Texnologik moslamalar va ularning turlari




Download 54.5 Kb.
bet1/4
Sana16.03.2024
Hajmi54.5 Kb.
#174599
  1   2   3   4
Bog'liq
Texnologik moslamalar va ularning turlari
2-amaliy ish Mavzu Bir qiymatli o’rniga qo’yishga asoslangan sh-fayllar.org, Uzb, Mustaqil ish yuzi, Abu Bakr Shoshiy, Ms.Word va Excel kurs malumoti., baliq, Moliya” so\'zi arab tilidan olingan bo’lib, ma’noni anglatadi, Mavzu Pulga talab funksiyasi, O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsi, PREDICTION OF CROP YIELD AND QUALITY BASED ON INFORMATION FROM METEO PROGRAMS, 1711387661

TEXNOLOGIK MOSLAMALAR VA ULARNING TURLARI

Reja:



1. Texnologik moslamalarni vazifalari
2. Texnologik moslamlarni tasnifi


Tayanch iboralar: texnologik moslamalar, mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, dastgoxlar moslamalari, ishchi asboblarni o’rnatish va mahkamlash uchun moslamalar, yig’ish moslamalari, nazorat moslamalari, ishlanayotgan zagotovkalarni mahkamlab olish, siljitish va tashish va zarur xolda og’dirish uchun moslamalar.


1. Texnologik moslamalarni vazifalari


Mashinasozlikda texnologik moslamalar mexanik ishlov berish, yig’ish va detallarni nazorat qilishda keng qo’llaniladi.


Moslamalarni qo’llanishi va ishlatilishi quyidagi masalalarni ijobiy hal qiladi yoki vazifalarni bajaradi.

  1. Zagotovkalar dastgohlarda moslama yordamida qo’shimcha to’g’rilashlarsiz o’rnatiladi. Bunda anchagina mehnat sarfiga olib keluvchi zagotovkalarni ishlov yuzalarini belgilab olish amallarining zarurati qolmaydi, dastgohda ishlov berilayotgan detalni to’g’rilab olish shart bo’lmay qoladi, o’lchamlar aniqligini avtomatik ravishda olinishiga erishiladi, bular esa belgilab olish to’g’rilab o’rnatish bilan bog’liq bo’lgan, xatoliklarni kamaytiradi va ishlov aniqligi oshadi.

  2. Moslamalarda mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish, tez ishlovchi yuritmalar, ko’p o’rinli, ko’p pozitsiyali uzluksiz ishlov berish usullarini qo’llash hisobiga yordamchi vaqt keskin kamayadi, bu esa o’z navbatida ish unumdorligini oshishiga olib keladi.

  3. Dastgohlarni texnologik imkoniyatlarini kengaytiruvchi maxsus moslamalar, ayrim dastgohlarda bunday dastgohda bajarish mo’ljallanmagan amallarni bajarish imkoniyati yaratiladi.

Keyingi yillarda moslamalarni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish darajasi ancha oshib bormoqda, ulardan tashqari bularni normallashtirish va standartlashtirish yo’nalishida katta ishlar amalga oshirilmoqda. O’rta seriyali ishlab chiqarish sharoitida ham moslamalarni keng mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish yangi ikkita tamoyil asosida olib borilmoqda:


1) individual mexanizatsiyalashgan yuritmali (pnevmatik, gidravlik, elektromexanik) sozlanadigan (guruhlar uchun, universal) moslamalarni yaratish;
2) bir qator maxsus va universal moslamalarga qayta-qayta xizmat qiluvchi universal (agregatlashtirilgan) yuritmalar yaratish.
SHuni bilan birga seriyalab ishlab chiqarishda universal-yig’ma moslamalar tizimi keng qo’llanilmoqda. Sozlanuvchan va universal-yig’ma moslamalarni ishlatilishi va universal yuritmalardan foydalanish ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash muddatini va sarf-xarajatlarini keskin qisqartiradi.



Download 54.5 Kb.
  1   2   3   4




Download 54.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Texnologik moslamalar va ularning turlari

Download 54.5 Kb.