(Lathes-stanoklar)
Tokarlik stanoklari
Umumiy tushunchalar. Tokarlik guruhi stanoklarining asosiy tiplari.
Tokarlik-vintqirqar stanoklari va ularni sozlash.
Tokarlik-gardanlash stanoklari.
Tokarlik-lobovoy va karusel stanoklari.
Tayanch so'z va iboralar: 1. Tokarlik guruhi stanoklari. 2. Tokarlik-vintqirqar stanogi. 5. Tokarlik-gardanlash stanogi. 4. Tokarlik-lobovoy stanogi. 5. Tokarlik- karusel stanogi. 6. Tokarlik -revolver stanogi. 7. Tokarlik avtomatlari. 8. Tokarlik yarim avtomatlari.
Tokarlik stanoklari haqida umumiy ma'lumotlar
Tokarlik guruhi stanoklarida aylanish sirtlariga ishlov berish bo'yicha turli operatsiyalar amalga oshiriladi: tashqi va ichki silindrik va konussimon
yuzalarni shakllantirish, detal yon yuzalari (tores)ni yo'nish, ariqchalar ochish,
teshiklarni parmalash, zenkerlash, razvyortkalash va yo'nib
kengaytirish, ichki va tashqi turli profilli rezbalarni kesish, shakldor yuzalarni yo'nib
hosil qilish, yuzalarni nakatka qilish, detalni zagotovkadan kesib ajratish va boshqalar.
Tokarlik guruhiga quyidagi tipdagi stanoklar kiradi (3.1-jadvalga qarang).
1-jadval
Tiplari
|
Stanoklarning nomlari
|
Modellariga misollar
|
1
|
Rezerv
|
|
2
|
Bir shpindelli avtomatlar va yarim avtomatlar
|
1E140, 1B136
|
3
|
Ko'p shpindelli avtomatlar va yarim
|
1B265-6K, 1K282
|
4
|
Revolver
|
1336M, 1P365
|
5
|
Parmalash-kesib ajratish
|
|
6
|
Karusel
|
153, 1A531
|
7
|
Tokarlik, tokarlik-vintqirqar va lobovoy
|
16B05A.1A693, 1693MFZ
|
8
|
Ko'p keskichli
|
1712P, 1H713
|
8
|
Ixtisoslashtirilgan
|
1B811
|
9
|
Har xil tokarlik
|
|
Eslatma: 1) 16B05A- pog’onasiz o'zgaradi.
2) 1B811- tokarlik-gardanlash stanogi.
Sanoatda ishlab chiqarilgan stanokJarning asosiy qismini tokarlik guruhi stanoklari egallaydi. Ularda ishlov o'tadigan zagotovkalarning diametri 5000
mm va undan ortiq, uzunligi esa 24000 mm gacha yetadi.