Xulosa
Tokarlik
stanoklarini ishlatilishi
. Har xil, hatto eng yaxshi stanoklarning son
jihatidan yetarli bо‘lishi korxonaning yuqori unum
bilan ritmik ishlashiga oid
masalani xali hal qiladi, deb bо‘lmaydi. Ishlab chiqarishni tegishlicha
tashkil
etishdan tashqari, uskunalarnn tо‘g‘ri ishlatish ham
nixoyatda muhim ahamiyatga
ega.Stanoklarni tо‘g‘ri ishlatishning vazifasi stanokning uzoq vaqt ishlashini va
aniqligi ta’minlangan holda uning ish unumini oshirishdan iborat. Stanokning eng
yuqori ish unumiga kesuvchi asbobni tо‘g‘ri tanlab olish va uning yuqori sifatli
bо‘lishi, tо‘g‘ri kesish rejimlari belgilash, stanokni tо‘g‘ri sozlash va
rostlash
natijasida erishiladi.Ikkinchi
tomondan
, stanoklar bugun ishlatilish davrida
barqaror yuqori ish unumini ta’minlashi kerak. Stanoklarni tо‘g‘ri ishlatishga
nisbatan qо‘yiladigan talablar ularni aniq va tо‘g‘ri joylash, tashish, sexlarda
о‘rnatish, ishlatish, pasportlash, remont qilish va takomillashtirishni о‘z ichiga
oladi. Stanoklar tо‘g‘ri joylansa va tо‘g‘ri tashilsa, ular buzilmaydi va sinmaydi.
Stanokni tо‘g‘ri о‘rnatishning barcha shartlariga rioya qilish uning sifatli ishlashini
ta’minlaydi. Stanoklarni sinab kо‘rish, odatda, ularning statikaviy va dinamikaviy
aniqligini,
stanokni quvvati
, bikrligi va titrashga chidamli-ligini hamda
boshqa
xususiyatlarini tekshirish uchun zarur.Stanoklarning ishlab chiqarish korxonalarida
ishlatilishi ularni tozalash va moylash, moylash-sovitish suyuqliklari tanlash,
ishlatilib bо‘lgan moylash va artish materiallarini yig‘ish hamda
tiklash kabi
tadbirlarni о‘z ichiga oladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.D.Avagimov "Mashinasozlik materiallarini kesib ishlash".
2. V.A.Mirboboev. Konstruksion materiallar texnologiyasi. T.,1991.
3. R.Kalandarov. Konstruksion materiallar texnologiyasi. T.,1989.
4. I.Noshirov. Materialshunoslik T,1993
5. V.M.Nikiforov. Texnologiya metallov i konstruksionno’e
materialovedyonie. M., 1980.
6. P.H.Pirmuhammedov "Materialshunoslikdan
laboratoriya
ishlari". T., "O’qituvchi", 1985.