• Shuning uchun ham tizim keng tarqalmoqda.
  • Operatsiyon buyum tizimi bilan operatsion tizimni farqlash. Operatsiya-buyum tizimi —




    Download 32.82 Kb.
    bet1/2
    Sana18.11.2023
    Hajmi32.82 Kb.
    #100838
      1   2
    Bog'liq
    Operatsiya-buyum tizimi
    Умумий электротехника ва электроника асослари.Одилов Қ, Документ Microsoft Word, ТАЛОН, Yangilanayotgan O\'zbekiston milliy tiklanishdan-milliy yuksalish sari, draft-sp800-90c, referatbank-54752, Bipolyar tranzistorlar. Reja Bipolyar tranzistor haqida umumiy , J.Farhod O\'rnatilgan Lab-1, J.Farhod O\'rnatilgan Lab-2, 1 kurs farm noorganik kimyo II smestr, 5-6-7-8-9-sinf texnologiya qizlar ish reja 2023-yil, Mavzu Zamonaviy robotlar tarkibiy tuzilmasi, ularning parametrl-azkurs.org, O�zbekiston respublikasi va o�rta maxsus ta�lim vazirligi samarq, 2-Mustaqil ish

    Operatsiyon buyum tizimi bilan operatsion tizimni farqlash.


    Operatsiya-buyum tizimi — X IX asrning 90 -yillarida S.A. 
    Vladimrskiy tomonidan taklif etilgan. Bu tizim o'quvchilar tomonidan mehnat operatsiyalarini o'ylab, tanlangan buyumlarni 
    tayyorlash jarayonida o'rganishni ko'zda tutadi. Bunda buyum ­
    lar shunday yo'sinda tanlab olinadiki, birinchisini yasashda eng 
    yengil (3-5) operatsiya o 'zlashtiriladi, navbatdagilarini tayyorlashda anchagina murakkabroq ko'p operatsiyalar o'rganiladi.
    Dastlabki ko'nikma va malakalarni hosil qilishda maxsus 
    mashqlarga e’tibor bermaslik bu tizimning samaradorligini bir­
    muncha pasaytiradi. Bundan tashqari ishlab chiqarish ta’limining 
    birinchi mashg'ulotlaridayoq birdaniga ko'p operatsiyalarni o'z 
    ichiga olgan buyumlarni tayyorlash o'quvchilarda bu operatsi- 
    yalarning mazmuni haqida to'g'ri tasavvur bo'lmasligiga olib kelardi.
    Operatsiya-buyum tizimining yutug'i o'quvchi o 'z mehnati natijasini ko'radi, operatsiyalarni o'zi tanlaydi. Kamchiligi: 
    mashg'ulotning birinchi darsidanoq o'z ichiga bir necha ope­
    ratsiyalarni olgan buyumlarni tayyorlash o'quvchilarda bu operatsiyalarning mazmuni haqida to‘g‘ri tasavvur bo‘lmasligiga olib 
    kelardi.
    Shuning uchun ham tizim keng tarqalmoqda.
    Mashina industriyasining gurkirab o‘sishi, ishchilar mehnatini intensivlash hisobiga maksimal foyda 
    olishga intilishi mehnat jarayonlarining haddan tashqari bo‘linib 
    ketishiga olib keldi. ishchi endi bir qator alohida yoki bitta ope- 
    ratsiyani bajarish o‘rniga mashinani boshqarish va unga xizmat 
    ko‘rsatishdan iborat cheklangan miqdorda jism ongiy mehnat usul
    larini bajarishi kerak bo'lib qoldi. Shunda ham bu usullarni aniq, 
    tez va mashinaning ishlash vaqtiga qarab qat’iy belgilangan vaqtda 
    bajarishi shart. Bunday xarakterdagi mehnat usullari va uni tashkil etuvchi ish harakatlarini faqat maxsus mashq jarayonidagina 
    o'zlashtirish mumkin edi. Ishlab chiqarish ta’limining mazkur 
    tizimi motorli-mashqli tizimi deb atalishining boyisi ham ana 
    shundadir. Ishchilar tayyorlashning bu tizimini amerikalik injener Teylor yaratgan. Uning mazmuni qat’iy tanlab olingan mehnat 
    usullari va ularning elementlari (ish va ish jarayonidagi harakat)ni mexanik tarzda mashq qilishdan iborat. Ta’lim tizmining
    to‘g‘ri mehnat usullarini tez shakilantirishga qaratilgan mashq 
    mashg'ulotlarini muayyan izchillikda bajarilishi bilan xarakter- 
    lanadi. Biroq 0‘quvchining alohida ish harakatlari va usullarini 
    bajarishi ko‘pincha operatsiyaning o‘zidan, buning ustiga mehnat 
    jarayonlaridan ajratilgan holda amalga oshiriladi, bu esa ularni 
    mexanik tarzda o‘zlashtirilishiga olib keladi, barcha mehnat jarayonlarining komponentlari o‘rtasidagi obyektiv mavjud aloqa 
    buziladi.Ushbu tizimning kamchiligi motor-mashq tizimi bo‘yicha 
    o‘qitish o‘quvchilar ko‘nikma va malakalarni ongli o ‘zlashtirishini nazarda tutmasdi. Ko'nikmalarni shakllantirish maxsus apparatlar va haqiqiy mehnat jarayonini eslatadigan mashqlarni 
    qo‘llash bilan amalga oshirilardi. Ko‘p marta takrorlash nati­jasida mushaklarning ma’lum harakatlarini ongning ishtirokisiz 
    ham bajarishga «o'rgatish» mumkin, deb faraz qilingan. Ta’limda 
    bunday yondashish ma’qullanmadi va tez uni rad qilindi. Motor- 
    mashq tizimining yutug‘i shundaki, unda mehnat o‘quv va malakalarini shakllan tirishning didaktik jihatdan asoslangan, psixo­fiziologik qonuniyatlariga mos keladigan ketma-ketligi: mehnat 
    usuli, mehnat operatsiyasi, mehnat jarayoni birinchi marta ishlab 
    chiqilgan va qo‘llanilgan. Bu tizimda o`quvchilarga mehnat ta’limi berish besh davrga bo‘linadi:
    1.Asosiy mehnat faoliyati va harakatlarini o‘zlashtirish bo‘yicha mashq
    mashg‘ulotlari.
    2.Mehnat usullarini o‘zlashtirish bo‘yicha mashqlar.
    3.Mehnat operatsiyalarini bajarishga doir o‘rganish mashqlari.
    4.0‘quvchilarni maxsus tanlangan buyumlar ustida ilgari o'zlashtirilgan mehnat operatsiyalarini operatsiyalar kompleksiga 
    birlashtirishga o‘rganish.
    5.Mustaqil davr, bunda o‘quvchilar ayni kasbga doir xarakterli 
    bo‘lgan buyumlarni tayyorlaydi.


    Download 32.82 Kb.
      1   2




    Download 32.82 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Operatsiyon buyum tizimi bilan operatsion tizimni farqlash. Operatsiya-buyum tizimi —

    Download 32.82 Kb.