Reja: Kompyuter grafikasi haqida




Download 16.38 Kb.
Sana28.08.2023
Hajmi16.38 Kb.
#79729
Bog'liq
№ 4Vektorli grafika bilan ishlash.
ШАХСИЙ РЕЖА KITOBCHA, истиқболли режа З.Бозоров, Informatika 7-sinf. 1-Mavzu axborot tushunchasi va bilish haqid, AXBOROT TUSHUNCHASI VA BILISH HAQIDA, 7-sinf, Ta`lim muassasasi menejmenti Reja, Pedagogik mahorat. Mavlonova, Sinfdan tashqari o‘qish uchun mavzular bo‘yicha badiiy asarlar ro‘yxatini tuzish, TUG’ILISH DAVRI INQIROZI, 6277 403 5112000-Жисмоний маданият узбек 2021, “Bir million dasturchi”, 1-mavzu amaliy hemis, 8742dd91-7cd2-429e-adb3-a15c062acb18, 270dc967-8e4e-40e0-8914-aa118f3de539, kerio-control-userguide

Практичный
4Vektorli grafika bilan ishlash.


Reja:

1. Kompyuter grafikasi haqida

2. Kompyuter grafikasi turlari

3. Tasvir formatlari va rang modullari Kompyuter grafikasi haqida. Kompyuter grafikasi

kompyuter va maxsus dasturlardan foydalanib tasvirlar yaratiladi, mavjudlari raqamli ko’rinishga o’tqaziladi, qayta ishlanadi, saqlanadi, va qulay ko’rinishda tasvirlanadi. Kompyuter grafikasi XX asrning yarmidan keyin kashf etilgan, taxminan 70-80-yillarda ommalashishni boshlagan. Rangli kompyuter grafikasi kashf etilishidan oldin, faqat qora va oq ranglardan iborat bo’lgan grafik tasvirlar kashf etilgan va ishlatilgan. Bunday faqat qora va oq ranglardan tashkil topgan grafik tasvirlar hozirda deyarli ishlatilmaydi. Sabab bunda faqat qora va oq rang mavjud va bunda faqat qora va oq rangni tasvirlashimiz mumkin, ya’ni biz bunday grafik tasvirda monitorlar bilan faqat qora va oq ranglarni ko’rishimiz mumkin. Bundan boshqa ranglarni ko’ra olmaymiz. Rangli tasvirlarni qora va oq grafikali tasvirlarga o’tqazish mumkin, ammo teskasi emas. Sabab Bunda yetarli ranglar kombinatsiyasiga ega emas. Hozirda kunda ishlatiladigan rangli grafik tasvirlarda biz juda ko’p ranglarni hosil qilishimiz mumkin. Bu ranglarning hammasi uchta rang kombinatsiyasi natijasida hosil qilinadi. Boshqa ranglarni hosil qiluvchi bu uchta ranglar quyudagilar: qizil, yashil va ko’k. Bular qisqartirib RGB deb yuritiladi. Ushbu so’z yuqorida aytib o’tilgan uchta rangning ingliz tilidagi so’zlarining bosh harfi hisoblanadi. Red - qizil, Green – yashil va Blue – ko’k. Bu so’zlar RGB qisqartma so’zini tashkil qiladi. Har bir rang 0 da 255 gacha bo’lgan sonlardan kodlanishi mumkin va har biri kodlashishi mumkin bo’lgan ranglar sonini quyudagicha hisoblab topishimiz mumkin bo’ladi. RGB =256*256*256=16777216 ta ranglar majmuasi hisoblanadi. Har bir kod o’zida belgilangan rangni ifodalaydi va tur xil kod yozib bir xil rangni tasvirlab bo’lmaydi. Har bir kod takrorlanmasdan bir rangni ifodalaydi. Masalan: R=0, G=0, B=0 qora rangni ifodalaydi. R=255, G=255, B=255 oq rangni ifodalaydi. Boshqa ranglar ham shunday hosil qilinadi. Rang – moddalar chiqargan yoki qaytargan nurlanish spektriga mos ravishda yorugʻlikning muayyan koʻrish tuygʻusini hosil qilish xossasi. Nurlanishning yorugʻlik energiyasi atrofidagi buyumlardan qaytib, koʻz qorachigʻi orqali koʻzning sezgir hujayraviy qabul qiluvchi pardasiga tushib, unga faol taʼsir qiladi. Modda qaysi R.dagi nurni yutsa, oʻsha R.dagi nurni oʻzidan chiqaradi. R.ning spektri moddani tashkil etuvchi atom va molekulalar xususiyatlariga qarab oʻzgarishi mumkin. Spektrni tashkil etuvchi nurlar energiyasining zichligi bir-biriga yaqin boʻlganda oq R. hosil boʻladi. Yorituvchanlik yoki yoritilganlikning kamayishi natijasida moddalarning rangi noaniqlashadi. Animatsiya — Tasvirning o’zgaruvchanligini ifodalaydi. Tasvir bir qancha grafik o’zgaruvchan tasvirlarni o’z ichiga oladi va undagi tasvirlar o’rin almashinib tasvirlanadi.


Kompyuter grafikasi turlari. Kompyuter grafikasi 3 turga bo’linadi: 1. Rastrli grafika 2. Vektorli grafika 3. Fraktal grafika Rastrli grafika – Rastrli grafika nuqtalar(qog’ozda), piksellar(ekranda) hosil qilinadi. Rastrli grafikada asosiy tushuncha piksel(pixel) dan iborat bo’ladi. Piksel o’zida rangni ifodalaydi. Har bir piksel RGB kombinatsiyasi-dan rangni hosil qiladi. Ekranning piksellari qancha ko’p bo’lsa shuncha yaxshi. Sababi qancha ko’p piksel bo’lsa, tasvir sifati shunchalik aniq tasvirlanadi. Piksellarni o’lchami turli xil ekran(monitor) larda turli xil bo’ladi. Televizorlarda piksellar o’lchami katta bo’lsa, telefonlarda juda kichik bo’ladi. Sababi telefon ekrani kichik bo’ladi. Albatta kichik bo’lganidan keyin ko’p pikseldan iborat bo’lishi uchun piksellar o’lchamini kichik qilishga to’g’ri keladi. Unda shu piksellarni kam qilib ishlansa bo’lmaydimi? degan savol tug’uladi. Bo’ladi. Biroq yuqorida aytganimdek tasvir aniqligi past bo’ladi. Shuning uchun iloji boricha ekrandagi piksellar sonini ko’p bo’lishiga ahamiyat beriladi. Ma’salan matnlarni misolida olsam: Piksellari ko’p bo’lgan ekran 12-shriftdagi matnni piksel miqyosida olsak qanchadir marta kichiklashtirib ko’rsata oladi. Piksellari kamroq bo’lgan ekran 12-shriftdagi matnni piksel miqyosida olsak, piksellari ko’proq bo’lgan ekranga nisbatan kam marta kichraytirib ko’rsatishi mumkin. Agar piksellari ko’p bo’lgan ekran bilan bir xil o’lchamda tasvirlamoqchi bo’lsak, unda piksellari kam bo’lgan ekranda matn xira, tushunarsiz yoki ko’rinmay qoladi. Misolni bir xil o’lchamga ega bo’lgan ekranlar uchun yozdim. Rastrli grafikada piksel zichligi degan kattalik ishlatiladi. Piksel zichligi bir dyum2 ga to’g’ri keladigan piksellar soni bilan dpi(dots per inch) o’lchov birligida o’lchanadi. Qancha piksel ko’p bo’lsa, shuncha piksel zichligi yuqori bo’ladi. Endi yuqoridagi gapni davom ettirsam. Televizor ekranini o’lchami katta va piksel zichligi kam. Ammo telefonni ekranini o’lchami kichik va piksel zichligi katta. Bunda ikkalasida bogliqlik bor. Bunday bo’lishiga sabab televizor ekrani katta va uni ekrani katta bo’lgani uchun piksel zichligi past qilinadi . Sabab: ekrandagi tasvirni uzoqdan ko’rish uchun qilinadi. Piksel zichligi past va ekran o’lchami katta bo’lsagina, ekrandagi tasvirni uzoqdan ko’rish mumkin bo’ladi. Chunki piksel zichligi yuqori bo’lsa ekrandagi tasvir uzoqqa ko’rinmaydi va aksincha ekran kichik bo’lsa ham ekrandagi tasvir uzoqqa ko’rinmaydi. Televizordagi tasvir odatda uzoqdan ko’riladi., televizorni ekranini yoniga borib qarasangiz bemalol undagi piksellarni ko’z bilan ko’rishingiz mumkin bo’ladi. Ammo kompyuterni monitor qurilmasida piksel zichligi yuqori bo’ladi va ekranini o’lchami kichik bo’ladi. Sabab: kompyuterni yonida o’tirib ishlanadi va tasvirga qaraladi, tasvir aniq ko’rinishi uchun shunday qilingan. Bundan tashqari kompyuterda ishlashda tasvir aniqligi muhim ahamiyatga ega. Televizorda ham muhim, ammo kompyuterdagi kabi muhim emas. Telefonlarda ham muhim piksel zichligi past bo’lsa undagi tasvir aniqligi past bo’ladi. Shuning uchun unda piksel zichligi yuqori qilinadi. Qisqasi qaysidir ekranda ikki parameter ham past bo’ladi, qaysidadir ikkalasi ham yuqori bo’ladi, qaysilaridadir yana boshqa xil bo’ladi. Piksel zichligi va o’lcham birgina ekranlarda ishlatilmaydi, balki boshqa qurilmalarda ham ishlatiladi. Masalan: Printer va skanerlarda ham ishlatiladi. Printer tasvirni qog’ozga qanchalik aniq chiqara olishi piksel(nuqta) zichligi orqali aniqlanadi. Bunda o’lcham qog’ozning o’lchami bo’ladi. Masalan: A3, A4, A5 va boshqalar. Printerlarda o’lcham emas, piksel(nuqta) zichligi muhim. Rastrli grafika bilan ishlaydigan printerlarga lazerli printerni misol qilib keltirish mumkin. Skanerlar ham qog’ozdagi tasvirni kompyuterga qanchalik aniq kirita olishini piksel(nuqta) zichligida o’lchashimiz mumkin. Skanerlar tasvirni kompyuterga rastrli grafika ko’rinishida kiritadi. Bunda o’lcham qog’ozning o’lchami bo’ladi. Masalan: A3, A4, A5 va boshqalar. Skanerlarda ham o’lcham emas, piksel(nuqta) zichligi muhim hisoblanadi. Rastrli grafikaning kamchiligi unda tasvirlarni mashtablashtirib bo’lmasligidir. Agar tasvir mashtablanadigan bo’lsa, uning sifati buziladi. Buning natijasida tasvir ko’rimsiz holga ham kelishi mumkin. Vektorli grafika – Vektorli grafikada tasvirning asosiy elementi sifatida chiziq qaraladi. Chiziq sifatida to’g’ri chiziq yoki egri chiziq bo’lishi mumkin. Vektorli grafikada tasvirlar yaratishda nuqtaga nisbatan umumiyroq bo’lgan chiziqlardan foydalaniladi va shuning hisobiga tasvirlar aniqroq bo’ladi. Vektorli grafikaning ixtiyoriy tasviri chiziqlardan tashkil topadi va oddiy chiziqlardan murakkablari hosil qilinadi. Ko’pincha vektorli grafikani ob’ektga mo’ljallangan grafika deyish mumkin. Vektor grafikasidan chizmalar, animatsiyalar yaratishda keng foydalaniladi. Vektorli grafika bilan ishlovchi dasturiy vositalar birinchi navbatda tasvirlami yaratishga mo'ljallangan. Bunday vositalar reklama agentliklarida, dizaynerlik byurolarida va nashriyotlarda qo'llaniladi. Fraktal grafika – Vektorli grafika ham hisoblanuvchi grafika bo’lib, uning vektor grafikadan farqi shundaki, unda hech qanday ob’ektlar kompyuter xotirasida saqlanmaydi. Chunki tasvirlar tenglamalar yoki ularni sistemalaridan hosil qilinadi. Fraktal so’zi lotincha fractus so’zidan olingan, maydalangan, bo’lib chiqilgan degan ma’noni bildiradi. Fraktallar deb o’ziga o’xshash qismlardan iborat bo’lgan geometrik shakllarga aytiladi. Fraktal atamasi fanga 1975-yil kiritilgan. Fraktallar oddiy matematik formulalar yordamida ajoyib tasvirlar yaratish imkonini beradi. Ular yordamida daraxtlar, o’rmonlar, bulutlar kabi tasvirlarni yaratish mumkin. Fraktallardan virtual borliq, animatsiya, kompyuter o’yinlari va matematik modellashtirishda keng ishlatiladi. Tasvirlar bilan ishlaydigan dasturlar Grafik dasturlar deyiladi. Rastrli(Vektorli, Fraktal) grafika bilan ishlaydigan dasturlar rastrli(vektorli, fraktal) grafika bilan ishlaydigan dasturlar deb ataladi. Rastrli grafika bilan ishlaydigan dasturlarga misol sifatida Paint, Paint.net, Adobe Photoshop ni keltirish mumkin. Vektorli grafika bilan ishlaydigan dasturlarga misol sifatida Adobe Illusator, Corel Draw ni keltirish mumkin. Fraktal grafika bilan ishlaydigan dasturlarga misol sifatida Mathcad, Autocad ni keltirish mumkin. Tasvir Formatlari. Tasvir formatlari grafikani kompyuter xotirasida fayl ko’rinishida saqlash uchun kerak. Tasvir formatlariga misollar: BMP, JPEG, TIFF, GIF va boshqalar. BMP – (BitMap Picture). Asosan windows operatsion tizimida paint dasturida ishlatiladi. JPEG – (Joint Photographic Experts Group). Ko’p foydalaniladigan tasvir formatlaridan biri bo’lib, afzalligi kompyuter xotirasidan kam joy olishi. TIFF – (Tagged Image File Format). Ko’p foydalaniladigan tasvir tasvir formatlaridan biri bo’lib, yomon tomoni kompyuter xotirasidan ko’p joy olishi. PNG – Portable Network Graphics – Internetda ko’p ishlatiladi, afzalligi kompyuter xotirasidan kam joy olishi. GIF – Graphic Interchange Format – Animatsiyali tasvirlarni hosil qilish uchun ishlatiladi. Internetda ko’p ishlatiladi. Rang modellariga misollar: RGB, CMY, CMYK, HSB, HLS va boshqalar Rang modellari 3 turga bo’linadi: 1. Addutiv: RGB – ranglarning qo’shilishidan hosil qilinadi. 2. Subtraktiv: CMY, CMYK – ranglarning bir biridan ayrilishidan hosil qilinadi. 3. Perpension: HSB, HLS – ranglarning o’zlashtirishdan hosil qilinadi. Addutiv modelllarida oq rang ranglar maksimal qiymatidan hosil qilinadi yoki qora rang ranglar minimal qiymatidan hosil qilinadi ya’ni ranglar qo’shilmasidan rang hosil qilinadi. Subtraktiv modellarida aksincha qora rang ranglar maksimal qiymatidan hosil qilinadi yoki oq rang ranglar minimal qiymatidan hosil qilinadi ya’ni ranglar ayirmasidan rang hosil qilinadi.
Download 16.38 Kb.




Download 16.38 Kb.