• MATEMATIKA VA INFORMATIKA O’QITISH MEDOTIKASI
  • Qarshi davlat universiteti matematika va kompyuter ilmlari fakulteti amaliy matematika yo’nalishi 4-kurs 020/80-guruh




    Download 329.31 Kb.
    bet1/6
    Sana13.01.2024
    Hajmi329.31 Kb.
    #136725
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    bozorov shamsiddin mustaqil ish2
    havo, гендер тенглик, Умид МФЙ Кунлик маълумот 21.02.2023, O. Hoshimov Dunyoning ishlari, Elektromagnit tebranish konturi-kompy.info, 41-50, 161, 163, 165, Titul 50 talik, masala, 1708419084, Konfutsiy ta\'limidagi ijtimoiy va axloqiy masalalar-muhaz.org



    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA
    O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


    QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI

    MATEMATIKA VA KOMPYUTER ILMLARI FAKULTETI AMALIY MATEMATIKA YO’NALISHI 4-KURS 020/80-GURUH

    TALABASI BOZOROV SHAMSIDDINNING

    MATEMATIKA VA INFORMATIKA O’QITISH MEDOTIKASI


    FANIDAN TAYYORLAGAN


    MUSTAQIL ISHI

    Qarshi-2024

    MAVZU:Algoritmlar va ular bilan ishlash.


    Reja:

    Kirish.
    1. Аlgоritm tushunchаsini fоrmаllаshtirish


    2. Algoritmning asosiy xossalari
    3. Algoritmning tasvirlash usullari
    Xulosa.
    Adabiyotlar ro’yxati.
    KIRISH
    Hozirgi davrda multimedia texnologiyasi tez rivojlanib borayotgan zamonaviy axborot texnologiyasining asosiy yo‘nalishi sifatida ko‘p sohalarda, jumladan, ta’lim sohasida samarali foydalanib kelinmoqda. Multimedia texnologiyasidan ta’lim sohasida foydalanish bo‘yicha bir qator samarali ishlar olib borilmoqda. Bu jarayonni rivojlantirish bo‘yicha Respublikamizda bir qator farmonlar va qarorlar qabul qilingan bo‘lib, bular meyoriy hujjatlarda o‘z ifodasini topgandir.
    Barkamol avlod yili” Davlat dasturida “Ta’lim jarayoniga yangi axborot-kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarni, elektron darsliklar, multimedia vositalarini keng joriy etish orqali mamlakatimiz maktablarida, kasb-hunar kollejlari, litseylari va oliy o‘quv yurtlarida o‘qitish sifatini tubdan yaxshilash” ko‘zda tutilgan1[1].
    O‘zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning 4.9-paragrafida “Barcha bosqichdagi ta’lim jarayonlarini kompyuterlashtirish va axborotlashtirish amalga oshiriladi” , - deb aytilgan[2].
    Kompyuter texnologiyasi va undan foydalanishni rivojlantirilishi bo’yicha bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 23 maydagi 230-sonli “2001-2005 yillarda kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish”, “Internet” ning xalqaro axborot tizimlariga keng kirib borishini ta’minlash dasturini ishlab chiqishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori qabul qilindi [3].
    2002 yil 30 mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot–kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida” gi Farmoni va uning ijrosini amalga oshirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 6 iyundagi “2002-2010 yillarda kompyuterlashtirish va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturi” e’lon qilindi.
    O’zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to’g’risida»gi qonunini bajarish maqsadida Xalq ta’limi, Oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirliklari tomonidan qator me’yoriy xujjatlar va dasturlar qabul qilingan bo’lib, axborot tarmog’ini shakllantirish, axborot resurslarini yaratish va AKTni ta’lim jarayonida qo’llash bo’yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Shu sababli ta’lim tizimi va uning muassasalarini
    kompyuterlashtirish ham muhim omil kasb etadi. Ta’lim tizimida kompyuterlardan foydalanish ta’lim jarayonini samaradorligini oshirishda asosiy omil bo’lib xisoblanadi.
    Algoritm so’zi va tushunchasi IX asrda yashab ijod etgan buyuk alloma Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (783 – 850) nomi bilan uzviy bog’liq. Algoritm so’zi al-Xorazmiy nomini Yevropa olimlari tomonidan buzib talaffuz qilinishidan kelib chiqqan. Al-Xorazmiy arifmetikaga bag’ishlangan «Al-kitob al-muxtasar fi hisob al-jabr va almuqobala» nomli risolasida birinchi bo’lib o’nlik sanoq sistemasining prinsiplari va undagi to’rt amalni bajarish qoidalarini asoslab bergan. Olimning «al-Xorazmiy» nomi esa «algoritm» shaklida fanda abadiy o’rnashib qolgan.
    Odatda, inson o’z hayotiy tajribasi yoki o’zlashtirgan bilimlariga asoslanib, ma’lum bir harakatlar, boshqacha aytganda, ko’rsatma yoki buyruglar ketma-ketligini bajarish orgali kozlagan maqsadiga erishadi. Bunday ko’rsatma va harakatlar ketma-ketligi algoritm so’zi bilan ifodalanadi.
    Algoritmdagi har bir ko‘rsatma yoki buyruq biror amalni bajarishni ko’zda tutadi. Algoritmdagi amallarni bajaradigan obyektni ijrochi deb atash mumkin. Har qanday algoritm amallarni belgilab beruvchi qoida bo’lib, uning zanjiri natijasida berilgan qiymatlardan izlangan natija kelib chiqadi. Bunday amallar zanjiri algoritmik jarayon, algoritm tarkibidagi umumiy jihatga egahar bir amal esa algoritmning qadami deb ataladi.

    Download 329.31 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 329.31 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qarshi davlat universiteti matematika va kompyuter ilmlari fakulteti amaliy matematika yo’nalishi 4-kurs 020/80-guruh

    Download 329.31 Kb.