• 1. Yordamchi asboblar
  • Qurilmalarning eng sodda turlari qatori
  • 1. Yordamchi asboblar. Yordamchi elementlar. Tayanch iboralar




    Download 6.6 Mb.
    bet1/3
    Sana06.04.2024
    Hajmi6.6 Mb.
    #189598
      1   2   3
    Bog'liq
    Maruza 14


    Yordamchi moslamalar
    Reja:


    1. Yordamchi asboblar.
    2. Yordamchi elementlar.


    Tayanch iboralar: moslamalarni avtomatlashtirish; moslamalarni qisman avtomatlashtirish; moslamalarni to’liq avtomatlashtirish; yo’ldosh moslamalar; Raqamli dastur bilan boshqariladigan dastgohlar moslamalari; qurilmalarning eng sodda turlari; maxsus yordamchi moslamalar; ko’shimcha qurilmalar.
    1. Yordamchi asboblar

    Zamonaviy texnologik tizimlarda sozlangan asboblarda ularni aniq o’rnatilib va fiksatsiyalangan holda ishlov beriladi. Oldindan sozlangan texnologik tizimda zagotovka xolatini moslama belgilaydi. Kesish asbobi xolati esa dastgohni xolatiga muvofik aniqlanadi. dastgohga asbobni o’rnatish va fikatsiyalashni tezlashtirish uchun turli moslamalar ishlatiladi va ular yordamchi asboblar deyiladi. 


    Qurilmalarning eng sodda turlari qatoriga dastgohlar asboblari uchun konusli vtulkalari, tsilindrik opravkalar, tokarlik dastgohi keskich tutgichlari, revolver kallaklar uyalari kiradi. Bularni ko’pchiligi normallashtirilgan va standartlashtirilgan bo’ladi. 
    Ba’zi xollarda maxsus yordamchi moslamalardan foydalanadilar. Masalan, parmalash dastgohida ketma-ket o’tishlar bajarilganda to’xtamasdan asboblarni almashtirishga imkoniyat beradigan patrondan foydalanish afzal.
    Metal kisuvchi dastgohlarni texnologik imkoniyatlarni kengaytruvchi moslamalar guruhi ham keng tarqalgan. Bular qatoriga vertikal-parmalash dastgohlarida xalqasimon ariqchalar va rezba kesish moslamalari, ko’ndalang-frezerlash dastgohlarida shponka arikchalarini ochish uchun sfera sirtlarida pazlarni yunish uchun qurilmalar kiradi. Bu moslamalar universal metall kesish dasgoxlari uchun ko’shimcha qurilmalar bo’lib odatda boshqa turdagi dastgohlarda bajariladigan ishlarni universal dastgohlarda bajarishga imkoniyat beradi. Bu moslamalar dastgohlardan foydalanish samaradorligini oshiradi, qimmat baho maxsus dastgohlarni arzon narxli universal dastgohlar bilan o’rnini bosishga yul ochadi. Keyingi paytlarda RDB bilan boshqariladigan ko’p vazifali dastgohlar, moslanuvchan avtomatik liniyalar keng rivojlandi. SHu sababli asboblarni tez va aniq o’rnatish qurilmalari, almashuvchan asboblar bloklari (ko’p keskichli supportlar, revolver kalaklar) ishlatish ahamiyati oshmoqda. Bunday qurilmalar yordamida asboblar dastgohdan tashqarida o’rnatilib aniq sozlanadi. SHundan keyin kurilma markazlashtiruvchi buyincha konuslar va boshqa elementlar yordamida dastgohda aniq xolatga keltirib joylashtiriladi. SHu bois asboblarni almashtirish va dastgohni kayta sozlash uchun sarflanadigan vaqt tejaladi.
    Oddiy turdagi avtomat dastgohlarda, avtomatik liniyalarda va RDB dastgohlarida asboblarni avtomatik ravishda almashtirish masalasi juda muxim masala hisoblanadi. 
    Vertikal normallash dastgohlarida samaradorlikni raversiv rezba kesish patronlarni ta’minlaydi. Bu patronlar rezba kesaetgan teshikning oxiriga yetgach teskari tamonga aylanishni boshlaydi va metchikni sinishdan saqlab teshikdan chiqaradi. Teshiklarni ochish va xalqasimon arikchalar ochish uchun patronlar ham dastgohlar texnologik imkoniyatlarni kengaytiradi. 
    Oddiy parmalash dastgohlarida ko’pshpindelli kallaklar ishlatish ham yuqori samara beradi. Bu kallaklar yordamida birdaniga bir nechta teshiklarga ishlov beriladi. Ba’zi kalllaklar konstruktsiyalarida shpindellar orasidagi masofalarni o’zgartirish imkoniyati yaratilgan. SHunday kalllaklar seriyalab ishlab chiqarishda ishlov beriladigan yangi detallar partiyasiga kallaklar sozlanib tezda ishga tushirish imkoniyati yaratiladi. 



    Download 6.6 Mb.
      1   2   3




    Download 6.6 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Yordamchi asboblar. Yordamchi elementlar. Tayanch iboralar

    Download 6.6 Mb.