|
Referati hissiyot reja
|
bet | 1/7 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 131,73 Kb. | | #235498 | Turi | Referat |
Bog'liq Shodiyorbek
MUHAMMAD AL-XARAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI FARG’ONA FILLIALI DI VA RI FAKULTETI 651-21 GURUH TALABASI
MEHMONALIYEV SHODIYORBEKNING PEDAGOKIKA VA PSIXOLOGIYA FANIDAN TAYYORLAGAN
REFERATI
HISSIYOT
Reja:
1. Emotsiya haqida tushuncha. Hissiy xolatlarning nerv-fiziologik asoslari.
2.Emotsiya nazariyalari (Djeyms-Lang, Kennon-Bard, S.Shaxtyor, D.Zinger). Qarama-qarshi emotsiyalar nazariyasi (R.Salomon bo‘yicha).
3. Psixik holat turlari. Stress tushunchasi va psixik zo‘riqish va uni boshqarish.
4. Frustratsiya va bezovtalik emotsional holat sifatida.
Adabiyotlar:
1. G‘oziev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob.
2. Югай A.Х., Мираширова Н.А. “Общая психология” – Tашкент 2014.
3. Дружинина В.. “Психология “. Учебник. “Питер”, 2003.
4. Болотова А.К., Макарова И.В. Прикладная психология: учебник для вузов. –М., Аспект Пресс, 2002. – 383с.
Blits-so’rov savollari
1. Psixologik holatlar nima?
2. Psixik xolat turlariga nimalar kiradi
3. Stress tushunchasining mohiyati.
4. Stress turlari.
5. Frustratsiya so‘zining ma’nosi
6. Yuksak hislar va ularning turlari.
TAYANCH TUSHUNCHALAR:
Hissiyot - tuyg’ularimizni o’ziga xos aks ettirish jarayoni bo’lib, bunda narsa va hodisalarni aks ettirish jarayonida bizda tug’iladigan ichki kechinmalar va munosabatlar ifodalanadi.
Emotsiya – shaxsning voqelikka o’z munosabatini his qilishidan kelib chiqadigan, uning ehtiyoj va qiziqishlari bilan bog’liq bo’lgan yoqimli yoki yoqimsiz kechinmalaridir.
Affekt – sub’ekt uchun dolzarb bo‘lgan hayotiy sharoitlarining keskin va kutilmaganda o‘zgarishi bilan bog‘liq ravishda paydo bo‘ladigan va aniq ifodalangan harakatli visseral (ichki organik) namoyon bo‘lish birga kuzatiladigan kuchli va nisbatan qisqa muddatli emotsional holat.
|
| |