• Annotatsiya
  • Ключевые слова
  • Qayta tiklanuvchi elektr manbalarini ko‘payrish evaziga ijtimoiy-iqtisodiy xalqoro reytingni oshirish




    Download 37,18 Kb.
    bet1/2
    Sana14.12.2023
    Hajmi37,18 Kb.
    #118226
      1   2
    Bog'liq
    erkin maqola(xalqaro tezis)
    Axborot xati konf. ADU, Mayers- Briggs qo\'shimcha, 36-qo\'shma qaror, 27.04.2022, Oila tushunchasi, uning turlari va shakillari, fHy1I56Pj1m1Sqci4f9q3e28B9S0AiBM, dars ishlanma, 11-21-ALGORITMIK TILLAR VA DASTURLASH, Мустақил ишни ташкиллаштириш, Иқтибослик учун, Документ Microsoft Word, Calendar plan-RAQAMLI VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI (2), статья, Исмаилова Н С , Шагазатов У У Жахон иқтисодиёти ва халқаро (1), A5

    O‘zbekiston resbublikasida QAYTA TIKLANUVCHI ELEKTR MANBALARINI KO‘PAYRISH EVAZIGA IJTIMOIY-IQTISODIY XALQORO REYTINGNI OSHIRISH
    Xafizov Erkin Alimboy o‘g‘li
    Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
    Jizzax filiali Biotexnalogiya kafedrasi o‘qituvchisi
    Annotatsiya: Ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasi nufuzini oshirish, iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda qayta tiklanuvchi elektr energiya manbaalarini ko‘paytirish yuzasida so’z boradi.
    Kalit soʻzlar: elektr, reyting, iqtisod, qayta, ilmiy, xalqoro, rivojlanish, manba.
    Аннотация: в данной статье речь идет об увеличении влияния Республики Узбекистан, увеличении возобновляемых источников энергии в обеспечении экономической стабильности.
    Ключевые слова: электроэнергия, рейтинг, экономика, научный, международный, развитие, ресурс.
    Abstract: this article is about increasing the influence of the republic of uzbekistan, increasing renewable energy sources in ensuring economic stability.
    Key words: electricity, rating, economics, scientific, international, development, resource.
    Bugungi kun insoniyat taraqqiyoti barcha sohalarda kechayotgan globallashuv jarayonlar, sifat va tarkibiy oʻzgarishlar xalqaro hamkorlik va aloqalarni yangi bosqichga koʻtarish barobarida har bir mustaqil mamlakatning ushbu holatlarga yangicha qarashga, ular bilan birga odim tashlash vazifasini ko‘ndalang qo'ymoqda. Bu esa, eng avvalo, oʻsha mamlakatning jahon miqyosidagi o'rni, xalqaro reyting va ko'rsatkichlarda tutgan mavqei bilan belgilanadi.
    Dunyo miqiyosida qayta tiklanadigan energiya (QTE) manbalari hisobiga qayta tiklanmaydigan energiya manbalarini tejashning asosiy tendentsiyalarni tahlil qilish keltirilgan. Qator mamlakatlarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanilishi hisobiga sohadagi erishilgan natijalar ko'rib chiqildi. Muqobil energetika sohasidagi yangi texnologiyalarni Oʻzbekiston hududiga mahalliylashtirish va qayta tiklanadigan energiya manbalarining rivojlantirish yo’llari nazariy ko’rib chiqilganligi keltirilgan [6-7].
    Qayta tiklanadigan energiya vaqt oʻtishi bilan tabiiy ravishda toʻldiriladigan qayta tiklanadigan manbalardan toʻplangan energiyadir. U quyosh nuri, shamol, suv harakati va geotermal issiqlik kabi manbalarni oʻz ichiga oladi. Koʻpgina qayta tiklanadigan energiya manbalari barqaror boʻlsa-da, baʼzilari barqaror emas. Misol uchun, baʼzi biomassa energiya manbalari hozirgi ekspluatatsiya jarayonida barqarorlik kasb etmaydi deb hisoblanadi. Qayta tiklanadigan energiya koʻpincha elektr tarmogʻi, havo va suvni isitish va sovutish hamda mustaqil ravishda ishlaydigan energiya tizimlariga elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun energiya yaratib beradi[3-4].
    Dunyo miqyosida qayta tiklanadigan energiya sanoati bilan bogʻliq 10 milliondan ortiq ish oʻrni mavjud. Ular orasida quyosh fotovoltaiklari qayta tiklanadigan energiya manbalarining eng yirik ish beruvchi tizimi hisoblanadi.Bugungi kunda qayta tiklanadigan energiya tizimlarida energiya ishlab chiqarish jarayoni anchagina tez va samarali ravishda amalga oshirilmoqda.Shu boisdan energiya narxi arzonlashmoqda va ularning umumiy energiya isteʼmolidagi ulushi ortib bormoqda. Butun dunyo boʻylab yangi oʻrnatilgan elektr quvvatlarining katta qismi qayta tiklanadigan manbalar hisoblanadi. Koʻpgina mamlakatlarda fotovoltaik quyosh energiyasi yoki shamoldan olinadigan energiya eng arzon elektr energiya manbaiga aylanib ulgurdi.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 18.05.2022 yildagi PQ-246-son “Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashda ilmiy salohiyat hamda amaliy faoliyat uyg‘unligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini jadal amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining ustuvor xalqaro reyting va indekslardagi ko‘rsatkichlarini yaxshilashga yo‘naltirilgan islohotlarni amalga oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishga mamlakat ilmiy salohiyatini keng jalb etish va loyihaviy boshqaruvning xalqaro standartlaridan foydalanish, davlat xizmatchilarining sohadagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida bir nechta ustuvor vazifalar belgilab qoʻyilgan. Xalqaro reyting va indekslarga kiruvchi raqobatbardosh sanoat unumdorligi tarkibiga kiruvchi qayta tiklanuvchi energiya manbalarini talab doirasida koʻpaytirishga aloxida etibor qaratilmoqda. Xususan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 16.02.2023 yildagi PQ-57-son “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ijtimoiy va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohalarida hamda iqtisodiyot tarmoqlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish, energiya samaradorligini oshirish orqali respublika hududlarida energiya taqchilligi qoplanishini ta’minlash, bu boradagi ishlarni kompleks tashkil etish hamda investorlar uchun qulay sharoitlar va rag‘batlantirish mexanizmlarini joriy qilish maqsadida bir qancha amaliy vazifalar belgilab qo’yilgan va uni bajarish bo’yicha ketma-ket ishlar amalga oshirilib kelmoqda [1-2].
    Demak qayta tiklanadigan energiya texnologiyalari loyihalari odatda keng koʻlamli boʻladi, lekin ular qishloqlar, chekka hududlar va energiya inson taraqqiyotida koʻpincha hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlgan rivojlanayotgan mamlakatlar uchun ham mos keladi. Qayta tiklanadigan energiya texnologiyalarining aksariyati elektr energiyasi bilan taʼminlanganligi sababli, qayta tiklanadigan energiya koʻpincha elektrlashtirish atamasi bilan birga qoʻllaniladi. 2023-yilda qayta tiklanadigan elektr energiyasi global oʻsishining deyarli yarmi Xitoy hissasiga toʻgʻri keldi
    Insoniyat suv energiyasi hamda bug‘ dvigatellaridan ancha oldin, shamol energiyasidan foydalanib kelgan. Angliya, Germaniya, Fransiya, Daniya, Gollandiya, AQSH va boshqa mamlakatlarda, shamol energiyasi juda katta masshtabda, sanoat va qishloq xo‘jaligida ko‘llanib kelingan. Shamol energiyasidan foydalanish bo‘yicha olib borilayotgan xozirgi ishlar, alohida katta quvvatli shamol generatorlarini yaratish va ularning energiyasini ishlab turgan energiya tarmoqlariga ulash va asosiy tarmoq sifatida foydalanishdan iboratdir
    Havo massasining yеr atmosferasi atrofida aylanishi ekspertlar tomonidan turlicha baholangan. Shamollarning yillik nazariy zahirasi er yuzidagi barcha energiya zahiralardan 100 marta ortiq bo‘lib, 3300 x 1012 kVt/ soatni tashkil qiladi.
    Iqtisodiy jihatdan joydagi shamolning tezligi 5 m/s dan kam bo‘lmasa muvofiqdir shamol. Shamol elektrogeneratorlari an’anaviy generatorlardan 2-4 barobar qimmatdir. Ammo shamol energiyasi doimiy manbalaridan hisoblanishi hammamizga kundek ravshan. Shunday ekan yurtimizda ham shamol energiyasidan ko‘proq foydalanish maqsadga muofiq hisoblanadi.
    Yangi O‘zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasiga asosan, yurtimizda “yashil” energetikani rivojlantirishga alohida e’tibor berilgan. Xususan, 2026 yilga borib O‘zbekistonda quyosh va shamol elektr stansiyalari hajmi 8 000 MVtga, gidroelektr stansiyalari hajmi esa 2 920 MVtga (jami 10 920 MVt) еtkaziladi. Buning natijasida, yurtimizda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining 25 foizi qayta tiklanuvchi energiya manbalari (“yashil” energetika) ulushini tashkil qiladi. Ushbu amalga oshirilgan ishlar natijasida yiliga qariyb 3 mlrd kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishiladi. Ushbu hajmdagi tejalgan gaz bilan 1 mln xonadonni 1 yil davomida tabiiy gaz bilan ta’minlash mumkin. Yoki, ushbu hajmdagi tejalgan tabiiy gaz bilan qo‘shimcha ravishda 15 mlrd kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarilishi mumkin. 15 mlrd kVt.soat hajmdagi elektr energiyasi O‘zbekiston aholisining qariyb (98%) 1 yillik iste’molini tashkil qiladi.

    Download 37,18 Kb.
      1   2




    Download 37,18 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qayta tiklanuvchi elektr manbalarini ko‘payrish evaziga ijtimoiy-iqtisodiy xalqoro reytingni oshirish

    Download 37,18 Kb.