|
Darsonvalizatsiya
|
Sana | 21.11.2023 | Hajmi | 297,33 Kb. | | #102682 |
Bog'liq Darsonvalizatsiya
Darsonvalizatsiya
Darsonvalizatsiya - davolash maqsadida kichik tok kuchiga ega boigan (0,02 mA), yuqori kuchlanishli (20 kV) va yuqori chastotali (110 kGts) tez so‘nuvchi impulsli tok bilan mijoz to‘qimasiga ta’sir etish usulidir. Impulslar davomiyligi 100 mks. Navbatma-navbat muayyan paiiza bilan 100 martagacha va undan ko‘p davom ettirish mumkin. Birinchi marta 1891-yilda Serb olimi Nikolay Tesla o‘zi ixtiro qilgan transformator yordamida yuqori chastotali va yuqori kuchlanishli o‘zgaruvchan tokni hosil qilishga muvaffaq boigan edi. Bir yildan so‘ng ya’ni 1892-yilda fransuz fizigi va fiziologi, elektrofizioterapiyaning asoschisi J. A. Arsonval bunday tokni davolash maqsadlarida foydalanishni taklif qildi. Bunday davolash usuliga darsonvalizatsiya deb nom berildi. Biroq, bu termin ikki alohida (mustaqil) davolash usullaii - mahalliy (joylardagi) va umumiy darsonvalizatsiyani o'ziga birlashtiradi. Yuqori chastotali impulsli tok bilan ta’sir etganda ionlar tarkibida o‘ziga xos ritmik o‘zgarishlar, tocqimalarning dipolli molekulalarining davriy oriyentatsiyasi va boshqa ularning fiziko-ximiyaviy tarkibini o'zgartiruvchi birlamchi jarayonlar yuzaga keladi.
Bu fizikaviy faktoming ta’sirida joylardagi qon aylanishi yaxshilanadi, vegetativ innervatsiya normallashadi, periferik nerv retseptorlarining sezgirligi pasavadi, bakteritsid ta’sirlar kuzatiladi, muskullaming ishlash qobiliyati oshadi, to'qioialar almashinishi stimullashadi, regeneratsiya va epitelizatsiya jarayonlari tezlashadi, shamollar qoldiqlari o‘chog‘i qaytadi va h.k-.
Mijoz tanasiga bevosita vakuumli shishali elektrodlar bilan tok qo'yiladigan joylardagi darsonvalizatsiya usuli bimiuncha kengroq qoilaniladi. (3:23 - rasm). Bu ta’sirga javob reaksiyasi nafaqat ta’sir joylarida balki umumiy xarakterga ega.
3.23 -rasm. Mahalliy darsonvalizatsiya uchun elekrodlar:
Mahalliy darsonvalizatsiya turli ko‘rmishdagi vakuum elektrodli «Iskra-1» «Iskra-2» apparatlari yordamida o‘tkaziladi (3.24 - rasm).
3.24-rasm. «Iskra-1» apparatining tashqi ko'rinishi
Mahalliy darsonvalizatsiyaning yuqori sifatli manbasi boiib : “ISKRA-1” apparati hisoblanadi. 110 kGts chastota bilan ishlaydi. Impulsning davomiyligi 110 mks. Apparat portativ b oiib harakatlantiruvchi dastadan iborat. U ishlash vaqtida apparatning tayanch vazifasini bajaradi.
Fiziologik ta’siri: Darsonval mexanizmining asosida reflektor o‘zgarish yotadi. Teri va shilliq qavatlarga mahalliy ta’sir etganda sanchish va kuyish hissini keltirib chiqaradi hamda organizmga reflektor ta’sir qilib organ va tizimlaming javob reaksiyasi bilan namoyon boiadi. Quyidagi vazomator reaksiyalar yuzaga keladi: arteriola va kapillyarlar kengayadi, venoz tomir tonusi pasayadi natijada arteriola Q venoz qon aylanish yaxshilanadi. Sirkulyatsiyaning kuchayishi esa retikuloendotelial sistema elementlar funksiyasini stimullaydi. Mahalliy darsonvalizatsiya nerv oxirlari sezuvchanligini pasaytirib og‘riq qoldiruvchi va qichishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi.
Ko‘rsatma: yurak nevrozi, Reyno kasalligini boshlang‘ich bosqichi, venalarning varikoz kengayishi, gipertoniya kasalligi, klimakterik o'zgarish, quruq okzema, teri qichishi, nevralgiya, soch to‘kilishi, gemorroylar, paradontoz, surunkali gingovit, vazomotor rinit, eshitish nervi nevriti.
Qarshi ko‘rsatma: tokni ko‘tara olmaslik, yomon sifatli o‘smalar, qon ketishga moyillik, miokard infarkti, faol o‘pka sili, isteriya.
Darsonvalizatsiya muolajasini o‘tkazish usuli: Muolaja yotgan yoki turgan holda amalga oshiriladi. Rektal va vaginal muolajada elektrodlarga steril vazelin surtiladi. Labil usul bilan qilinganda sochning piyozcha qismiga ta’sir qiladi. Elektrod ishlatishdan oldin spirt bilan dezinfeksiyalanadi. Darsonvalizatsiya qilish apparatni regulyatsiya qilgandan so‘ng boshlanadi. Undan so‘ng elektrodlami teriga qo‘yib keym apparat yoqiladi va muolaja boshlanadi. Muolaja elektrodi yengil harakat bilan olib boriladi. Natijada elektrod va tana yuzasi o‘rtasida iskra hosil boiadi va bu kuyishish va sanchilish bilan namoyon boiadi, u og‘riq chaqirmaydi. Bo‘shliq organlar darsonvalizatsiyada elektrod bo‘shliqda muallaq ushlab turiladi. Muolaja tugagandan so‘ng bosim “0”ga tushiriladi. Apparat o‘chiriladi undan so‘ng elektrod chiqarib olinadi. Muolajadan so‘ng bemor 10-15 daqiqa dam oladi va elektrod issiq suvda yuvilib spirt bilan artiladi.
Dozalash. Muolaja davomiyligi 5-20 minut, bu ta’sir maydoniga bogiiq. Tok kuchining quvvatiga k o la 3 xil dozada amalga oshiriladi:
1. Kuchsiz 3 Vt (1- 4 shkala uzunlikda) yengil issiqlik sezadi.
2. 0 ‘rta 4-6 Vt (5-6 shkala uzunlikda) yengil tebranish kelib chiqadi.
3. Yuqori kuchli 7-10 Vt (8-11 shkala uzunlikda).
Davolash har kun yoki kunora olkaziladi. Bir davolash kursi 10-20 ta muolajadan iborat.
Davolash usullari:
Boshga ta’sir qilish. Sochdan metall asboblar olinadi, soch taraladi, peshonadan ensaga tomon tojli elektrod bilan yengil suzuvchi harakatlar qilinadi. Tok kuchining quwatiga qarab, davomiylig 8-10 daqiqa, loirs davomiyligi 15-20 ta muolajadan iborat.
To‘g‘ri ichakka ta’sir qilish. Bu usul bemor yotgan holatda bajariladi, ichaklar yuviladi, bemor oyoqlarini qorniga tortadi. Silindrik elektrod vazelin qilinadi va 4-6 sm chuqurlikka kiritiladi. Elektrodlar qumli xaltachalar yordamida fiksatsiyalanadi. Kuchlanish 10-15 daqiqa, kurs davomiyliga 15-20 ta muolajaga to‘g‘ri keladi.
|
| |