Reja: Tеzlik qobiliyatlari haqida tushuncha, ularning turlari




Download 24 Kb.
bet1/2
Sana23.09.2023
Hajmi24 Kb.
#83724
  1   2
Bog'liq
betlik
Z, ta-lim-jarayonida-animatsiya-va-kompyuter-grafikasidan-foydalanishanvar-zhumanazarovich-hurramov, O\'ZBEKISTON DAVLAT RAMZLARI, crossword placestown, lola opa mamlakat, Sharofutdinova Qozog\'iston, Maftuna menejment, Qo\'chqorova, Egamova, Дипломная работа Управление процессом повышения квалификации в ДОУ , Muqimjonova, Alimov Bahtiyor MT kurs ishi, MS WORD 2016 Oquv qollanma qr


TEZKORLIK QOBILIYATINI TARBIYALASH

Reja:

1. Tеzlik qobiliyatlari haqida tushuncha, ularning turlari
2. Tеzlik qobiliyatlarini ta’minlovchi mеxanizmlar
3. Tеzlik qobiliyatlarini rivojlantirish vositalari

So‘nggi yillar ichida millat genofondini shakllantirish va barkamol avlodni tarbiyalash vositasi bo‘lmish jismoniy tarbiya va sport davlatimiz siyosatining ustivor yo‘nalishlari doirasida rivoj topib bormoqda. Bu borada ayniqsa bolalar sportini rivojlantirishga alohida ahamiyat qaratilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning 2002 yil 24 oktabrdagi «O‘zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamgarmasini tuzish to‘g‘risida»gi Farmoni va uni hayotga tadbiq etish bo‘yicha qabul qilingan hukumat qarori ushbu masalaning «bugungi» va «ertangi» istiqbolini belgilab, meyoriy-hukuqiy va moddiy ta’minotiga asos soldi.
Darhaqiqat, bolalar sportini so‘nggi yillar mobaynida mamlakatimizda rivojlantirish va yosh iste’dodli sport zahiralarini tayyorlash borasida juda katta islohotlar joriy etildi, ko‘pdan-ko‘p bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi, sport bilan muntazam shug‘ullanish va amaldagi rasmiy qoidalar asosida mahalliy hamda Respublika musobaqalarini o‘tkazish uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi. [1]
Navbatdagi masala hozirgi kunda, hamda yaqin kelajak ichida ushbu Farmon va qaror talablari bilan belgilangan pirovard maqsadlarni amalga oshirish lozim. Ma’lumki, ushbu doiradagi asosiy strategik muammo - bu yosh, raqobatbardosh sportchilarni tayyorlashning ilmiy-uslubiy asoslarini yaratishdan iboratdir. Ammo, mazkur jarayon o‘zining tashkiliy-texnologik jihatlaridan o‘ta murakkab, keng qamrovli va ko‘p qirrali muammolar tarkibiga mansub bo‘lib, bosqichma-bosqichlik hamda izchillik tamoyillari asosida tashkil etilishi zarurligani taqozo etadi.
Zamonaviy sport amaliyotida jismoniy tayyorgarlik texnik va taktik mahoratni yuksak cho‘qqilarga olib keluvchi yagona va hal qiluvchi poydevor bo‘lib hizmat qiladi. Binobarin, raqobatbardosh sportchilarni tayyorlash uchun jismoniy sifatlarini erta yoshlikdan, to‘garakka endi kelgan bolalar tomonidan tanlangan sport turining o‘ziga xos xususiyatlariga mos ravishda rivojlantirish sport mashg‘ulotsining muhim shartlaridan biridir.


Download 24 Kb.
  1   2




Download 24 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja: Tеzlik qobiliyatlari haqida tushuncha, ularning turlari

Download 24 Kb.