• 2-jadval. Menejment fanining tahlil usullari
  • Menejment. Marketing fani foydalanadigan usul (metod)lar




    Download 34,19 Kb.
    bet4/5
    Sana12.01.2024
    Hajmi34,19 Kb.
    #135893
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    1-mavzu (1)

    1.3. Menejment. Marketing fani foydalanadigan usul (metod)lar
    Menejment. Marketing fani voqelikni bilishga bag’ishlangan umumfalsafiy usullarni qo’llaydi. Eng avvalo, boshqaruvchi ob'ektni aks ettiruvchi, uni talqin etishga yordam beruvchi ma'lumot (fakt)lar jamlab baholanadi. Bu ma'lumotlar mikro, mego va makro darajadagi voqelikka oid bo’lishi mumkin. Bu boshqaruvni idrok etishdagi empirik bosqich hisoblanadi.
    Boshqarishning sir-asrorlarini ilmiy asosda o’rganish, tahlil qilish maqsadida bu fan quyidagi uslublardan foydalanadi (2-jadval).
    2-jadval. Menejment fanining tahlil usullari



    Tahlil usullari

    Mazmuni


    Sistemali yondoshuv

    - Boshqariluvchi ob'ekt yaxlit tizim tarzida olib qaraladi. Bu yondoshuv turlicha bo’lishi mumkin:
    - sistemali-kompleks yondoshuv
    - sistemali-funktsional yondoshuv
    - sistemali-tarkibiy yondoshuv
    - sistemali-kommunikatsion yondoshuv


    Komples yondoshuv



    -Boshqariluvchi ob'ekt boshqa ob'ektlar bilan o’zaro bog’lanishda va aloqadorlikda qaraladi


    Tarkibiy yondoshuv

    -Boshqariluvchi ob'ekt tarkibiy qismlarga bo’lib o’rganiladi


    Vaziyat (situatsiya)li yondoshuv

    -Boshqariluvchi ob'ektning konkret sharoitdagi ichki va tashqi vaziyatiga qarab boshqarishning ma'qul uslubi qo’llaniladi


    Integratsion yondoshuv

    -Boshqariluvchi ob'ekt yuqoridagi uslublar (vaziyatli, kompleks, tarkibiy yondoshuvlar)ni birgalikda qo’llash yordamida boshqariladi


    Modellashtirish usuli

    - Boshqariluvchi ob'ektni boshqarish bo’yicha turli sxema, grafik va chizmalar, homaki materiallar tayyorlanadi


    Iqtisodiy-matematik yondoshuv

    - Optimal bozor qabul qilish maqsadida matematik uslublar va hisoblash mashinalarini keng miqyosda qo’llash


    Kuzatish usuli

    - Boshqariluvchi ob'ekt to’g’risidagi ma'lumotlarni rejali, ilmiy, uyushtirilgan asosda to’plash usuli


    Eksperiment (tajriba) usuli

    - Boshqarish jarayonida boshqariluvchi ob'ektga nisbatan namunaviy tajribadan o’tgan usullarni qo’llash


    Sotsiologik kuzatuv usuli

    - Boshqarish maqsadida turli anketali so’rovlar, suhbatlar, testlar, infratuzilmaviy tahlillarni o’tkazish

    Ilmiy jihatdan asoslangan boshqaruv qayd qilingan usullarning hammasidan uzviy bog’liqlikda foydalanishni taqozo etadi.


    Menejment fani boshqarish to’g’risidagi bilimlar majmuidir. U ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, kibernetika va boshqa fanlar bilan aloqadordir.
    Menejment, dastavval iqtisodiy nazariya bilan yaqindan bog’liqdir. U iqtisodiy qonunlarni bilib olishga ularga mos ravishda boshqarish jarayonida iqtisodiy metodlarni qo’llab, har bir xodimga va jamoaga ta'sir ko’rsatishga asoslanadi. Menejment makroiqtisodiyot, mikroiqtisodiyot, statistika, istiqbolni belgilash, mehnat iqtisodiyoti kabilar bilan chambarchas bog’liqdir.
    Menejment fani boshqarishning umumiy qonuniyatlarini, boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur bo’lgan axborotlarni idrok qilish va qayta ishlash jarayonlarini o’rganuvchi kibernetika fani bilan uzviy bog’langandir.



    Download 34,19 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 34,19 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Menejment. Marketing fani foydalanadigan usul (metod)lar

    Download 34,19 Kb.