Referat mavzu: Mehnatdan kelsa boylik Turmush bo’lar chiroyli Bajarildi




Download 197.91 Kb.
Sana31.01.2023
Hajmi197.91 Kb.
#40434
TuriReferat
Bog'liq
REFERAT
12409870, 2-ma’ruza detallarning aniqligi va yaroqligini aniqlashda qo’lla, 2. Quymani qolipda sovishi va qolipdanajratish Quymani tozalash, (1), Bulutli texnologiyalarning tavsifi. Cloud xizmatlar Bulutli tex, 1. Metallarni bosim bilan ishlash asoslari. Bosim bilan ishlashn, An\'anaviy va noan\'anaviy energiya manbalari-fayllar.org, 1. Metallarni hajmiy shtamplash, 17-mavzu metallarga ishlov berish dastgohlari, §. Kislotalar, ularning turlari, nomlanishi, empirik va grafik f, vaqtinhalik jurnal, Tezis yozish va uni rasmiyalshtirish talablari Parpiddinov K


REFERAT


Mavzu: Mehnatdan kelsa boylik Turmush bo’lar chiroyli


Bajarildi:5-“V” sinf o’quvchisi Urunboyev Anis
Qabul qilindi: Maqsudova Istoda

Samarqand 2023


"Mehnatdan kelsa boylik - turmush bular chiroylik!", deydi xalqimiz. Darxaqiqat, halol mehnatning noni shirin bo‘ladi. Peshona teri bilan topganingni oila a'zolaring bilan baham ko‘rib yashashga ne yetsin. Afsuski, ana shu oddiy xaqiqatni ayrimlar tushunmayda yoki tushunsa ham ahamiyat bermay, bilganidan qolmaydi. Vaholanki, har qanday qing‘ir ishning bir kun kelib, albatta qiyig‘i chiqadi.
Insonni tarbiyalashning eng muhim vositalaridan biri, bu mehnatdir. Kishi halol ishlab, peshona teri bilan non topar ekan, o'z ishidan o'zi ham zavq oladi, luqmasi yanada totli bo'lganini his etadi.
Toshkent viloyati IIBB P va JIeB 48-son manzil-muassasada jazo muddatini o'tayotgan shaxslar chorvachilik, parrandachilik, bog'dorchilik va boshqa bir qancha foydali mehnat turlari bilan shug'ullanib, halol mehnat qilishyapti. Xususan, joriy yilning bugungi kuniga qadar muassasaga qarashli er maydonidan qariyb 700 tonnaga yaqin bug'doy, 150 tonnaga yaqin arpa etishtirildi. Chorvachilik, qishloq xo'jaligi va boshqa mahsulotlarning ishlab chiqarish hajmi o'tgan yilga nisbatan sezilarli darajada oshishiga erishildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarni mehnat bilan bandligini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora tadbirlar to'g'risida”gi qarori qabul qilingan edi. Uning ijrosini ta'minlash maqsadida 2019-2021 yillarda jazoni ijro etish muassasalari huzuridagi davlat unitar korxonalarining ishlab chiqarish va qishloq xo'jaligi faoliyatini bosqichma-bosqich takomillashtirish buyicha
“Yo'l xaritasi” tasdiqlandi. Mazkur “Yo'l xarita"ga asosan, 48-son manzil- muassasa xuzuridagi “AGRO MAXSIMUM STAR” davlat unitar korxonasiga tegishli 4 gektar er maydonlarida issiqxona barpo etildi. Janubiy Koreya texnologiyasi asosida to'liq avtomatlashtirilgan ushbu issiqxona ishga tushgach, 35 nafar mahkum doimiy ish bilan ta'minlandi.
Bugungi kunda korxonada otchilikni rivojlantirish rejalashtirilgan bo'lib, mavjud chorva fermalaridan ikkitasini 70 bosh zotdor otlar parvarishlashga moslashtirildi. Hozirgi kunda mazkur fermalarda zotdor otlar parvarishlanmoqda. Shuningdek, ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish, qo'shimcha ish o'rinlari yaratish maqsadida keng ko'lamli ishlar qilinmoqda. Korxona dalalarida etishtirilgan meva sabzavotlarni qayta ishlashga mo'ljallangan tsex ishga tushirilib, 6 nafar shaxs ish bilan ta'minlandi. Don maydalash, donli ekinlar yormasini ishlab chiqarish, tomat pastasini ishlab chiqarish uskunalari keltirilib, bu ham qo'shimcha ish o'rinlari yaratilishiga omil bo'ldi. Bulardan tashqari yaqinda asalarichilik yo'lga qo'yildi. Korxona parrandachilik fermasida 72 mln so'mlik joriy ta'mirlash va jihozlash ishlari yakunlanib go'sht turidagi broyler tovuqlarini boqishga moslashtirilgan ferma tashkil etildi. Qo'shimcha inkubatorlar olib kelinib, jo'jalar chiqarilyapti. Ishlab chiqarish tovarlarini xilma xilligini oshirish xamda yangi turdagi qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish maqsadida bugungi kunda tajriba asosida quyonchilik tashkillashtirlgan bo'lib, xozirda 100 bosh zotdor quyonlar parvarishlanmoqda.
— Amalga oshirilayotgan bu kabi ishlardan asosiy maqsad, avvalo jazo muddatini o'tayotgan shaxslarni mehnat bilan tarbiyalash, qolaversa mamlakatimiz iqtisodiyotiga, xalqimiz farovonligiga hissa qo'shishdan iborat, —deydi manzil-muassasa Tarbiyaviy ishlar bo'linmasi boshlig'i kapitan Nodir Umirov. — Mahkumlar foydali mehnat bilan shug'ullanib, qo'shimcha hunarlar o'rgansa, ozodlikka chiqqach bu erda o'rgangan ishlari orqali xalqqa xizmat qilsa, ijtimoiy hayotga moslashib, odamlarga foyda keltirsa, biz ko'zlagan maqsadimizga etgan bo'lamiz. Muhimi bilib bilmay jinoyat ko'chasiga kirganlar xatosini anglashi, pushaymon bo'lishi va bu xatoni qayta takrorlamasligida. Buning uchun ham muassasada ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, tarbiyaviy suhbatlar muntazam o'tkaziladi. O'tkazilayotgan tadbirlarimiz samarasi o'laroq, ular orasida ijobiy muhit shakllantirishga erishdik. Kelajakda bu kabi ishlar ko'lamini yanada kengaytirib, xayrli ishlarda bardavom bo'lamiz.
Sidqidildan mehnat qilgan inson, kamol topib, yuksalib boraveradi. Kimdir, biror ishga qo'l urib, bu bo'lmaydi, eplolmayman, deya yarim yo'lda qoldirib ketadi. Bunday kimsalarning hech bir ishida unum bo'lmaydi. Ishni har tomonlama puxta o'rganib, puxta tashkillashtirgan odamning esa ishi oldinga yurib, daromadi ortib boraveradi. O'ylaymizki, muassasada jazo muddatini o'tayotgan shaxslar ham halol mehnati, peshona teri orqali topilgan boylikning naqadar totli ekanini chuqur his etishyapti.
Xalqimizda mehnatdan kelsa boylik turmush bo‘lar chiroylik degan ajoyib maqol bor. Albatta mehnat kishini ulug‘laydi. Ammo mehnat qilish uchun ham kishida ilm, aqil, fahmu farosat bo‘lishi kerak. Alloh taolo Baqara surasining 172- oyatida “Ey, imon keltirganlar! Allohgagina ibodat qiluvchi bo‘lsangiz, sizlarga Biz rizq qilib bergan pokiza narsalardan yeb, Unga shukr qilingiz!”-deb marhamat qilganlar. Demak mehnatimiz halollik asosida bo‘lishi va poklik mezonida o‘lchanishligi kerak ekan.
Tarixga nazar soladigan bo‘lsak Odam (a.s) dehqonchilik, Idris (a.s) xattotlik, Nuh (a.s) durodgarlik, Dovud (a.s) esa temirchilik bilan shug‘ullanishgan. Payg‘ambarlar mehnat bilan shug‘ullanib bizlarga o‘rnak bo‘lgan ekan, bizlar ham o‘zimiz yoqtirgan kasbning ustasi bo‘lib, oilamizni halol pokiza rizq bilan boqishimiz kerak.
Imom Buxoriy rivoyat qilgan xadisda Payg‘ambarimiz(s.a.v) shunday deganlar: “Kimki tilanchilik qilishdan saqlanish, oilasini boqish va qo‘ni-qo‘shnilariga muruvvat qilish maqsadida halol yo‘l orqali rizq topish bilan mashg‘ul bo‘lsa, qiyomat kunida u Alloh taolaga yuzi to‘lin oydek yorug‘ bo‘lgan xolida yo‘liqadi”. Bu hadisi sharif har birimizning dasturul amalimiz bo‘lishi zarur.
Halol mehnat kishini ulug‘laydi va jannat tamon yetaklaydi. Tabaroniy rivoyat qilgan xadisda Payg‘ambarimiz(s.a.v) shunday marhamat qilganlar: “Gunohlar ichida shundaylari borki, unga faqat halol rizq topish maqsadida qilingan harakatgina kafforat bo‘ladi”. Shunday ekan kelajagimiz bo‘lmish jondan aziz farzandlarimizga halol kasb hunar o‘rgatib, hech qachon o‘zgalarning xaqqiga ko‘z tikmaydigan, vatani, xalqi, dini uchun jon fido qiladigan ruhda tarbiya qilmog‘imiz lozim.
Bugungi kunda xorijga borib ishlashning xech keragi yo‘q. Halol mehnati bilan pul topib, oila tebratgan, ota-otasini muborak xaj safariga yuborayotgan farzandlarning son-sanog‘i yo‘q. O‘zbekistondek jannat makon yurtning farzandi bo‘lishdek baxtni teran anglagan holda, shunday yurtning qadriga yetib yashash xammamizga nasib etsin.
Bu dunyo sinov dunyosi, unda hamma narsa mehnat, mashaqqatga bog‘liq. Kim mehnat qilsa, rohat ko‘radi. Kim dangasalikka o‘rganib, muntazam ravishda rohatga mayl qilsa, rohatdan mahrum bo‘ladi yoki unga aslo erisholmaydi. Shuning uchun ham donolar: «Agar charchashni xohlamasang, charchagin!» deyishgan. Ya’ni «Mashaqqatlardan qutulib, rohatga erishmoqchi bo‘lsang, avval mashaqqat bilan mehnat qil, undan keyin chekkan mashaqqatlaring evaziga umr bo‘yi rohatda yashaysan», deganidir bu. Yana debdilarki: «Dangasalik va jizzakilikdan ehtiyot bo‘l. Zero, dangasa bo‘lsang, haqni ado qilolmaysan. Bordi-yu jizzakilik qilsang, haqqa sabr qilolmaysan». Ya’ni erinchoq, dangasa odam zimmasidagi vazifalarini mukammal ado qilolmaydi, Rabbi farz, vojib qilgan ishlarni amalga oshirishga sabri yetmaydi. Jizzaki, asabiy, faqat nolishni biladigan, norozi odam esa Allohning irodasi bilan sodir bo‘lgan musibat, yo‘qotish va hokazolarga sabr qilolmaydi. «Haqni ado qilolmaysan» va «haqqa sabr qilolmaysan» degan so‘zlarning ma’nosi shunday.
Dangasalik, ishyoqmaslik barcha kulfatlarning boshidir. Kambag‘allik ayb emas, ammo u yalqovlik sababidan kelgan bo‘lsa, katta aybdir. Abdulloh ibn Abbos (roziyallohu anhu) aytadi: «Erinchoqlik va ishyoqmaslik bir-biri bilan turmush qurdi, natijada ularning o‘rtasida faqirlik tug‘ildi». Ha, qaysi bir kishida ojizlik, noshudlik va dangasalik mujassam bo‘lsa, u inson faqirlikka yuz tutadi. Dangasalik va ojizlik urug‘ini yerga qadagan odam, alaloqibat qashshoqlik hosilini yig‘ib oladi. Ojizlik deganda o‘z iqtidorini baholay bilmaslik, o‘ziga ishonmaslik, «qila olmayman», «qo‘limdan kelmaydi», «uddasidan chiqolmasam-chi?» degan qo‘rquv va xavotirlarga berilib, biror ishga qo‘l urishga botina olmaslik tushuniladi. Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) ojizlik va dangasalikdan panoh so‘raganlar. U kishi quyidagi duoni juda ko‘p o‘qirdilar:
“اللهم إني أعوذ بك من الهم والحزن، والعجز والكسل…”
«Yo Alloh, men Sendan g‘am va qayg‘udan, ojizlik va dangasalikdan panoh berishingni so‘rayman» (Abu Dovud, Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari). G‘am va qayg‘u bir-biriga jinsdosh narsalar bo‘lgani kabi dangasalik va ojizlik ham bir-biriga o‘xshash narsalardir. Shu bois ham ular hadisda yonma-yon zikr qilingan. Payg‘ambarimiz, panoh so‘rabdilarmi, demak tanballik chindan ham yomon narsa ekan.
Havaskor sportchini chinakam chempionga aylantiradigan jihatlar — bu undagi kuchli sabr, yengilmas iroda va aniq maqsad. Ammo har qanday sportchining zalvorli g‘alabalari zamirida, shubhasiz, ustoz-murabbiyning mehnati yotadi. “Paxtakor” sport jamiyatida ko‘plab yoshlarga yunon-rum kurashi sirlarini o‘rgatib kelayotgan Nodirjon O‘roqov ham bir qancha polvonlarni chempionlik shohsupasiga olib chiqqan ustozlardan.

Samarqand viloyati Oqdaryo tuma­nidagi Yangiravot qishlog‘ida dunyoga kelgan Nodirjon O‘roqov sportga erta mehr qo‘ydi. 11 yoshidayoq erkin kurash bilan shug‘ullana boshlagan qahramonimiz 1994-yili tumandagi 2-bolalar va o‘smirlar sport maktabiga o‘qishga kirdi. Bu yerda u birinchi murabbiyi Xudoyqul Bozorovdan kurash sirlarini o‘rganish bilan birga, turli musobaqalarda qatnashib, sovrindorlar safidan joy ola boshladi.

1996-yili viloyat birinchiligida 38 kg vazn toifasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgani Nodirjonga poytaxtimizdagi respublika olimpiya zaxiralari bilim yurti(hozirgi ROZK)-da tahsil olish imkonini berdi. Bu yerda u malakali murabbiylardan saboq olib, kurashni professional darajada o‘rgana boshladi. Birin-ketin turli musobaqalarda ishtirok etib, o‘z ustida tinimsiz ishladi.

Tez orada mashaqqatli mehnatlar natijasi o‘z mahsulini bera boshladi. Qah­ra­monimiz 1999-yili Toshkent shah­rida o‘tkazilgan xalqaro turnirda 62 kg vazn toifasida oltin medalga sazovor bo‘ldi. 2000-yili Abdug‘affor Tosh­temirov xotirasiga bag‘ishlab o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan turnirda 76 kg vazn toifasida 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

2001-yili murabbiy bo‘lishni diliga tugib yurgan N.O‘roqov O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya insitituti(hozirgi O‘zbekiston davlat jis­moniy tarbiya va sport universiteti)ga o‘qish­ga qabul qilindi. Bu orada qator yirik muso­baqalarda g‘alaba qozondi, kattalar o‘rta­sida mamlakat chem­pioni bo‘ldi.

Oliy o‘quv yur­tini tamomlagach, qahramo­nimiz o‘zi orzu qilganidek Uchtepa tumanidagi 1-bolalar va o‘smirlar sport maktabida yunon-rum kurashi bo‘yicha murabbiylik qila boshladi. Shu ondan boshlab, o‘zi erisha olmagan cho‘qqilarni shogirdlari zabt etishi uchun ularga sportning barcha sir-asrorlarini qunt bilan o‘rgatishga kirishdi. Shogirdlarining qo‘llaridan yetaklab, ularni katta sportga olib kirdi. Shogirdlaridan Dilmurod Abdullayev 2005-yili Yaponiyaning Oaray shahrida o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan kurash bo‘yicha Osiyo chempionatida 58 kg vazn toifasida kumush, 2006-yili Tailand poytaxti Bangkok shahridagi turnirda 63 kg vazn toifasida bronza medal sohibiga aylandi.

2008-yili mehnat faoliyatini “Paxtakor” sport jamiyatida davom ettirgan Nodirjon O‘roqovning asosiy yutuqlari shu yerda boshlandi. Ushbu dargohda ham ko‘plab shogirdlar tayyorladi. Ular orasida aka-uka Islom va Ilhom Bahromovlar turli musobaqalarda sovrinli o‘rinlarni egallab, ustozlari ishonchini to‘la oqladi. Islom 2012-yili Bishkek, 2014-yili Ulan-Batorda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida oltin, 2015-yili Braziliyaning Salvador shahri mezbonlik qilgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida bronza medalni qo‘lga kiritdi. 2017-yili Turkmanistonning Ashxobod shahrida o‘tkazilgan yopiq inshootlardagi Osiyo o‘yinlarida esa 3-o‘rinni egalladi.

Bu vaqtda Ilhom Bahromovning natijalari ham yomon bo‘lmadi. Yosh sportchi 2013-yili Ulan-Bator, 2014-yili Chonburida bo‘lib o‘tgan qit’a chempionatlarida oltin medalga sazovor bo‘ldi. Ayniqsa, Xitoyning Nankin shahrida o‘tkazilgan o‘smirlar Olimpiadasida shohsupaning yuqori pog‘onasidan joy egallagani hanuzgacha ko‘pchilikning yodida. Ilhom­ning zafarli yurish­lari 2016-yilda ham davom etdi. U Filippinda o‘tgan Osiyo chempionatida 50 kg vazn toifasidagi polvonlar bahsida oltin medalga egalik qilgan bo‘lsa, Fransiyaning Makon shahrida bo‘lib o‘tgan jahon birinchiligida kumush medalni qo‘lga kiritdi.


Garchi bu g‘alabalar terma jamoa tarkibida qo‘lga kiritilgan bo‘lsa-da, musobaqaoldi tayyogarliklarida Nodirjon O‘roqov yosh sportchilarning har biri bilan individual ish olib bordi. Shogirdlariga kerakli tavsiyalar berish bilan birga, hamisha ularni qo‘llab-quvvatladi, yonlarida bo‘ldi. Ustozlarining daldasi va ularga bildirgan ishonchi jamoa a’zolarini katta g‘alabalar sari yetakladi.

— Sportchilar bilan ishlash har doim ham g‘alaba degani emas, — deydi Nodirjon O‘roqov. — Ularning har biri o‘z dunyoqarashi, xarakteriga ega. Murabbiy buni his qilishi, shunga yarasha munosabatda bo‘lishi kerak. Shundagina ko‘zlangan natijaga erishiladi.



Qahramonimiz hozirgacha sport­chi va murabbiylik faoliyatini teng olib bormoqda. U chempion yosh­larni tarbiyalash bilan birga, turli musoba­qalarda muntazam qatnashib kelyapti. Ayniqsa, 2014-2015-yillarda O‘zbe­kiston ochiq chempionatida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgani kurashchining yorqin g‘alabalari sonini yana bittaga oshirdi.


Download 197.91 Kb.




Download 197.91 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Referat mavzu: Mehnatdan kelsa boylik Turmush bo’lar chiroyli Bajarildi

Download 197.91 Kb.