• 5.1. Boshqarish usullari to’g’risida tushuncha Usul
  • Boshqaruv usullari
  • 5-mavzu. Boshqarish usullari




    Download 26,48 Kb.
    bet1/7
    Sana13.12.2023
    Hajmi26,48 Kb.
    #118109
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    5-мавзу (6)


    5-MAVZU. BOSHQARISH USULLARI

    5.1. Boshqarish usullari to’g’risida tushuncha


    5.2. Boshqarishning tashkiliy-ma'muriy usullari
    5.3. Boshqarishning iqtisodiy usullari
    5.4. Boshqarishning ijtimoiy-ruhiy usullari
    Tayanch iboralar
    Usul. Boshqaruv usullari. Delfa usuli. Tashkiliy-ma'muriy usul. Tashkiliy ta'sir ko’rsatish. Farmoyish berish. Iqtisodiy usul. Ijtimoiy-ruhiy usul. Nizo. Ijtimoiy tadqiqotlar.


    5.1. Boshqarish usullari to’g’risida tushuncha
    Usul - bu tadqiqot qilish yoki ta'sir ko’rsatish usulidir. Tadqiqot qilish nuqtai nazaridan uslub deganda boshqaruv ob'ektini o’rganish jarayonida qo’llaniladigan usullar, ya'ni:

    • sistema (tizim)li yondoshuv;

    • kompleks yondoshuv;

    • tarkibiy yondoshuv;

    • integratsion yondoshuv;

    • modellashtirish;

    • iqtisodiy-matematik yondoshuv;

    • kuzatish;

    • eksperiment;

    • sotsiologik kuzatuv kabi tahlilning ilmiy usullari tushuniladi.

    Ta'sir ko’rsatish nuqtai nazardan esa usul deganda boshqarish funktsiyalarini amalga oshirish uchun boshqaruv ob'ektiga ta'sir o’tkazish usullari tushuniladi. Bunday usullarga quyidagilar kiradi:
    - funktsional tizimosti ob'ektlarini boshqarish usuli;
    - boshqarish funktsiyalarini bajarish usullari;
    - boshqaruv qarorlarini qabul qilish usullari.
    Har xil yondashuvlar, yo’sinlar, yo’llar yordamida amalga oshiriladigan turli-tuman boshqaruv ishlarining majmui - boshqaruvning aniq va o’ziga xos usullari deb yuritiladi.
    Boshqaruv usullari - bu xodimlarga va umuman ishlab chiqarish jamoalariga ta'sir ko’rsatish usullari bo’lib, bu usullar qo’yilgan maqsadlarga erishish jarayonida mazkur xodimlar va jamoalarning faoliyatini uyg’unlashtirishni nazarda tutadi.
    Boshqarish usullari ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish jarayonidagi mavjud munosabatlardan ob'ektiv tarzda kelib chiqadi.

    Download 26,48 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 26,48 Kb.