|
Operatsiya-buyum motor-mashq tizimlarining
|
bet | 2/2 | Sana | 18.11.2023 | Hajmi | 32,82 Kb. | | #100838 |
Bog'liq Operatsiya-buyum tizimiOperatsiya-buyum motor-mashq tizimlarining kamchiliklari
va yutuqlari o ‘rganilib, operatsiya-kompleks tizimi
yuzaga keldi.
Bu tizimga asosan o‘quvchi avval 2 - 3 ta ketma-ket operatsiyalarni o ‘zlashtiradi, so‘ng shu operatsiyani ichiga oigan kompleks
ishlarni bajaradi. Mehnat operatsiyalarini o'zlashtirish va ularni
kompleks ishlarda qo‘llash ta’limning 1-bosqichidagi asosiy vazifadir. Ikkinchi bosqichda o‘quvchilar ishlab chiqarishdagi unumli
mehnatga qo‘shiladilar. Masalan, kiyim tikishda qo‘llaniladigan
barcha turdagi yengni, yoqani, mayda qismlarni tikishni o'rgatib
bo‘lingandan so‘ng uni kiyimda qo‘llash bajariladi. Kamchiligi;
o‘quvchi o‘z ishining natijasini juda uzoq vaqtdan so‘ng ko‘radi.
Natijada qiziqish susayadi.
Hozirgi vaqtda o‘quv ustaxonalarida amaliy ishni bajarish
jarayonida operatsiya-buyum tizimidan foydalaniladi, ch unki
operatsiyani alohida o‘rganish rejalashtirilgan va dasturda ko‘rsatilgan buyum xilini mahalliy sharoitga qarab o‘zgartirish
mumkin.
Mehnat ta’limi didaktik tizimlarini takomillashtirish. Keyingi yillarda o ‘quv ustaxonalarida konstruksion-texnologik tizim
bo‘yicha mashg‘ulotlar tashkil etiladi. Bu tizimning yetakchi
g‘oyasi 0‘quvchilarning ijodiy faoliyatini oshirishdan iboratdir.
0‘quvchi biror buyumni tayyorlashdan avval uning loyihasi va
ishlov berish jarayonini amalga oshirishi kerak bo‘lgan sharoitga
olib kiriladi. 0‘quvchi biror kiyimni tikish uchun avval o‘lchov
olishi, asos chizmasini chizishi, andaza tayyorlashi, modellashtirish, andazani gazlamaga joylashtirib, buyumni bichish va tikish kabi murakkab jarayonni bajaradi. Bu jarayonni bajarishda
0‘quvchilarning ijodiy faoliyatlari ortib boradi. 0‘quvchilarning
ijodiy faoliyatlari ortishi uchun yaratiladigan hamma narsalar zo‘r
berib mehnat qilishni taqazo etadi.
Ijodiy ishga idrok qilish yoii bilan emas, balki fikrlash faoliyati
orqali erishiladi. Ijodiy ishlash jarayoni g‘oyaning paydo boiishi,
ijodiy masalaning vujudga kelishi, masalan yechish, yechimni
amalda qollash bosqichlariga bolish mumkin.
0‘quvchilarning ijodiy faoliyatlarini amalga oshirishda pedagogik rahbarlik katta ahamiyatga ega.
0‘quvchilarni har xil savol va masalalarni mustaqil hal qilish
imkoniyatlaridan iborat faoliyatga qatnashtirish o ‘quvchilarning
ustaxonalardagi faoliyati har xil xarakterda bo‘lishi va shunga
ko‘ra turli darajadagi fikrlash faolligida amalga oshirish mum kin.
0‘quvchilarni ijodiy g‘oyaga keltirish yoki ular oldida
to ‘g‘ridan to‘g‘ri ijodiy xarakterdagi savol va masalalarni qo‘yishi
o ‘quvchilarga texnik ijodkorhk uchun topshiriqlardagi imkoniyatlari va ulardan foydalanishni anglatish lozim.
0‘quvchilarni fan va ishlab chiqarish asoslariga oid bilimlarini faollashtirish va qo‘llashga undash - o ‘quvchilarga fan va
ishlab chiqarish sohasidagi turli usul va uslublardan foydalanib,
bilim , amaliy ko‘nikma va malakalarini shakllantirish.
0‘quvchilarning ijodiy faoliyatlarini rag‘batlantirish-
o‘qituvchining maqtashi, eng yaxshi ishlar ko‘rgazmasini tash
kil qilish, devoriy matbuotda 0‘quvchilarning yutuqlarini ommalashtirish va hokazolar bilan ijodiy faoliyatni rag‘batlantirish
mumkin.
0 ‘quvchilarning mehnat ta’limi jarayonida texnik ijodkorligini rivojlantirishga qaratilgan mehnat topshiriqlari mazmuni
bo‘yicha uch guruhga bo‘linadi:
1)konstruksiyalash yoki loyihalash;
2) texnologik jarayonlarni tuzish;
3) mehnatni to‘g‘ri tashkil etish.
Texnik ijodkorlikni rivojlantirishni eng sodda topshiriqlardan boshlash va o‘quvchilarning mustaqilligini orttirish, ularni
buyumlarni konstruksiyalay oladigan, texnologiyani ishlab chiqa
oladigan, o‘z mehnatlarini uyushtiradigan bo‘lishi uchun mazkur
topshiriqlarni asta-sekin murakkablashtirib borish kerak.
|
| |