|
1-mavzu. Menejment. Marketing fanining predmeti, obyekti va metodi
|
bet | 1/5 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 34,19 Kb. | | #135893 |
Bog'liq 1-mavzu (1)
1-MAVZU. MENEJMENT. MARKETING FANINING PREDMETI, OBYEKTI VA METODI
1.1. Menejment. Marketing fanining mazmuni va mohiyati
1.2. Menejment. Marketing obyekti va subyekti
1.3. Menejment. Marketing fani foydalanadigan usul (metod)lar
Tayanch iboralar
Menejment. Harajat. Baxo. Naf. Boshqaruv. Menejment ob'ekti va sub'ekti. Tahlil usullari. Sistemali yondoshuv. Kompleks yondoshuv. Tarkibiy yondoshuv. Vaziyat (situatsiya)li yondoshuv. Integratsion yondoshuv. Modellashtirish usuli. Iqtisodiy-matematik yondoshuv. Kuzatish usuli. Eksperiment (tajriba) usuli. Sotsiologik kuzatuv usuli.
1.1. Menejment. Marketing fanining mazmuni va mohiyati
Menejment - bu inglizcha so’z bo’lib, ingliz tilining Oksford lug’atida berilgan ta'rifga binoan u:
- boshqaruv hokimiyati va san'ati;
- resurclarni boshqarish bo’yicha alohida mohirlik va ma'muriy ko’nikmalar tushuniladi.
Boshqacha so’z bilan aytganda, menejment - bu boshqaruv, ya'ni resurslarni, odamlarni boshqarish, samarali faoliyat olib borish va foyda olishni bilish, uni ko’paytirish jarayonidir. Shu nuqtai nazardan boshqaruv-bu o’ziga xos yuksak san'at va mahoratni talab qiluvchi tanlov, shu tanlov asosida qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilishdir.
Bugungi kunda menejment va boshqaruv to’g’risida quyidagi umum qabul qilingan fikrlar mavjud:
Boshqaruv
|
- Yuksak san'at va mahoratni talab qiluvchi tanlov
- Mustaqil fan
- Faoliyat turi, funktsiya
- Jarayon
- Tashkilotlarni boshqaruvchi kishilar
- Boshqaruv apparati yoki organi
|
Menejment
|
Har qanday faoliyatning ijobiy natija berishi, eng avvalo tanlovni to’g’ri bajara olishga, ma'qul va ishonchli qarorni qabul qila olishga hamda bu qarorning bajarilishini nazorat qila olishga bog’liq. Masalan, yuqori foyda olish quyidagi uchta jihat bo’yicha to’g’ri tanlovni va ishchan qaror qabul qilishni talab qiladi (1-chizma).
|
| |