• Riforming jarayonidan asosan ikkita maqsad uchun foydalanadi
  • 1.1-rasm. Quyi oktanli benzinni yuqori oktanli qilish laboratoriya qurilmasi
  • Quyi oktanli benzinlarni katalitik riforming qilish




    Download 68.97 Kb.
    Sana17.04.2024
    Hajmi68.97 Kb.
    #198816
    Bog'liq
    1-LABORATORIYA ISHI
    6 , TPU179849, 04.-Dumitru-Mnerie, Marshrut Algoritmlar. Tarmoqlarni marshrutlash haqida umumiy ma’ (1), Mavzu Kompyuter. Kompyuterning asosiy qurilmalari va ularning v-fayllar.org, Evolution MAJMUA (1), Развитие речи детей дошкольного возраста как психолого-педагогическая проблема, zebra 19talik, 2.10-kompyuter-taminoti, 2-mavzu, 1, INSHO XARBIY KAFEDRIYA, 1-variant Jismoniy ta’lim, 4-ma`ruza mavzu Boshlang`ich sinfda matеmatika o`qitishni tashk, 1-mavzu. Axborot – kommunikatsion texnologiyalarining tushunchas-fayllar.org

    LABORATORIYA ISHI - №1
    QUYI OKTANLI BENZINLARNI KATALITIK RIFORMING QILISH
    Umumiy tushuncha
    Neftni qayta ishlash sharoitida benzin fraksiyalarini maxsus qurilmalarida alyumoplatina yoki alyumoplatinoreniy katalizatorlar yordamida riforming etiladi. Riforming jarayonida asosan naften uglevodorodlari aromatik uglevodorodlariga aylanadi. Parafin uglevodorodlari esa qisman izomerlanib tarmoqli parafinlar hosil bo’ladi.
    Riforming jarayonidan asosan ikkita maqsad uchun foydalanadi
    1) Neftdan olinadigan benzin fraksiyasini oktan soni 50-55 ga teng bo’lgani sababli, uni avtomobil benzini sifatida ishlatish mumkin emas. Shu sababli odatda, benzin fraksiyasidan 85-180 0S da qaynab chiquvchi qismini olib, uni riforming jarayoniga beriladi. Natijada bu fraksiyaning oktan soni 85-95 gacha ko’tariladi. Bu fraksiyani avtomobil benzinining asosiy komponenti sifatida ishlatiladi.
    2) Oxirgi yillarda kimyo va organik sintez sanoati uchun ko’plab miqdorda quyi molekulali aromatik uglevodorodlar xom-ashyo sifatida ishlatiladi. Shu maqsadda benzinda 65-105 0S yoki 62-120 0S da qaynovchi fraksiyalarni riforming jarayoniga berib, olingan katalizatorda benzol va toluollarni ajratib olinadi. Ksilollarni olish uchun esa 120-160 0S da qaynovchi benzin fraksiyasini riforming etiladi.

    Oxirgi vaqtda tarkibida platina va reniydan tashqari germaniy, qo’rg’oshin va boshqa metallar qo’shilgan “ko’p metallic” katalizatorlar ishlatilmoqda.


    Sanoatda riforming jarayoni alyumoplatina katalizatori ishtirokida 3-4 MPa bosimda va 400-500 0S haroratda olib borilar edi. Ko’p metallik katalizatorlarni riforming jarayoniga joriy etish natijalarida bosimni 1,5-2,0 MPa gacha va haroratni 465-485 0S gacha pasaytirish mumkin bo’ldi.



    1.1-rasm. Quyi oktanli benzinni yuqori oktanli qilish laboratoriya qurilmasi
    1-byuretka, 2-reaktor, 3-pech, 4-farfor, 5-katalizator, 6-galvonametr, 7-termopara, 8-sovutgich, 9-idish, 10-latr, 11-sklyanka


    Laboratoriya ishiga tayyorlanish va tajribani olib boorish
    C6H14
    Reaktorga alyumoplatina yoki alyumoplatinareniy katalizatori joylanadi. Sanoatda ishlatiladigan katalizatorni donachalarini diametri 3-4 mm. Laboratoriya sharoitidagi reaktorning hajmi kichik bo’lganligi sababli, katalizator donalarni maydalab, keyin reaktorga joylanadi. Suyuq mahsulot yig’iladigan kolbani va ichiga solyar fraksiyasini quyilgan absorberning massalarini aniqlash uchun ularni tarozida tortiladi.
    Qurilma asboblarini bir-biriga birikkan qismlaridan havoga gazlar chiqib ketmayotganligiga ishonch hosil etganimizdan keyin, tajribani boshlaymiz. So’ngra, reaktorni qizdirishga kirishamiz. Sistema ichidagi havoni siqib chiqarish uchun qurilmaga azot beramiz. Harorat 480-500 0S ga ko’tarilgach byuretkadan nasos orqali xom-ashyo bera boshlaymiz. Bir soatda berilgan xom-ashyoning miqdori reaktorga joylangan katalizatorning hajmiga nisbatan 1,5 yoki 2 s1 hajmiy tezlik bilan beriladi. Uglevodorod bug’lari sovutgichda suyuqlikka ulgurmagan qismi esa absorberda suyuqlikka yutiladi. Tajriba 30 daqiqa yoki 1 soat davom
    etadi. Shu vaqt ichida haroratni o’zgarishi mumkin emas, Harorat bir me’yorda ushlab turiladi. Bu vaqtda xom-ashyo ham bir me’yorda berib turilishi shart.
    Download 68.97 Kb.




    Download 68.97 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Quyi oktanli benzinlarni katalitik riforming qilish

    Download 68.97 Kb.