16K20 tokarlik-vintqirqar stanogining umumiy ko’nmsrn va boshqaruv
organlarining joylashlshl. 1-oldingi tumba; 2-boshqaruv dastasi; 3, 5, 6-surish va
rezba qadamini o’rnatish; 7, 12-shpindelning aylanish chastotasini boshqarish; 10,
11-normal, yirik qadamli va ko’p kirimli rezba yo’nish yo’nalishini belgilash; 17-
yuqori salazkani siljitish; 20-ketingi
babkani fiksatsiyalash
; 23-supportni tez
siljitishni ulash; 24-yurgizish vinti gaykasini ulash va uzish; 25-shpindel aylanish
yo’nalishini o’zgartirish boshqarish; 26-surishni
uzish va ulash
; 28-salazkalarni
ko’ndalang siljitish; 29-bo’ylama
avtomatik surishni ulash; 31 -salazkalarni
bo’ylama siljitish; 4-surishlar qutisi; 8-asosiy privod
tasmali uzatmasining kojuxi
;
9-oldingi babka; 13-elektrshkaf; 14-ekran; 15-himoya shiti; 16-yuqori salazka; 19-
ketingi babka; 21-pinolni siljitish shturvali; 22-bo’ylama siljis supporti; 27-asosiy
elektrodvigatelni
ulash va uzish tugmasi
; 30-fartuk; 32-yurgizish vinti; 33-stanina
yo’naltiruvchilari.
Ketingi babka markazlarga о‘rnatilib yо‘nilayotgan zagotovkani tutib turish,
shuningdek, teshiklar parmalash va ularga ishlov berish uchun mо‘ljallangan
asboblarni (parma, zenker, razvyortkalarni) hamda rezba qirqish uchun mо‘ljal-
langan asboblarni(metchik,plashkalarni) mahkamlash uchun xizmat qiladi. Ketingi
babka stanina yо‘naltiruvchilari bо‘ylab surila oladi. Yо‘naltiruvchi plitaga
nisbatan babkaning korpusi kо‘ndalang yо‘nalishda vint vositasida surila oladi.
Babka stanokka uni bashmak vositasida (ekssentrik orqali) siquv-chi dasta
yordamida mahkamlanishi mumkin. Babka stanokka qо‘shimcha ravishda
yanada
puxtaroq qilib vint bilan mahkamlanadi. Pinol markaz bilan birga о‘qiy
yо‘nalishda chambarak hamda vintaviy juft vositasida suriladi. Pinolni buralib
ketishdan shponka tutib turadi. Pinol dasta yordamida mahkamlanadi, dastaning
vint suxarlarni silindrik kesikka keltiradi. Ketingi babka korpusida, masalan,
parmalashda ketingi babkaga о‘rnatilgan parmaga me-xanikaviy surish harakati
uzatish uchun support bilan ulash qulfi bо‘lishi mumkin
Surishlar qutisi - shpindeldan yoki alohida yuritmadan surish vali yoki surish
vintiga
aylanma
harakat uzatish
, shuningdek, tegishlicha surishga erishish yoki
rezba qirqishda muayyan qadam hosil qilish maqsadida aylanish chastotasini
о‘zgartirish uchun xizmat qiladi. Bunga surishlar qutisining uzatish nisbatini
о‘zgartirish yо‘li bilan erishiladi. Surishlar qutisi almashtiriladigan shesternyalari
bor gitara vositasida stanok shpindeli bilan bog‘langan.
Fartuk surish vali va surish vintining aylanma harakatini supportning tо‘g‘ri
chizig‘iy ilgarilama harakatiga aylantirish uchun mо‘ljallangan.
Support kesuvchi asbobni mahkamlash va unga surish harakati berish uchun
xizmat qiladi.