Reja: Anvar Obidjonning ijodiy yo`li




Download 25.51 Kb.
bet1/2
Sana14.11.2022
Hajmi25.51 Kb.
#30227
  1   2
Bog'liq
Anvar Obidjon
Texnika xavfsizligi, kurs ishi, Asosiy vositalar, Anvarova Nilufarxon, I. J, Tinish belgilarini amaliy o\'rgatish usullari, yer tuzish loyihasi, 4-Til alifbosi, qaydnoma, hokim qarori 537579, 2-prezent main, application integration (1), 2-semestr.3,4,5-mustaqil ta'lim.

Mavzu:Anvar Obidjon
Reja:

1. Anvar Obidjonning ijodiy yo`li.


2. Nasriy asarlarida kulgi yaratish uslubi.

Anvar Obidjon 1947 yilda Fargona viloyatining Oltiariq tumanidagi so`lim qishloqlarning biri — Polosonda tug’ilgan, begubor bolaligi shu joyda o`tgan. Qalbida hayotga, insonlarga, ona tabiatga bo`lgan mehr-muhabbat tuyg’ulari aynan o`sha maskanda uyg’ongan, ilk she‘riy satrlari ham shu qishloqda yaratilgan.


Anvar Obidjon 1966 yilda Samarqand Moliya bilim yurtini tugatdi, so`ng harbiy xizmatga chaqirildi. Xizmatdan qaytgach, 1969 yildan boshlab o`z qishlog’idagi jamoa xo`jaligida, paxtachilik brigadalarining xisobchisi bo`lib ishladi. O`z baxtini matbuotdan qidirgan Anvar Obidjon keyinchalik tuman gazetasiga adabiy xodim bo`lib ishga o`tadi, 1974 yidda Toshkent davlat Uni-versiteti (hozirgi Ulug’bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti)ning jurnalistika fakultetiga sirtdan o`qishga kiradi. O`qishni bitirgach, Fargona viloyati radiosida, "Mushtum" jurnali, "Kamalak" va "CHo`lpon" nashriyotlarida uzoq yil faoliyat ko`rsatdi. Hozir O`zbekiston televideniesida jurnalistik va adiblik faoliyatini davom ettirmoqtsa.
Anvar Obidjonning ilk she‘riy mashqlaridan biri -"SHkafcham" 6-sinfda o`qib yurgan kezlarida maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalar jurnali "G’uncha"da chop etilgan. Shundan so`ng yosh shoirning bolalar uchun turli mavzularda bitgan ko`pgina asarlari respublikamiz gazeta va jurnallarida tez-tez ko`rina boshladi.
1974 yilda Anvar Obidjonning bolalar uchun yozgan she‘rlaridan iborat "Ona Yer" kitobi chop etildi. Agar to`plamga kiritilgan she‘rlarga adabiyotning yuksak badiiylik talablari asosida yondoshilsa, uni o`zbek bolalar she‘riyatiga qo`shilgan muxim hissa, deya baholash qiyin. Chunki to`plamdaga she‘rlarning ko`pchiligida yosh o`quvchilar ma‘naviyatini boyitadigan yangi fikrlar deyarli uchramaydi. Bolalar she‘riyatida qayta-qayta takrorlanib, shablonga aylangan tayyorga ayyor bo`lish, nafsi buzuqlik, yalqovlik, injiqlik, o`yinchoqlarni avaylamaslik kabi qusurlarni yomonlash kabi "g’oyalardan" nariga o`tmagan va ular ta‘sirli badiiy usullarda o`z ifodasini topmagan. Ammo kigobdagi ba‘zi she‘rlarda, ayniqsa qoralangan. xoinlik "Sotqin baroq haqida"gi ertaqnamo goyani ixcham shaklda ifoda etish, tabiatdagi jonsiz narsalar, turli hayvon, parranda va boshqa jonivorlarni odamlarday so`zlatish, qiyofalarini real chizish, bolalarbop kulgili vaziyatlar yaratish orqali kichkintoylar ma‘naviy olamini boyitishga intilish, yangicha bir izlanish borligi sezilib turardi. Shoir keyinchalik xuddi shu yo`ldan bordi...
Oradan olti yil o`tgach, 1980 yidtsa Anvar Obidjon o`zining ikkinchi she‘riy to`plami — "Bahromning hikoyalari"ni o`quvchilar hukmiga havola etdi. Bu kitob shoirga katta shuhrat keltirdi. To`plamga kiritilgan asarlar o`zbek bolalar adabiyotiga kichkintoylar uchun nimalarni yozish va nima uchun yozish kerakligini, eng muhimi, qanday yozish lozimligini chuqur his eta olgan boshqacha ovozdaga shoir kirib kelganligidan darak berib turardi.
1980—2005 yillar oralig’ida shoir barakali ijod etdi. U o`z qalami kuchini faqat she‘riyatda emas, adabiyotning nasr, teatr va kino dramaturgayasi turlarida ham sinab ko`rdi. Ko`plab hikoyalar, qissalar, sahna asarlari yaratdi. Bu yillarda uning "Ey, yorug’ dunyo" (1983), "Olovjon va uning do`stlari" (1983), "Ketmagil" (1985), "Bezgakshamol" (1985), "Masxaraboz bola" (1986), "Akang qaragay Gulmat" (1987), "Juda qiziq voqea" (1987), "Oltin yurakli Avtobola" (1988), "Dahshatli Meshpolvon" (1989), "Yerliklar" (1990), "Alamazon va Gulmat hangomasi" (1992), "Ajoyibxona" (1993), "Meshpolvonning janglari" (1994), "Alisher ila Husayn yoki uch dono va o`g’ri" (1996), "Alamazon va Gulmat" (1998), "Oltiariq hangomalari" (1999), "Bulbulning cho`pchaklari" (2001) , "Odobli bo`lish osonmi" (2001), "Bezgakshamol-2" (2003), "O`q o`tmas bolakay" (2005) va boshqa kitoblari nashr etiddi. Uning ayrim asarlari rus tiliga o`garilib, "Alamazon i yego pexota" (1984), "Grozniy Meshpalvan" (1991) nomlarida bosilib chiqdi.
Anvar Obidjonning kitoblaridan ayrimlariga respublikamiz gazeta va jurnallarida ijobiy taqrizlar chop etildi, o`zbek bolalar adabiyotiga bag’ishlangan maqolalarda uning ba‘zi she‘rlari va qissalariga yuqori baholar berildi.
Shoir ijodida Ona tabiat va bolalar mavzusi. Anvar Obidjon asarlarining mavzu va mazmuni rang-barang, badiiy obraz yaratish usullari xilma-xil. Bolalar tabiatini nozik his etishi juda aniq seziladi. U o`z asarlarini qanday shaklda, qaysi janrda yozishidan qati nazar, bolalarning "qulgiga o`ch xalq" ekanligini hech qachon unutmaydi.
Anvar Obidjon she‘riyatidagi eng ko`lamli mavzu Ona Tabiat va Bolalar. Shoir bu mavzuga ijodining boshlangich pallasidanoq qo`l urdi. Bu muhim va ahamiyatli masalani yuksak badiiy tarzda yoritish uchun jiddiy izlandi, vositalar, usullar, ohan-glar topishga intidtsi. Uning 80-yillarda ketma-ket e‘lon qilin-gan "Dalalardan bolalarga", "Ajoyibxona", "Kulchalar", "Sizeshitmagan qo`shiklar", Botirvoyning kundaligi", Bulbulningcho`pchaklari", "Mening kollektsiyam", "Ignalarim chiroyli","G’alati maktublar" singari she‘riy turkumlari bu izlanishlar-ning samarasi bo`ldi. Mazkur turqumlar o`zbek bolalar adabiyotida yangilik, alohida hodisa sifatida tan olindi, yuqori baholandi. Ma‘lumki, o`zbek bolalar adabiyotining ilk davrlaridayoq tabiat mavzusi yetakchilik qilgan. Agar bolalar uchun tabiat mavzuida maxsus yozilgan she‘rlar yig’ilsa, ular ko`p jildlik kitoblarni tashkil etgan bo`lardi. Ushbu yo`nalishda o`quvchiga ma‘qul keladigan, avvalgilariga nisbatan yaxshiroq asarlar yaratish, bu borada kashfiyot qilish nihoyatda murakkab bir yumush edi. Anvar Obidjon o`z turkumlarida ana shu boqiy mavzuni bolalar ongiga, dunyoqarashiga, ruhiyatiga mos tarzda badiiy talqin etishda o`zigaxoslik topa oldi. Uning she‘rlarida tabiat turfa rang va ohanglarda namoyon bo`ladi
Nasriy asarlarida kulgi yaratish uslubi. Yozuvchining hikoyalari, she‘rlarida bo`lganiday, tuzilishi va kompozitsion qurilishi jihatdan juda ixcham, nihoyatda yengil, qiziqarli o`qilishi bilan kichkintoylarni tezda o`ziga maftun etadi.
SHunisi xarakterliki, Anvar Obidjon she‘rlaridagi ayrim qahramonlarining hayoti tasvirini o`z xikoyalarida ham davom ettiradi. Ya‘ni ularda ham bosh qaxramon - hayvon va parrandalarning bolalari. Ular o`z dunyoqarashlaridan kelib chiqib, hayoti, quvonch va tashvishlari haqida sodda, samimiy tarzda so`zlab beradilar.
Jamiki jonzotlarning bolalari ham bu dunyoning har kunini o`zlari uchun kashf etadilar. Masalan, "Mushukchaning hikoyasi" qahramoni yer yuzi tomdan ko`ra o`n besh marta, tog’oraga qaraganda kamida ming marta kattaligini "kashf etsa", och qoringa ari yutib yuborgan qurbaqa, uyqusirab turib ovqat yeyishning oqibati yomon bo`lishini "kashf etadi". Agar jo`ja, dadasi Xo`roz-ning qip-qizil tojidan, viqor bilan yurishidan zavqlansa, nodonfe‘l xo`tikcha o`zining akl va farosatiga qoyil qolib maqtanadi. Yozuvchining kichik-kichik ertak-hikoyalaridagi hayvonlar insonlar singari xayol suradilar, fikrlaydilar, tevarak-atrofni kuzatadilar, hayratlanadilar. Ularning xatti-harakatlari bolalarni qiziqtiruvchi yengil yumor vositasida tasvirlanadi. Misol uchun "Jo`janing xikoyasi" qahramoni so`zlariga diqqat qilaylik. Bu jo`ja "uka"lariga qaraganda bir daqiqa avval tuxumni yorib chiqqan: "Mendan keyin ukalarim ham birin-ketin tuxum pachaqlashga tushishdi. Yorug’likka chiqishgach, ular ham menga o`xshab ko`zlarini ocholmay turishdi. Shumshayib o`tirishganini ko`rib kulgang qistaydi". Hikoya qahramonlari o`zlari haqida gapirar ekanlar, go`yo o`z shaxsiyatlarini tasdiqlab olayotgandek bo`ladilar. Shuning uchun ham o`quvchi ular timsolida aniq "shaxs"ni ko`rgandek bo`ladi. Bunday hikoyalar kigobxon-bolada jo`shqin, xushchaqchaq kayfiyat uyg’otadi. U atrofga tiyranroq boqib, bu dunyoda o`zidan-da kichiklar borligini bilib, ularni ehtiyot qilish, asrash-avaylash zarurligini xis etadi.
O`tgan asrning 80-yillari oxirlarida mamlakatimiz ijtimoiy hayotida ro`y bergan tub o`zgarishlar bolalar adabiyotiga ham jiddiy ta‘sirini o`tkazmay qolmadi. Yozuvchilarimizning diqqat e‘tiboridan mutlaqo chetda qolib kelayotgan "o`zlikni anglash" mavzulari o`z aksini topa boshladi. Anvar Obidjonning "Oltin yurakli Avtobola", "Alamazon va uning piyodalari" va nihoyat "Meshpolvonning janglari" doston-qissasi ana shunday asarlar sirasiga kiradi.
Muallif "Oltin yurakli Avtobola" qissasida yaxshilik va yomonlik o`rtasidagi muttasil kurashni o`ziga xos yangi yo`nalishda tasvirlaydi. U yomonlikni shunchaki ko`rsatmaydi, balki uni keltirib chiqargan omillarni qidiradi va ularga chuqurroq nazar tashlashga intiladi. Shu maqsadda qissa davomida bir necha marta o`tgan voqealarga murojaat etish usulidan foydalaniladi va qissaning markaziy qahramonlari Bekxo`ja va Kamolning bolalik yillariga nazar tashlaydi. Muallifning mahorati shundaki, u o`tmishda bo`lib o`tgan kichik-kichik voqealarni eslash orqali o`quvchida har ikki bolaning tabiati, o`sha davrdagi maktab tizimi haqida bir qadar kengroq tasavvur paydo qiladi.
Maktabda har ikki bola birday a‘lochi bo`lib o`qiydi. Ammo ularning ijtimoiy kelib chiqishlari har xil. Kamol - oddiy fuqaroning o`g’li, Bekxo`ja — paxtachi boyning (boy Bekxo`ja 6 oylik paytida chet elga qochib ketgan) bolasi. Ma‘lumki bolalarning ma‘naviy shakllanishida kattalarning alohida o`rni bor. Agar kattalar ijtimoiy kelib chiqish haqidagi masalaga siyosiy urg’u berishmasa, kimlargadir sinfiy dushmanlik ko`zi bilan qarash-masa, bola buni qaerdan biladih
Bolalik yillari voqealari tasvirida muallifning Bekxo`jaga nisbatan iliq mehrini payqash mumkin. U ayniqsa, Bekxo`janing tarixni sevishi, ajdodlarimiz qahramonliklaridan faxrlanishi, ularni qadrlash kabi xususiyatlarini ma‘qullaydi. Bekxo`ja tarix darsini o`qimagan, uni tushunmagan tengdoshlaridan g’azablanadi. Xususan, Muqannani Torobiy bilan almashtirgan Kamolni jiddiy tanqid qiladi va uni "kallavaram" deydi. Bunday haqoratga o`zini noloyiq deb bilgan Kamol esa uning eng nozik joyini chimchilab o`tadi: "Og’zingni yumib o`tir, sarqit!".
Muallif bu voqeani bekorga eslamaydi. U bolaning nozik qalbi bunday xaqorat, kamsitish va doshnomlardan alamli chandiqlarga to`lib ketganligini, natijada u nihoyatda alamzada bo`lib o`sganligini tasdiqlash uchun keltiradi. Muallif asar tagmatnida bolani shaxs sifatida sindirishga xizmat qiluvchi bunday shafqatsizliklar haqida o`ylab ko`rishga, mushohada qilishga undaydi.
Adib Bekxo`janing tomir-tomiriga singib ketgan munofiqlik ildizlarini ham uning o`quvchilik yillaridan izlaydi. Sobiq sho`rolar vaqgidagi tarbiya tizimining buyruqbozlikka, yolg’on va soxtagarchilikka, baho ketidan quvishga asoslanganligini qoralaydi. Insonning ma‘naviy huquqlarini buzish avj olganligi uchun maktablardan surbet, munofiq, xudbin, loqayd kimsalarning ko`plab yetishib chiqishiga sabab bo`layotganini ta‘kidlaydi. Muallif asarning quyidagi kichik voqeasidan ana shu holatlarni ko`rsata olgan:

Download 25.51 Kb.
  1   2




Download 25.51 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja: Anvar Obidjonning ijodiy yo`li

Download 25.51 Kb.