• Tokarlik-gardanlash stanoklari
  • Aylanuvchi detal tipidagi buyumlarga ishlov berish stanoklari




    Download 123,12 Kb.
    bet3/4
    Sana25.09.2024
    Hajmi123,12 Kb.
    #272426
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Aylanuvchi detal tipidagi das.ishlov berish amaliy13

    Stanoklarni sozlash—texnologik uskuna (stanok) va jihozlar (moslamalar)ni malum texnologik operatsiyani bajarish uchun tay-yorlashdir. Buning uchun kinematik zanjirlar sozlanadi—stanokning tezliklar qutisi, surish qutisi va boshqa organlarini
    boshqarish dastaklari zarur holatlarga keltirib o'rnatiladi, almashinuvchi tishli g’ildiraklar, shuningdek kopirlar, cheklagichlar va shunga o'xshashlar tanlab olinadi va o'rnatiladi.
    O'rganiiayotgan stanok yuqorida keltirilganlardan tashqari konussimon yuzalarga ishlov berish va ko'p kirimli rezbalarni kesish uchun sozlanadi.
    Konussimon yuzalarga ishlov berishninig quyidagi usullari mavjud:
    a) orqa babka kоrpusini ko'ndalang yo'nalishda h masofaga surish orqali; bu usul katta uzunlikdagi va konus uchidagi yarim burchak a < 8° bo'lgan konussimon detallarga ishlov berishda qo'llaniladi; b) keskich salazkalarini burish orqali; bu usul katta burchakli kalta konussimon detallarga ishlov berishda qo'llaniladi;
    d) konus lineykasi yordamida ishlov berish universal va eng qulay usul hisoblanadi.
    Tokarlik stanoklarini har xil operatsiyalarga sozlashda normallash-gan moslamalar (3 va 4 kulachokli, pnevmoyuritmali, povodokli patronlar, planshaybalar, lyunetlar, markazlar, opravkalar)dan foydala-niladi.
      1. Tokarlik-gardanlash stanoklari


    Bunday stanoklar shakldor kesuvchi asboblar tishlarining orqa yuzalariga egri chiziq (Arximed spirali) bo'yicha shakl berishda qo'llaniladi. Kesuvchi tishlar orqa yuzasining bunday profilga ega bo'lishi, orqa burchakning va kesuvchi qirra shaklining old yuza bo'yicha qayta charxlashlarda o'zgarmas bo'lishini ta'minlaydi. Bunday ishlov berish shakldor (fason), modulli chervyak, modulli disk, taroqsimon, shlitsli frezalar, shuningdek to'g’ri va vintsimon tishli metchiklar uchun zarur bo'ladi.
    Arximed spirali ishlov o'tadigan (3.1-rasm) freza (1) ning tekis aylanma harakati va keskich (2) ning freza o'qiga perpendikularyo’nalishda tekis surilishi (ko’ndalang surish sk) natijasida hosil bo’ladi. Surish harakati maxsus kulachok (5) yordamida amalga oshiriladi, uning ishchi qismi BA Arximed spirali shaklida yasalgan. Kertilayotgan freza bir tishga burilish vaqtida kulachok to'la bir marta aylanadi. Rolik
    (4) kulachokning BA qismi bo’yicha dumalab harakatlanganida support (5) ning keskich
    (2) bilan birga ishchi harakati sodir bo’ladi - qirindi kesiladi. Rolik kulachokning to’g’ri chiziqli AB qismiga to’g’ri kelganida prujina (6) ta'sirida support tezda frezadan qochadi (salt yurish). Kertuvchi asbob sifatida shakldor keskich yoki jilvirlash doirasi olinib, ularning shakldor profili kertilayotgan tishlar profiliga mos qilib charxlangan bo'ladi. Zagotovka har bir to'la aylanishdan so'ng keskichga ko'ndalang surish (qiymati) uzatiladi.
    I-freza;
    2-keskich; 3-kuIachok; 4-rolik;
    5-support;
    Freza orqa yuzasini gardanlash sxemasi.

    Tokarlik - gardanlash (tоkarnо-zato’lоvоchno’y) stanoklarining tashqi ko'rinishi tokarlik-vintqirqar stanoklarga o'xshash bo'lsa-da, ularda o'ziga xos maxsus konstruksiyaga ega bo'lgan support mavjud. Bu support gardanlash operatsiyasi uchun zarur bo'lgan harakatlar-ni amalga oshiradi.


    1B811 modelli universal tokarlik-gardanlash stanogida bir va ko'p kirimli modulli chervyak frezalari, shuningdek taroqsimon, modulli disk va fason frezalar hamda tishlari to'g’ri, qiya yoki yon qismida joylashgan asboblar kertiladi. Bu stanokda bundan tashqari barcha tokarlik ishlarini bajarish mumkin.

      1. Download 123,12 Kb.
    1   2   3   4




    Download 123,12 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Aylanuvchi detal tipidagi buyumlarga ishlov berish stanoklari

    Download 123,12 Kb.