Tokarlik vint-qirqar stnoklari
Reja:
1.Kirish
2.Tokarlik vint-qirqar stanoklari
3.
Tokarlik stanoklarining umumiy tuzilishi
4.Xulosa
5.Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Tokarlik-vintqirqish stanoklari xilma-xil ishlarni bajarish uchun mо‘ljallangan
bо‘lib, ular stanoklarning birinchi guruhiga kiradi. Va о‘z novbatida tо‘qqizta turga
bо‘linadi:
(Avtomatlar va yarim avtomatlar). 1.Bir shpindelli. 2. Kо‘p shpindelli. 3.
Revolverli.4.Parmalash-qirqib tushirish stanoklari.5. Karuselli stanoklar.6.
Tokarlik va loboviy stanoklar. 7. Kо‘p keskichli stanoklar. 8. Ixtisoslashtirilgan
stanoklar. 9. Xar-xil stanoklar
Tokarlik-vintqirqish stanoklari xilma-xil ishlarni bajarish uchun mо‘ljallangan. Bu
stanoklarda sirtqi silindrik, konusaviy va shakldor yuzalar yо‘nish; silindrik va
konusaviy teshiklarni yо‘nib
kengaytirish
; torets yuzalarni yо‘nish; sirtqi va
ichki
rezbalar qirqish; teshiklar parmalash, zenkerlash va razvyortkalash; zagotovkalarni
qirqib tushirish
, qisman kesish va boshqa ishlar bajarish mumkin.
Tokarlik vint-qirqar stanoklari
Tokarlik Stanogi —ko’ndalang kesimi doiraviy bo’lgan buyumlarga qirindi olish
yo’li bilan (yo’nib) ishlov beradigan metall kesish stanogi. Vazifasiga
qarab
universal va mahsus tokorlik stanogiga, ishlov beriladigan materialiga qarab
metall, yog’och va boshqa materiallar ishlaydigan tokarlik stanogiga, ishlab
chiqarish xarakteriga va ish unumdorligiga qarab markaziy, revolver, bir va ko’p
shpindelli, ko’p keskichli, karusel, avtomatlar, yarim
avtomat va boshqa tokarlik
stanogiga bo’linadi. Mahsus tokarlik stanogi ma’lum detallar, masalan, silliq va
pog’onali vallar, prokat valiklar, turli trubalar va boshqa buyumlarga ishlov beradi.
Universal tokarlik stanogi tokarlik ishlaridan tashqari turli xil operasiyalarni
bajaradi. Universal stanoklardan eng ko’p tarqalgani tokarlik-vint qirqish
stanoklaridir.
Tokarlik-vintqirqish stanoklarining asosiy parametrlari ishlov beriladigan
zagotovkaning staninadan yuqoridagi eng katta diametri va
stanok markazlari
orasidagi eng katta masofadir, markazlar orasidagi eng katta
masofa ishlov
beriladigan detalning maksimal uzunligini belgilaydi. Tokarlik-vint qirqish
stanoklarining bu asosiy parametrlaridan tashqari, ularning GOST larda
belgilangan muhim о‘lchamlari ishlov beriladigan zagotovkaning supportdan
bо‘lgan
eng katta diametri
, shpindelining maksimal aylanish chastotasi, shpindel
teshigidan о‘ta oladigan chiviqning eng katta diametri, shpindel markazdaing
о‘lchami, keskichning maksimal balandligidir. Sanoatimiz 160—1250 mm li
zagotovkaga ishlov bera oladigan va markazlari oralig‘i 12500 mm bо‘lgan
tokarlik-vintqirqish stanoklari ishlab chiqaradi.
Seriyalab tokarlik stanoklar ishlab chiqarish dastlab 1929 yilda Moskvadagi
„Krasniy proletariy" zavodida boshlandi. О‘sha vaqt uchun progressiv bо‘lgan
tokarlik-vintqirqish stanogi tezliklar qutisi
shesternyalardan tuzilgan
, 1932 yilda
ishlab chiqarilgan DIP-200 tokarlik vint qirqish stanogi edi. Bu model shundan
keyin bir necha marta modernizatsiyalashtirildi (takomillashtirildi), natijada
1D62M, 1A62 va boshqa stanoklar yaratildi. 1954 yildan boshlab shu zavodda
normal va yuqori aniqlikdagi 1K62 stanogi seriyalab ishlab chiqirila boshladi. Bu
stanok asosida har xil turdagi ixtisoslashtirilgan stanoklar yaratildi.Vatanimiz va
chet el stanoksozligida tokarlik stanoklari kopirovkalash qurilmalari bilan
jihozlanadi. Bu hol shakldor maxsus keskichlar va kombinatsiyalashtirilgan yо‘nib
kengaytish asboblari ishlatmay turib, shakldor murakkab konturlar
ishlashga imkon
beradi va stanoklarni rostlash ishlarini ancha osonlashtiradi. Ikki-uch
kopirovkalash supportlari bor tokarlik kopirovkalash stanoklari mavjudki,
ularda
sirtqi
, ichki va torsaviy yuzalarga ishlov berish mumkin.Tokarlik-vintqirqish
stanoklari aniqligini oshirish, boshqarilishini takomillashtirish, surishlar tezliklari
diapazo-nini oshirish
, texnologik asbob-uskunalarini yanada yaxshilash yо‘lida
rivojlantirilmoqda. Tokarlik-vintqirqish stanoklarida zagotovkaning aylanishi bosh
harakat, keskichli supportning harakati esa surish harakatidir. Boshqa barcha
harakatlar yordamchi harakatlar jumlasiga kiradi.
Tokarlik-vint qirqish stanogi
amalda bir tipli kompanovkaga ega, bunday kompanovkaga 1K62 stanogi misol
bо‘la oladi. Uning asosiy uzellari jumlasiga stanina, oldingi (shpindelli) babka,
keskich tutkich va fartuqli support, ketingi babka kiradi; oldingi babkaga tezliklar
qutisi, surishlar qutisi joylashtirilishi mumkin.