• Qotishmalar kristall modda bo‘lib, o‘ziga xos fazoviy kristall panjaraga ega. Quyida ularning turlari bilan tanishib chiqamiz.
  • Pb-Sb, Zn-Sn, Pb-Bi dan iborat qotishmalar bunga misol bo‘ladi. Shuni qayd etish joizki, oddiy sharoitda qotishmalarda komponentlarning o‘zaro to‘la eruvchanligi uchramaydi.
  • Komponentlari qattiq eritma hosil qiluvchi qotishmalar.
  • Komponentlari kimyoviy birikma hosil qiluvchi qotishmalar.
  • Metallarning kimyoviy birikmalari ikki guruhga ajratiladi.
  • Uyga vazifa
  • Qotishmalar va ularning turlari

    Download 0.74 Mb.
    Sana08.05.2023
    Hajmi0.74 Mb.
    #57609
    Bog'liq
    5-mavzu Qotishmalar va ularning turlari
    Представим что я работаю в салоне красоты «, Тз Электроагрегат АБП 5,5 Т230ВХ, Mavzu Axborotlashgan jamiyat va uning rivojlanish istiqbollari-fayllar.org, Kapadokiya, письмо Ташалиева У.У, blank-akt-ustanovki-oborudovaniya, navroz bajrami urf-udumlari urf-odatlar, 21.12.1995, Dastgohini kinematik strukturasi, Ingliz tili zamonlar, Payvandlash , Sklaf, 123, Amaliy ish 1

    Qotishmalar va ularning turlari

    Reja:

    • Komponentlari mexanik aralashma hosil qiluvchi qotishmalar
    • Komponentlari qattiq eritma hosil qiluvchi qotishmalar
    • Komponentlari kimyoviy birikma hosil qiluvchi qotishmalar

    Ikki va undan ortiq elementlar, ya’ni metallarni metallar yoki metallarni metalloidlar bilan hosil qilgan birikmasi qotishma deb ataladi.

    Qotishmalar xossalari tarkibidagi elementlar (komponentlar) xili, miqdori va ularning o‘zaro munosabati, shuningdek, termik, termomexanik va boshqa ishlovlarga berilishida struktura o‘zgarishlariga bog‘liq.

    Qotishmalar kristall modda bo‘lib, o‘ziga xos fazoviy kristall panjaraga ega. Quyida ularning turlari bilan tanishib chiqamiz.

    Komponentlari mexanik aralashma hosil qiluvchi qotish­malar.

    Komponentlari mexanik aralashma hosil qiluvchi qotish­malar.

    Qotishmalar tarkibiga kiruvchi komponentlarning atom radiusi va elektrkimyoviy xossalari katta farq qilib, bir-birida eruvchanligi juda kichik bo‘lsa, eritma mexanik aralashtiriladi. Bunda har bir komponent o‘ziga xos fazoviy kristall panjarasini saqlagan holda kristallar hosil qiladi. Masalan, A va В komponentlardan iborat qotishmaning mikrostrukturasi kuzatilsa, uning har bir komponent donalari alohida-alohida ekanligi ko‘rinadi (1- rasm).

    Pb-Sb, Zn-Sn, Pb-Bi dan iborat qotishmalar bunga misol bo‘ladi. Shuni qayd etish joizki, oddiy sharoitda qotishmalarda komponentlarning o‘zaro to‘la eruvchanligi uchramaydi.

    1-rasm. A va В komponentli qotishmaning mikrostrukturasi.

    Komponentlari qattiq eritma hosil qiluvchi qotishmalar.

    Komponentlari qattiq eritma hosil qiluvchi qotishmalar.

    Agar qotishmalar tarkibiga kiruvchi komponentlarning atomlari suyuq holatda bir-birida to‘la erib, qattiq holatga o‘tganda ham shu xususiyatni saqlab, bir jinsli birikma hosil qilsa, bunday qotishmalar komponentlari qattiq erit­ma beruvchi qotishmalar deyiladi.

    Shuni ham aytish kerakki, qattiq eritma hosil bo‘lishida qaysi komponentning fazoviy kristall panjarasi saqlansa, unga erituvchi qaysi birining fazoviy kristall panjarasi saqlanmasa, unga eruvchi komponent deyiladi. Bu xil shartli ravishda quyidagicha ifodalanadi: A (B). Bu yerda ,,A“ komponent erituvchi, ,,B“ komponent eruvchi bo‘ladi (2-rasm).

    2-rasm. A va В komponentli qattiq eritmaning mikrostrukturasi (a); b—erituvchi kristall panjara katakchasida eruvchi atomlarning o‘rin olish bilan qattiq eritmani hosil bo‘lish sxemasi; d— erituvchi kristall panjara katakchasiga eruvchi atomlarini singishi bilan qattiq eritmani hosil bo‘lish sxemasi.

    Komponentlari kimyoviy birikma hosil qiluvchi qotishmalar.

    Komponentlari kimyoviy birikma hosil qiluvchi qotishmalar.

    Kimyoviy birikmalarning xarakterli xususiyatlariga tarkibining doimiyligi (uni formulasi bilan ifodalanishi mumkin), komponentlarning fazoviy kristall panjarasi, yangi fazoviy kristall panjara berishi, kristallanish temperaturasining doimiyliklarini ko‘rsatish mumkin.

    Metallarning kimyoviy birikmalari ikki guruhga ajratiladi.

    Birinchi guruhga — normal valentli birikmalar kiradi. Ularga metallmaslar (O, Si, Cl va boshqalar) bilan birga oksidlar, sulfidlar, xloridlarni misol sifatida ko‘rsatish mumkin. Bu birikmalar qotishmalarda nometall qo‘shimchalar tarzida uchraydi.

    Ikkinchi guruhga — metalli birikmalar kiradi. Bu birikmalarga singuvchi fazalar va elektron birikmalar misol bo'ladi. Metall birikmalar kimyoviy jihatdan metallga bog‘langanligi uchun yaltiroqlikka, elektr o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lib, odatdagi temperaturada qattiq hamda mo‘rt bo‘ladi, lekin ma’lum temperaturagacha qizdirilganda plastik holatga o‘tadi. Metall bog‘lanishga, shuningdek, karbidlar, nitridlar, gidridlar, bariyli qotishmalar ham ega. Bu birikmalar juda murakkab va oddiy fazoviy kristall panjaraga ega bo'ladi. Bunda fazoviy kristall panjara xili metallmasdan atom radiuslarini metall atom radiuslariga nisbati bilan aniqlanadi. Oddiy fazoviy kristall panjarali birikmalarni singish fazalar deyiladi. Ularning kimyoviy formulasi MeX, Me2X, MeX2, Me4X shaklida ifodalanadi (bu yerda, Me — metall, X — metallmas). Masalan, Fe2N, Fe4N, WC kabi birikmalardagi singish fazalar deyarli metall qotishmani buklashi sababli katta ahamiyatga ega.

    Uyga vazifa

    Uyga vazifa

    1. Mavzuning asosiy qismlarini yozib olish

    2. Mavzu yuzasidan savollar tuzish

    Download 0.74 Mb.

    Download 0.74 Mb.