Shaxsni xaraketer xususiyatlarida uchraydigan nuqsonlarini tuzatish, ularni diagnostika qilish va faoliyat jarayonida salbiy ta’sir etuvchi to’siqlarni bartaraf qilish.

    4
      • Shaxlararo munosobatlarning individual usullarini o’rganish va ularni samarali qo’llash.

    5
      • Treningda qatnahishda o’zini erkin tutish kabi.

    Sotsial psixologik trening nafaqat shaxslararo munosabatlarning shakllantirish omili, balki shaxsning o’z-o-‘zini adekvat baholashi, har qanday vaziyatlarda o’zini nazoratga olish imkoniyatlarni yaratib berishi bilan boshqa amaliy mashg’ulotlardan quyidagi maqsadlar orqali farqlanadi.
    1
      • Shaxsda muloqotchanlik ko’nikmalarini hosil qilish;

    2
      • Hayotdagi qarama-qarshiliklarni to’g’ri tushuna olish va tahlil qilishga o’rgatish;

    3
      • Shaxsning ichki holati (ruhiyatini) o’zgartirishga erishish;

    4
      • Shaxsning kamoloti uchun zarur bo’lgan konikmalarni hosil qilish;

    5
      • Kutilmagan vaziyatlarda to’g’ri qaror qabul qila olish konikmalarini hosil qilish kabi.

    1.Shaxsning ijtimoiy psixologik bilimdonligini oshirish.
    2. Muloqot faoliyatida namoyon bo’ladigan yaqqol bilimlar, malakalar, ko’nikmalar va odatlarni hosil qilish.
    3. Samarali muloqatda namoyon bo’ladigan zarur sifatlar, ijtimoiy ustanovkalarni shakllantirish, noadekvatlarni korreksiyalash.
    4. O’zini-o’zi to’laroq anglash, bilim hamda o’zgalarga nisbatan to’gri munosabatlarni shakllantirish qobilyatini o’stirish.
    5. Umuman shaxsning ijtimoiy munosabatlarini faoliyatga, undagi pedogogik va ijtimoiy vaziyatlarga nisbatan moslashishni ta'minlash va muvofiqlashtirish kabi.
    Treningni asosiy vazifalari:
    Download 220.64 Kb.




    Download 220.64 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Psixologik trening haqida umumiy tushuncha

    Download 220.64 Kb.