Reja: Kirish I bob




Download 43.89 Kb.
bet1/3
Sana04.04.2024
Hajmi43.89 Kb.
#187332
  1   2   3
Bog'liq
Asbob uskunalar bo
Ijtimoiy pedagogik faoliyat turlari., 28650, 3-маъруза ЭТ, Doc1

Asbob uskunalar bo’limida hujjat aylanishining axborot tizimini loyihalash
Reja:
1.Kirish
I Bob.1.1. Axborotlashgan jamiyatni shakllantirish jarayonlari
1.2. Axborot tizimlari tushunchasi. Axborot tizimlarini boshqarish
II Bob.2.1 Loyihalashning umumiy masalalari va asosiy loyihalash hujjatlari
2.2. Bo‘limdagi texnologik jarayonni loyihalash
2.3.Foydalanilgan adabiyotlar
3.Xulosa

Kirish
Mamlakatimiz ishlab chiqarish sohalarini axborotlashtirish jamiyat rivojlanishining obyektiv jarayoni hamda zarur bo’lgan axborotlarni yig’ish, saqlash, uzatish, qayta ishlash va taqdim etishning tabiiy davomidir. Iqtisodiyot, ishlab chiqarish, aloqa, ilmiy-tadqiqot, ta’lim, tibbiyot va biznes sohalaridagi mehnat sifati, mehnat unumdorligi va samaradorlik darajasini yuksaltirish ularda tadbiq qilinayotgan eng zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan bog’liq.


Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari to’plangan axborot
mahsulotlarini kishilarga tezkor sur’atda yetkazib sermehnatlik darajasini kamaytirgan holda mavjud muammolarni hal etish uchun keng imkoniyatlar yaratib bermoqda. Shuning uchun ham axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalarini iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida samarali qo’llash mamlakatni texnologik va iqtisodiy jihatdan rivojlantirishni ifodalovchi ko’rsatkich bo’lib xizmat qilmoqda.
Axborotlashgan jamiyat iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jihatdan yanada yuksalishga, mamlakatda ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini va mehnat unumdorligini oshirishga, iqtisodiyotni makro va mikro darajada boshqarishni takomillashtirish hamda istiqbolli ilmiy yo’nalishlarni rivojlantirishga katta zamin yaratib beradi. Bunday jamiyatni barpo etish ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlari va axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalarini ilg’or ishlab chiqarish sohalarida qo’llash hamda materiallar va xom-ashyo yaratish bilan chambarchas bog’langan. Jamiyatning asosiy ijtimoiy ishlab chiqaruvchi kuchi sanalmish
inson barkamolligi yo’lida axborotlashtirish jarayonlari asosiy negiz bo’lib xizmat qiladi. U insonlarga eng zamonaviy kompyuter texnika vositalarini amaliyotda keng qo’llash bo’yicha malakasini oshirishga va o’zining tuganmas qobiliyatini amalda sinab ko’rishga katta imkoniyat tug’diradi.
Insonning axborotni qayta ishlash bo’yicha imkoniyatlarini kuchaytiruvchi
zamonaviy texnologiyalar bilan qurollantirish - axborotlashtirish sanoatini jadal
rivojlantirishni talab etuvchi eng muhim texnik, iqtisodiy vazifa hisoblanadi.
Iqtisodiyotda axborot texnologiyalaridan foydalanish iqtisodiy axborotlar sifati, uning aniqligi, ob'ektivligi, tezkorligini va buning natijasi sifatida esa boshqaruv qarorlarini o’z vaqtida qabul qilish imkoniyati oshishini taьminlaydi.
Demak, axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirish shu kunning eng dolzarb vazifalardan biri bo’lib, jamiyat taraqiyotining asosiy omili hisoblanadi. Axborot texnologiyalarini joriy qilishning asosiy mezoni har bir insonning, har qanday bozor munosabatida va davlat boshqaruvida yo’naltirilgan bo’lishi kerak. Axborot texnologiyalari inson faoliyatining barcha sohalarida qo’llaniladigan, tashkiliy, iqtisodiy va ijtimoiy tuzilishga ega bo’lgan axborot tizimini o’z ichiga oladi.
Axborot tizimlari va texnologiyalari yildan-yilga kishilik faoliyatining turli
sohalarida yanada keng qo’llanilib borilmoqda. Ularni yaratish, ishga tushirish va
keng qo’llashdan maqsad - jamiyat va insonning butun xayot faoliyatini axborotlashtirish borasidagi muammolarini hal etishdir.
Ma’lumki, hozirgi davrda O‘zbekiston Respublikasining barcha sohalarida ko‘plab axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llanilmoqda. Ularni yaratish, faoliyat olib borish va keng tarqalishidan asosiy maqsad jamiyatning axborotlashtirish muammolarining еchimi hisoblanadi. Respublikamizning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishida axborot kommunikatsiya texnologiyalari muhim o‘rin egallashini nazarga tutgan holda hukumatimiz tomonidan bir qator qonunlar, Prezident farmonlari va Vazirlar Mahkamasi qarorlari hamda vazirlik va idoralar tomonidan sohaning tashkiliy huquqiy bazasini tashkil etuvchi me’yoriy hujjatlar ishlab chiqilgan.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi turli tashkilot va korxonalarda axborot tizimlaridan foydalanish bilan uzviy bog‘liq. Shunday qilib, yangi axborot texnologiyalarini boshqaruv-chilar, mutaxassislar, texnik xodimlar uchun axborotni qayta ishlash, qarorlar qabul qilish hamda axborotlarni to‘liq va aniq ma’lumotlar bilan ta’minlashga yordam beruvchi zamonaviy axborot tizimlarini yaratish imkonini beradi.
Inson, jamoa va tashkilotning samarali faoliyati ko‘p jihatdan axborotga egalik darajasi va undan samarali foydalanish imkoniyatiga bog‘liq. Boshqacha aytganda, biror to‘g‘ri qarorni qabul qilishdan avval axborotlarni to‘plash, qayta ishlash, tahlil qilish kerak. Istalgan sohada to‘g‘ri qaror qabul qilishda katta hajmdagi axborotlarni qayta ishlash zarurati mavjud, buni osonlashtirish uchun esa maxsus texnik va dasturiy vositalarni jalb etish mumkin. Buning natijasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga tayangan yangi axborot tizimlarini yaratishga talab ortib bormoqda. Tashkilot, korxona yoki muassasalarning tashkiliy-huquqiy bazasidan qat’i nazar aynan dolzarb va aniq axborotga egalik bilan bir qatorda, ularga mos ravishda ushbu axborotlarni to‘plash, qayta ishlash va uzatishning samarali usul va uslublaridan foydalanish muvafaqqiyatning asosiy garovi hisoblanadi.

Yangi XXI asrda mamlakatlarning milliy iqtisodi globallashib, axborotlashgan iqtisod shakliga aylanmoqda. Ya’ni milliy iqtisoddagi axborot va bilimlarning tutgan o’rni tobora yuksalmoqda va ular strategik resursga aylangan. Dunyoda jamg’arilgan axborot va bilimlarning 90 % i so’nggi 30 yil mobaynida yaratilgan. Axborot va bilimlar hajmining kundan-kunga ortib borishi milliy iqtisodning barcha sohalarida, jumladan, ta’limda ham axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalaridan keng ko’lamda samarali foydalanishni talab etmoqda.


Axborot xuddi an’anaviy resurslar kabi izlab topish, tarqatish mumkin bo’lgan resursga aylandi. Ushbu resursning foydalanadigan umumiy hajmi kelgusida davlatlarning strategik imkoniyatini, shuningdek mudofa qobiliyatini ham belgilab beradi, deyishga jiddiy asos bor. Axborot, kompyuterlashtirish, hisoblash texnikasi, zamonaviy axborot texnologiyasi, modellash, ma’lumotlar manbai, dasturlashtirish, shaxsiy kompyuterlar, dastur bilan ta’minlash va boshqa shu kabi ilmiy tushunchalar jamiyatni axborotlashtirishning eng muhim xususiyatlarini ifoda etadi.
Axborot - ijtimoiy, iqtisodiy tabiiy fanlarning, tafakkur ilmining taraqqiyoti
natijasida yuzaga kelgan bilim va ma’lumotlar, kishilarning amaliy faoliyati
davomida to’plagan tajribalari majmui demakdir. Inson axborot oqimi ichra yashar
ekan, turli-tuman voqea, xodisalar va jarayonlarning bir - biriga aloqadorligini, o’zaro munosabati mohiyatini tahlil etish, mushohada va mulohaza qilib ko’rish maqsadida ko’pdan ko’p dalil va raqamlarga murojaat qiladi. Axborot tufayli nazariy bilimlar amaliyot bilan birlashadi. Hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyoti axborot oqimining juda ham kengayishiga olib keldi. Axborot oqimining tobora kengayib borganidan shu narsa ham dalolat bera oladiki, o’tgan asrning 70-yillar o’rtalariga keliboq ishlab chiqarish kuchlari taraqqiyoti shunday darajaga etgan ediki, ulardan oqilona foydalanish, ijtimoiy ishlab chiqarishni jadallashtirish uchun yiliga 1016 arifmetik amalni bajarish kerak bo’ladi. Tabiiyki, bunday murakkab hisob - kitobni cho’t qoqib amalga oshirib bo’lmaydi. 10 milliard kishi bir yil davomida tinmay ishlagan taqdirdagina shuncha arifmetik amalni yecha olishi mumkin.
Axborot resurslarini oqilona tashkil etish va foydalanishda ular mehnat, moddiy va energetik resurslar ekvivalenti sifatida namoyon bo’ladi. Ayni paytda axborot — bu boshqa barcha resurslardan oqilona va samarali foydalanish hamda ularni asrab-avaylashga ko’maklashuvchi yagona resurs turidir.
XXI asrga kelib insoniyat tarixida ilk bor sanoati rivojlangan mamlakatlar
ishlab chiqarishida axborot ish quroliga aylandi. Moddiy ishlab chiqarish sohasidan mehnat resurslarining og’ishmay axborot sohasiga o’tib borishi tendentsiyasi tobora yaqqol sezilmoqda. Buning asosiy sababi shundaki, ishlab chiqarish sur’ati o’sishi va rivojlanishi jarayonida qarorlar qabul qilish hamda boshqarish uchun zarur bo’lgan axborot hajmi oshib bormoqda. Bu o’sish avvalo, iqtisodiy, texnik, ilmiy, texnologik va ijtimoiy tizimlar va jarayonlarda namoyon bo’lmoqda.
Axborot hajmining ortishi va uni qayta ishlash vositalarining rivojlanmaganligi insonning u to’g’risida ta’savvurga ega bo’lishi va ulardan foydalanishini qiyinlashtiradi. Ko’plab vaqt axborotni qidirishga, ajratishga va foydalanishga ketadi. Axborot fondlari har bir insonga xizmat qilishi uchun yangi, zamonaviy vositalar kerak bo’ladi. Shuning uchun XX asr o’rtalariga kelib axborotni ishlash sohasida ko’p odamlar shug’ullana boshladi. Axborot bilimlar manbai sifatida jamiyat uchun strategik resursga aylandi. Bu resurslardan samarali foydalanish esa jamiyatni axborotlashtirish jarayoni bilan bog’liq.

Download 43.89 Kb.
  1   2   3




Download 43.89 Kb.