O‘zbek tilshunosligida metanimiya hodisasiga ilmiy munosabatlar
Reja:
I.Kirish .Oʻzbek tilshunosligida metanimiya hodisasi.
II.Asosiy qism:
1.Metanimiyaning oʻrni
2.Olimlarning qarashlari tahlili
3. Metanimiyaga ilmiy munosabat.
III.Xulosa. Tilshunoslikda metanimiyani oʻrganish tadqiqotlaridan xulosa.
Bugungi jadal globallashuv jarayonlarida axborot kommunikasiya
texnologiyalarining rivoji misli ko‘rilmagan holatlarini qamragan bir vaqtda, bir tildan
boshqasiga so‘z o‘tmasligini tasavvur etishni o‘zi mushkul, shunday ekan tilimiz
yanada boyib boradi, ravnaq topadi va go‘zallashadi. Bu bugungi kunda dunyoning
inkor etib bo‘lmaydigan lisoniy mantiqiy haqiqatlaridan biridir.
Muhtaram
yurtboshimizning
quyidagi
so‘zlari
tilshunoslar
va
tarjimashunoslarga alohida mas’uliyat yuklaydi: “Biz ajdodlardan avlodlarga o‘tib
kelayotgan bebaho boylik sifatida ona tilimizni asrab- avaylashimiz, uni boyitish,
nufuzini yanada oshirish ustida doimiy ishlashimiz zarur, ayniqsa, fundamental fanlar,
zamonaviy kommunikasiya va axborot texnologiyalari, bank-moliya tizimi kabi o‘ta
muhim sohalarda ona tilimizning qo‘llanish doirasini kengaytirish, etimologik va
qiyosiy lug‘atlar nashr etish, zarur atama va iboralar, tushuncha va kategoriyalarni
ishlab chiqish, bir so‘z bilan aytganda, o‘zbek tilini ilmiy asosda har tomonlama
rivojlantirish, milliy o‘zlikni, vatan tuyg‘usini anglashdek ezgu maqsadlarga xizmat
qilishi shubhasiz”.
Ma’lumki, ingliz adabiyotining yorqin vakillari, V.Shekspir, Dj.London,
T.Drayzer asarlari qatorida E.Hemingueyning durdona asarlari ham dunyo tillari
qatorida o‘zbek tiliga tarjima qilingan va o‘zbek xalqini o‘z ma’naviy va milliy
qadriyatlari bilan bahramand qilib, kitobxonlar diqqatini o‘ziga jalb qilib kelgan.
Mazkur asarlarning tarjima sifati, uslubi bilan bog‘liq jihatlari o‘rganilmagan.
Shu sabab ushbu masalani o‘rganish tarjimashunoslikda muhim ahamiyatga ega.
Shunga ko‘ra biz ishimizda E.Hemingueyning “Alvido qurol” asarining asliyati va
tarjimasini tahlilga tortdik. Asar tarjimasida badiiy tasvir vositasi, ya’ni ko‘chimning
eng murakkab shakllaridan biri bo‘lgan metonimiyaning tarjimada qay darajada
saqlaganligini atroflicha tadqiq etdik. Bu esa mavzuning dolzarbligini ta’minladi.
“Metonimiya” atamasi paydo bo‘lganidan beri o‘tgan yillar davomida
metonimiyaga doir ko‘plab tadqiqotlar, izlanishlar amalga oshirildi. Ayniqsa o‘zbek
olimlari tomonidan metonimiya sohasida ko‘plab izlanishlar olib borildi. Bunga misol
qilib R.Qo‘ng‘irov, S.Karimovlarning ilmiy tadqiqotlarini keltirishimiz mumkin.
Metonimiya hodisasi R.Qong‘irov, S.Karimovning tadqiqotlarida o‘zbek badiiy tili
misolida qisman o‘rganilgani bilan ajralib turadi. Agar T.Aliqulov, M.Mirtojiyev
tadqiqotlarida nazariy jihatdan asoslangan bo‘lsa, yuqoridagi ikki tadqiqotda esa
metonimiya asar tilida yozuvchi uslubni yuzaga keltiruvchi hodisa sifatida tahlil
etilgan. Ikkinchidan bu ikki tadqiqotda metonimiya lingvistik hodisa ekanligiga ham
alohida urg‘u berilgan.
Demak, tadqiqotlar orasida metonimiya grammatik hodisa sifatida o‘rganilgan.
Metonimiyani tasviriy vositaning shakllari bilan qorishtirish, holatlari uchrab turadi.
60-yillarda T.Aliqulov tadqiqotlarida metonimiya ko‘p ma’nolik hodisa sifatida
qaraldi. 70-yillarga kelib esa M.Mirtojiyev tadqiqotlarida metonimiyaning bunday
xususiyati yanada chuqurlashtirib o‘rganildi. Har ikki tadqiqotda ham metonimiya
hodisasi nazariy jihatdan asoslanishga harakat qilingan. Metonimiya hodisasi badiiy
asarlardan olingan parchalar yoki ma’lum ijodkor qo‘llangan tasviriy vosita asosida
emas, asosan tadqiqotlarning o‘z qarashlaridagi so‘zlarni tahlil etish jarayonida
ko‘rsatilgan. M.Mirtojiyev metonimiyani polisemiyaning bir shakli sifatida o‘rganar
ekan, unga shunday ta’rif beradi. “Metonimiya .... nomdoshlovchi bilan
nomdoshlanuvchi o‘rtasidagi aloqadorlik tufayli ko‘chma ma’no hosil bo‘lishidir”
muallif bu fikrini misollarda asoslashga erishadi.
Metonimiya hodisasi M.Mirtojiyev tadqiqotining bir qismi sifatida
o‘rganilganligi sababli ham uning xususiyatlari ilmiy nazariy jihatdan to‘la ochilgan.
Muallifning doktorlik dissertasiyasida ham mazkur fikrlar rivojlantirilgan. Mazkur
tadqiqotda metonimiyaning klassifikasiyasi haqida fikr yuritilar ekan, muallif nomi
asarning nomi bilan qo‘llaniladi. Birinchi qo‘llanmada o‘zbek tilida metonimiyaning
olti ikkinchisida yetti xil ko‘rinishi mavjudligi asoslab berilgan. Masala bir muallif
tomonidan yoritilganligi sababli ham metonimiya hodisasining ko‘rinishlari har ikki
qo‘llanmada ham bir xil ta’rif keltirilgan. Bu o‘rinda metonimiyaning yetti xil
ko‘rinishini keltirish maqsadga muvofiq. Narsa (idish) ichidagi narsaning ma’nosi
o‘sha narsaga o‘tkaziladi. Harakat yoki uning natijasi shu harakatni bajarishdagi vosita,
qurol bilan almashtiriladi. Biror narsadan yasalgan material bilan almashtirish. Ma’lum
mamlakatda, davlatda yoki ma’lum o‘rinda yashab turgan kishilar ma’nosi shu yerga
davlat yoki mamlakatga ko‘chiriladi. Alohida olingan aniqlovchi to‘liq narsani
almashtiradi. Aniq tushuncha nomi o‘rniga mavhum ma’noli ot qo‘llaniladi.
Nutq madaniyati va usulbiyat asoslari qo‘llanmasida ta’kidlab o‘tish joizki
o‘zbek tili stilistikasi va mazkur qo‘llanmadagi tilning tasviriy vositalari qismlari
professor R.Qo‘ng‘irov tomonidan yozilgan metonimiya hodisasining ko‘chma
ma’noga asoslangan.
Tadqiqotdan ko‘zlangan asosiy maqsad mavzuni nazariy jihatdan yoritib berish
hamda E.Hemingueyning “Alvido qurol” asari tarjimasida metonimiyaning o‘zbek
tilida qay darajada tiklanganligini o‘rganish va tarjima jarayonidagi nuqsonlar va
yutuqlarni aniqlashdan iborat.
Tadqiqot maqsadidan chiqib o‘z oldimizga quyidagi vazifalarni ko‘ndalang
qo‘ydik. Metonimiya tushunchasiga to‘la oydinlik kiritish va uning tarjima bilan
bog‘liq jihatlarini kompleks o‘rganish;
Tarjimada metonimiyani saqlashda tarjimonning individual uslubiy mahoratini
ochib berish;
Metoniya tarjimasida shakl va mazmun birligi saqlanishini aniqlash;
Tadqiqot ishi o‘zbek tarjimashunosligida metonimiyaning ingliz tilidan o‘zbek
tiliga o‘girishda yuzaga keladigan muammolarni o‘rganishga qaratilgan dastlabki
monografik plandagi ishlardan biridir. Unda tadqiq etilgan masalalar ishning ilmiy
yangiligini belgiladi.
Metonimiya tushunchasiga ma’lum va muayyan ma’noda oydinlik kiritildi,
uning mavjud tasniflari umumlashtirildi;
Tarjima va asl nusxaga qiyosiy – tipologik jihatdan o‘rganib chiqildi hamda
o‘zaro nomutonosibliklar aniqlandi. Tarjimada metonimiya muqobillarining shakl va
mazmun birligi o‘rganildi. Badiiy asardagi metonimiyani saqlashda tarjimonning
individual– uslubi tarjima asarning sifatini aniqlash imkonini berishi tadqiq qilindi.
Tadqiqot manbai sifatida E.Hemingueyning “Alvido qurol” asari asliyati va uning
o‘zbekcha tarjimasi asos qilib olindi. Tarjimashunoslarning ilmiy qarashlari,
tarjimalari, taqrizlari, shuningdek, folklor asarlari namunalari, ilmiy maqola va
risolalar mazkur mavzuni tadqiq etishda metodologik asos o‘rnini bosadi.
Tadqiqqotning ilmiy – nazariy va amaliy ahamiyati Mazkur tadqiqot
tarjimashunoslikda kam organilgan soha tarjimada metonimiyani saqlanishiga boglik
masalalarga bagishlanganligi, bundan keyin yaratiladigan tadqiqotlar uchun nazariy
manba bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Tadqiqotning metodologik asosi va metodlari N. Vladimirova, G Salomov,
R.Fayzullayeva, Q.Musayevlarning ilmiy fikrlari, nazariy qarashlari tadqiqotga
metdologik asos bo`lib xizmat etdi.
Mavzuning maqsad vazifalaridan kelib chiqqan holda qiyosiy – tipologik,
uslubiy (stilistik), tekstologik, semantik, va statistik tahlil qilish metodlariga tayanildi.
Metonimiya tarjimasi doimiy ravishda tadqiq qilishni talab qiluvchi tajimashunoslikda
muhim bo‘lgan masalalardan biri hisoblanadi. Metonimiyada ikki predmet tashqi
ko‘rinish yoki ichki xususiyatlari bilan bir-biriga qandaydir aloqasi bo‘lsa ham,
umuman bir-biridan farq qiluvchi predmetlar belgilari chog‘ishtiriladi.
Metonimiya ancha murakkab ma’no ko‘chish hodisasi hisoblanib, ayni zamonda
ham tilshunoslar, ham adabiyotshunoslar diqqatini o‘ziga jalb etib keladi. Bu ma’no
ko‘chishga tilshunoslar ko‘p ma’noli so‘zlardagi semema va semalarning xarakterli
xususiyatlarini ochish, ko‘chma ma’no hosil qiluvchi hodisalar tahlili nuqtai nazaridan
yondoshsalar, adabiyotshunoslar esa polisemantik so‘zlardagi tasvirning turli vositalar
(o‘xshatish, sifatlash, majoz istoriya)ni yuzaga keltiruvchi omillar deb biladilar. Har
ikkala yo‘nalishda ham maqsad bitta, u ham bo‘lsa, so‘zning ko‘p ma’noligi va undagi
uslubiy imkoniyatlarni o‘rganishdir.
So‘zning ko‘p ma’noliligini o‘rganish, avvalo, leksik uslubiyat uchun muhim rol
o‘ynaydi. Chunki, bir so‘zning o‘zida turli xil ma’noning bo‘lishi uchun og‘zaki va
yozma nutqda qo‘llashda uslubiy bo‘yog‘iga, ma’nosiga e’tibor berishni talab qiladi.
Shu boisdan ma’no ko‘chish ham sinonimiya, omonimiya va boshqa leksik vositalar
singari hazil, mutoyiba, kulgi va turli so‘z o‘yinlarini yuzaga keltiradi. Bunday
paytlarda so‘zning to‘g‘ri va ko‘chma ma’nosi to‘qnashtiriladi, natijada kutilmagan
yangi ma’no hosil bo‘ladi. So‘zlarning ana shu nozik ma’no ottenkalari badiiy
adabiyotda muhim tasviriy vosita sifatida keng qo‘llanadi.
Uslubiyat – nutqning eng yaqin va muvofiq vositasini tavsiya etadi, me’yor qilib
belgilaydi. Nutqning turli uslubiy qatlamlarida qo‘llanmalardan vositalarini belgilab
beradi. Shunga ko‘ra uslubiyat so‘z san’ati ifoda vositalari haqidagi alohida bir fandir.
Hozirgi kunda uslubiyat sohasida tadqiq etilgan tadqiqotlar bizning e’tiborimizni
tortdi. Ayniqsa, metafora, metonimiya va sinekdoxa kabi tasviriy vositalar va
o‘xshatishlar ham ijodkor asari tilidagi o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berish ham
mas’uliyatli va ham qiziqarlidir. Ana shu fan haqidagi tushunchalarimizning boyib
borishida tilshunos olimlarimiz va yozuvchilarimizning xizmati benihoyatdir. Ularning
katta mehnati tufayli o‘zbek tilining ko‘pgina sohalarida qat’iy me’yorlar belgilaydi,
til birikmalarining aloqa jarayonidagi lisoniy namunalari tavsiya etiladi.
Til taraqqiyotidagi ko‘pgina masalalar ilmiy nazariy asosda qo‘yildi. Masalan:
dastlab o‘zbek tilida tasviriy vositalar, ko‘chimlar bo‘yicha hal qilinadigan
masalalariga kam e’tibor berilar edi. Keyinchalik bu sohalarda so‘zlarning biriga
ko‘chirish yoki so‘zlarni shu maqsadda, umuman ko‘chma ma’noda (asossiz ma’noga
emas), ishlatilishiga troplar (ko‘chimlar) deyiladi.
Ko‘chimlar ko‘proq og‘zaki nutq uchun xarakterli hodisadir. Ulardan zo‘rma-
zo‘raki foydalanib bo‘lmaydi, nutqni buzishi mumkin. Ularga yozuvchi yoki notiq
zarurat tug‘ilgandagina murojaat qilishi lozim. Aks holda ular badiiy asar qimmatni
oshirish o‘rniga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ko‘chim (trop)lar quydagi asosiy
turlarga bo‘linadi: Metonimiya, metafora, sinekdoxa, epitet (sifatlash), o‘xshatish,
jonlantirish, simvol, allegoriya, giperbola, litota, perifraza, antifraza, ironiyalaridir.
Badiiy tasvir vositalaridan biz kuzatishlarimizni metonimiyaga qaratdik.
Metonimiya – grekcha metonumiya so‘zidan olingan bo‘lib boshqacha nom
berish degan ma’noni bildiradi. Metaforaga o‘xshash tropning asosiy turlaridan biri
bo‘lgan metonimiya ham so‘zlarning, ko‘chma ma’nosiga asoslanadi.
Metofarada bir-birlariga o‘xshash predmet va ularning belgilari ko‘chirilsa,
metonimiyada bu ikki predmet tashqi ko‘rinish yoki ichki xususiyatlari bilan birbiriga
qandaydir aloqasi bo‘lsa ham ammo, umuman bir-biridan farq qiluvchi predmetlar
belgilari chog‘ishtiriladi. Masalan: Ra’no Anvarga xat yozib yuboradi va gapning
qolganini Fuzuliydan o‘qirsiz, deydi (A.Qodiriy “Mehrobdan chayon”). Bunda
muallifning nomi uning asari o‘rniga ko‘chgan uni nomi bilan qo‘llanadi.
Yoki darsdan so‘ng A.Qodiriyni olish uchun do‘stimni uyiga bordim gapida ham asar
avtor nomi bilan qo‘llanilgan.
Umuman metonimiyada biror narsa ichidagi predmetni ma’nosi, o‘sha narsaga
o‘tkaziladi. Masalan: Bir piyola ichdim. Bir tovoq tushurdim, “piyola”, “choy”
ma’nosida tovoq esa “osh” ma’nosida keltirilgan. Yoki muallif nomi asar o‘rnida
qo‘llanilishi mumkin: Navoiyni o‘qidim, Oybekni o‘qidim: yana harakat natijasi shu
harakatni bajaruvchi qurol nomi bilan almashtiriladi. Masalan: mazkur gaplarning
hammasi ustoz S.Ayniy qalamiga tegishli.
Metonimiya – yunoncha so’z bo’lib, “qayta nomlash ” degani. Metonimiya
ham ma’no ko’chish usullaridan biri bo’lib, bunda “bir predmetning, belgining ,
harakatning nomi boshqasiga o’xshashlik asosida emas, bog’liqlik asosida
ko’chiriladi. ”
Metominiya ham yangi ma’no hosil qilish jarayoni va bu jarayon natijasining
barqarorligiga ko’ra lison va nutqqa dahldor hodisa, boshqacha aytganda metonimik
hosila ma’no sof yoki lisoniy bo’lishi mumkin.
1. Bir predmet nomi shu predmetdagi boshqa bir predmetga ko’chiriladi.
2. Bir predmet nomi shu predmetga soslangan o’lchov birligining nomi bilan
xizmat qiladi.
3. Bir predmet nomi shu predmet asosida hosil bo’ladigan predmetga
ko’chiriladi.
4. Harakatning nomi shunday harakat natijasida hosil bo’ladigan predmatga
ko’chiriladi.
Yusuf Xos Hojib ham o’z asarida ma’no ko’chishining bu usulidan samarali
foydalangan va so’zning ma’no ta’sirchanligiga erishgan.
Tili yolg’on erning jafa qilqi ul,
Jafa kimda ersa asha yilqi ul.
Kishi yalg’anindin tilama vafa,
Bu bir so’z sinamish o’gush yilqi ul.
Tili yolg’on erning jafo xulqidir,
Jafo kimda bo’lsa osha yilqidur.
Kishi yolg’onidan vafo kutmagin,
Bu so’z sinalgan talay yilgidir.
Til so’zi asli “og’iz bo’shlig’ida joylashgan tam bilish va nutq tovushlarini
hosil qilish uchun xizmat qiladigan organ, a’zo” ma’nosiga ega. Ana shu dastlabki
“azo” semasidan “insonning shu a’zo yordamida hosil bo’ladigan so’zlashish,
gapirish qobiliyati, so’zlashuv, fikr ifodalash va o’zaro aloqa vositasi bo’lib xizmat
qilish” semasi o’sib chiqqan va natijada fikr ifodalash vositasi ma’nosiga bog’liqlik
asosida “nutqning o’ziga xos xususiyatlari va ifoda vositalari bilan ajralib turadigan
bir turi, stil, uslub” ma’nosi ifodalanmoqda. Bunda(tili yolg’on) til so’zi o’zining
asosiy bosh ma’nosi(organ)dan chekingan. Natijada metonimiya hodisasi yuzaga
kelayotgani kuzatiladi.
Qamug’ nangka vaqt ul, kuni belguluk,
Nafas, tin to’qurqa sani belguluk.
Yil, ay, kun kechartek tiriklik kechar,
Kechar kun kechirkay sani belgulik.
Hamma ishga vaqti, kuni belgilik,
Nafas, dam olishning kuni belgilik.
Yil, oy, kun o’tardek tiriklik o’tar,
O’tib kunlar eltgay seni belgilik.
Oy “quyosh nur olib yogdu sochuvchi samoning samoviy jismi.Ushbu orinda
metonimiyaning yana bir turi : narsa-buyumga asoslangan olchov birligi bolib xizmat
qilgan . Badiiy asarda so’zlarning o’z ma’nosida ishlatilishi bilan birga
tasvirlanayotgan voqealikning mohiyatini ochish uchun so’zning turli ma’nolarda
tovlanishi tilshunoslik hamda adabiyotshunoslikda maxsus o’rganib kelinadi.
Masalan: Mirtojiyev yozishicha, “Tildagi polisemiya hodisasi juda qadimdanoq
olimlar diqqatini o’ziga jalb qilib keldi”. Eramizdan avval uni falsafa va uslubiyat
nuqtai nazaridan o’rganishdi. Tilchilarimizning qayd etishicha bu masala bilan
Xitoy va Hind olimlari eramizning boshlarida esa yunonlar ham shug’ullanishgan
ekan. So’zlarning turli ma’nolarda tovlanishi qadimgi turkiy til boyliklariga
bag’ishlangan asarlarda ham o’rganilgan. Mahmud Qoshg’ariyning “Devoni
lug’otit turk”, Alisher Navoiyning “Muhabbat-ul lug’atayn” asarlarida bunday
hodisani kuzatish mumkin. So’zlarning rang-barang ma’nolarda kelishi adabiy
matnlarni tahlil etish jarayonida aniqlanadi. So’zning o’z ma’nosidan boshqa
manoda qo’llanilishi tilshunoslik va adabiyotshunoslikda trop atamasi bilan
yuritilgan. Badiiy tildagi bunday hodisani R.Qo’ng’irov shunday izohlaydi:
“Adabiy asarning badiiy qimmatini, ifodaligini, ekspressivligini kuchaytirish uchun
bir narsaning nomini, belgisini ikkinchisiga ko’chirish yoki so’zlarni shu
maqsadda, umuman ko’chma ma’noda ishlatishga troplar deyiladi”.
So’z yoki so’z birikmasining o’z ma’nosidan boshqa ma’noda qo’llanilishini
trop atamasi bilan nomlash tilshunoslik hmda adabiyotshunoslikka oid darslik
hamda qo’llanmalarda adabiyotshunoslik lug’atlarida ham uchraydi. Troplar
adabiyotshunoslikda boshqacha nom bilan yuritilgan holatlar ham mavjud.
Masalan: N.Shukurov va boshqa olimlar tomonidan yaratilgan
“Adabiyotshunoslikka kirish darsligida troplash ko’chim atamasi bilan ham
izohlanadi. So’zning ko’chma ma’nosi adabiyotda ko’chim (trop) termini bilan
ifodalanadi. Demak, bu ta’rifda atama yuzaga kelishiga so’zning o’z ma’nosidan
boshqa ma’noga o’tishi, ko’chishi asos qilib olingan. Bunday tarifga troplarning
vazifasi, xususiyatidan kelib chiqib, o’zbek tiliga moslashtirilishi asos qilib
olingan. Trop jahon tilshunosligi va adabiyotshunosligida atama sifatida qabul
qilingan tushunchadir. Asli grek tilida paydo bo’lgan bu atamaning barcha
tillardagi atamashunoslik lug’atlarida ta’rif va tavsiflari mavjud. So’ngi yillarda
o’zbek tilida yaratilgan atamashunoslik lug’atlarida troplar ko’chim atamasi bilan
ham yonma-yon tarzda qo’llanilmoqda. Bu atama haqidagi tasavvurlar
mutaxassislarimizda yetarli bo’lsa-da, o’rganilayotgan masalaning mohiyatini
to’laroq ochish maqsadida atamashunoslik lug’atlaridagi ta’riflarning birini keltirish
o’rinli deb o’ylaymiz.
Troplar – biror narsa yoki hodisani ifodalash uchun so’z yoki so’z
birikmalarining o’z ma’nosidan boshqa ma’noda qo’llanilishi anglatuvchi
ushuncha. Ko’chma ma’noda qo’llanilgan so’zning o’z va ko’chma ma’nosining
munosabati hamda ularning narsa yoki voqelikka bo’lgan munosabatiga qarab
ko’chimlar bir necha turlarga bo’linadi. Ulardan eng asosiylari: metafora,
metonimiya, sinekdoxa, allegoriya, litota, simvol va hokazolar. Bizning ongimizda
qandaydir xususiyatlari, belgilari bilan bir-biriga yaqin bo’lgan ikki narsa yoki
hodisani chog’ishtirish, o’xshatish troplarga asos qilinib olinadi. Boshqacha
aytganda, biror narsa yoki voqea-hodisa haqida aniq, yorqin tasavvur hosil qilish
uchun unda boshqa biror narsa yoki voqeaning belgisi ko’chiriladi, o’xshatiladi.
Ko’chim umuman tilga xos hodisa bo’lib, u so’zning qo’llanish doirasini, uning
ma’no tovlanishlarini boyitadi. Shuning uchun ko’chimlarning badiiy nutqda
ishlatilishi, ifodalilikni, ta’sirchanlikni oshirishga, tasvirlanayotgan voqea hodisani
ravshanroq, baholashga yordam beradi. Ko’chim tufayli badiiy nutqning turli stilistik
vazifalari kuchayadi. Shuning uchun ham ko’chimlar jonli til bilan birga, badiiy
adabiyotda ham g’oyat keng qo’llaniladigan maxsus tasviriy vositalardandir.
Bizningcha ushbu ta’rifda troplar va ularning turlarining vazifasi juda to’g’ri
asoslangan. Eng muhimi troplar til hodisasi sifatida baholanmoqda, ularning badiiy
nutqning stilistik vazifalarini kuchaytirish ta’kidlanmoqda. O’zbek tili uslublarini
vazifaviy jihatdan tasnif qilish amalga til va tildan tashqarida bo’lgan omillarga
tayanadi. Bu uslublarning N.A.Bashakov, A.Sulaymonov, A.Shomaqsudov,
G’.Abdurahmonov, B.O’rinboyev, S.Muhammadiyevlar tavsiya etilgan atlamlarida
qo’llaniladigan vositalarni belgilab beradi. Shunga ko’ra stilistika so’z san’ati ifoda
vositalar haqidagi bir janrdir. Tildagi ana shunday muammolar bilan shug’ullanadigan
uslubshunoslikning quyidagi yo’nalishlari mavjud:
1. Tilning leksik resurslari o’rganuvchi yo’nalish.
2. Funksional stilistika vazifaviy uslubshunoslik.
3. Badiiy adabiyot uslublari.
4. Amaliy uslubshunoslik .
Mavzu nuqtai nazaridan bu o’rinda bizni vazifaviy uslubshunoslik qiziqtiradi. Kishilar
o’z ijtimoiy faoliyatlarida tildagi barcha foydalanganlarida avvalo ularni o’z
extiyojlaridan kelib chiqib nutq mavzuiga, vaziyatga qarab tanlaydilar va
qo’llaydilar. Tilshunoslikda ko’chma ma’no hosil qiluvchi so’zlarni tasniflash va
ularni nomlash boshqa yo’sinda ko’rinadi.
M.Mirtojiyev o’z risoslasida bunday tasniflarni umumlashtirgan. Shunday bo’lsada
ko’chma ma’no hosil qiluvchi so’zlarni tasniflagan tilshunoslarning ayrimlari
ishlariga e’tiborni qaratish o’rinlidir. Bu muammo jahon tilshunoslarining ayrimlari
ishlariga e’tiborni qaratish o’rinlidir. Bu muammo jahon tilshunoslarining doimiy
e’tiboridagi hodisadir. Masalan fransuz tilshunosi J.Maruzo ko’chma ma’noli
so’zlarni uch turga metafora, metonimiya, sinekdoxaga ajratadi. Rus tilshunosi
L.A.Buxolovskiy esa ko’chma ma’no hosil qiluvchi hodisani olti turga bo’lgan.
1) Metafora,
2) Vazifadoshlik,
3) Emotsionallik,
4) Metonimiya,
5) Xalq etimologiyasi sifatida
6) Aloqadorlik
L.A.Buxolovskiy sinekdoxani metonimiyaning bir ko’rinishi deb hisoblaydi.
Tilshunos K.A.Levkovskaya ko’chma ma’no hosil qiluvchi so’zlarni faqat
metonimiya deb tushunadi: N.M.Shanskiy esa ko’chma ma’noli so’zlarni uch turga
1) o’xshashlik (metafora)
2) yondoshlik (metonimiya)
3) vazifadoshlikka ajratib o’rganadi.
O’zbek tilshunosi A.Azizovning “Tilshunoslikka kirish” darsligida esa
sinekdoxani metonimiyaning bir ko’rinishi sifatida ko’rsatiladi. Demak, yuqoridagi
asarlarda shuningdek biz kutgan ayrim manbalarda ham ko’chma ma’no hosil
qiluvchi so’z yoki so’z birikmasi haqida fikr yuritilganda asosiy metofara va
metonimiya e’tirof etilgan. Sinekdoxa esa ko’chma ma’no hosil qiluvchi ikkinchi
hodisa sifatida o’rganiladi va asosan u metonimiyaning bir turi sifatida qaraladi va
ba’zan unga qo’shilib yuboriladi.
Bizningcha, ko’p ma’noli so’z va birikmalar hosil qiluvchi til hodisalarini
faqat uch turga metafora, metonimiya, sinekdoxa bilan cheklanish unchalik to’g’ri
emas. Negadir o’zbek tilida polisemiya hodisasining tadqiqotchisi M.Mirtojiyev
ham jahon tilshunoslarining bu masaladagi qarashlarni maqullaydi ya’ni o’z
tadqiqotiga boshqa ko’p ma’noli til hodisalari xususida fikr yuritmaydilar. O’zbek
tilida trop, ko’chim yoki majoziy vositalar nomi bilan ifodalangan hodisalar faqat
uch turni tashkil etmay, ularning hammasida ham ko’p ma’nolik alomatlari
mavjuddir. Albatta bu o’rinda o’zbek tilining barcha tasviriy vositalarini sanab
o’tmoqchi emasmiz. O’zbek tilining tasviriy vositalari deyilganda tilshunoslikda
mavjud stilistik figuralar esa ma’no va shakl tuzilishiga ko’ra doimiy o’zgarmaslik
xususiyatiga egadir. Demak, troplar so’zlarning ko’p ma’noli, so’zlarning boshqa
ma’nolarga ko’chishi xususiyatlariga ega. Figuralarda bunday hodisa kuzatilmaydi.
Ammo stilistik figuralar (antiteza, gradesiya, ritorik so’roq, ellipsis, takror, epifora va
boshqalar) troplarni to’ldirish, undagi mazmunga aniqlik kiritishda ham xizmat qiladi.
Metafоra, metonimiya va sinekdoxa troplarning asosiy, badiiy tilda keng
qo’llanilgan turidir. R.Qo’ng’irovning “O’zbek tilining tasviriy vositalari” kitobida
troplarning yana bir necha turlarni jumladan, yuqoridagi uch turidan tashqari epitet
(sifatlash), o’xshatish, perifraz, ironiya, antifraza giperbola (mubolag’a), simvol
litota, jonlantirish kabi turlarini keltirgan. “O’zbek tili stilistikasi” da shunday
troplarning bu turlari to’g’risida fikr yuritiladi. Troplarning bunday turlari va
ularning badiiy tildagi xususiyatlari S.Karimovning risolasida ham yoritilgan. Xullas,
metonimiya so’zga xos semantik-uslubiy hodisa bo’lib, undagi muayyan ma’no
taraqqiyoti, yangi hosila ma’nosining narsa va ma’nolar o’rtasidagi aloqadorlikka
ko’ra yuzaga kelish kechimi deb tushunilish kerak. O’rganishga bag’ishlangan
tadqiqotlar ham mavjud. H.Shukurov bir maqolasida nutqdagi gaplarning tarkibida
kelgan birikmalardan biror so’z ellipsiz hodisasiga uchrashi natijasida so’zda
nutqiy metonimiyalar sodir bo’lishini tahlil etadi. Tadqiqotchining kuzatishicha,
bunday metonimiyalar asosan otlarda keng tarqalgan bo’lib, ular aniqlovchi,
birikmalarning natijasida yuzaga kelgan. Metonimiyaning morfologik hamda
sintaktik stilistikaga oid xususiyatlari mavjuddir. “Nutq madaniyati va uslubiyat
asoslari” qo’llanmasida metonimiyaning aniqlovchilik hamda ot vazifasida kelgan
ko’rinishlari asoslab berilgan. Otlarda metonimiya tilshunoslar metonimiyaning
uchdan 12 gacha shakllari mavjudligini ko’rsatib o’tishganini ta’kidlaydi.
Metonimiya hodisasi R.Qo’ng’irov, S.Karimovning tadqiqotlarida o’zbek
badiiy tili misolida qisman o’rganilgani bilan ajralib turadi. Agar T.Aliqulov,
M.Mirtojiyev tadqiqotlarida nazariy jihatdan asoslangan bo’lsa, yuqoridagi ikki
tadqiqotda esa metonimiya asar tilida yozuvchi uslubni yuzaga keltiruvchi hodisa
sifatida tahlil etilgan. Ikkinchidan bu ikki tadqiqotda metonimiya lingvistik hodisa
ekanligiga ham alohida urg’u berilgan. Demak, tadqiqotlar orasida metonimiya
grammatik hodisa sifatida o’rganilgan bo’lsa kerakli metonimiyani tasviriy
vositaning shakllari bilan qorishtirish, holatlari uchrab turadi. 60-yillarda
T.Aliqulov tadqiqotlarida metonimiya ko’p ma’nolik hodisa sifatida qaraldi. 70-
yillarga kelib esa M.Mirtojiyev tadqiqotlarida metonimiyaning bunday xususiyati
yanada chuqurlashtirib o’rganildi. Har ikki tadqiqotda ham metonimiya hodisasi
nazariy jihatdan asoslanishga harakat qilingan. Metonimiya hodisasi badiiy
asarlardan olingan parchalar yoki ma’lum ijodkor qo’llangan tasviriy vosita asosida
emas, asosan tadqiqotlarning o’z qarashlaridagi so’zlarni tahlil etish jarayonida
ko’rsatilgan. M.Mirtojiyev metonimiyani polisemiyaning bir shakli sifatida o’rganar
ekan, unga shunday ta’rif beradi. “Metonimiya .... nomdoshlovchi bilan
nomdoshlanuvchi o’rtasidagi aloqadorlik tufayli ko’chma ma’no hosil bo’lishidir”
muallif bu fikrini misollarda asoslashga erishadi. Metonimiya hodisasi M.Mirtojiyev
katta tadqiqotining bir qismi sifatida o’rganilganligi sababli ham uning
xususiyatlari ilmiy nazariy jihatdan to’la ochilgan. Muallifning doktorlik
dissertasiyasida ham mazkur fikrlar rivojlantirilgan. Mazkur tadqiqotda
metonimiyaning klassifikasiyasi haqida fikr yuritilar ekan, muallif nomi asarning
nomi bilan qo’llaniladi. Birinchi qo’llanmada o’zbek tilida metonimiyaning olti
ikkinchisida yetti xil ko’rinishi mavjudligi asoslab berilgan. Masala bir muallif
tomonidan yoritilganligi sababli ham metonimiya hodisasining ko’rinishlari har
ikki qo’llanmada ham bir xil tarif keltirilgan. Bu o’rinda metonimiyaning yetti
xil ko’rinishini keltirish maqsadga muvofiq. Narsa (idish) ichidagi narsaning
ma’nosi o’sha narsaga o’tkaziladi.
Harakat yoki uning natijasi shu harakatni bajarishdagi vosita, qurol bilan
almashtiriladi. Biror narsani yasalgan material bilan almashtirish. Ma’lum
mamlakatda, davlatda yoki ma’lum o’rinda yashab turgan kishilar ma’nosi shu
yerga davlat yoki mamlakatda ko’chiriladi. Alohida olingan aniqlovchi to’liq
narsani almashtiradi. Aniq tushuncha nomi o’rniga mavhum ma’noli ot
qo’llaniladi. O’zbek tilshunosligida metonimiya hodisasi to’g’risida umumlashma
hodisa beradigan tadqiqot yaratilganligining boisi ham shu asoslangan. Ya’ni
“Tashqi yoki ichki tomondan bir-biriga aloqador narsa yoki hodisaning nomi boshqa
narsa yoki hodisaga ko’chiriladi” degan ta’rif keltiriladi. Demak bu ta’rifda
metonimiya hodisasi uchun narsalardagi tashqi yoki ichki tomondan aloqadorlik
asos qilib olinmoqda. Lug’atlarda metonimiyaga bir muncha mukammalroq ta’rif
berilgan hamda uning beshta ko’rinishi xususida fikr yuritilgan. Metonimiyaga
shunday ta’rif kelitiriladi. Metonimiya (grekcha metonumiya qayta nomlash
so’zidan olingan). So’zlarning ko’chma ma’nosiga asoslangan ko’chimning asosiy
turlaridan biri ikki tushuncha o’rtasidagi yaqinlikka asoslangan o’xshatishsiz
ko’chim. Metonimiya biror narsa yoki voqyea-hodisaning nomi boshqasiga
ko’chiriladi, u boshqa nom bilan ifodalanadi, biroq bu nomlanish yoki narsalar
o’rtasidagi yaqinlikka, aloqadorlikka asoslanadi. Lug’atdagi metonimiyada
predmetning tashqi ko’rini yoki ichki xususiyatlari bilan bir-biriga aloqador
bo’lgan lekin bir-biriga o’xshamagan predmet belgilari chog’ishtirilishi haqida fikr
bayon etilar ekan, metonimiyaning quyidagi ko’rinishlari mavjudligi ta’kidlanadi.
1) Kishi yoki narsaga xos xususiyat o’sha yoki narsaning nomiga o’tkaziladi. 2)
avtorning nomi uning natijasi shu harakatni bajaruvchi qurolning nomiga
ko’chiriladi. 3) ma’lum joydagi narsalar ma’nosi shu joyga ko’chiriladi. 4) Narsa
predmetlarga shaxsni harakati ijodi ko’chiriladi. O’zbek tili stilistikasida
metonimiyaga shunday ta’rif berilgan. Metonimiya grekcha so’zdan olingan bo’lib
boshqacha nom berishi degan ma’noni beradi. Biz yuqorida lug’atda qayta nomlash
degan ta’riflar bilan tanishdik. Albatta qayta nomlash va boshqacha nom berish
o’rtasida ma’no jihatdan qisman bo’lsada farq mavjud. O’zbek tili stilistikasida
ana shunday ta’rif keltiriladi. Metonimiya hodisasi ham so’zlarning ko’chma
ma’nosi bilan bog’liq. Ammo bu yerda asosan biror narsa yoki voqea hodisaning
nomi boshqa biror narsa yoki hodisaga ko’chiriladi. Bu predmet yoki voqea
hodisa ongimizda bir-biri bilan aloqador tushunchalarni anglatishi bilan o’zaro
bog’langan bo’ladi. Nutq madaniyati va usulbiyat asoslari qo’llanmasida ta’kidlab
o’tish joizki o’zbek tili stilistikasi va mazkur qo’llanmadagi tilning tasviriy
vositalari qismlari professor R.Qo’ng’irov tomonidan yozilgan metonimiya
hodisasining ko’chma ma’noga asoslangan.
Metonimiyada nomdoshlovchi bilan nomdoshlovchi alohida ikki narsa
voqyelik, harakat, holat, belgi kabi bo’lgani kabi sinekdoxalarda tamoman
boshqachadir. Ma’no ko’chishi metonimiyada obyektlarning o’zaro aloqadorlik
belgisiga qarab nomlashdan kelib chiqadi.Metonimiyaga xos yo’l bilan ma’no
taraqqiyot ot sifat, fe’l olmosh, son va ravish turkumiga oid so’zlarda yuzaga
kelgani holda, bu hodisaga xos yo’l bilan ma’no taraqqiyot faqat ot turkumiga oid
so’zlarda yuzaga keladi. Mazkur hodisani metonimiyaga nisbatan shuncha farqlari
borligini nazarda tutib metonimiya emas alohida ma’no ko’chishi deb atadik.
L.Boboxonova o’zining “Ingiliz tili stilistika”si kitobida metonimiyani ikki
turga , ya’ni tildagi metonimiya va nutqdagi metonimiyaga ajratib qo’yibdi.
Nutqdagi metonimiyaning stilistik vazifasini mukammal aniqlab olish uchun avvalo
tildagi metonimiyada ba’zi bir misollarni ko’rib chiqamiz
Masalan, “Terim paytida ko’p qo’l kerak bo’ladi “ (Ro’znomadan). Tildagi
metonimiya doim siyqasi chiqqan, hammaga ma’lum bo’lib qolgan bo’ladi. Tildagi
metonimiyaga yana bir misol : Uning qalami qasos o’ti bilan yonardi”.
Nutqdagi metonimiyalar badiiy ma’noli yoki tasodifiy bo’ladi. Masalan, Qalam
orom topsa, uyg’onar bolam. Bolam uxlaganda, qalam uyg’onar. Bu metonimiya
badiiy ma’noli metonimiya hisoblanadi .Metonimiyalar tushunchalar o’rtasidagi
munosabatiga ko’ra, turli xil bo’ladi:
1) Metonomik so’zlarning mavhum hamda aniq tushunchalari asosida hosil
bo’lishi mumkin.Yuqorida keltirilgan gap shunga misol bo’la oladi.Bu yerda
“qalam” so’zining aniq tushunchasi (ijod) o’rtasidagi munosabat mutloq aniqdir.
Aniq hamda mavhum tushunchalar o’rtasidagi munosabatlarni quyidagi misolda
ko’rishimiz mumkin; Ikkovimizning fikrimiz qarama-qarshi bo’lsa ham, siz menga
avval quloq bering, so’ngra bir gap bo’lar (A.Q)
2) Narsa, hodisa yoki kishilarga xos xususiyatlar o’sha narsaning yoki
kishilarning nomiga o’tkaziladi: Pakana xuddi xech nima bo’lmaganday “miyg’ida
kulib turardi (Mushtum).” Tantanali majlis zalida ”a’lo”, “yaxshi” qator o’tirdi.
(S.J)
3) Bo’lakning butunga yoki butunning bo’lakka munosabatiga misol qilib,
quyidagilarni keltirish mumkin: Nikolay zamonida ostonam tuyoq ko’rmagan (O.)
4) Ma’lum narsa bilan uning nomi o’rtasidagi munosabat asosida
metonimiyaning yana bir turi vujudga keladi:
“Majlisga butun qishloq keldi”. “Auditoriya kuldi”. Keltirilgan misoldagi
“qishloq” so’zi qishloqda yashovchi aholi ma’nosini ifodalagan; “auditoriya” so’zi
esa (yig’ilishga), ma’ruzaga kelga talabalarni bildiradi.
5) Ba’zan esa muallifning ismi uning asari o’rnida qo’llaniladi. Fuzuliyni oldim
qo’limga, Majnun bo’lib yig’lab qichqirdim (H.O.). “Ba’zan Shekspirni tushunish
qiyin “. Navoiy “Qush tili” ustida to’lg’in zaqvq bilan ishladi (O,).
Bu tasnif cheklangan emas, uni davom ettirish mumkin, chunki
metonimiyaning boshqa turlari mavjud .
Metanimiya istoriyadan yetarlicha ajralib turishini bilmoq lozim. Birichidan,
istoriyani doimo o’xshatish yordamida o’zgartirib ifodalashimiz mumkin,
metanimiya bilan esa bunday qilib bo’lmaydi.Bundan tashqari, ko’pincha
metanimiya tabiatini ochish, tushunib yeyish uchun ma’lum bir matn zarur, istoriya
uchun esa ma’lum matnni bo’lishi shart emas.Eskirgan, odatiy qo’llanuvchi
metanimiyalarni tushunishda matn kerak bo’lmaydi. Quyidagi misollardan buni
ko’rish mumkin:
Qo’shiq kuylar qizaloq,
Tinglar uni dala, bog’.
Meni og’ir ishga qo’ying, iltimos qilaman. El qatori ishlab ter to’kay
(S.A.). Eskirgan metanimiyalarning ko’pchiligi frazeologiyadan joy olgan.
Metanimiya xuddi istoriya singari voqealik dallillarni obrazli ifoda etish
maqsadida qo’llaniladi. U muallif bayon etilayotgan voqealikkaqaratilgan
mulohazalarni ochib berishi mumkin. Biror belgi yoki hodisaning bo’rttirilgan,
umumlashtirilgan ir xususiyati, shu narsa boshqa narsa bilan taqqoslagan vaqtda, o’sha
boshqa narsa haqida ham ma’lumot beradi.
Metonimiya - ikki tushuncha oʻrtasidagi yaqinlikka asoslangan oʻxshashsiz
koʻchim. Metonimiyada biror narsa yoki voqea-hodisaning nomi boshqasiga
koʻchiriladi, biroq bu nomlash narsalar oʻrtasidagi oʻxshashlikka emas, balki ular
oʻrtasidagi yaqinlikka, aloqadorlikka asoslanadi.
Masalan: Barmog'imni kesib oldim
Turlari tahrir
Bu koʻchim bir qancha koʻrinishlarga ega:
1. Kishi yoki narsaga xos xususiyat oʻsha kishi yoki narsaning nomiga
oʻtkaziladi:
Ahyon-ahyon gazetlarda koʻrinasan,
Oʻqiguncha yopishaman juda jazman.
(Gʻafur Gʻulom)
2. Muallifning nomi uning asari oʻrnida qoʻllaniladi:
Fuzuliyni oldim qoʻlimga,
Majnun boʻlib yigʻlab qichqirdi...
(Hamid Olimjon)
3. Biror narsaning harakati yoki uning natijasi shu harakatni bajaruvchi
qurolning nomiga koʻchiriladi: Uning perosi qasos oʻti bilan yonadi.
4. Biror narsani u yasalgan material bilan almashtirib ataladi:
Poʻlat qush ham qomatin rostlab,
Bulutlarni etar tumtaraq.
(Hamid Olimjon)
5. Maʻlum joydagi kishilar maʻnosi shu joyga koʻchiriladi: Majlisga butun
qishloq keldi.
Metonimlarning turli xil turlari mavjud, masalan, qoʻshnilik, sabab, materiallar,
qism va butun, muallif va asar va boshqalar uchun metonimlar.
ijodiy salohiyat: Metonimlardan ijodiy tarzda fikrni original va hayratlanarli
tarzda ifodalash mumkin.
Til iqtisodiyotiga hissa qo'shing: metonimlardan foydalanish lingvistik iqtisodga
hissa qo'shishi mumkin, chunki ular fikrlarni yanada ixcham va samaraliroq
ifodalashga imkon beradi.
metonimiyaga misollar
Quyida biz sizga metonimiya misollarini ko'rsatamiz, ularda tushuncha siz
uchun juda aniq.
Ichimlik iching (spirtli ichimliklarni iste'mol qilishga qarang).
Borxesni o'qing (uning asarlarini o'qishga qarang).
Pikassoni o'rganing (uning badiiy uslubini o'rganishga qarang).
Motsartni tinglang (uning musiqasini tinglashni nazarda tutadi).
Ijro etuvchi hokimiyat (davlat muassasasiga murojaat qiling).
Qalam qilichdan kuchliroqdir (yozuvga qarang).
Uyning tomi (uyning o'ziga qarang).
Mening do'stimda Ferrari bor (mashinaga qarang).
Shekspir tili (uning asarlariga qarang).
Sudya hukm chiqardi (sud tizimiga qarang).
Toj (monarxiyani nazarda tutadi).
Oq uy (AQSh hukumatini nazarda tutadi).
Qon bilan xat kiradi (qattiq ta'limga qarang).
Ettinchi san'at (kinoga qarang).
Gamburger iste'mol qilish (tez ovqat iste'mol qilishni nazarda tutadi).
Chelik (qilich yoki po'latdan yasalgan boshqa narsaga qarang).
Flober (Gyustav Floberning asariga ishora).
Kema (uni boshqarayotgan ekipajga murojaat qiling).
Tarmoq (Internetga qarang).
Sivilizatsiya beshigi (Mesopotamiyaga qarang)
Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki,ot turkumida metonimiyaning sodir
bo'lishi keng tarqagan:u til hodisasi sifatida ham,nutq hodisasi sifatida ham
kuzatiladi.Metonimiya sodir bo'lishida hosil qiluvchi va hosila ma'nolar denotati
o'rtasidagi aloqadorlik yaratuvchi nomi bilan atash ,joy munosabatiga egalik,zamon va
makon birligi,kechim va unga sarflangan vaqt birligi,joy va mahsulot birligi,yaralish
asosi kabilardan iboratdir.Metonimiyaning mohiyati universal xarakterda,ya'ni barcha
tillar uchun bir xil belgilangan bo'lsa ham uning sodir bo'lishidagi aktualizatorlari
o'zbek tilida milliy xarakterga egaligi bilan ajralib turadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Erkaboyeva N.O'zbek tilidan ma'ruzalar to'plami.-T.:"Yosh kuch",2019.
2. Aliqulov T.Metonimiya va polisemiya//Tilshunoslik va adabiyotshunoslikka oid
tadqiqotlar.//FA TAI to'plami,6-kt.-Toshkent :FAN,1965
3. Aliqulov T.Yana ma'no ko'chish usullari haqida//O'zbek tili va adabiyoti,1974,1-son.
4. Mirtojiyev M.Metonimiyaning sodir bo'lishi//O'zbek tili leksikologiyasi va
grammatikasi masalalari. -Toshkent:TUN,1978
|