Qozonlar va yordamchi jihozlami montaj qilishdan oldin: qozonxona binosining devori qura boshlangan. Qozonlaming poydevori, nasoslar ventilyatorlar, dudburunlami qurish tugagan




Download 99.32 Kb.
bet1/5
Sana28.03.2024
Hajmi99.32 Kb.
#179723
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Qozonxonalarni loyihalash va o
Kurs loyihasi 2023

Qozonlar va yordamchi jihozlami montaj qilishdan oldin: qozonxona binosining devori qura boshlangan. Qozonlaming poydevori, nasoslar. ventilyatorlar, dudburunlami qurish tugagan. Xomaki pollar, yerto'la dudburunlari va boshqa kanallar qurilgan. Qozonxona qurilish chiqindilaridan yaxshilab tozalanishi lozim. Agar qozonxonaning poli bctondan kamida 200 mm qalinlikda qilinsa, qozon o'txonasi bevosita polga quriladi. Agar pol bctondan bo'lmasa, qozon ostiga qalinligi 300 mm. li beton to‘shama qilinadi. O'txona pastda joylashgan qozonni yig‘gunga qadar qotgan poydevor ustiga o‘txona devorining seksiyalari, pastki kallaklari sathigacha gaz kanallari va o ‘txona devorlari ko‘tarilishi; ularning ustiga kolosnik osti balkalari qo'yiladi. Balkalaming ustiga qo'yilgan kolosniklaming vaziyatiga qarab, ularning to 'g 'n qo'yilganligi tekshiriladi. Cho'yanli qozon seksiyalarini yig'ishda ular o'txonaning yon devorlariga tirab qo'yiladi. Seksiyalar kallagi ostiga azbest karton qo'yiladi. Seksiyalar konussimon nipellar yordamida yig'iladi (nippellar grafit pastalar ustiga qo'yiladi). Oldin chetdagi oltita seksiya o'matiladi, unga birin-ketin barcha o'rta seksiyalar ulanib, keyin oldindagi seksiya yig'iladi. Seksiyalar yig'ilayotgan paytda ag'darilib tushmasligi uchun yonlariga tirgak qo'yib turish kerak. Yig'ishdan oldin seksiyalami qolip tuprog'idan tozalash, nippel uyalarining ichki sirtlarini va nipellaming tashqi sirtlarini zangdan tozalash kerak. Nippel o'rtasiga grallt pasta shimdirilgan azbest shnur o'raladi, nippellar seksiyaning yuqori va pastki nippel uyalariga tiqiladi. Seksiyalar yuqori va pastki nippel qirqishlariga tiqiladigan ikkita tortish bolti bilan mahkamlanadi. Tortish bolti gaykalari ostiga kattaroq nippel uyalarini berkitadigan diametrli shayba qo'yiladi. Ikkala boltdagi gaykani galma-gal burab, seksiyalar mahkamlanadi. Nippel kallari ostidagi zazor 2 mm dan oshmasligi kerak. Yig'ish 132 paytida sinmasligi uchun scksiyalami bir tekis va ohista qattiqlash lozim. Seksiyalar pakctini yig'ib bo'lgandan so‘ng montaj boltlari o'rniga tortish boltlari qo’yiladi, yig'ilgan paketlarga ikkala pakemi bir-biriga bog'laydigan tarmoq va uch yoqlama kranlar ulanadi. Qozonlami MZU da yig'ilgan va sinalgan pakctlardan yig‘ish mumkin. Qozonning bir bo'lagi scksiyalari komplcktidan iborat bo'lgan bunday paketlar obycktga yig'ilgan holda keltiriladi va joyiga avtokranda qo'yiladi. Seksivali cho’yan qozonlami yig'ish qulay va xavfsiz bo’lishi uchun 63-rasmda keltirilgan moslamadan foydalaniladi. Yig'ilgan qozonlar gidravlik sinovdan o'tkaziladi, buning uchun barcha ochiq patrubokiarga tiqin tiqiladi, faqat qozonga suv kiradigan va havo chiqib ketadigan teshik ochiq qoldiriladi. Qozonga suv to'ldirib, unga biriktirilgan gidravlik press yordamida bosim zarur qiymatgacha ko'tariladi. Suv isitish qozonlari ishchi bosimdan 20 % yuqori, lekin kamida 3 kg/sm2, bug' qozonlari esa ishchi bosimdan 2 kg'sm2 katta bosim bilan sinaladi. Agar 5 daqiqa mobaynida bosim pasaymasa qozon to'g'ri yig'ilgan bo'ladi. Gidravlik sinov paytida qozon devorlari va birikmalarida terlash va sizish bo'lmasligi lozim. Terlash yoki sizish paydo bo'lgan joylami bo'r bilan belgilab, bosimni asta-sekin pasaytirish, qozondan suvni to'kib tashlash, nuqsonm tuzatish va yana sinab ko’rish kerak. Gidravlik sinov tugagach o'txonani yig'ishga, qozonga g'isht yoki o'tga chidamli yirik beton bloklar terishga yoki metall kojux o’matishga kirishiladi. Kolosniklar qo'yiladi, old plita osiladi, yonilg'i va kul eshiklari o'matiladi, kulxona havo puflash qutisi yordamida puflash kanaliga ulanadi, shiber bloklar o'matiladi, troslar va kontryuklar mahkamlanadi. 133 63-rasm. Seksiyali cho 'yan qozonlami montaji uchun moslama va uni o 'matish sxemasi: a-konstruksiyasi, b-« Universal-1» va «Universal-2» qozonlami yig 'ish moslamasini о 'rnatish sxemasi, v-«Energiya-3» qozonni montajida moslama о 'matish sxemasi. 1-chetki tayanch ustunlar. 2-reyka, 3-vintli qamragich, 4-konsol tayanch, 5-o ‘rta tayanch ustuni. Yig'ilgan qozon armatura o'matiladi. Armaturani qozonga o'matishdan oldin uni qismlarga ajratib, tekshirish, tozalash va artish, so‘ngra yana yig'ib, gidravlik sinash yo'li bilan germetikligi va mustahkamligini tekshirish kerak. Odatda markazdan qochma nasoslar MZU dan obyektlarga sinalgan va elektr dvigatel bilan birga bir plitada agregat qilib yig'ilgan holatda keltiriladi. Nasoslami o'matgunga qadar uyalar qurilish chiqindilaridan tozalanishi, andazaga qarab anker boltlar o'matilishi, ular zarur balandlikka mahkamlanishi va uyalarga 134 sem ent qorishma quyilishi kerak. Ikki sutkadan keyin, ya’ni sement qotgach, gayka burab bo‘shatiladi va andaza olinadi. So’ngra yog'och ponalar qo’yib, elektr dvigatel markazdan qochirma nasos boltlarga o ’matiladi. Ponalarni asta-sekin kerib, anker boltlar nasos va elektr dvigatel plitasi teshigiga to'liq kiritiladi, shundan so‘ng gaykalar buraladi, markazdan qochirma nasos shovin yordamida tekshiriladi, plita ostiga sement qorishma quyiladi, gaykalar buraladi, biriktirish muftasining to‘sig‘i o’matiladi. 64-rasm. Qozonxonadagi suv о ‘tkazuvchi tarmoqlarining umumiy ко 'rinishi: 1 -uzatuvchi tarmoq, 2-teskari tarmoq, 3-havo yig'gich, 4-saqlash chizig’i, 5- markazdan qochma nasoslami hog ‘lash, 6-nasos dastagi, 7-qozonlarga va isitish tizimiga ulanadigan suv о ‘tkazuvchi quvur, 8-kir tutuvchi, 9- taqsimlash lektori, 10-ta’minlash-to'kish chizig'i. Puflash ventilyatorlari ham shu usulda o’matiladi. Qozonxonadagi suv o'tkazuvchilar (64-rasm) MZU da tayyorlangan detal va tugunlardan quyidagi tartibda yig’iladi. Oldin uzatuvchi 1 va 2 tarmoqlar. havo yig’gichlar 3; saqlash 4 va ta’minlash-to’kish 10 chiziqlari yig’iladi. So’ngra markazdan qochma nasoslaming quvurlari 5 qo’yiladi. Keyin kollektorlar 9, gryazevik 8, nasos dastagi 6 o'matiladi va ular quvur 7 bilan qozon, nasos va tizimga ulanadi. Butun quvurlar o’lchash kartochkalari bo’yicha oldin tekshirilgan bo’lishi lozim. Quvur va tugunlar ifioslanmaganligini bam tekshirib ko’rish tavsiya qilinadi. 135 Quvurlar loyihada ko'rsatilgan qivalikda o'tkaziladi Quvurlami suv to‘kish qurilmalari tomonga qiyalatib, havo chiqarish qurilmalari tomonga balandlatib o'tkazish kerak. Qiyaliklar kamida 0,002 m bo'lishi lozim. Quvurlar payvandlab yig'iladi (qozon va nasosga ulanadigan uchastkalargina payvandlanmaydi). Zulfinlar quvurga flaneslar yordamida o'matiladi va ulanadi. Quvurlaming payvandlanadigan uchastkalari bir-binga yaxshi moslangan bo'lishi lozim. Qozonxonadagi quvurlami yig'ishda zulfinlar va boshqa armatura eng qulay joyda bo'lishi kerak. Barcha manometrlami poldan ko'rinadigan qilib o'matish lozim. Boshqarish tugunlaridagi manometrlar bir xil balandlikda o'matilishi kerak. Termometrlaming gilzasini quvurga kiritish lozim. Kichik diametrli quvurlarga manometmi o'matish uchun ularga diametri 50 mm li quvur bo'lagini payvandlash tavsiya qilinadi. Tizimga suv to'ldirish yoki undan suvni chiqarish uchun qozonxonalarga dastali nasoslar o'matiladi. Bosimning yo‘l qo'yilgan qiymatdan oshib ketishining oldini olish uchun suv isitish qozonlariga ikkita richagli saqlash klapani o'matiladi. Klapandan keladigan to'kish quvuri qozonxonadagi rakovinaga chiqariladi (bunda issiq suv qozonxonadagi kishilami kuydirmasligini hisobga olish kerak

Download 99.32 Kb.
  1   2   3   4   5




Download 99.32 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qozonlar va yordamchi jihozlami montaj qilishdan oldin: qozonxona binosining devori qura boshlangan. Qozonlaming poydevori, nasoslar ventilyatorlar, dudburunlami qurish tugagan

Download 99.32 Kb.