Reja: Pedagogika fan sifatida shakllanishi




Download 0.59 Mb.
Sana20.04.2024
Hajmi0.59 Mb.
#202462
Bog'liq
1 pedagogika
uchinchi va tortinchidarazhali tenglamalarni jechishning boshqa usullari, 1666077330, Usmonov Azizbek, Noodatiy fikrlash asoslari(1), 1, msql, xisobot, Korxona Harajatlari, Doc1 idu, 2 - laboratoriya ishi, Zulfiya ijodining songgi yillariga nazar maqola, 10-JAHON TARIXI TESTLARI (YAKUNIY), Tarmoq, FM 1-amaliy mashg\'ulot, Newton qonunlari - Vikipediya

MAVZU:Pedagogika fani va uning maqsad vazifalari
REJA:
2.Pedagogika fan sifatida shakllanishi.
3.Pedagogika fanining boshqa fanlar bilan aloqasi va uning mazmuni.
1.Pedagogika inson tarbiyasi tòĝrisidagi fan.
Pedagogika fanining predmeti va uning asosiy tushunchalari. Pedagogika (yunoncha paidagogike bo‘lib, paida – “bola” va gogike – “yetaklayman”) ijtimoiy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq yosh avlodni tarbiyalash hamda unga ta’lim berishning mohiyati va muammolarini o‘rganadigan fan. Pedagogika ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi fan sanalib, yosh avlod hamda kattalarni milliy istiqlol g‘oyalari asosida tarbiyalash, unga ta’lim berish muammolarini o‘rganadi. Pedagogika - ta’lim va tarbiya jarayonini yaxlitlikda o‘rganadigan fan sohasi. Pedagogika fani shaxsni rivojlantirishning ikki muhim jihati - uni o‘qitish va tarbiyalashga asosiy e’tiborni qaratganligi bois didaktika (ta’limnazariyasi) va tarbiya nazariyasi fanning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi.
Didaktika (ta’lim nazariyasi, yunoncha didaktikos “o‘rgatuvchi”, didasko “o‘rganuvchi”) ta’limning nazariy jihatlari, ta’lim jarayonining mohiyati, qonun va qonuniyatlari, tamoyillari, o‘qituvchi va o‘qituvchi faoliyati, ta’limning maqsadi, mazmuni, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo‘llari kabi masalalarni tadqiq etadi. Tarbiya nazariyasi - pedagogikaning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, tarbiya jarayonining mazmuni, tarbiya turlari, shakl, metod, vosita va usullari, uni tashkil etish masalalarini o‘rganadi. Ijtimoiy tarbiya fuqarolik, aqliy, axloqiy, jismoniy, mehnat, estetik, huquqiy, iqtisodiy, ekologik tarbiya kabi yo‘nalishlarda tashkil etiladi. Pedagogika fanining obyekti - yaxlit pedagogik jarayon. Pedagogika fanining predmeti - ta’lim-tarbiya jarayoni, mazmuni, qonuniyatlari, tamoyillari, shakl, metod va vositalari.
O‘zbekiston Respublikasida demokratik, insonparvar hamda huquqiy jamiyatni barpo etish sharoitida mazkur fan yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni tarbiyalash tizimini ishlab chiqish, ilg‘or xorijiy tajribalar asosida ta’lim va tarbiya nazariyasini rivojlantirish vazifasini hal etadi. Mazkur jarayonda yuqoridagi vazifalarni bajarishga e’tibor qaratiladi Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari. Bizga yaxshi ma’lumki, har bir fan o‘zining tayanch tushunchalari, qonuniyatlari, tamoyillari, qoidalari tizimiga ega. Aynan mana shu holat uning fan sifatida e’tirof etilishini kafolatlaydi. Fanning mohiyatini ochib beruvchi eng muhim, asosiy tushuncha kategoriya deb ataladi. Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari shaxs kamolotini ta’minlash, ta’lim va tarbiya samaradorligiga erishishga qaratilgan jarayonlarning umumiy mohiyatini yoritadi. Eng muhim kategoriyalar sirasiga quyidagilar kiradi: shaxs, tarbiya, ta’lim (o‘qitish, o‘qish), bilim, ko‘nikma, malaka, kompetensiya, ma’lumot, shakllantirish, rivojlantirish
Shaxs - psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyat a’zosi. Tarbiya - muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o‘ stirish, uning ongi, xulq- atvori va dunyo-qarashini tarkib toptirish jarayoni. Ta’lim - o‘quvchilarni nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish, kompetentlikni tarkib toptirish, ularning bilish qobiliyatlarini o‘stirish va dunyoqarashlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan jarayon. Bilim- shaxsning ongida tushunchalar, umumlashmalar, ma’lum obrazlar ko‘rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui. Ko‘nikma - shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish layoqati. Malaka - muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli. Kompetensiya - egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik va kasbiy faoliyatda qo‘llay olish qobiliyati.
Shaxs kamolotini ta’minlash, uning intellektual, ma’naviy-axloqiy hamda jismoniy jihatdan rivojlanishiga erishishda turli yosh davrlari, har bir davrning o‘ziga xos jihatlari, shuningdek, bolaning fiziologik, psixologik holatini inobatga olish maqsadga muvofiqdir. Shu bois yaxlit pedagogik jarayon muayyan turkumni tashkil etuvchi pedagogik fanlar tomonidan o‘rganiladi. Ular quyidagilardir: Umumiy pedagogika - pedagogikaning kontseptual masalalari va amaliy jihatlarini tadqiq etadi. Pedagogika nazariyasi - pedagogikaning umumnazariy masalalari, qonuniyatlari va tamoyillari hamda tasniflashga oid masalalarni o‘rganadi. Pedagogika tarixi - pedagogik fikrlarning taraqqiy etishi, maktab va ta’lim turlarining davriy xususiyatlari, o‘ziga xoj jihatlari va ahamiyatini tadqiq etadi. Pedagogik mahorat - o‘qituvchilarni pedagogik faoliyatga samarali tayyorlash taktikasi, pedagogik qobiliyatlarni shakllantirish, pedagogik madaniyat va texnikani tarkib toptirish hamda nutq texnikasini egallash yo‘llarini o‘rganadi.
Korrektsion (maxsus) pedagogika - jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni tarbiyalash va o‘qitish bilan bog‘ liq muammolarni o‘ rganadi. Metodika - xususiy fanlarni o‘qitish mazmuni, qonuniyatlari, tashkiliy shart-shroitlarini tadqiq etadi. Pedagogik texnologiya - ta’lim va tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash, texnologik yondashuv asosida ta’lim va tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish muammolarini o‘rganadi. Ta’lim menejmenti - ta’limmuassasalarining faoliyatini tashkil etish, boshqarish, nazorat qilish hamda istiqbollarini belgilash masalalarini o‘rganadi. Ijtimoiy pedagogika - shaxs ijtimoiylashuvi, ijtimoiy me’yordan og‘ishishning pedagogik diagnostikasi, korrektsiyasi va reabilitatsiyasi hamda ijtimoiy-pedagogik faoliyatni tashkil etish masalalarini tadqiq etadi. Oila pedagogikasi - oilaviy ta’lim-tarbiya, oilada bolalarni yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlar asosida tarbiyalash, ota-onalarning pedagogik madaniyatini oshirish masalalarini o‘rganadi.
Download 0.59 Mb.




Download 0.59 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja: Pedagogika fan sifatida shakllanishi

Download 0.59 Mb.