• Kobulmi yoki Qobul
  • Nur - Sultonmi yoki Nursulton
  • Bag‘dodmi yoki Bog‘dod Bu toponimni yozishda ko‘p xato qilinadi. Xo‘sh, aslida qanday yozgan to‘g‘ri Iroq poytaxti Bag‘dod
  • Xudo bergan, Xudoning in’omi
  • Quvaytmi yoki Kuvayt?




    Download 19.55 Kb.
    Sana24.04.2024
    Hajmi19.55 Kb.
    #206142
    Bog'liq
    Quvaytmi yoki Kuvayt
    Ramziddin, BEXRUZ TO\'RAYEV KI 14-21 3- mustaqil ish - Nusxa ko‘chirmoq, pdf (1), Ii asosiy qism, Kurs ishi 24 bet tayyor, AKT 9-mavzu, atv va ra, Polvanxonova Zebiniso ma\'lumotnoma 111111111, 7tse5YwztLVVeIlUQK2nQ5VLG7kLgNEE (1), 3-mustaqil ish MIT, 3-Mustaqil ish PIB, 10 Amaliy Neftni yig‘ish va tayyorlashda qо‘llaniladigan kimyoviy, Loyhaning pasporti O\'g\'iloy, rhLKzZHQva543ewpjYFY, So\'rovnoma

    Quvaytmi yoki Kuvayt?
    Arabiston yarimorolida joylashgan bu davlat nomida ko‘p xato qilinadi. Hatto qaror va farmonlarda, rasmiy idoralar saytlari, internet nashrlari sahifalarida va boshqa o‘rinlarda Quvayt shaklida yanglish ishlatilganini ko‘rish mumkin. Albatta, hech kim xatodan xoli emas, hammamiz ham adashamiz. Buning davosi – bilib olishdir.
    Davlatning nomi – Kuvayt. Arabchasi – davlatul Kuvayt. Kichkina hududga ega bu mamlakatning poytaxti nomi ham al-Kuvaytdir. Kuvayt arabchada shaharcha, qo‘rg‘oncha ma’nosini anglatadi.


    Do‘ha – Qatar poytaxti.
    Qatar poytaxti nomini ko‘p joyda Doxa deb yozishadi. Ruschadan tarjima qilganlar shu shaklni olib qo‘ya qolsa kerak. So‘zning asliyati qanaqaligi, o‘zbekcha manbalarda qanday yozilganiga ko‘pda e’tibor berilmaydi.
    Qatar poytaxti nomi asliyatda الدوحة – ad-Do‘vha ko‘rinishiga ega. Bir taxminga ko‘ra, shahar nomi arabcha ad-do‘vha katta daraxt so‘zidan kelib chiqqan. Mahalliy hokimiyat bergan ma’lumotga ko‘ra esa shahar nomi do‘hat – ko‘rfaz, aylana so‘zidan. Chunki shahar atrofi yoy shaklidagi ko‘rfazdan iborat.
    Ko‘p toponimlarni ruscha variantda bergan milliy ensiklopediya Qatar poytaxtini asliyatga mos shaklda yozgan – Do‘ha. Hatto Doha shaklida ham emas. Bu men uchun kutilmagan yangilik bo‘ldi.
    O‘zbekchada do‘ha so‘zini bemalol aytish mumkin, bu tilga qiyinchilik tug‘dirmaydi. Shahar nomini ayni shu shaklda ifodalash to‘g‘ri.


    Kobulmi yoki Qobul?
    Afg‘oniston poytaxti nomini yozishda ko‘p xatoliklar, xilma-xilliklar kuzatiladi. Xo‘sh, qay biri to‘g‘ri: Kobulmi yoki Qobul?
    Kobul shakli to‘g‘ri. Pushtu va dariy tillarida bu so‘z kof (ى) harfi bilan yoziladi.
    Kobul so‘zining etimologiyasi haqida turli taxminlar bor. Bir taxminga ko‘ra, u kapul – somon ko‘prik ma‘nosini anglatadi. Boshqa bir versiyaga asosan, ob dar beyni gul – gul orasidagi suv, ya’ni gulzor oralab o‘tadigan daryo birikmasidan kelib chiqqan. Rus toponimchi olimi Yevgeniy Pospelov fikricha, shaharga shu nomdagi daryoning oti berilgan.
    Shahar miloddan oldingi davr manbalarida Kubra nomi bilan atalgan. Ahamoniylar paytida shahar Kabur deb nomlangan. Qadimgi Xitoy manbalarida Gaofu deb tilga olinadi va aholisi savdogarlar ekani aytiladi. Ba‘zi asarlarda shahar Kofes, Kofene tarzida tilga olinadi.
    Ayrim olimlar fikricha, Kamboja davlati nomi Kobul shahri nomiga borib taqaladi.
    O‘zbekiston milliy ensiklopediyasida shahar nomi Kobul shaklida berilgan. ‘‘Boburnoma’’da, izohli lug‘atdagi misollarda ham ayni shu imlo qo‘llangan.


    Nur - Sultonmi yoki Nursulton?
    Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrining nomi 2019 yili o‘zgartirilib, birinchi prezident Nursulton Nazarboyev sharafiga Nursulton deb qayta nomlandi.
    Shahar nomi kishi otidan olinganini va u o‘zbek tilida bitta so‘z shaklida yozilishini hisobga olsak, so‘zni Nursulton shaklida yozish to‘g‘ri. Qo‘shma va juft so‘zlardan tashkil topgan joy nomlarini chiziqcha bilan yozish rus tiliga xos.
    Menimcha, qozoq orfografiyasi ham rus tilidagi ana shu qoidani olgan. Chunki qozoqchada ham shahar nomi chiziqcha bilan yozilar ekan. Qizig‘i, Nursulton so‘zi ism sifatida rus tilida ham, qozoq tilida ham qo‘shib yoziladi.
    O‘zbek tili imlosiga ko‘ra, ikki so‘zdan iborat joy nomlari chiziqcha bilan yozilmaydi: Yangihayot, Xonobod, Hoshimdasht, Quyi Chirchiq, Qurbon Qashqar, Yangi Marg‘ilon.
    Qozoq tili turkiy tillarga mansubligi va o‘zbekchaga qondoshligi sababli qozoqcha so‘zlarning ma’nosini ko‘pincha oson tushunamiz, Nursulton so‘zi asli arabcha nur va sulton so‘zlaridan. Har ikki so‘z o‘zbek tilida ham ishlatiladi. Imlo qoidalariga ko‘ra, ikkinchi qismi turdosh ot bo‘lgan joy nomlari qo‘shib yoziladi. Toponim tarkibidagi nur ham, sulton ham turdosh ot.
    Xullas, Qozog‘iston poytaxti nomini chiziqcha bilan yozish uchun sabab yo‘q.


    Bag‘dodmi yoki Bog‘dod?
    Bu toponimni yozishda ko‘p xato qilinadi. Xo‘sh, aslida qanday yozgan to‘g‘ri?
    Iroq poytaxti Bag‘dod nomi uzoq tarixga ega. Bu nom miloddan oldingi IX asrlarga oid ossuriy mixxatlarida uchraydi. Bag‘dod shahri o‘rnida qadimdan odamlar yashab kelgan.
    Bag‘dod toponimining kelib chiqishi haqida har xil qarashlar bor. Vikipediyaga ko‘ra, u o‘rta fors tilidagi bog‘ va dod so‘zlaridan olingan bo‘lib, Xudo bergan, Xudoning in’omi ma’nosini anglatadi. Qadimgi fors tilida bog‘ so‘zi Xudoni anglatgan. Bu so‘z slavyanchada bog‘, hindchada bhag ko‘rinishiga ega bo‘lgan.
    Bog‘ so‘zi qatnashgan boshqa toponimlar ham bor. Afg‘onistondagi Bog‘lon va Bagram, Erondagi Bog‘shan, Gruziyadagi Bagdati shaharlari nomida katta ehtimol bilan ana shu bog‘ so‘zi qatnashgan.
    Boshqa bir kamroq tarqalgan variant ham bor: bog‘ – bog‘, dod - berilgan. Ya’ni sovg‘a qilingan, in’om etilgan bog‘ ma’nosida.
    Hozirgi Bag‘dod shahriga VIII asrda abbosiy xalifa Abu Ja’far Mansur asos solgan. U shaharni Madinatus Salom - tinchlik shahri deb ataydi. Biroq oddiy odamlar shaharni shu joylarning eski nomi bilan atashda davom etadi. XI asrga kelib Bag‘dod shaharning asosiy nomiga aylanadi.
    Shahar nomi fors tilidan arab tiliga o‘tgan va tovush o‘zgarishlariga uchragan. O‘zbek tiliga arabchadan kirgan.
    Farg‘ona viloyatidagi tumanlardan birining markazi ham Bag‘dod deb ataladi. Bag‘dod shaharchasi 1894-1962 yillarda Serovo deb nomlangan. Mahalliy xalq, asosan yoshi kattalar orasida shaharchani ba’zan shunday atash hozir ham uchrab turadi.
    Milliy ensiklopediyada ham, ensiklopedik lug‘atda ham Iroq poytaxti va Farg‘onadagi tuman nomi Bag‘dod shaklida berilgan.
    Download 19.55 Kb.




    Download 19.55 Kb.