Konstruktorlik qismi




Download 241.8 Kb.
bet1/3
Sana02.07.2023
Hajmi241.8 Kb.
#76045
  1   2   3
Bog'liq
Konstruktorlik qism
Yo`l belgilari, Ovqatlanish gigiyenasi (M.Tilovov, S.Turdiyev, A.Bozorov), Mustaqil ish mavzulari, =loyiha yechimi-fayllar.org, 1-mavzu, Animatsiya bu

3. KONSTRUKTORLIK QISMI.
3.1 Konstruksiyani yig`ish va payvandlash moslamasini loyixalash.
Payvand konstruksiyani tayyorlash texnolosiyasini ishlab chiqish jarayonida kerakli bo‘lgan yig‘ish va payvandlash moslamalar ro‘yxati tuziladi. Bu moslamalarni qo‘llash bilan ishlab chiqariladigan buyum sifati oshiriladi, shu bilan birga buyum tannarxi arzonlashadi. Shuning uchun yangi moslamani loyihalash va tayyorlash iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlashi kerak. Yig‘ish va payvandlash qurilmalarini mustah­kam­lik va qattiqlikka hisoblashda buyum va moslamaning o‘zaro kuch ta’si­rini hisobga olish kerak. Buning uchun birinchi navbatda buyumni payvandlash va sovishi davrida deformasiyalanishi natijasida hosil bo‘ladigan ko‘chishlarni che­ga­ra­lovchi kuchlarni aniqlash kerak. Keyin esa tutashadigan detallarni zich yig‘ishda va mahalliy tirqishlarni kamay­tirishda elementlarni bu­kish uchun kerakli kuch aniqlanadi. Shundan so‘ng qoldiq payvandlash deformasiyalarini o‘rnini qoplash maqsadida dastlabki deformasiyalash uchun kerak bo‘ladigan kuch aniq­lanadi. Moslamalarni loyihalashda quyidagilarni hisobga olish kerak.
1) yig‘ish moslamasida uning massasi va buyum massasi, shu­ningdek qisqichlar hosil qiladigan kuch hisobga olinishi kerak. Moslama konstruksiyasi mustahkamligi ta’minlanishi kerak. Buyumni yig‘ish jarayonida uni aylantirishga to‘g‘ri kelganda eng noqulay holatda ay­lantirish mexanizmini hosil bo‘ladigan kuchni hisobga olish kerak.
2) yig‘ish-payvandlash yoki payvandlash moslamalarini ko‘pchiligi payvandlashdan hosil bo‘ladigan deformasiyalarni kamaytirishga xizmat qilmaydi, payvandlash davrida va undan so‘ng detallar tomonidan ortiq­cha kuch hosil bo‘lmaydi. Bu moslamalarda buyumni chiqarib olish qi­yinchilik tug‘dirmasligi kerak.
3) ba’zi moslamalar, deformasiyalarga qarshi kurashni ta‘minlash uchun mo‘ljallanmagan bo‘lsa-da uning detallari payvandlanuvchi bu­yum tomonidan kuch ta‘sirida bo‘ladi. Bunday hollarda buyum va mos­lamaning birgalikda deformasiyasi moslamada plastik deformasiya kel­tirib chiqarmasligi kerak.
4) ba’zi moslamalar payvandlash deformasiyalarini kamaytirishga xiz­mat qiladi. Ammo moslamada hosil bo‘ladigan katta qiymatdagi kuch­lar natijasida payvand birikma zonasidagi bo‘ylama va ko‘ndalang qisqarishlarni yo‘qotish qiyinchilik tug‘diradi. Bu holda moslamalarni hisoblashning quyidagi ko‘rinishlari mavjud:
a) moslamada detallar qattiq mahkamlanadi, payvandlashdan avval dastlabki deformasiyalash ko‘zda tutilmagan. Agar moslamada vaq­tinchalik ko‘chishlar ko‘zda tutilgan bo‘lsa, u holda moslamani loyi­halash yuqorida ko‘rsatilgandek amalga oshiriladi.
b) payvandlash vaqtida hosil bo‘ladigan qoldiq deformasiyalarni ol­dini olish maqsadida oldindan dastlabki deformasiyalashni amalga oshi­rish moslamasi.
5) payvandlanayotgan buyum qattiq mahkamlangan bo‘lib, qoldiq kuch­lanishlar va payvandlash deformasiyalarni yo‘qotish maqsadida bu­yum moslama bilan birgalikda termik ishlovdan o‘tkaziladi. Moslamani loyihalash uchun buyumni to‘g‘rilashga kerak bo‘ladigan kuchlar hi­sobga olinadi.
Har qanday mahsulotni yoki turli xil texnologik konstruksiyalarni tayyorlashda yig’ish jarayonlarini osonlashtirish maqsadida turli xil moslamalardan foydalaniladi. Bunday moslamalardan foydalanish mahsulot tayyorlanish vaqtining qisqarishiga ham sabab bo’ladi. Tayyorlanish vaqtining qisqarishi mahsulot tannarxining pasayishiga ham bevosita ta’sir qiladi.
Payvandlash ishlari operasiyalarini, shu jumladan yigish-payvandlash ishlarini mexanizasiyalash uchun xilma-xil jihozlar asbob-uskuna va moslamalar qo‘llaniladi.
Seriyalab ishlab chiqarishda payvandlash ishlarini zamonaviy tashkil etishda moslamalardan foydalanish shart. Ayrim hollardagina moslamalarsiz yig‘ish va payvandlashga ruxsat beriladi. Avtostepkalarga qoplama qoplash uchun tirak va qisuvchi moslamalar, hamda tayanch plitasi va stelajlardan foydalaniladi.

Download 241.8 Kb.
  1   2   3




Download 241.8 Kb.