Rasm va matn




Download 418.84 Kb.
bet1/3
Sana22.11.2023
Hajmi418.84 Kb.
#103168
  1   2   3
Bog'liq
WEB grafika
94cd2c8024b5d9492c793ba1dd81c00353d61d27

WEB SAHIFADA GRAFIKA VA MULTIMEDIA
Grafik tasvirlar

Tarmoqda tasvirlar haqida gapirilganda aniqlangan ma'lum bir turdagi fayllar haqida gap ketadi. U «цифровой» kamera yoki skaner yordamida olingan rasm, tasvir, hattoki, grafik formatda ifodalangan matn bo’lishi ham mumkin. Bu yerda faylning aniqlangan formati muhim rol o’ynaydi. Ko’pchilik matn muharrirlari (Notepad, SimpleText) grafik fayllarni o’zlarida tasvirlay (ko’ra, ifodalay) olmaydilar. Buning uchun maxsus tasvirlarni ko’rish programmasi, grafik muharrirlar mavjud. Tasvirlarni web-sahifaga joylashtirish juda oddiy. Buning uchun  elementi kerak bo’ladi. Shuni tushunish kerakki, rasm sahifaga joylashtirilmaydi, balki rasmga sahifadan turib murojaat (rasmga yo’l) ko’rsatiladi. Rasm fayli esa kompyuterning qattiq diskida yoki tarmoqda joylashgan bo’lishi mumkin.


Tarmoqda tasvirlarning asosan JPEG (Joint Photographic Experts Group «Dji-peg» deb o’qiladi), GIF (Graphics Interchange Format «gif» deb o’qiladi) va PNG (Portable Network Graphics) kabi formatlari qo’llaniladi. Bundan tashqari PCXTIFF va PICT kabi formatlar ham internetda uchraydi. Agar foydalanuvchida boshqa formatdagi tasvirlar bo’lib, uni web-sahifaga joylashtirmoqchi bo’lsa, u holda uni yuqoridagi formatlardan birida ifodalab olishi maqsadga muvofiqdir. Web-sahifa uchun tasvirni qo’yayotganda quyidagi qoidalarga e'tibor berish lozim: birinchidan, «tushlik uchun yaxshi qoshiq»ki tanlagan kabi, ya'ni tasvir o’z joyida qollanilishi kerak; ikkinchidan, tasvir faylini yuklash ko’p vaqtni olmasligi kerak. Tasvirlar, jadvallar, grafiklar web-sahifani bezaydi, uning ko’rinishi va informativlik xususiyatini oshiradi. Faqat matndan iborat Web-sahifa foydalanuvchini zeriktirib qo’yishi mumkin. Web-sahifaga tasvirlarni qoyish oddiy vazifa. Murakkabi, yaxshi tasvirni hosil qilish hisoblanadi. U ko’plab xususiyatlarga ega bo’lishi lozim: qiziqarli, foydali, o’ziga tortuvchi va juda ham katta hajmli bo’lmasligi lozim. Tasvirlarni yaratishing ba'zi bir qoidalari:

  • Tasvirlar va grafikalar berilayotgan informatsiyaga tegishli bo’lishi lozim. Sahifaning o’lchamini oshirish uchungina tasvirlarni qo’yish kerakmas. Foydalanuvchilar Internetdan ma'lumot qidiradi va faqat keraklisini o’qiydi, sizning yaxshi ko’rgan rasmingizni ko’rish u uchun qiziq emas.

  • Tasvirlar tez yuklanishi kerak, bu yutuqqa olib keladi. Buning uchun esa fayl katta xajmda bo’lmasligi kerak. Shuning uchun sahifani rasmlar bilan «to’ldirib» tashlamaslik kerak.

  • Oxirgi yillarda ishlab chiqarilayotgan yuqori sifatli raqamli fotoapparatlar xizmatidan foydalaning. Bu sizga kerakli format va o’lchamni tanlashda qulaylik tug’diradi.

Agar siz sahifangizga tasvir qo’yishga qaror qilgan bo’lsangiz tasvirlarni yaratishga mo’ljallangan grafik muxarrirlar xizmatidan foydalanishingiz mumkin. Ular: Paint Shop Pro, Graphic Converter, Adobe Photoshop, Adobe Image Ready, Corel Draw, Corel Xara …

Download 418.84 Kb.
  1   2   3




Download 418.84 Kb.