|
Reja : Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning turlari. Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va zidiyatlari. Bozor tushunchasi uning vazifalari va turlari. Ishlab chiqarish infratuzilmasi
|
bet | 1/2 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 75 Kb. | | #116810 |
Bog'liq Ishlab chiqarish infratuzilmasi
Respublikamizda bozor infaratuzulmasining rivojlanishining . asosiy yo’nalishlari
Reja :
1. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning turlari.
2. Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va zidiyatlari.
3. Bozor tushunchasi uning vazifalari va turlari.
Ishlab chiqarish infratuzilmasi ishlab chiqariladigan barcha turdagi tovarlarni tayyorlash, saqlash, qayta ishlash, qadoqlash, joylashtirish, tashish, ta’minot, ta’mirlash va sotish kabi xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilot va korxonalar majmuasini tashkil etadi. Mazkur infratuzilma subyektlari «iqtisodiyotni erkinlashtirish jarayonida barcha xo‘jalik subyektlarining ishlab chiqarish jarayonida bevosita emas, balki bilvosita qatnashish asosida ishlab chiqarishni muntazam va bir maromda faoliyat ko‘rsatishi hamda barqaror rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar,yaratib.beradi».
Ijtimoiy infratuzilma subyektlari fuqarolarning ijtimoiy, ma’naviy, madaniy, ma’rifiy, ilmiy va boshqa faoliyat yo‘nalishlari, o‘zaro munosabatlarini bir-birlariga bog‘lash va aloqasini ta’minlash hamda rivojlantirishga xizmat ko‘rsatuvchi tarmoq va subyektlar majmuidan iborat. Ijtimoiy infratuzilma subyektlari aholining turmush darajasini belgilaydigan uy-joy qurilishi, sog‘liqni saqlash, ta’lim, jismoniy tarbiya va sport, aloqa, transport, umumiy ovqatlanish xizmatlari, umuman aholining turmush farovonligiga ijobiy ta’sir etuvchi barcha sohalarni o‘z ichiga olgan va bog‘lovchi tizim sifatida faoliyat ko‘rsatadi.
Institutsional infratuzilma subyektlari iqtisodiyotni yuritish va faoliyatini tashkil etish, davlat tomonidan boshqarishni amalga oshirish bilan bog‘liq tashkiliy jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Institutsional infratuzilma subyektlari boshqaruvchi rolida xizmat ko‘rsatadi va boshqaruvchilik vazifalari darajasida iqtisodiyotning hududiy, tarmoq va alohida ishlab chiqarish qismlariga,bo‘linadi.
Bozor infratuzilmasi – jamiyatda bozor munosabatlarini shakllantiruvchi va uning rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratib beruvchi sohalar majmuidir. Bozor aloqalari faol bo‘lishi uchun bozor infratuzilmasi yaxshi ishlashi lozim. Bozor infratuzilmasini birjalar, savdo uylari, savdo kompaniyalari, konsalting firmalari, auditorlik firmalari, yarmarkalar, bojxona idoralari, banklar, sug‘urta kompaniyalari, kredit uyushmalari kabilar,tashkietadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Reja : Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning turlari. Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va zidiyatlari. Bozor tushunchasi uning vazifalari va turlari. Ishlab chiqarish infratuzilmasi
|